Uchinchi normal shakl.Uchinchi normal shakl (3NSh) tranzitiv bog'liqlik tushunchasi bilan aloqador. Faraz qilaylik, atributlar R munosabatga tegishli bo'lsin. Bunda A→B va B→C o'rinli boiib, aksinchasi o'rinsiz bo'lsin, ya'ni C Bga yoki B Aga bog'liq bo’lmasin. U holda, C A ga tranzitiv bog'liq deyiladi va A→→S tarzda ko'rsatiladi.
Uchinchi normal shaklda, unikal kalit tarkibida bolmagan atributlarga bog'liq bo'lgan atributlar yo'qotiladi, ya'ni munosabat ikkita munosabatlarga ajratiladi (A va B, B va C).
Munosabat 3NShda deyiladi, agarda u 1NShga keltirilgan va birlamchi kalit bo'lmagan har bir atribut, birlamchi kalitga nisbatan tranzitiv aloqaga ega bo'lmagan holatda bo'lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |