Ajdodlarimiz farzand tarbiyasining negizi sifatida ahloqiy uchlik: o’y-niyat—so’z—ish birligini yaratishgan. Mazkur uchlik negizini keyinchalik lug’atimizga kirib kelgan «vijdon» so’zi bilan ham ifodalash mumkin. «Men Yahshi niyat, Yahshi so’z va Yahshi ishga shon-shavkat bahsh etaman. Men yahshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat bahsh etaman» — deb yozilgan «Yasna»da. «Yahshi fikr deganda... yaqin kishisiga mehribon bo’lish, muhtoj va havf-hatar ostida qolganda ko’maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baht-saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvliqda, o’z maslakdosh birodarlari bilan do’stlik va hamkorliqda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o’z fikri-hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yahshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi, chunki bunday holatida yahshi niyatini yo’qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi», — deb hisoblangan. - Ajdodlarimiz farzand tarbiyasining negizi sifatida ahloqiy uchlik: o’y-niyat—so’z—ish birligini yaratishgan. Mazkur uchlik negizini keyinchalik lug’atimizga kirib kelgan «vijdon» so’zi bilan ham ifodalash mumkin. «Men Yahshi niyat, Yahshi so’z va Yahshi ishga shon-shavkat bahsh etaman. Men yahshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat bahsh etaman» — deb yozilgan «Yasna»da. «Yahshi fikr deganda... yaqin kishisiga mehribon bo’lish, muhtoj va havf-hatar ostida qolganda ko’maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baht-saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvliqda, o’z maslakdosh birodarlari bilan do’stlik va hamkorliqda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o’z fikri-hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yahshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi, chunki bunday holatida yahshi niyatini yo’qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo’ya harakatlar qiladi», — deb hisoblangan.
3. MILLIY TARBIYANING FUQAROLIK JAMIYATI SHAKLLANISHIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI. - Mamlakatimizda ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash hamda jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Jamiyatimiz ma’naviy hayotida amal qilayotgan milliy mafkuraning bosh gʻoyasida shaxs va millatning ozod va erkin yashashi, Vatan ravnaqi yoʻlida ulardagi barcha imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish, orzu-intilishlarini amalga oshirishdek ulugʻ maqsadlar mujassamlashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |