Professiografik tadqiqotlarni o`tkazish haqida tushuncha. Shaxs qiziqishlari va kasb



Download 203,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana14.06.2022
Hajmi203,25 Kb.
#667552
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-mavzu (2)

K.K.Platonov
muayyan 
sxema ishlab chiqqan bo`lib, u «Kasb tanlashga yo`naltirish uchburchagi» deb 
nomlanib o`zining ixchamligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Xuddi shu bois 
kasb tanlashga yo`llashda, reorientasiyalashda undan unumli foydalanish mumkin. 
Kasb tanlashga yo`naltirish uchburchagining muhim bir tomoni - bu har xil kasb - 
hunar egasiga nisbatan qo`yiladigan talablar yuzasidan muayyan bilimning 
mavjudligidir. Uning ikkinchi bir xususiyatli shuki, u yoki mutaxassislikka
nisbatan jamiyat ( viloyat, shahar, tuman)ning mehnat imkoniyatiga ehtiyoji 
bo`yicha bilimlar mujassamlashganligidir. Yana bir o`ziga xos tomoni shundan
iboratki, kasbga yo`naltiruvchining qunti, qobiliyati, shaxsiy xususiyatlari bo`yicha 
bilimlar umumlashtirilgan bo`lib kasbga tanlashga oid barcha jihatlar majmua 
holiga keltirilgandir
9

Kasb tanlashga yo`naltirish uchburchagi shaxsning qiziqishi, mayli, xohishi, 
o`zini o`zi baholashi, nufuzi kabilarga oid materiallarni o`zida mujassamlashtiradi.
Ye.A.Klimov
qarashlariga binoan professiogramma bu:
1) sensor kanallarni yuklamalash, ustivor signallarning turlari faoliyat 
jarayonidagi axborotlar ko`lami va umumiy xususiyati (ko`rish, eshitish va 
boshqalar);
2) axborotlarni saqlash va qayta ishlash bilan bog`liq aqliy faoliyatning 
xususiyati;
3) xotira, tafakkur va nutqning qatnashuvi ayrim harakatlarning tavsifi; 
4) ishda, mehnat faoliyatida asab – psixologik zo`riqish, tanglikning 
mavjudligi; 
5) diqqatni boshqarish zarurati;
6) ishda muvaffaqiyatga elituvchi shaxs sifatlari, fazilatlari; 
7)mehnat 
faoliyati 
tuzilishini 
tavsiflovchi 
integral 
psixofiziologik 
ko`rsatkichlar. 
Bizningcha, yuqoridagi mulohazalardan tashqari professiogramma oldiga 
quyidagi talablarni qo`yish maqsadga muvofiq.
1.Ishning qanday nomlanishi va uning nimalardan tuzilishi (ishning nomi, 
mutaxassislik, kasb - hunar, lavozim, ishchi o`rni imkoniyati, mehnatning 
turdosh xususiyatlari va uning muhim tavsiflarining bayoni). 
2. Ishning maqsadi, samaradorligi xususida ma`lumotlar. 
3. Mehnat quroli sifatida nimalar qo`llanilishi. 
4. Mehnat predmetining tarkiblari va ularning o`ziga xos jabhalari.
5. Mehnat faoliyati qaysi usullar yordami bilan bajarilishi.
6. Nimalarning negizida ish (mehnat, faoliyat amalga oshirilishi). 
7. Mehnat mahsullarini baholash mezonlari.
8. Ishning qanday ixtisoslik talab qilishi xususiyatlari.
______________________________ 
9
Professional Psychology: Research and Practice Artificial Intelligence in Psychological Practice: Current and Future 
Applications and Implications. David D. Luxton . Online First Publication, November 11, 2013. doi: 10.1037/a0034559, page : 6 


9.Ish qanday vositalar yordami bilan bajarilish imkoniyati va uning
motivirovkasi.
10. Ishni bajarilishining sharti va sharoitlari. 
11. Mehnatni (faoliyatni) tashkil qilish shakllari.
12. Mehnatning kooperasiyasi (Kim?, Nima?, Kim bilan hamkorlikda?). 
13. Mehnatning jadalligi (intensivligi) to`g`risida ma`lumotlar.
14. Mehnat faoliyatida mas`uliyatning va xavf-xatarning qaysi daqiqalari 
(holatlari) uchrashi.
15. Mehnat uning sub`ektiga qanday foyda, naf keltirishi (ish haqi, mukofot, 
ma`naviy ozuqa, imtiyoz, ijtimoiy moyillik, altruizm xislati, maqtov, jamoatchilik 
bahosi va boshqalar).
16. Ish yoki faoliyatning o`ziga xos xususiyatlariga ko`ra qanday talablarga va 
cheklanishlarga ega ekanligi. 
1920 yillarning ikkinchi yarmida rus psixotexniklari tez suratlarda kasbiy 
faoliyatning tamoyil va usullarini ishlab chiqdilar. Shu tadqiqotlarni 
umumlashtirishi natijasida psixotexnikada maxsus yondoshuv professiografiyani 
shakllanishiga olib keldi. Bu yondashuvning mohiyati-“kasblar tasviri” umuman 
olganda 
professiografiyani 
o`rganish, 
kasbning 
psixologik 
tavsifi 
va 
loyihalashtirishini o`z ichiga oladi. Professiografiyada ma`lum mehnat jarayonini 
tashkil etuvchi ob`ektlar belgilari, mehnat sub`ekti, mehnat predmeti vazifalari, 
vositalari va sharoitlari o`rganiladi. Professiografiyaning asosiy tamoyillaridan biri 
kasbiy faoliyatni o`rganishda differensial yondashuv tamoyili hisoblanadi. Bu 
tamoyilning mohiyati professiografiyaning aniq amaliy masalalarini echishga 
bo`ysunishidir. Masalan, kasbiy konsultasiya va kasbiy tanlov uchun shunday 
kasbiy muhim belgilarni ajratish kerakki, ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga 
ko`ra farqlanishi lozim. Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari, kasbiy 
bilim, malaka, ko`nikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni 
o`rganish uchun shunday belgilardan foydalanildiki, ular yordamida kasbiy 
toliqishning 
keltirib 
chiqaradigan 
omillarini 
aniqlaydi. 
Shunday 
qilib, 
profesiografiyaning differensial tamoyili kasbning o`rganish usullarini uning 
tavsif, mazmuni, shuningdek, qo`llanilish sohasi ya`ni professiografiya o`tkazish 
xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi.
Maqsadlari quyidagi faoliyat sohalari bilan bog`langan bo`lishi mumkin:
1)Ishchilar attestasiyasi. 
2)Yangi kasblar mutaxassisliklarni loyihalashtirish. 
3)Optantlar profkonsultasiyasi va mutaxassislar tanlovi. 
4) Kasbiy ta`lim malaka tayyorgarligi va malaka oshirishni takomillashtirish.
5) Shaxs kasbiy rivojlanishi bo`yicha ilmiy tadqiqotlar. 
Professiografiya natijalari professiogrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari 
tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek, 


sog`lig`iga qarshi ko`rsatmalarni o`z ichiga oladi. Professiogrammaning muhim 
tarkibiy qismi-psixogramma bo`lib, u mutaxassisning motivasion, iroda va 
emosional sohasining tavsifi hisoblanadi. Psixogramma-kasbning psixologik 
portreti bo`lib, u aniq kasbda dolzarb bo`lgan psixologik funksiyalar guruhi bilan 
namoyon bo`ladi. 

Download 203,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish