Professional competence of students of military education



Download 305,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana20.12.2022
Hajmi305,66 Kb.
#891635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1429-Article Text-3817-1-10-20210825

Global Humanity Congress 
2
nd
 

International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted from Spain
https://conferencepublication.com 
 
September 10
th
 2021 
Qad. Sharq, Yunoniston, Rim davlatlarida asta-sekin harbiy nazariya vujudga kela 
boshlagan. chunonchi, Xitoy sarkardasi va mutafak-kiri Sun Szi "Harbiy sanʼat haqida 
risola"sida harbiy kuchlarni davlatning mustahkamligiga bogʻliq ekanli-gini, vaqt va geografik 
sharoit omillarning harbiy harakatlar olib borishga taʼsiri, sarkardaning roli, urushga puxta 
tayyorgarlik koʻrish va raqibning zaif va kuchli tomonlarini oʻrganishning ahamiyati va 
boshqalarni keltirib oʻtgan. Yunon tarixchilari Fu-kidid, Ksenofont va boshqa oʻz asarlarida 
urushning borishini bayon qilib, uni tahlil etishga harakat qilganlar. Qad. Rimda Yuliy Sezar 
"Galliya urushi haqida xotiralar" va "Grajdanlar urushi haqida xotiralar" asarlarida urush va 
jang olib borish usullarini bayon etgan. 
Rim imperiyasi 5-asrda qulagach, vizantiyada Osiyo va Afrikaning koʻpgina 
mamlakatlarida ilk oʻrta asr davlatlari vujudga kelgan. Ular qoʻshinining asosiy kuchini xalq 
lashkarlari, uning negizini esa zodagon druji-nasi tashkil etgan. 8—9-asrlarda Gʻarbiy 
Yevropada (Frank davlati) asosiy harbiy kuch ogʻir qurollangan otliqqoʻshin (ritsarlar) dan ibo-
rat edi; piyodalar qushinning yerdamchi turiga ailangan. Gʻarbiy Yevropada 11 —15-asrlarda 
Harbiy sanʼat nihoyatda sekin rivojlangan. Harbiy harakatlar nisbatan oz sonli qoʻshin bilan 
aniq rejasiz va maʼlum bir jang-ovar safga tizilmay olib borilgan. Faqat diniy-ritsarlik ordenlari 
qoʻshinlari "pona" va boshqa jangovar saf turlarini qoʻllab ancha tartibli ravishda jang 
qilganlar. Bu davrda qalʼaqasrlar, mustahkamlangan shaharlar va monastirlar katta harbiy 
ahamiyat kasb etgan. 
Moʻgʻullar qoʻshini (13—14-asrlar) yengil va ogʻir qurollangan otliq askarlardan iborat 
boʻlib, uzoq maso-faga harbiy yurish qilib, jang may-donida koʻpchilik boʻlib harakat qilgan. 
Qoʻshin ilgʻor qism, soʻl va oʻng qanot va zaxiradan tashkil topgan. 
Markazlashgan ilk yirik davlatlarning barpo etilishi, hunarmandchilik va 
manufakturalarning rivojtanishi armiyaning tashkil etilishi va qurollanishida tubdan 
oʻzgarishlarga olib keldi. Armiya tarkibi endilikda urush paitida toʻplanadigan yellanma 
askarlar hisobiga toʻldiriladigan boʻlgan. 16-asrning 2-yarmidan mutlaq monarxiya davlatlari 
muntazam yollanma armiyalar tuza boshlashgan. Armiyalarni oʻtsochar qurollarga, jumladan, 
artilleriyaga ega boʻlishi tufayli jang olib borishning yangi usuli — liniyali taktikani paydo 
boʻlishiga olib keldi. Unda qoʻshinlar front boʻylab bir tekisda taqsimlanib, uzun qatorlarda saf 
tortib urushganlar. Liniyalardagi qatorlar (sherenga) miqdori miltiqlarning tez otarligi bilan 
bel-gilangan. Jangning taqdirini piyodalarning oʻq otish quvvati hal qilgan. 17-asrdagi 
armiyalarning strategiyasi xususiyati monarxik davlatlar tomo-nidan olib borilayotgan 
urushlarning cheklangan maqsadlarini koʻzlashida edi. 
18-asr oxiri — 19-asr boshlaridagi Buyuk fransuz inqilobi va milliy ozodlik urushlari 
natijasida harbiy harakatlar olib borish usullarida chuqur oʻzgarishlar roʻy bergan. 19-asrda 
Gʻarbiy Yevropaning aksariyat mamlakatlarida armiyalar tarkibi umumiy harbiy majburiyat 
asosida toʻldirila boshlagan. Armiyalarning tashkiliy tuzilmasi ham jiddiy oʻzgarishlarga 
uchragan: doimiy qoʻshin birlashmalarda — murakkab jangovar vazifalarni mustaqil hal eta 
oladigan diviziyalar va korpuslar barpo etilgan. qurolli kuchlarning soni bir necha marta 
oshgan. Urush olib borish usullari va xarakteriga qarashlar ham oʻzgargan; jangovar 
harakatlarning asosiy maqsadi dushman hududi, aloqa iullari va qalʼalarini bosib olish emas, 
balki uning armiyasini tor-mor keltirish boʻlgan. Chunki dushmanning asosiy kuchlari ustidan 
hal qiluvchi jangda gʻalaba qozonish gʻalaba qilgan tomonga oʻzi uchun manfaatli sulh tuzish 
imkonini bergan. 
Taktikada ham tub oʻzgarishlar boʻlgan. Jangovar tartibda batalonlar kolonnasi hal 
qiluvchi ahamiyat kasb etgan, batalonlar oldida sochma saf tortgan piyodalar qismi (yegerlar) 
borgan. Piyodalar hujumini artilleriya va otliq qoʻshin qoʻllab-quv-vatlab turgan. 18-asr oxiri 
— 19-asr boshidagi harbiy harakatlar olib borishning yangi usullarini tako-millashtirishda 
fransuz sarkardasi Napoleon I va rus sarkardasi M.I. Kutuzovpariinx xizmati katta boʻlgan. 



Download 305,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish