Professional competence of students of military education



Download 305,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana20.12.2022
Hajmi305,66 Kb.
#891635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1429-Article Text-3817-1-10-20210825

 
 
Kirish 
“Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”va “Ta`lim to`g`risida”gi Qonunda ta`lim 
mazmunini yangi shakl va ko`rinishlarini joriy etish, o`quvchi faoliyatini rivojlantirishga
bolaning shaxsiy fikrini kamol toptirishga xizmat qiladigan, ijodkorlikka yo`naltiruvchi natijali 
ta`limni tashkil etishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishga erishish muhim vazifa ekanligi 
uqtirilgan.
 
Kompetensiya –muayyan fan bo`yicha o`quvchi egallagan nazariy bilim, ko`nikma va 
malakalarni kundalik hayotida duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda 
foydalanib, amaliyotda qo`llay olishdir. 
Chaqiriqqacha ta’lim yo’nalishida
 
taxsil olayotgan talabalarning kasbiy kompetentligi 
deganda ularning o’z ustida ishlashlari, o’z yo’nalishida oldinga intilishlari tushuniladi. 
Kompetentlikni rivojlantirish uchun avvalambor amali va nazariy jarayonlarno yo’lga qo’yish 
bu bo’yicha keng tarmoqli ishlarni amalga oshirish tushuniladi.


Global Humanity Congress 
2
nd
 

International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted from Spain
https://conferencepublication.com 
 
September 10
th
 2021 
Biz bu sohaga tarixdan nazar soladigon bo’lsak avvalambor biz “Harbiy san’at” tushunchasiga 
nazar tashlaymiz. 
Harbiy sanʼat
— quruklik, dengiz, havoda harbiy harakatlar olib borishga tayyorgarlik koʻrish 
va uni olib borish nazariyasi va amaliyoti; Harbiy sanʼat — harbiy fanning bir qismi. 
Zamonaviy Harbiy sanʼatning tarkibiy qismi oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlgan harbiy strategiya, 
operativlik sanʼati va taktikayat iborat. Harbiy sanʼat ishlab chiqarishning taraq-qiyot darajasi 
va ijtimoiy tuzum xarakteri bilan belgilanib, mamlakatning rivojlanish tarixi xususiyatlari
milliy xususiyatlar va anʼanalar, geografik sharoit va boshqa omillarga bogʻliq suratda 
rivojlanadi. 
Tarixga nazar soladigon bo’lsak qadimda qullar mehnatiga asoslangan iqtisodiyot 
sharoitida bir necha oʻn ming jangchidan iborat armiya tuzish imkoni boʻlgan. Aksariyat 
mamlakatlarda qoʻshinning asosiy turini piyoda askarlar tashkil qilgan. Qad. Sharqdavlatlarida 
piyoda askarlar va otliq qoʻshindan tashqari jang aravalari, fillar va tuyalarda jang qiluvchi 
qismlardan ham foydalanilgan. Qurolli kuchlar tarkibi, ularning qurol-yarogʻi strategiya va 
taktikasini belgi-lagan. Qad. Sharq davlatlari, Hindiston va Xitoyda strategiya dastlab nisbatan 
qisqa masofalarga qilingan , qisqa muddatli harbiy yurishlar bilan cheklangan. Yunoniston va 
Qad. Rimgaxos boʻlgan qoʻshinlar taʼminoti yaxshilanishi, zabt etilgan davlatlarning moddiy 
resurslaridan foydalanishni yoʻlga qoʻyish bilan harbiy yurishlarning muddati uzaya 
boshlagan. 
Antik davr strategiyasi, asosan, urushga tayyorgarlik koʻrish, jang maydoni va vaqtini 
tanlash, asosiy zarba beriladigan yerni belgilash, qoʻshinlarga rahbarlik qilishda namoyon 
boʻlgan. Taktikaning taraqqiyoti jangovar tartibning eng sodda shakllaridan qushinlarni 
yuzma-yuz toʻqna-shuvigacha, jang maydonida qoʻshinlarni murakkab manyovrlarni amalga 
oshirishlari bilan belgilangan. Yunoniston boshqa Qad. Sharqmamlakatlariga nis-batan yaxshi 
qurollangan va taʼlim olgan qoʻshinga ega edi; yunonlarning asosiy harbiy kuchini ogʻir 
qurollangan piyodalar (goplitlar) tashkil etgan, ular shamshir, nayza bilan qurollanib, temir 
sovutlar kiyishgan. Jangdan oldin qoʻshinlar falanga boʻlib saf tortganlar (qarang Marafon jan-
gi). Markazda ogʻir qurollangan piyodalar toʻgʻri toʻrtburchak shaklida jips boʻlib saf tortgan, 
qanotlarda otliqlar, oldingi qatorda boʻlsa yoyma saf boʻlib yengil piyodalar joylashgan. 
Falanganing bir qancha ustunliklari boʻlgan. Uning kuchi safning jipsli-gida boʻlib, qarshi 
tomondan unga deyarli shikast yetkazishning imkoni boʻlmagan. Shu bilan bir qatorda unga 
ep-chillik yetishmagan. U taʼqib etishga mutlaqo yaroqsiz boʻlib, zarba kuchini oshirishi uchun 
qoʻshimcha kuchi yoʻq edi. Yunon falangasi faqatgina Sharq mamlakatlarining (mas. 
Axomaniylar davlati) qoʻpol, yomon taʼlim olgan qoʻshinlari bilan boʻlgan urushlardagina 
gʻalaba qilgan. Ammo ularga oʻnqirchoʻnqir yerlarda jang qilishga moslashgan Rim qoʻshini 
bilan toʻqnashishga toʻgʻri kelganda ular magʻlubiyat alamini tortganlar. 
Rim imperiyasi qoʻshinining (miloddan avvalgi 4—2-asrlar) tashkiliy shakli legi-on 
edi, u manipulalarga boʻlingan (har bir manipulada 10 qator, har qatorda 12 tadan jangchi), 3 
manipula kogortani tashkil qilgan. Kogorta bir, keyinchalik 3 qator boʻlib saf tortgan. Legion 
qanotlarida yengil qurollangan piyoda askarlar va otliq qoʻshin turgan; bu Rim qoʻshinining 
manyovr qilish imkoniyatlarini oshirgan. Kar-fagen davlatining sarkardasi Gannibal miloddan 
avvalgi 216 yildagi Kanna jangit bir paytning oʻzida har 2 qanotdan zarba berish usulini qoʻllab 
oz sonli kuchlar bilan rimliklarning yirik qoʻshinini toʻliq qurshovga olib tor-mor keltirishga 
erishgan. Miloddan avvalgi 1-asrda Rim sar-kardasi Yuliy Sezar shtab tuzgan, jang maydonida 
qoʻshinlar manyovrini mohirona amalga oshirgan, raqib qoʻshini qanoti va old tomoniga qarshi 
hal qiluvchi zarba berish uchun kogortaning 3qatoridan foydalangan, bu bilan zaxira barpo 
etilishini boshlab bergan. Qad. misrliklar, ossuriyaliklar, xitoylar va boshqa xalqlar mustahkam 
istehkomlar, yoʻllar va koʻpriklar qurishga mohir boʻlishgan. Qad. dunyoning ayrim 
mamlakatlari olib borgan urushlarda dengiz floti muhim rol oʻynagan, u quruqlikdagi 
qoʻshinga yordam berib, baʼzan mustaqil harakat qilgan. 



Download 305,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish