Prinsiplari hamda qadimgi zamon tarixi manbalari



Download 347,22 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana02.08.2021
Hajmi347,22 Kb.
#136710
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-Мавзу баёни

3-Masala:  O’rta  Osiyo  ham  Eron,  Hindiston,  Mesopotamiya,  Yunoniston,  Rim, 

Misr va Xitoy singari mamlakatlar ilk madaniyat o’choqlaridan hisoblanadi, lekin uning 

qadimiy madaniyati haqidagi ma’lumotlar juda kam. Biz O’rta Osiyoning faqat miloddan 

avvalgi VI asrlardan keyingi ijtimoiy-siyosiy hayoti haqidagina ozmi-ko’pmi ma’lumotga 

egamiz. 

Eron, Hindiston va ayniqsa, qadimgi Yunoniston va Rim manbalarida saqlangan 

ma’lumotlarga  qaraganda,  qadim  zamonlarda  O’rta  Osiyo  o’ramida  istiqomat  qilgan 

qabilalar  (saklar,  massagetlar  va  b.q.)  urug’chilik  tuzumini  boshdan  kechirganlar, 

chorvachilik, qisman dehqonchilik hamda hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar. 

Miloddan avvalgi VI asrda O’rta Osiyo Ahamoniylar davlati (miloddan avvalgi 550—

330 yy.) asoratiga tushib qoldi. 

Ana shu davrda bu yerda istiqomat qilgan xalqlar hayotida muhim ijtimoiy-siyosiy 

o’zgarishlar sodir bo’ddi. Urug’ jamoalari orasida tabaqalanish boshlandi: yangidan paydo 

bo’lgan urug’ aslzodalari serunum yerlarni egallab oldilar, qul mehnati hamda erkin jamoa 

a’zolariga  zulm  qilish  yo’li  bilan  boyib  bordilar.  Shu  tariqa  jamiyatning  tabaqalanish 

jarayoni kuchaydi. 

Qisqasi, miloddan avvalgi VI asrdan boshlab O’rta Osiyoda quldorlik jamiyati 

paydo bo’ldi. 

Bu davrning o’ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki, miloddan avvalgi VII asrda 

O’rta Osiyoda (masalan, Balx va Xorazmda) otashparastlik (zoroastrizm) dini paydo bo’ldi 

va keng tarqaddi. 

Ahamoniylar va ularning O’rta Osiyodagi noiblari, baribir, mahalliy aholini to’la 

itoatda tutolmadilar. Mahalliy xalqning chet el bosqinchilariga qarshi kurashi kuchaydi. 

Oqibatda miloddan avvalgi VI asr o’rtalariga kelib Xorazm mustaqillikni qo’lga kiritib 

oldi. Saklar va massagetlar ham o’z ozodligi va mustaqilligi uchun tinmay kurash olib 

bordilar. Eron hukmdorlari bilan O’rta Osiyo xalklari o’rtasida uzluksiz davom etgan 

urushlar  Ahamoniylar  davlatini  kuchsizlantirdi  va  Eronning  Iskandar  Zulqarnayn 

(miloddan avvalgi 336— 323 iy.) tarafidan bosib olinishini birmuncha oson-lashtirdi. 

Iskandar  Zulqarnaynning  yurishlari  (miloddan  avval-gi  334—324  yy.)  O’rta 

Osiyoning  ijtimoiy-siyosiy  taraqqiyotiga  ta’sir  ko’rsatdi:  katta  yer  egalari  bo’lmish 

mahalliy aslzodalarning mavqyei yanada mustahkamlandi. 



Ma’lumki, Iskandar Zulqarnayn vafotidan (miloddan avvalgi 323 yil 13 iyun) ko’p 

vaqt  (taxminan  75  yil)  o’tmay,  uning  ulkan  saltanati  mayda-mayda  qismlarga  bo’linib 

ketdi. 

Miloddan avvalgi taxminan 250 yili Buyuk Makedoniya saltanatining Baqgriyadagi 

noibi Diodot mustaqillik e’lon qildi va Yunon-Baqtriya davlatiga asos soldi. Bu davlat 

tarkibiga Sirdaryo bilan Ind daryosining yuqori oqimla-rigacha bo’lgan yerlar va xalqlar 

qarar edi. 

Hozirgi  Turkmanistonning  janubiy  tumanlari  ham  mustaqillikka  erishdi.  Bu 

yerda hokimiyat tepasiga nufuzli mahalliy Arshakiylar urug’ining boshliqlari o’tqizildi. 

Miloddan avvalgi 190 yili Magnesiya yenida bo’lgan janglarda Rim qo’shinlari 

Buyuk Antiox (miloddan avvalgi 242—187 yy.) qo’shinlarini tor-mor keltirib, Salavkiylar 

hukmronligiga qaqshatqich zarba berdilar. Bu hol Yunon Baqtriya, ayniqsa Parfiyaning 

kuchayishiga yo’l ochib berdi. Miloddan avvalgi II asrning 40-yillarida Parfiya butun 

Eron  va  Mesopotamiyaning  katta  qismini  o’ziga  qaratib  olib,  yirik  quldor  davlatga 

aylandi. Poytaxt Ekbatana (Hamadon) dan Yevfrat bo’ylariga, hozirgi Bag’dod yonida 

joylashgan  Ktesifonga  ko’chirildi.  Taxminan  o’sha  vaqtlarda  Yunon-Baqtriya  davlati 

ham  o’z  chegaralarini  birmuncha  kengaytirib  oldi.  Evfidem,  Demetriy  va  Evkradit 

zamonida  So’g’diyona,  Baktriya,  Araxosiya  (hozirgi  Afg’onistonning  janubi-sharqiy 

qismi),  Marg’iyona  (hozirgi  Turkmanistonning  janubi-sharqiy  hamda  Shimoliy 

Afg’onistonning  G’arbiy  qismini  o’z  ichiga  olgan  hudud)  va  Ariya  (hozirgi 

Afg’onistonning  markaziy  qismi),  boshqa  so’z  bilan  aytganda,  hozirgi  O’zbekiston, 

Tojikiston, Eronning sharqiy qismi hamda Afg’onistonning katta qismi Yunon-Baqtriya 

davlati tarkibiga kirar edi. 

Lekin, Yunon-Baqtriyaning ichki ahvoli u qadar mustahkam emas edi: mahalliy 

xalq bilan yunon-makedoniyalik hokimlar o’rtasidagi ziddiyat tobora chuqurlashib bordi, 

chet  el  bosqinchilariga  qarshi  qo’zg’olonlar  kuchaydi.  Xalqharakati,  ayniqsa, 

So’g’diyonada  keskin  tus  oldi.  Na-tijada  miloddan  avvalgi  II  asr  oxirlari  va  I  asr 

boshlarida So’g’diyona mustaqillikni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi. Yunon-Baqtriya 

imperiyasining boshqa o’lkalarida ham mustaqillik uchun kurash kuchaydi. Qolaversa, 

qadimdan  Shimoliy  Xitoyda  istiqomat  qilib  kelgan  xunnlar  miloddan  avvalgi  II  asr 

oxirlarida xitoylar tazyiqi ostida g’arbga qarab chekinishga majbur bo’ddilar va Sharqiy 

Turkiston hamda Yettisuv vohasida ko’chib yurgan skif (xitoy manbalarida yuechji, antik 

adabiyotda toxarlar nomi bilan mashhur) va usun qabilalarini surib chiqardilar. Oqibatda 

yuechji (toxar) va usunlar So’g’diyona va Baqtriya hududiga ko’chib o’tdilar va bu yerda 

saklar va boshqa mahalliy qabilalar bilan qo’shilib, avval So’g’d, milodning taxminan 

128-yili  Yunon-Baqtriya  davlatiga  qaram  bo’lgan  boshqa  o’lkalarni  ham  (to  Ind 

daryosigacha) istilo qilishga muvaffaq bo’ldilar. 

Shunday qilib, Yunon-Baqtriya davlati o’rnida yuechjilar (toxarlar) davlati tashkil 

topdi. Bu davlat tarixda Kushonlar davlati nomi bilan mashhurdir. Kushonlar davlati (unga 

hozirgi O’rta Osiyoning katta qismi Afg’oniston, Shimoliy Hindiston va Pokistonning 

shimoli-g’arbiy  qismi  qaragan)  ayniqsa  Kanishka  va  uning  taxt  vorisi  Xuvishka 

hukmronlik qilgan yillari kuchaydi. Lekin, milodning II asri o’rtalarida bu davlatning ham 

inqirozi  boshlandi,  IV  asrga  kelib  esa  u  mayda-mayda  qismlarga  bo’linib  ketdi.  O’rta 

Osiyoda hukm surgan qadimiy davlatlardan yana biri Qang’  va  Farg’ona  (Parkana)  dir. 

Qang’  davlati  tarkibiga  Buxoro,  Shahrisabz,  Kattaqo’rg’on,  Toshkent  viloyati  va 



Xorazmning shimoliy qismi kirgan. Davlat tepasida jabg’u (xitoy manbalarida chaovu) 

turgan.  Miloddan  avvalgi  II—I  asrlarda  Farg’ona  ham  mustaqil  davlat  edi.  Xitoy 

manbalarida  keltirilgan  ma’lumotlarga  qaraganda,  Farg’ona  hunarmandchilik,  ayniqsa 

dehqonchilik  rivoj  topgan  qadimiy  mamlakat  bo’lib,  uning  70  ga  yaqin  katta-kichik 

shaharlari  (Quba  —  Quva,  Gaushan  —  O’zgan,  Ershi  —  Marhamat,  Go’y-Shan  — 

Koson va b.q.) bo’lgan. Mahalliy xalq dehqonchilik va bog’dorchilik bilan shug’ullangan; 

arpa,  bug’doy,  sholi,  beda,  uzum,  anor,  poliz  ekinlari  va  boshqalarni  yetishtirgan; 

chorvachilik va ipakchilik bilan mashg’ul bo’lgan. 

104—101 yillar orasida Xitoy qo’shinlari Farg’onaga ikki  marta  bostirib  kirdilar. 

Birinchi yurish (104 y.) xitoy qo’shinlarining tor-mor keltirilishi bilan tugadi. Ikkinchi 

marta, 101 yili, 60000 kishilik xitoy qo’shini Farg’onaning yirik shaharlaridan Ershini 

(hozir  Andijon  viloyatiga  qarashli  Marhamat  qishlog’i  o’rnida  bo’lgan)  qamal  qildilar. 

Lekin shaharni ololmadilar, sulh tuzib va ozgina o’lpon (3000 bosh ot) olib qaytib ketishga 

majbur bo’ldilar. 




Download 347,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish