MA`LUMOTLAR BAZASINI YARATISHDA NORMALLASHTIRISH SHAKLLARINING AHAMIYATI Ovlayeva Mohinur Amaliy matematika va informatika ta`lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi
Ilmiy rahbar: A.Xolmurodov
Annotatsiya. Maqolada ma`lumotlar bazasini yaratishda foydalaniladigan relatsion munosabatlarni normallashtirish usullari keltirilgan. Bu normallashgan shakllarning vazifalari va funksiyalari aytib o’tilgan.
Kalit iboralar. Relatsion ma`lumotlar bazasi, normal shakllar, funktsional bog`liqlik, Boys-Kodd shakli.
Kirish
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog`liq texnik mutaxassisliklarning zamonaviy ta'lim dasturlaridan biri ma`lumotlar bazasini (MB) loyihalash va yaratishni amalga oshirishda, mutaxassislardan bu o'quv kurslarini to’liq o'zlashtirishni talab qiladi.
Ushbu sohada mutaxassislarning kompetentivligini shakllantirishda ta'lim jarayonida, keyinchalik esa kasbiy faoliyatda avtomatlashtirilgan ma'lumotlar bazasini yaratishni ta'minlaydigan ixtisoslashtirilgan dasturiy vositalar (Case) bilan bevosita bog'liqdir.
Bunday vosita sifatida, ma'lumotlar bazasini yaratishda professional bilimlarni shakllantirishga yo'naltirilgan “rivojlangan dinamik moslashuvchan o'quv muhitini yaratish; o`rganuvchi xatolarining samarali diagnostikasini tashkil etish va o'quv materiallarini tayyorlashda muhim sa'y-harakatlarni rag'batlantirish” ta'lim tizimidan foydalanish taklif etiladi[1].
Ushbu ta'lim tizimining asosi sifatida biz relyatsion ma'lumotlar bazalarini normallashtirish tartibini keltirishimiz mumkin.
E. Kodd tomonidan taklif etilgan relatsion ma'lumotlar bazasini yaratish nazariyasidagi munosabatlarni normallashtirish, ushbu sohada yuqori sifatli loyihalash masalalarini yaratishga imkon beradigan eng shakllangan usullardan biridir. Biroq, amaliy tajriba shuni ko'rsatadiki, bu loyihalash usullari o'rganuvchilar uchun juda murakkabdir, chunki bu usul qat'iy aniq matematik asosga ega va boshqa usullarda qo'llaniladigan empirik yondashuvlarga asoslangan emas.
Relatsion ma'lumotlar bazalarini loyihalashtirishda zamonaviy Case-amaliy vositalarni qo’llash: ma'lumotlar bazasining infologik modelini ishlab chiqishga, mantiqiy ma'lumotlar bazasiga aylantirishga va muayyan ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlarini (MBBT) loyihalash muhiti uchun ichki (jismoniy) modelni tavsiflashga imkon beradi. Lekin, ular ma`lumotlar bazasini normallashtirish jarayonini avtomatlashtirishni ta'minlamaydilar, biroq ma'lumotlar bazasidan ayrim xususiyatlarini tekshirish imkoniyatini ta'minlaydi, masalan, infologik model “ko'pga-ko'p” aloqa relatsion ma`lumotlar bazasiga aylantirilganda tekshiradi (lekin avtomatik tarzda almashilmaydi).
Do'stlaringiz bilan baham: |