Prinsiplari hamda qadimgi zamon tarixi manbalari


-masala. Manbashunoslikning mavzui va vazifalari



Download 347,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana02.08.2021
Hajmi347,22 Kb.
#136710
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-Мавзу баёни

1-masala. Manbashunoslikning mavzui va vazifalari. Manbashunoslik tarix fanining 

asosiy va  muhim tarmoqlaridan bo’lib, turli (moddiy—ashyoviy, etnografik, yozma va 

b.q.)  manbalarni  o’rganish  hamda  ulardan  ilmiy  foydalanishning  nazariy  va  amaliy 

jihatlarini o’rganadi. 

Tarixiy  manba  nima?  Tarixiy  manba  deganda  uzoq  o’tmishdan  qolgan, 

insoniyatning tabiat va jamiyatning ma’lum taraqqiyot bosqichidagi kechmishini o’zida 

aks  ettirgan  moddiy  (ashyoviy)  va  ma’naviy  yodgorliklarni  tushunamiz.  Moddiy 

yodgorliklar  turkumiga  ko’hna  manzilgoh  va  mozorlar,  shaharlar,  qasrlar  hamda 

qal’alarning xarobalari, o’sha joylardan topilgan ishlab chiqarish va urush qurollari, uy-

ro’zg’or hamda zeb-ziynat buyumlari, qadimiy sug’orish inshootlarining qoldiqlari, oltin, 

kumush va mis tangalar, shuningdek, ibtidoiy odamlar va hayvonlarning qoya toshlarga 

o’yib ishlangan suratlari, umuman tosh va boshqa qattiq buyumlardagi yozuvlar kiradi. 

Ma’naviy yodgorliklar turkumiga esa uzoq o’tmishdan qolgan qo’lyozma asarlar hamda 

odamlarning  turmushi  va  urf-odatlarini  o’zida  aks  ettiruvchi  materiallar,  shuningdek, 

kishilar ongida saqlanib qolgan urf-odat va an’analar kiradi. Xullas, tabiat va jamiyatning 

kechmishi bilan bog’liq bo’lgan har bir narsa tarixiy manba bo’lishi mumkin. Tabiat va 

jamiyat esa ma’lumki bir-biri bilan chambarchas bog’liq. 

Tarixiy  manbalar  inson  ijtimoiy  faoliyati  natijasida  paydo  bo’lgan.  U  ijtimoiy 

hayotning hamma tomonlarini, bo’lib o’tgan voqyealarni o’zida aks ettiradi. Shuning uchun 

tarixiy  manbalarsiz  qadimiy  odamlarning  turmushi  va  ijgimoiy  faoliyati  qay  tarzda 

kechganligini bilib va o’rganib bo’lmaydi. 

Manbalar ustida ish olib borganda shuni ham esda tutish  zarurki, har  bir tarixiy 

davrning o’ziga xos xususiyati bo’lib, u avvalo ijtimoiy-siyosiy tuzumning tabiati, ishlab 

chiqarish  usullari,  o’sha  davrda  mavjud  bo’lgan  moddiy  madaniyat  va  nihoyat,  yozuv 

texnikasining umumiy darajasi bilan belgilanadi. Shu bilan birga, ba’zi davrlarda fan va 

madaniyat jamiyatning moddiy taraqqiyotidan birmuncha ilgarilab ketishi, yoki orqada 

qolishi ham mumkin. Bu holni biz qadimiy Xorazm va Baqtriya madaniyati, O’zbekiston 



xalqlarining X va XV asrlardagi madaniyati yuksalishi misolida ko’rishimiz mumkin. 

Manbashunoslarning vazifalariga kelsak, tarixiy manbalarni topish, ularni turkumlash, 

chuqur va atroflicha tadqiq etish, manbada o’z aksini topgan yoki bayon etilgan voqyealar, 

keltirilgandalillarning to’la va haqqoniyligini aniqlash ularning asosiy vazifasi hisoblanadi. 

Tarixiy  manbalarni,  ularning  umumiy  tabiati,  o’tmishni o’zida aks ettirishiga 

qarab, quyidagi besh asosiy turkumga bo’lish mumkin. 




Download 347,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish