Normallashtirish usullari
Normallashtirish usullari (yoki munosabatlarni normallashtirish) dastlabki munosabatlarning atributlari va relatsion ma'lumotlar bazasini birinchi normal shakldan (1NSh) quyidagi darajalardagi normal shakllarga ko'chirishi bilan bog'liq bo'lib, u saqlangan ma'lumotlarning ortiqcha miqdorini kamaytiradi va shu bilan birga qo'shib olinadigan yangilanish anomaliyalarini yo'q qiladi, saqlangan ma'lumotni o'zgartirish va o'chirishga imkon beradi. Normal shakllardagi 6 ta darajalar aniqlandi, ammo ma'lumotlar bazasini uchinchi normal shaklga (3NSh) yoki normal Boys-Kodd shakliga (BKNSh) yetkazish uchun ishlab chiqilgan strukturaning sifati va ma'lumotlar uzatish anomaliyalarini yo'qotish nuqtai nazaridan yetarli darajada deb qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |