ajratish va aniqlash (sifat analiz) metodlari
Mundarija:
I Kirish..............................................................................................................3
II Asosiy qism...................................................................................................6
Noma'lum moddaning sifat tahlili.................................................................6
1.1 Sifat tahliliga oid nazariy ma’lumotlar........................................................6
1.2 Noma'lum namunani tahlil qilishning asosiy texnikasi va usullari.............7
1.3 Noma'lum namunaning tarkibini aniqlashdagi taraqqiyot.........................12
2. Nazariy titrlash egri chizig‘ini hisoblash.....................................................20
2.1 Titrimetrik analizning nazariy asoslari......................................................20
2.2 Kompleksometrik titrlash..........................................................................21
2.3 Titrlash egri chizig‘ini kompleksometriya orqali hisoblash.....................24
2.4 Oqava suvlarning anion tarkibini aniqlash...............................................29
III Xulosa.......................................................................................................32
IV Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.......................................................33
Kirish
Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”.
Sh.M.Mirziyoyev.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti.
Respublika Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’limni rivojlantirish, yosh avlodga jaxon andozalariga mos bilim, iqtidor va ko’nikmalar berish, ularni ona –Vatanga, milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim-tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi. U mustaqillikka erishib, taraqqiyot yo’lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruhini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks ettirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda. Eng asosiysi, mamlakatimizda ta’limning hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror milliy modeli yaratildi.
Ta’lim va tarbiya, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sportni rivojlantirish masalalari, yoshlarimizning chuqur bilimga ega bo‘lishi, chet tillarini va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallashini ta’minlash doimiy ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.
Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa xuquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur. ... SHu maqsadda Hukumatning, tegishli vazirlik va idoralar hamda butun ta’lim tizimining, xurmatli domlalarimiz va professor-o‘qituvchilarning eng muxim vazifasi – yosh avlodga puxta ta’lim berish, ularni jismoniy va ma’naviy etuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, 2017-2021- yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning―Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Qaroriga muvofiq, ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida pedagog hodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini yanada takomillashtirishni taqozo etadi.
Respublikamiz ta’lim tizimida tub isloxatlar ro’y berayotgan bugungi kunda har tomonlama yetuk, yuqori malakali, yuksak ma’naviyatli, madaniyatli o’z kasbiga sadoqatli bo’lgan pedagog kadrlarni tayyorlab voyaga yetkazish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Shuning uchun biz kurs ishimizni “O’rta maktab kimyo kursida reaksiya tushunchasini shakllantirish va rivojlantirish ” deb nomlashga ahd qildik.
Quyida sizning e’tiboringizga xavola etilayotgan ishda kimyo ta’limiga mos zamonaviy ped texnologiyalar va ulardan o’quv jarayonida unumli foydalanishga doir tavsiyalar aks ettirilgan.
Analitik kimyo zamonaviy jamiyat hayotida katta amaliy ahamiyatga ega, chunki u kimyoviy tahlili vositalarini yaratadi va uning amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Kimyoviy tahlili qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik, radioelektron sanoat uchun sof va o‘ta toza materiallar ishlab chiqarish, tog‘-kon sanoati, neftni kimyoviy qayta ishlash kabi qator sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishni nazorat qilish va mahsulot sifatini baholashning muhim vositasidir. neft-kimyo, farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati, geologiya xizmati va boshqalar kimyoviy tahlilisiz atrof-muhitni muhofaza qilish, agrosanoat kompleksi faoliyatini, tibbiy diagnostika, biotexnologiyani rivojlantirish muammolarini hal qilish mumkin emas.
Kimyoviy analizning ilmiy asosini analitik kimyo tashkil etadi, u tahlili usullarining nazariy asoslarini ishlab chiqadi yoki ularni kimyo va fizika fanining turdosh sohalaridan olib, maqsadlariga moslashtiradi. Analitik kimyo usullarni qo‘llash chegaralarini belgilaydi, ularning metrologik xususiyatlarini baholaydi va turli ob'ektlarni tahlili qilish usullarini ishlab chiqadi. Demak, analitik kimyo ilmiy bilimlar sohasi, kimyo fanining bo‘limi, analitik xizmat esa jamiyatning kimyoviy tahliliga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish tizimidir.
“Analitik kimyo” fanidan kurs ishining maqsadi sifat va miqdoriy tahlilining asosiy tamoyillarini egallashdan iborat.
Belgilangan maqsadga noma'lum moddani tahlili qilish uchun aniq vazifani hal qilish, tahlilining titrimetrik usuli yordamida hisoblash va tegishli titrlash egri chizig‘ini qurish orqali erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |