Protsessual tartibi va rasmiylashtiriladigan protsessual hujjatlar


YUzlashtirish tergov harakatining turlari



Download 0,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana24.06.2022
Hajmi0,68 Mb.
#701223
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
saydullo

YUzlashtirish tergov harakatining turlari. 
Ushbu tergov harakati 
ishtirokchilarning tarkibiga ko‗ra quyidagi turlarga ajratiladi:
 

ikkita guvohni yuzlashtirish; 

ikkita ayblanuvchini yuzlashtirish

ikkita gumon qilinuvchini yuzlashtirish; 

ikkita jabrlanuvchini yuzlashtirish

guvoh va jabrlanuvchini yuzlashtirish; 

jabrlanuvchi va ayblanuvchi (gumon qilinuvchi)ni yuzlashtirish; 

guvoh va ayblanuvchi (gumon qilinuvchi)ni yuzlashtirish; 

ayblanuvchi va gumon qilinuvchini yuzlashtirish. 
Ikkita guvohni yuzlashtirish. 
Bir holat yuzasidan ikki guvohni yuzlashtirish 
ularning ko‗rsatuvlaridagi qarama-qarshiliklar, tafovutlarni aniqlash va ishning 
haqiqiy holatlarini ochishga xizmat qiladi. 
Ikkita ayblanuvchilarni yuzlashtirish. 
Ayblanuvchilarni yuzlashtirib so‗roq qilish 
ixtiyoriylik asosida o‗tkazilib, asosiy e‘tibor ayblanuvchilarning o‗zlariga 
qo‗yilayotgan ayblovga nisbatan bildirgan e‘tirozlariga va ularning bergan 
ko‗rsatuvlaridagi nomutanosib faktlarga qaratiladi. 
Ikkita gumon qilinuvchini yuzlashtirish
. Ikkita gumon qilinuvchini yuzlashtirishda 
avval ular qanday jinoyatda gumon qilinayotganligi bildiriladi. 
YUzlashtirilayotgan shaxslarning bunga munosabati, shu holat yuzasidan bergan 
ko‗rsatuvlari taqqoslanadi, ularga o‗zaro savol-javob qilish imkoniyati yaratiladi. 


YUqoridagi shaxslarning oldindan tanish yoxud notanishligi, o‗rtalarida 
munosabat mavjud yoki yo‗qligi aniqlanadi. 
Ikkita jabrlanuvchini yuzlashtirish.
Ikkita jabrlanuvchini yuzlashtirishda ularning 
ishning haqiqiy holatlaridan xabardorligi, ish bo‗yicha ayblanayotgan shaxsga 
munosabati solishtirilib ahamiyatga ega ma‘lumotlar qayd etiladi. 
Guvoh va jabrlanuvchini yuzlashtirish.
Guvoh va jabrlanuvchini yuzlashtirishda 
ularning ishning muayyan holatlardan xabardorligi borasida va qarama-qarshiliklar 
mavjud holatlar to‗g‗risida ko‗rsatuvlar berish taklif etiladi. Ular yuzlashtirish 
tergov harakatini olib borayotgan shaxsning ruxsati bilan bir-birlariga savol 
berishlari mumkin. 
Jabrlanuvchi va ayblanuvchi (gumon qilinuvchi)ni yuzlashtirish.
Jabrlanuvchi va 
gumon qilinuvchini yuzlashtirib so‗roq qilishda ham jabrlanuvchi va gumon 
qilinuvchining ilgari bergan ko‗rsatuvlari va taqdim etgan dalillarining o‗zaro 
mosligi aniqlanadi. Jabrlanuvchi va gumon qilinuvchini yuzlashtirishni tanib olish 
tergov harakatidan farqlash lozim. Tanib olishda tanib olinishi lozim bo‗lgan obekt 
va uning belgilari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar olinadi. YUzlashtirishning bu turi 
shunisi bilan ahamiyatliki, bunda jinoyat protsessi ayblov va himoya taraflarining 
ishtirok etadigan ishtirokchilari qatnashib, ishga doir muhim masalalarga oydinlik 
kiritiladi. 
Guvoh va ayblanuvchi (gumon qilinuvchi)ni yuzlashtirish. 
Bunday yuzlashtirishda 
aksariyat hollarda ayblanuvining shaxsiga, uni ayblash uchun xizmat qilgan asoslar 
va dalillarga oid ko‗rsatuv va ma‘lumotlar tekshiriladi. YUzlashtirish tugaga-
gandan keyin ham ularni alohida so‗roq qilish maqsadga muvofiqdir. 
Ayblanuvchi va gumon qilinuvchini yuzlashtirish
. Ayblanuvchi va gumon 
kilinuvchini yuzlashtirish kamdan-kam qo‗llanilib, ushbu jarayon haqiqatni 
aniqlash va yuzlashtirilayotgan shaxslarning qay biri haqiqatda ayblanuvchi 
ekanligini aniqlashga xizmat qiladi. SHuni ham ta‘kidlab o‗tish lozimki, bunda 
ayblanuvchining aybga asossiz iqror bo‗lishi mumkinligi singari holatlarning oldi 
olinadi hamda ularning aybi darajasini aniqlash imkoni bo‗ladi. 
Ayblanuvchi va gumon qilinuvchiga ularning ko‗rsatuv berish yoki bermaslik 
huquqlari, jumladan yuzlashtirish tergov harakatida ishtirok etish huquqi 
tushuntiriladi. 

Download 0,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish