Bog'liq PROFESSIONAL MOBIL RADIO ALOQA TIZIMI TUShUNChASI
ARSO25 (Project 25) standarti Shimoliy Amerika jamoat xavfsizligi xizmatlari axtiyojlari uchun maxsus foydalanuvchilar assotsiatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan standartdir.Radiostansiyalar mavjud analog radiostansiyalar parki bilan uyg‘unlikda ishlay oladi, shu bilan birga R25 ning boshqa analog va rakamli rejimlari bilan ishlaydi. Mazkur standartni radioaloka tizimida ishga tushirish xamkorlik va o‘zaro moslikni ta’minlaydi. Ushbu standart Shimoliy Amerika Avstraliya, Singapur va Rossiyada ishlatish uchun ma’qullangan.
Birinchi boskich tizimlari analog, raqamli va aralash rejimda 12,5 KGs yulak kengligida ishlagan. 9.600 bit/s tezlikda uzluksiz to‘rt pozitsiyali chastota modulyatsiyasi (S4FM)ishlatiladi. 7,2 Kbit/s tezlikda (FEC - forward error correction - xatoliklardan ximoya kilish ma’lumotini o‘z ichiga olgan xolda)shakllangan rakamli oqimda IMBE (lmproved Multiband Excitation)vokoderi ishlatiladi. Standartning ikkinchi bosqich spesifikasi ayni vaqtda ishlab
chiqarilish jarayonida. Uning maqsadi FDMA yoki TOMA ni radiochastota spektrini 6,25 KGs chastota yulagida 4800 bit/s dan kam bo‘lmagan tezlikda bir kanalda ovozni yoki ma’lumotni uzatishda maqcadga muvofiqligini tekshirishdir. Modulyatsiyaning istiqbolli turi signal uchun egallab turilgan minimal chastota yulagini ta’minlovchi bir vaqtdagi fazali va amplitudali modulyatsiya - uzluksiz kvadrat fazali modulyatsiyadir. Bunday turdagi modulyatsiya yaqori chiziqli kuchaytirgichdan foydalanishni talab etadi.
Standart Spesifikasi buyicha yaqori darajadagi ovozni siqish vokoderidan foydalanishni talab etadi. Shunday qilib, ovozli bitta kanal uzatilishi uchun 4800 bit/s raqamli oqim tezligidan oshmaydi.
PROFESSIONAL MOBIL RADIOALOQA TIZIMI TUSHUNCHASI
Radioalqa tarmog‘i qurilish spesifikasidan kelib chiqib R25 standarti tarnking, Simulcast, konvensional va xk tormoqlarning to‘liq kompleks yechimlarini taklif etadi. ARSO-25 standarti
radiotarmog‘i tarmoklari Yevropa mintaqasida keng foydalanilmaydi shuning uchun bu xujjatda u o‘rganilmagan. DPMR standarti 6,25 KGs yulagi kengligi bulgan tashuvchi chastotada bitta informatsion kanal tashkillashtirishni amalga oshirishni ta’minlaydi.Chastota bulinishlariga ko‘p stansiyali kirishi ishpatiladi (Frequency Division Multiple Access). Ushbu yechim bitta informatsion kanal resursi foydalanuvchi talablarini ta’minlaydigan past trafik intensivligi bo‘lgan tarmoklar uchun o‘rinli. Agar tarmoqda bitta informatsion kanaldan ko‘proq kerak bulsa, u xolda kombayner qurilmalarni yaratish uchun signallar qo‘shilganda quvvatni kamayishiga mos bo‘lgan tannarxi qimmat yechimni ishlatish kerak. 12,5 KGs radiochastota yulagi kengligidan foydalaniladigan radioaloqa vositalari tizimlari bilan mos tushishi ta’minlanmagan. Ishlatilayotgan modulyatsiya turi qo‘shni kanalga xalaqit berishi mumkin.
TETRAPOL
TETRAPOL
Standarti 90 yillarda
Farnsiyada ishlab chiqilgan va ITU-R (8A ishchi guruxi)tomonidan ma’qullangan. TETRA va DMR standartlari tomonidan taklif etilgan spektral samaradorligi nisbatan past bo‘lgan GMSK modulyatsiyasi ishlatiladi. 1O KGs chastota yulagida faqat bitta informatsion kanal tashkil etiladi. TETRAPOL tarmog‘ida 12,5 kgs chastota yulagi kengligida chastotali bulinishli ko‘p stansiyali FDMAdan foydalaniladi. Modulyatsiya tezligi 8 Kbit/s ni tashkil etadi. Modulyatsiyasi minimal siljishga yega doimiy og‘uvchi binar Gauss modulyatsiyasidir (Gaussian Minimum Shift Keying - GMSK). Bu tizimdan bir qator Yevropa va jaxon mamlakatlarida foydalaniladi. EADS kompaniyasi ushbu standart qurilmalarini yagona ishlab chiqaruvchisidir.