Matnlarni qo'shish uchun + operatoridan foydalanmiz:
In [7]:
ism = 'Ahmad'
print("Mening ismim " + ism)
Mening ismim Ahmad
In [8]:
ism = 'Ahad'
familiya = 'Qayum'
print(ism + familiya)
AhadQayum
Yuqoridagi kodda ism va familiya orasiga bo'shliq belgisini qo'shmaganimiz uchun ikki matn qo'shilib yozildi. Buni to'g'rilash uchun, 3-qatorni quyidagicha yozamiz:
In [9]:
ism = 'Ahad'
familiya = 'Qayum'
print(ism + ' ' + familiya) # ikki o'zgaruvchi orasiga bo'sh joy qo'shamiz Ahad Qayum
f-string
Ikki (va undan ko'p) matn ko'rinishidagi o'zgaruvchilarni birlashtirish uchun f-string usulidan f"{matn1} {matn2}" ham foydalansak bo'ladi:
In [10]:
ism = "Ahad"
familiya = 'Qayum'
ism_sharif = f"{ism} {familiya}"
print(ism_sharif)
Ahad Qayum
Bu usul yordamida uzun matnlarni ham yasash mumkin:
In [12]:
ism = "James"
familiya = 'Bond'
print(f"Salom, mening ismim {familiya}. {ism} {familiya}!")
Salom, mening ismim Bond. James Bond!
Maxsus belgilar
Matnga bo'shliq qo'shish uchun \t belgisidan, yangi qatordan boshlash uchun \n belgisidan foydalanamiz:
In [13]:
print('Hello World!')
print('Hello \tWorld!')
print('Hello \nWorld!')
Hello World! Hello World! Hello World!
STRING METODLARI
Pythonda string ustida amalga oshirish mumkin bo'lgan tayyor amallar to'plami mavjud. Bunday amallar to'plami metodlar deb ataladi.
Metodlarni qo'llash uchun metod nomi matndan so'ng .metod_nomi() ko'rinishida yoziladi. Keling shunday metodlarning ba'zilari bilan tanishaylik.
upper() va lower() metodlari
upper() metodi matndagi har bir harfni katta harfga o'zgartiradi.
In [14]:
ism = 'Ahad'
familiya = 'Qayum'
ism_sharif = f"{ism} {familiya}"
print(ism_sharif.upper())
AHAD QAYUM
lower() metodi esa aksincha, har bir harfni kichik harfga o'zgartiradi.
In [15]:
ism = 'Ahad'
familiya = 'Qayum'
ism_sharif = f"{ism} {familiya}"
print(ism_sharif.lower())
ahad qayum
title() va capitalize() metodlari
title() metodi matndagi har bir so'zning birinchi harfini katta harf bilan yozadi.
In [16]:
ism_sharif = 'james bond'
print(ism_sharif.title())
James Bond
capitalize() esa faqatgina eng birinchi so'zning birinchi harfini katta bilan yozadi.
In [17]:
ism_sharif = 'james bond'
print(ism_sharif.capitalize())
James bond
Metodlarni faqat o'zgaruvchilarga emas, balki to'g'ridan-to'g'ri matnga ham qo'llash mumkin (aslida o'zgaruvchi ham matnning (yoki boshqa ma'lumotning) manzili xolos)
In [18]:
print('james bond'.upper())
JAMES BOND
strip(), rstrip() va lstrip() metodlari
Bu metodlar matnning boshi va oxiridagi bo'sh joylarni olib tashlaydi.
lstrip() — matn boshidagi bo'shliqni,
rstrip() – matn oxiridagi bo'shliqni,
strip() — matn boshi va oxiridagi bo'shliqlarni olib tashlaydi
In [21]:
meva = " olma "
print("Men " + meva.lstrip() + " yaxshi ko'raman")
print("Men " + meva.rstrip() + " yaxshi ko'raman")
print("Men " + meva.strip() + " yaxshi ko'raman")
print("Men " + meva + " yaxshi ko'raman")
Men olma yaxshi ko'raman Men olma yaxshi ko'raman Men olma yaxshi ko'raman Men olma yaxshi ko'raman
Matnlar bilan ishlaydigan metodlar ko'p. Ularning ba'zilari bilan kelajakda yana tanishamiz, to'liq ro'yhatni esa quyidagi sahifada ko'rishingiz mumkin.