Protsessual tartibi va rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/24
Sana24.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#701223
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
Bog'liq
saydullo

Tergov harakati ishtirokchilari.
 
Tergov harakatlari o‗tkazishda fuqarolar va 
mansabdor shaxslar: curishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud, gumon qilinuvchi, 
ayblanuvchi, himoyachi, jabrlanuvchi, vakillar, qonuniy vakillar, guvohlar, 
ekspert, mutaxassis, xolislar va boshqalar ishtirok etadilar. Ushbu 
ishtirokchilarning barchasi ko‗pqirrali, murakkab faoliyatni amalga oshiradilar. 
Tergov harakatlari o‗tkazish chog‗ida protsessual faoliyatda har bir ishtirokchining 
«ulushi» uning protsessual maqomi bilan o‗lchanadi. Tergov harakatlarini 
o‗tkazish chog‗ida ishtirokchilarning huquqiy maqomi: a) ishtirokchining 
isbotlashdagi o‗rni; b) tergovchi tomonidan daliliy ma‘lumotlarni olish protsessida 
amalga oshiradigan funksiyasi; v) tergov harakatiga jalb qilinishining majburiy 
yoki majburiy emasligi bilan belgilanadi. 


Ish uchun ahamiyatli barcha holatlarni aniqlash majburiyatiga ega bo‗lgan isbot 
qilish sub‘etlari tergovchi, tergov qilishda qonuniy asoslarga ko‗ra ishtirok 
etadigan boshqa shaxslar, ya‘ni surishtiruvchi, surishtiruv organining boshlig‗i, 
tergov bo‗limining boshlig‗i, prokurorlar hisoblanadi. Hokimiyat faoliyatini 
amalga oshira turib ushbu shaxslar tergov harakatining borishiga rahbarlik qiladilar 
va huquqni qo‗llash faoliyatini amalga oshiradilar. Tergovchi yoki uning vazifasini 
amalga oshiruvchi shaxs tergov harakatini o‗tkazish to‗g‗risida qaror qabul qiladi, 
boshqa ishtirokchilar bilan huquqiy munosabatga kirishadi, ularning huquqlarini va 
majburiyatlarga amal qilishlarini ta‘minlaydi, ishtirokchilarning xatti-harakatlarini 
tegishli maqsadga yo‗naltiradi, tergov harakatlari o‗z vaqtida, qonuniy va samarali 
o‗tkazishning butun mas‘uliyatini o‗z bo‗yniga oladi. 
Tergov harakatlarining qolgan barcha ishtirokchilari huquqiy maqomiga ko‗ra : 
1) jinoyat protsessida shaxsiy va vakillik manfaatlariga ega bo‗lgan va isbotlash 
sub‘ekti sifatida ishtirok etadigan shaxslar; 
2) isbotlash sub‘ekti bo‗la olmaydigan shaxslar guruhlariga bo‗lish mumkin. 
Bunday tasniflash tergov harakatlarida gumon qilinuvchining, ayblanuvchining, 
jabrlanuvchi va ularning qonuniy vakillarining, himoyachining, jabrlanuvchi 
vakilining (agar ishtirok etayotgan bo‗lsa, fuqaroviy da‘vogar va fuqaroviy 
javobgarning) muhim holatni egallaganligini qayd etadi. Mazkur shaxslar tergov 
harakatlariga jalb qilinganligidan yoki tergov harakatida ishtiroki boshqacha 
mazmun kasb etishidan qat‘i nazar tergovchi o‗zining qarshisida keng huquqlarga 
ega bo‗lgan isbot qilishning sub‘ekti turganligini yoddan chiqarmasligi kerak. Har 
qanday tergov harakati o‗tkazilganda ushbu shaxslarning huquqiy holati, so‗roq 
qilish, ko‗zdan kechirish va boshqa tergov harakatlari to‗g‗risidagi normalar 
doirasidagi tartib bilan belgilanadi. Agarda ayblanuvchi, gumon qilinuvchi va 
jabrlanuvchilar so‗roq qilinganda tergovchi ko‗rsatuv berish mazkur shaxslarning 
huquqlari, jabrlanuvchi uchun esa majburiyat ekanligini nazarda tutishi kerak. 
Bundan shu narsa kelib chiqadiki, tergovchi huquqlarni amalga oshishini 
ta‘minlashi shart. Sanab o‗tilgan shaxslar esa o‗zlari zarur hisoblaganlarini ma‘lum 
qilishlari – ko‗rsatuv berib, tergovchi ularni so‗roq qilishni talab qilishlari mumkin. 
Har qanday tergov harakatida ayblanuvchi, gumon qilinuvchi va jabrlanuvchi, 
uning vakili (agar ishtirok etayotgan bo‗lsa) isbot qilish sub‘ekti sifatida 
maqomidan kelib chiqadigan huquqlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega 
bo‗lishlari kerak. Bu fikr ashyoviy dalillarni, turar joy va binolarni ko‗zdan 
kechirish to‗g‗risidagi normalarda aniq shaklda bayon qilingan: ayblanuvchi, 
sudlanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da‘vogar, fuqaroviy 


javobgar va ularning vakillari surishtiruvchining, tergovchining va sudning 
e‘tiborini, ularning fikricha ish holatini aniqlashga yordam berishi mumkin bo‗lgan 
barcha holatlarga qaratish huquqiga egadirlar. Tabiiyki, bunda ular narsa va 
hujjatlarni olish va ishga qo‗shish, ahamiyatli holatlarni bayonnomada qayd qilish 
to‗g‗risida iltimoslar qilishlari mumkin. Isbot qilish sub‘ektlarining huquqlari ular 
tomonidan amalga oshirilishi mumkinligi bois yuqorida sanab o‗tilgan shaxslar 
dastlabki tergovda juda faol faoliyatni amalga oshiradilar. Ularning barchasi, 
jumladan, dastlabki tergovda ishtirok etayotgan himoyachi va jabrlanuvchining 
vakili tergovning istalgan vaqtida narsa va hujjatlarni taqdim qilishlari mumkin. 
Ayblanuvchi (gumon qilinuvchi) va jabrlanuvchidan farqli ravishda himoyachi 
isbot qilishda o‗z manfaatlarini emas, balki gumon qilinuvchining va 
ayblanuvchining manfaatlarini himoya qiladi. Uning faoliyat maqsadi-
ayblanuvchini oqlaydigan va uning aybini engillashtiradigan, gumon qilinuvchi 
tomonidan jinoyat sodir qilinganlik to‗g‗risidagi taxminlarni inkor qiladigan 
holatlarni aniqlash bo‗lib, tergov harakatida ishtirok etish shaklini ham belgilaydi. 
Qonunda ayblanuvchi va gumon qilinuvchi ishtirok etadigan tergov harakatlarida 
himoyachining ishtirok etishga haqli ekanligi belgilangan. Ushbu shaxslarni so‗roq 
qilishdan oldin himoyachi o‗zining ular bilan yakka holda uchrashish huquqidan 
foydalanib, himoya qilish taktikasini muhokama qilib oladi. Ayblanuvchi va 
gumon qilinuvchi shaxslarni suroq qilinishiga qatnashib, himoyachi tergovchi 
ruxsati bilan savollar bilan murojaat qiladi, bayonnomaga kerakli qo‗shimcha va 
o‗zgartirishlarni kiritishini so‗raydi, bayonnomada aks ettirilgan ma‘lumotlarning 
to‗laligi va to‗g‗riligini tasdiqlaydi. Bizning fikrimizcha, tergovchi himoyachining 
iltimosnomasiga ko‗ra himoya ostidagi shaxs qatnashmagan boshqa tergov 
harakatlarni amalga oshirishda ham himoyachi ishtirok etishiga yo‗l qo‗yishi 
kerak: jabrlanuvchining guvohni, ekspertni so‗roq qilishda. Bunday fikrning kelib 
chiqishi himoyachining tergov tugaganidan so‗ng qo‗shimcha tergov harakatlarini 
o‗tkazish va ularda ishtirok etish hamda ular tasdiqlangan hollarda tergov 
harakatlarini o‗tkazishda faol ishtirok etib, guvoh, jabrlanuvchi, ekspert va 
mutaxassisga savol berish huquqiga asoslangan. 
Ko‗zdan kechirish, guvohlantirish, yuzlashtirish, tanib olish uchun ko‗rsatish, 
ko‗rsatuvlarni hodisa sodir bo‗lgan joyda tekshirish kabi tergov harakatlarida 
ishtirok etgan himoyachi uning nuqtai nazariga ahamiyatli bo‗lgan xolatlarga 
tergovchining e‘tiborini qaratadi, ularni to‗liq bayonnomada aks ettirilishini 
nazorat qiladi, mutaxassisga savollar beradi, hujjatlar va ashyoviy dalillarni ishga 
biriktirib qo‗yilishini iltimos qiladi. Boshqacha qilib aytganda, himoyachi ayrimlar 
aytganidek, tergovchi, xolis va mutaxassislarning xatti-harakatlarini kuzatishi bilan 
cheklanmasdan, o‗rganish va tanishib chiqishni faol amalga oshirishi mumkin. 


Ekspertiza tayinlanganda himoyachi o‗z himoyasi ostidagi shaxsning barcha 
huquqlaridan foydalanishi mumkin. Xususan, u ayblanuvchi nomidan, ekspertga 
rad bildirish, ekspertga qo‗shimcha savollar berish, tergovchining ruxsati bilan 
ekspertiza o‗tkazilishida ishtirok etish, xulosa bilan tanishib chiqish, xulosa 
yuzasidan o‗zining e‘tirozlarini bildirish kabi huquqlariga ega. Agar himoyachi o‗z 
himoyasi ostidagi shaxs bilan birgalikda ishda ishtirok etadigan bo‗lsa, u himoyasi 
ostidagi shaxsning protsessual huquqlari amalga oshirilishi ustidan ham kuzatib 
turishi kerak; kerakli iltimosnomalar orqali himoyachi, yuzaga chiqqan xatolarni 
bartaraf etilishiga qaratilgan barcha choralarni amalga oshirishi lozim. 
Guvoh, jabrlanuvchi va ekspertlarning so‗roq qilinishida himoyachi ishtirok etib, 
ayblanuvchi yoki gumon qilinuvchi shaxslarning aybini rad etuvchi yoki 
javobgarligini engillashtiruvchi ma‘lumotlarni savollar berish orqali aniqlashga 
harakat qiladi. 
Dalillarni to‗plash – bu nafaqat biror bir aniq ma‘lumotlarni aniqlash, balki ularni 
to‗g‗ri protsessual tartibda rasmiylashtirish, xususan, hujjat va narsalarni ish 
materiallariga biriktirilishini unutmasligimiz lozim. Bunday qaror qabul qilish 
faqat isbot qilish sub‘ektlari – ya‘ni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudga 
tegishli. 
Tergov harakatlarida jabrlanuvchi va uning vakilining ishtiroki to‗g‗risidagi 
masala diqqatga sazavordir. O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida 
belgilangan fuqarolarning qonun va sud oldida, shuningdek taraflarning tengligi 
jinoyat protsessida xususan, dalillar to‗plashda jabrlanuvchi rolini qaytadan 
belgilashni taqozo etadi. SHu bilan bog‗liq ravishda ko‗plab tadqiqotchilarning 
e‘tiborlari bir – biriga qarshi funksiyalarni amalga oshiruvchi ishtirokchilar tashkil 
topadigan taraflar (bir tarafda ayblanuvchi va uning himoyachisi, ikkinchi tarafda 
jabrlanuvchi va uning vakili) o‗rtasidagi notenglik va uni bartaraf qilishga 
qaratilmoqda. 
Jabrlanuvchi va uning vakili sudda mustaqil taraf sifatida ishtirok etsalar-da, 
dastlabki tergovda ularning notengligi saqlanib qolgan. 
Xuddi shuningdek, O‗zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat–protsessual 
kodeksi jabrlanuvchining tergov harakatida ishtirok etish huquqini bermaydi. 
Qonun tergovchining jabrlanuvchini ko‗zdan kechirish va tergov eksprimentida 
ishtirok etishga jalb qilish huquqini nazarda tutadi. Lekin mantiqan uning 
ishtirokisiz o‗tkazilishi mumkin bo‗lmagan boshqa tergov harakatlarida ham 
ishtirok etadi. Masalan, so‗roqda so‗roq qilinuvchi sifatida, tanib olish uchun 
ko‗rsatishda tanib oluvchi, ba‘zida tanib olinuvchi sifatida, yuzlashtirishda esa 


yuzlashtirilayotgan shaxslarning biri sifatida, ko‗rsatuvlarni hodisa sodir bo‗lgan 
joyda tekshirish tergov harakatlarida ishtirok etishi mumkin. Uning tintuv va olib 
qo‗yish tergov harakatlariga jalb qilinishi ham istisno holat emas. Xuddi shu 
holatlarda jabrlanuvchi vakilining ishtirok etishi vakillikni bergan shaxsning 
qonuniy manfaatlarini himoya qilishning kafolati bo‗lar edi. Jabrlanuvchi va uning 
vakiliga ular uchun muhim hisoblangan tergov harakatlariga ishtirok etishga ruxsat 
berish to‗g‗risida iltimos qilish huquqi berilganda maqsadga muvofiq bo‗lar edi. 
Bizningcha, jabrlanuvchini va vakilini o‗z tashabbusi yoki ularning iltimosiga 
ko‗ra nafaqat ko‗zdan kechirish va tergov eksprimentiga, balki boshqa tergov 
harakatlariga ham jalb qilgan tergovchilarning ishlari to‗g‗ridir. Ekspertiza 
tayinlash va o‗tkazishda ayblanuvchining va jabrlanuvchining huquqlaridagi 
tengsizlik yuridik adabiyotlarda qattiq tanqidga olinadi. Agar ayblanuvchi ekspert 
tanlashga, ekspert oldiga qo‗yilgan savollar mazmuniga; ta‘sir ko‗rsatish, 
ekspertiza o‗tkazilayotganda ishtirok etish, ekspert xulosasi bilan tanishish 
huquqlariga ega ekan, jabrlanuvchi, ekspertning xulosasiga befarq bo‗lmasa-da 
yoki ekspert xulosasi uning manfaatlarga ham ta‘sir etsa-da yuqoridagi huquqlarga 
ega emas. Ayblanuvchi va jabrlanuvchi huquqlaridagi muvozanatsizlikni yo‗qotish 
to‗g‗risida yuqorida bayon qilinganlar jabrlanuvchiga ekspertiza tayinlashni talab 
qilish huquqining berilishi kerakligiga urg‗u beradi. 
Tergov harakatining qolgan ishtirokchilari – guvohlar, eks-pertlar, tarjimonlar, 
xolislar va boshqa bir qancha ishtirokchilar zimmalariga yuklatilgan 
majburiyatlarni bajarish uchun jalb qilinadilar. SHu majburiyatlarga yarasha 
huquqlarga ega bo‗lsalar-da, ular shaxsiy manfaatlarga ega bo‗lmaydilar. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish