Glossariy Psixologik testlar – bu muayyan psixologik xususiyatni o`lchash, aniqlash imkonini beradigan nazariy va amaliy jihatdan asoslangan topshiriq, mulohazalar tizimidir.
Proektiv metodikalar – klinik yo`nalishlarga ega bo`lgan o`ziga xos, turli-tuman psixodiagnostik vositalar guruhidir.
vaziyatlarda affektiv hissiyot hamda kechinmalarni, shaxsning ongsizlik holatlarini aniqlashga qaratilgan metidikalar.
Kontent analiz – hujjatlarni sifatiy va miqdoriy o`rganish. Fiziognomika - (yunoncha "tabiat" va "biluvchi so`zlaridan olingan)insonnig tahqi ko`rinishi bilan uning muayyan tipga mansubligi o`rtasidagi bog`liqlik haqidagi ta`limot.
Frenologiya –(yunoncha "ahloq","xarakter" va "ta`limot")-inson psixik xususiyatlari bilan kalla suyagi shakli o`rtasidagi bog`liqlik haqidagi ta`limot.
Grafologiya - (yunoncha "yozaman' va "ta`limot) - bu yozuv, husnixat haqidagi ta`limot bo`lib,insonning psixik xususiyatlari va psixofiziologik holatini aks ettiruvchi ifodali harakatlarning turi sifatida tan olingan ta`limot.
Xiromantiya - (yunoncha "qo`l" va "taqdir") insonning individual xususiyatlari, xaraktier qirralari, boshdan kechirgan voqealarini teri-kaft rel`eflariga qarab aniqlash haqidagi qadimiy ta`limotlardan biri.
Simptomatik diagnoz - emperik diagnoz bo`lib, bunda tashxis qo`yish muayyan belgi yoki xususiyatlarni ta`kidlash bilan cheklanadi va uning asosida amaliy xulosalar chiqariladi.
Etiologik tashxis - bunda shaxsning muayyan xususiatlari va belgilarning mavjudligi hisobga olinib qolmay, balki ularni keltirib chiqaruvchi sabablar ham inobatga olinadi.
Tipologik bosqich - bunda qo`lga kiritilgan ma`lumotlarning shaxs tuzilishidagi o`rni va ahaniyati belgilanadi.
Psixologik testlar – bu muayyan psixologik xususiyatni o`lchash, aniqlash imkonini beradigan nazariy va amaliy jihatdan asoslangan topshiriq, mulohazalar tizimidir.
Etika bu - xulq-atvor meyrlarining yig‘indisi, jamiyat ma'lum guruhlarining axloqi.
Tadqiqot metodi – bu tadqiqotchini qiziqtirgan ma`lumotni qo`lga kiritish yo`li, vositasidir.
Tadqiqot metodikasi – bu psixik jarayonlar va ularning xususiyatlari to`g`risidagi zarur ma`lumotni qo`lga kiritish uchun qo`llaniladigan konkret usul va vositalar majmuidir.
Kam formallashgan metodikalar – bu qo`llashning qat`iy, aniq qoidalariga ega bo`lmagan metodikalar bo`lib, ko`proq psixodiagnostning psixik intuitciyasi va kasbiy tajribasiga bog`liq metodkalar.
Test – standartlashtirilgan, faollikni talab etuvchi, vaqt jihatdan chegaralangan holda bajariladigan topshiriqlar bo`lib, uning natijasi miqdor va sifat jihatdan baholanib, shaxs individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash imkonini beruvchi metod (L.F.Burlachuk).
So`rovnovalar – savol va mulohazalar tarzida berilgan topshiriqlarga tekshiriluvchidan ma` lumot olishga qaratilgan psix diagnostik metodikalar guruhidir.
Validlik – metodika yordamida olingan ma`lumotlarning metodikaning nimani aniglashga qaratilganligi, ya`ni metodika mohiyati bilan mosligi.
Ishonchlilik – psixogiagnostik metodikaning sifati bo`lib, natijalar barqarorligi va takrorlanishini ko`rsatuvchi mezon. Metodikaning ishonchliligi natijalar barqarorligi va takrorlanishini ko`rsatuvchi mezon hisoblanadi.
Retest Ishonchlilik - ayni bir testni ayni bir sinaluvchilarda bir xil sharoitlarda qayta o`tkazib, ikkala tekshiruv asosida olingan natijalar o`rtasida korrelyatciya (bog`liqlik) o`rnatish.
Parallel shakllar ishonchliligi - metodika ekvivalentini yaratish va uni ayni bir xil sinaluvchilarda o`tkazib, olingan natijalar korrelyatcion bog`lanishlar o`rnatish.
Mazmuniy validlik – test bilan tadqiq qilinayotgan xarakteristikaning o`zaro mosligini ifodalaydi.
Joriy validlik – natijalar bilan parallel tarzda qo`llangan mezonlarning mosligi. (Tekshiruv o`tkazilayotgan vaqtdagi o`zlashtirish, mahsuldotlik bilan testni bajarish natijalari).
Prognostik validlik – test natijalari bilan ma`lum vaqt oralig`dan so`nggi mezonlar o`rtasidagi moslik. Bunda mezonlar sifatida masalan, maktabdagi o`zlashtirish, mehnat mahsuldorligi ko`rsatkichlari chiqishi mumkin.
Konstruktiv validlik – test bilan o rganilayotgan belgi o`rtasidagi moslik (natijalarni boshqa testlar natijalari bilan taqqoslash
. Standartlashtirish , metodika o`tkazish protcedurasi va uning natijalarini baholashning yagona talablarini ishlab chiqishdir.
Tanlanma – bu sinaluvchilar bosh majmyining bir qismi yoki bo`lagi. Reprezentativ - uning xususiyatlari bosh majmua xususiyatlariga o`xshash yoki yaqin bo`lishi.
Test – standartlashtirilgan, faollikni talab etuvchi, vaqt jihatdan chegaralangan holda bajariladigan topshiriqlar bo`lib, uning natijasi miqdor va sifat jihatdan baholanib, shaxs individual-psixologik xususiyatlarini aniqlash imkonini beruvchi metod (L.F.Burlachuk) Validlik – metodika yordamida olingan ma`lumotlarning metodikaning nimani aniglashga qaratilganligi, ya`ni metodika mohiyati bilan mosligi.
Ishonchlilik – psixogiagnostik metodikaning sifati bo`lib, natijalar barqarorligi va takrorlanishini ko`rsatuvchi mezon. Metodikaning ishonchliligi natijalar barqarorligi va takrorlanishini ko`rsatuvchi mezon hisoblanadi
. Retest Ishonchlilik - ayni bir testni ayni bir sinaluvchilarda bir xil sharoitlarda qayta o`tkazib, ikkala tekshiruv asosida olingan natijalar o`rtasida korrelyatciya ( bog`liqlik) o`rnatish.
Test qismlari ishonchliligi – metodikani ikki qismga (odatda juft va toq topshiriqlarga ) ajratib, ushbu qismlar o`rtasidagi korrelyatciyani hisoblash orqali aniqlanadi (Pirson, Spirmen formulalari yordamida).
Diqqat - bu inson ongining biror ob`ektga yo`naltirilishi va to`planishidir. Intellekt – inson aqliy qobiliyatlari majmuidir.
Divergent tafakkur - bu tafakkurning o`ziga xos, alohida turi bo`lib, bunda bitta muammoni turli javob, yondashuv, qarash bilan hal qilinadi. Divergent tafakkur ijodning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Konvergent tafakkur – bu tafakkurning shunday shakliki, konkret vazifa doirasida avvaldan ishlab chiqilgan va qabul qilingan algoritmlarni aniq qo`llashga asoslanadi. Ijtimoiy intellekt – insoniy munosabatlarda oqilona harakat qila olish qobiliyati, ijtimoiy muammolar bilish, inson shaxsi va uning holatini tushunish.
Emotsional intellekt – hissiyotlarni (o`zi va boshqalarning ) tushunish va ularni boshqarish qobiliyati.
Intellekt testlari - umumiy qobiliyatlarni aniqlash testlari ( lotincha “intellectus” tushunish,bilish ma`nosini anglatadi.
Intellektual koeffitcent (IQ) –intellektual taraqqoyot darajasining miqdoriy ko`rsatkichi bo`lib, intellekt testlari orqali aniqlanadi.