INGLIZ TILI VA ADABIYOTI GURUXI TALABASI NE'MATILLAYEVA RAYXONANING MA’NAVIYAT FANIDAN BUYUK AJDODLARIMIZ TARIXIY MEROSI ORQALI O'QUVCHILARGA AXLOQIY TARBIYA BERISH USULLARI MAVZUSIDA
T A Q D I M O T I
Reja 1. Ajdodlarimiz merosida milliy tarbiyaning o’rni va ahamiyati. 2. Milliy tarbiya tushunchasining ma’naviy talqini. 3. Milliy tarbiyaning fuqarolik jamiyati shakllanishidagi o’rni va ahamiyati. 1. AJDODLARIMIZ MEROSIDA MILLIY TARBIYANING O’RNI VA AHAMIYATI. - Insoniyat tarixiy taraqqiyotining sivilizatsiyalashgan davri biron-bir jamiyatning ezgu g’oyalar va mafkurasiz rivojlana olmasligini tasdiqlab kelmoqda. O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgach Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o’zbek xalqi o’z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish kabi maqsadlarni qo’ydi. Ana shu maqsadni amalga oshirish, yurtimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo etish ehtiyoji tug’ildi. Buning uchun bizga yot va begona g’oya tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol, komil insonlarni voyaga etkazish, bu yo’lda g’oyaviy, mafkuraviy bo’shliq bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, mamlakatimizning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishni taqozo etdi.
Inson o’zining ijtimoiy-madaniy rivojlanishi jarayonida ajdodlarining milliy qadriyatlarini ijodiy o’zlashtiruvchi, zamoniylashtiruvchi, boyituvchi va o’zgartiruvchidir. Ana shu insoniy burchlarning har bir shahs tomonidan mukammal bajarilishi ijtimoiy taraqqiyotning boy, rang-barang madaniy oqimlarini hosil qiladi, saqlab turadi. Shu nuqtai nazardan, har bir inson o’zida tarihiy, ijtimoiy, madaiiy-milliy ko’rsatkichlarni mujassamlashtiruvchi tarbiya mahsulidir. - Inson o’zining ijtimoiy-madaniy rivojlanishi jarayonida ajdodlarining milliy qadriyatlarini ijodiy o’zlashtiruvchi, zamoniylashtiruvchi, boyituvchi va o’zgartiruvchidir. Ana shu insoniy burchlarning har bir shahs tomonidan mukammal bajarilishi ijtimoiy taraqqiyotning boy, rang-barang madaniy oqimlarini hosil qiladi, saqlab turadi. Shu nuqtai nazardan, har bir inson o’zida tarihiy, ijtimoiy, madaiiy-milliy ko’rsatkichlarni mujassamlashtiruvchi tarbiya mahsulidir.
- Turli xalqlarning bir-birlarini tanishida, bilishida, bilvosita va bevosita millatlararo muloqotlarda insonning milliy jihatlari alohida qiziqish uyg’otgan. Qadim zamonlarda ham tarihchilar, sayyohlar, qomusiy bilimga ega mutafakkirlar (Ibn Batuta, Strabon, Abu Rayhon Beruniy, Mikluho Maklay, Lui Gonsales de Klaviho, Herman Vamberi va boshqalar) qoldirgan asarlar, ijtimoiy-falsafiy, ahloqiy ta’limotlarda ham boshqa xalqlar hayotini qiyosiy o’rganish yo’nalishi mavjud edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |