Nodir Tohirovich
Qudbiyev
|
Zebo Abduxalimovna
Axmadaliyeva
|
Dilshodbek Muzaffar
o‘g‘li No‘monov
|
|
Fargʻona politexnika instituti
|
|
ANNOTATSIYA:
Maqolada soliq
yukini hisoblash mexanizmi, uning ahamiyati va tashkilotlarning faoliyatiga taʼsiri koʻrsatilgan.
Soliq yuki,
soliq yuki, soliqqa tortishning jiddiyligi tushunchalarini farqlash. Tashkilotning soliqqa tortilishini tavsiflovchi boshqa koʻrsatkichlar koʻrib chiqiladi. Xoʻjalik yurituvchi subyekt uchun soliq yukining koʻrsatkichi roli aniqlandi. Ushbu koʻrsatkichni aniqlashning turli yondashuvlari koʻrib
chiqildi, soliq yukini hisoblashning mavjud usullarining afzalliklari va kamchiliklari aniqlandi. Soliq yukining qiymatini talqin qilishga eʼtibor qaratiladi. Soliq yukini hisoblashda soliq va yigʻimlarning tarkibi aniqlandi.
Kalit soʻzlar: soliq yuki, soliq og’irligi, soliq yuki ko'rsatkichlari,
soliq hajmi, soliq bo'yicha daromadning elastikligi.
Kirish. Mamlakatimizning demokratik davlat qurish yo’lidan borayotgan bugungi kunda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda soliq siyosatini
yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirib borish muhim masalalardan hisoblanadi. Ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda soliq todovchilar zimmasidagi soliq yukini
tobora kamaytirib borish, buning natijasida soliq tizimini yanada samarali ishlashini ta’minlash alohida ahamiyatga ega.
Haqiqatdan ham, korxonalarning soliq yuki
darajasini kamaytirib borish, ularga nisbatan optimal darajadagi soliq yukini belgilash va shu miqdorni davomiy saqlab turishdan davlat va soliq to’lovchilar bir xilda manfaatdordirlar. Soliq yuki darajasini optimal baholanishi bir tomondan korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini rag’batlantirsa, ikkinchi tomondan davlat byudjet daromadlarining barqaror sur’atlarda tushib turishini ta’minlaydi.
Ma’lumki soliqlar insoniyat tarixida qadimdan katta munozaralarga sababchi bo’lib kelmoqda. Chunki soliqlar davlat byudjetining muhim daromad manbai hisoblanadi va davlat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlarni ta’minlaydi.
Soliqlar muammosi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar amaliyotidagi eng qiyin va murakkab muammolardan biri hisoblanadi. Bir tomondan soliqlar tizimi bugungi kunda ko’p munozaralarga sabab bo’layotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan soliqlar bevosita bozor munosabatlarining muhim dastaklaridan biri bo’lib, iqtisodiy islohotlarning ijobiy natijasi ko’p jihatdan ularga bevosita bog’liq.