Pul-kredit siyosatining ikki yunalishi. Pul-kredit siyosati ikki yo’nalishda olib borilishi mumkin. Birinchi yo’nalish-kredit ekspantsiyasi bo’lib, bu siyosat pul-kredit emissiyasini rag’batlantirish yo’li bilan olib boriladi, ya’ni ishlab chiqarish sur’atlari tushib ketgan xolda, kon’yukturada rivojlanishga erishish mumkin. Ikkinchi yunalish-kredit restriktsiya siyosati bo’lib, u iqtisodiy o’sish davrida pul-kredit emissiyasining qisqarishiga asoslanadi. Markaziy bank "tor" va "keng" ma’noda pul-kredit siyosatini olib borishi mumkin. "Tor" siyosatda valyuta bozorida investitsiya xisob stavkasi va qisqa muddatli kreditlar bo’yicha foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi boshqa instrumentlar yordamida valyuta kursi maqbulligiga erishish tushuniladi. "Keng" siyosatda muomaladagi pul massasiga ta’sir qilish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash olib borish tushuniladi. Pul-kredit siyosatining xalkaro jixatlari valyuta kursi, valyuta rezervlari va to’lov balansi kabi masalalarning echimiga qaratilgan bo’ladi. Markaziy bank ruxsat etilgan instrumentlar yordamida pul muomalasini boshqarib boradi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining asosiy instrumentlari bo’lib quyidagilar xisoblanadi:
- minimal majburiy rezerv me’yorlarini o’rnatish:
- foiz (diskont) siyosati,
- tijorat banklarini qayta moliyalashtirish,
- ochiq bozor siyosati,
- targetrlash va boshqalar.
Banklarda muammoli kreditlar va ularni bartaraf etish yo‘llari.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning muhim jihatlaridan biri jamiyat iqtisodiy sohasining boshqa sektorlaridagi tub o‘zgarishlarning poydevori bo‘lishga munosib bank tizimini yanada rivojlantirishdan iboratdir. Tarixan bank faoliyatining rivojlanishi tovar ishlab chiqarishni rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq holda rivojlanib, milliy iqtisodiyotda pul harakati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik sub’ektlarini kredit mablag‘lari bilan ta’minlab, yaratilgan kapitalni qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashib, jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilib keldi.
Banklar jalb qilingan mablag‘lardan daromad keltiruvchi aktiv sifatida foydalanar ekan, bu mablag‘lardan nafaqat daromad olish, balki mablag‘larni “kredit oluvchi”dan to‘laligicha undirib olishdek muammoni hal etishlari zarur. CHunki, kredit mablag‘ini “sarmoya egasi sarmoyani emas balki sarmoyadan foydalanish huquqini ma’lum bir shart va ustama foizlar bilan sotadi”. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklifning o‘zgarib turishi, shuningdek bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi raqobat natijasida kredit rasmiylashtirish jarayonida ishonchli, moliyaviy ahvoli ustivor bo‘lgan har qanday sub’ektni ham kredit mablag‘idan foydalanish davrida nochor holatga tushirib qo‘yishi kuzatiladi. Natijada bank tashkiloti oldida daromad keltiruvchi aktivlardan nafaqat daromad olish, balki bu aktivni daromad keltirmaydigan harakatsiz aktiv sirasiga kirib qolishidan muhofazalanishning ta’sirchan chora-tadbirlarini oldindan belgilab olish muammosi turadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438- sonli qarori “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” gi mazkur muammoni echishga alohida e’tibor berilishi ham uning bugungi kundagi ahamiyatini belgilab bermoqda.
Ayni paytda bizning mamlakatimizda ilmiy-nazariy hamda amaliyotchilar doiralarida “muammoli kredit” tushunchasi oldingi yillarga nisbatan ancha ko‘proq qo‘llanilmoqda va bahs munozaralarga sabab bo‘lmoqda.
Muammoli kredit kelib chiqishiga qanday omillar sabab bo‘lmoqda?. Bu savolga javob berishda avvalo muammoli kreditlar tushunchasiga to‘liq ta’riflar berib o‘tish lozim.
“Muammoli kredit” tushunchasi-O‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, muammoli kreditlar kredit risklarini to‘g‘ri boshqara olmaslik tufayli vujudga keladi. “Muammoli kredit” tushunchasi Kredit risklari bilan bevosita bog‘liqdir deb U.To‘xtaboev ta’rif berib o‘tgan.
Ilmiy adabiyotlarda muammoli kreditlarga bir qancha ta’riflar berilgan. Kiryanov M. «Bank ishi» kitobida tijorat banklari faoliyatida xavfli bo‘lgan kredit qo‘yilmalar - bu muammoli kreditlar shakliga kirgan qo‘yilmalardir deb ta’riflansa, muammoli kreditlar deganda-ob’ekti, sub’ekti va ta’minotiga nisbatan bank tomonidan shubha paydo bo‘lgan kredit deya ta’rif berilgan. Shuningdek, agar berilgan kredit muammoli ta’minotga ega bo‘lsa va ushbu ta’minotning qiymati qaytarilmagan qarz miqdoridan kam bo‘lsa, bu holda ushbu kredit muammoli kredit hisoblanadi, substandart va undan past tasniflanuvchi kreditlar muammoli kreditlar toifasiga kiradi.
Banklar jalb qilingan mablag‘lardan asosan kredit berish sifatida foydalanar ekan, bunda nafaqat daromad olish, balki mablag‘larni “kredit oluvchi”dan to‘laligicha undirib olish masalasini oldindan belgilab olishi zarur. Chunki, “bank sarmoya egasi sifatida sarmoyani emas, balki sarmoyadan foydalanish huquqini ma’lum bir shart va ustama foizlar bilan sotadi”.
Bank menejmenti sohasida samarali ilmiy tadqiqotlar olib borgan amerikalik mutaxassis P.Rouzning fikricha, qarz oluvchi bir yoki bir necha to‘lovlarni amalga oshirmaganligi yoki kredit ta’minoti qiymatining pasayishi kreditni muammoli kreditlar turkumiga o‘tishini anglatadi.
G‘arbning qator iqtisodchilari fikricha, kredit bo‘yicha to‘lovlarning grafik bo‘yicha 90 kundan ortiq kechikishi yoki kredit shartnomasi shartlarining buzilishi, kreditning muammoli ekanligidan dalolat beradi. So‘nggi berilgan ta’rif mamlakatimizda mavjud aktivlar sifatini tasniflash bo‘yicha me’yoriy hujjatlariga qisman zid bo‘lmoqda. Kredit bo‘yicha foizlar va qarz 30 kundan ortiq muddat davomida kechiktirilgan kreditlar substandart kreditlar sifatida tasniflanishi lozim. Sh.Z.Abdullaeva ta’kidlashicha, substandart kreditlar ham o‘z vaqtida qaytarilmaganligi tufayli muammo keltiruvchi kreditlar sifatida tahlil qilinishi mumkin.
Shuningdek, iqtisodiy adabiyotda muammoli kredit deganda, ob’ekti, sub’ekti va ta’minotiga nisbatan bank tomonidan shub’ha paydo bo‘lgan kredit tushuniladi, degan qarashlar mavjud. Ularning fikricha, substandart, shubhali va ishonchsiz kreditlarni, shu jumladan, asosiy to‘lov va kredit foizlari bo‘yicha qisqa muddatli qarzdorlikka ega bo‘lgan, shuningdek, kredit shartnomasi shartlarini o‘zgartirmasdan, hech bo‘lmasa, bir marotaba qayta rasmiylashtirilgan kreditlar ham muammoli deb tushuniladi.
Muammoli kreditlar deganda nostandart, gumonli va ishonchsiz kreditlarni, ya’ni muddati o‘tmagan joriy kreditlardan tashqari, barcha kreditlar, shu jumladan asosiy to‘lov hamda kredit foizlari bo‘yicha qisqa muddatli bo‘lsa ham qarzdorlikka ega bo‘lgan, shuningdek, kredit shartnomasi shartlarini o‘zgartirmasdan hech bo‘lmasa bir marotaba qayta rasmiylashtirilgan kreditlar muammoli deb tushuniladi. Ob’ekti, sub’ekti va ta’minotiga nisbatan bank tomonidan shubha paydo bo‘lgan kreditni ham muammoli kredit deb atashimiz mumkin. Bu albatta, bejiz emas, chunki respublikamiz bank tizimining kredit portfelida muammoli kreditlarning ulushi ancha yuqori foizni tashkil etmoqda.
Bugungi kunda ko‘p davlatlar bank tizimida umidsiz qarzlarning ko‘payishi muammosiga duch kelayotganligi tufayli banklarning muammoli kreditlari bilan ishlash tizimini takomilashtirish masalalari dolzarbligi yaqin kelajakda ortib boraveradi.
Jahon tajribasi dalolat berishicha, shubhali va umidsiz qarzlar bilan tasniflanuvchi aktivlarning sifati aksariyat hollarda bank soxasidagi barqarorlikning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi, shuningdek, tizimni tashkil etuvchi banklar muammolari butun to‘lov tizimining amal qilishiga va aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchiga nisbatan sezilarli zarba bo‘lishi mumkin.
Banklar jalb qilingan mablag‘lardan asosan kredit berish sifatida foydalanar ekan, bunda nafaqat daromad olish, balki mablag‘larni “kredit oluvchi”dan to‘laligicha undirib olish masalasini oldindan belgilab olishi zarur. Chunki, “bank sarmoya egasi sifatida sarmoyani emas, balki sarmoyadan foydalanish huquqini ma’lum bir shart va ustama foizlar bilan sotadi”.
Muammoli kredit deganda, “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” kreditlar sifatida tasniflangan kreditlar tushuniladi. O‘zining iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, muammoli kreditlar kredit risklarining amalda yaqqol namoyon bo‘lishining natijasidir, ya’ni kredit risklarini to‘g‘ri boshqara olmaslik oqibati bo‘lib hisoblanadi.
Tijorat banklarida yuzaga keladigan muammoli kreditlarning asosiy negizini topishda kreditlash jarayoni to‘liq bosqichini birma-bir o‘rganib chiqish lozim. Ana o‘shanda xato va kamchiliklarning qaerdan kelib chiqayotganligi aniq ko‘rinadi.
Amaliyotda banklar tomonidan o‘z mijozlarini kreditlash hamisha samarali natijalar bilan yakunlanavermaydi. Ayrim hollarda korxonaning o‘z biznes-rejalarining nomukammal ishlab chiqishlari va faoliyatini maqsadli amalga oshirilmaganliklari, shuningdek, boshqa turli sabablar natijasida banklar tomonidan taqdim etilgan kreditlarning qaytarilish muammosi yuzaga keladi. Albatta, muammoli kreditlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi va ularni vujudga keltirishning o‘ziga xos omillari mavjud bo‘ladi. Muammoli kreditlarni keltirib chiqaradigan omillarning belgilari, kreditning mo‘ljallangan maqsadlari bo‘yicha ishlatilmasligi, shartnoma, biznes reja texnik-iqtisodiy asoslash, qarz oluvchining moliyaviy-iqtisodiy holatining yomonlashish tendensiyasi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Kredit monitoringini doimiy olib borilmasligi natijasida kredit va uning foizini qaytarishda uzilishlarga olib kelmoqda. Bank risklarini boshqarishni samarali tashkil etish ularni muayyan belgilar bo‘yicha aniq guruhlarga bo‘lish bilan bog‘liq. Risklarning ilmiy asoslangan tasnifi ularni xar birining umumiy tizimdagi o‘rnini belgilash, ularni boshqarishning samarali usullarini qo‘llash imkonini beradi.
Tijorat bankning kredit risklarini boshqarish jarayonida bir nechta umumiy xarakterlovchi bosqichlarni ajratish mumkin. Bular:
bankning kredit siyosatining maqsad va vazifalarini ishlab chiqish;
ma’muriy echimlarni qabul qilish tizimini va kredit riskini boshqarish ma’muriy tarkibini tashkil etish;
qarzdorning moliyaviy holatni tahlil qilish;
kredit shartnomasini ishlab chiqish va imzolash;
kreditlarning qaytarilmaslik riskini tahlil qilish;
barcha ssudalar portfeli bo‘yicha qarzdorning kredit monitoringini yo‘lga qo‘yish va uzluklashtirish;
muddati o‘tgan va shubhali kreditlarni qaytarish va garovni sotish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish va boshqalar.
Kredit riskiini boshqarish uchun bank xodimi ssudalar portfelining sifatli tarkibi va tuzilishi ustidan doimo nazorat olib borishi kerak. «Foydalilik-risk» munozarasi doirasida bank xodimi o‘zini ortiqcha risklardan saqlagan holda foyda normasini cheklashga majbur. U riskni bo‘lib-bo‘lib qo‘yish siyosatini olib borish, hamda kreditlarni bir nechta yirik qarzdorlarda to‘planishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Aks holda, qarzdorlardan birining kreditni to‘lay olmasligi bankning moliyaviy ahvolini qiyinlashtirishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda kredit risklarini boshqarish bo‘yicha bir qancha muammolar mavjud. Ular quyidagilardan iborat:
Kredit siyosatining yaxshi ishlab chiqilmagani
Kreditlash tarmog‘ini to‘g‘ri tahlil qila olmaganligi
Qarzdorni etarli darajada urganib chiqmagani
Mijoz bilan muloqotning kamligi
Qarzlar ustidan nazoratning kamligi
Qarzdorning xujjatlari ustidan nazoratning kamligi
Kreditni rasmiylashtirish bo‘yicha xujjatlarning etarli emasligi
Kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash borasida rezervlarning to‘g‘ri shakllanmaganligi.
Tijorat banklarida kredit risklarini boshqarishda quyidagilarga e’tibor berishi kerak:
Kredit risklarini boshqarish bo‘yicha tezkor qarorlar qabul qilish
Kreditning qaytarilmasligi bo‘yicha risklarni tahlil qilish
Har bir qarzdor ustidan kredit monitoringini olib borish
Muddati uzaytirilgan va muammoli kreditlar ustidan chora – tadbirlar olib borish.
Muammoli kreditlar birdaniga sodir bo‘lmasdan uning elementlari kreditlash jarayonida asta sekin yuzaga kela boshlaydi. Muammoli kreditlarning doimiy monitoring olib borilmasligi natijasida ham sodir bo‘ladi. Monitoring jarayonida qarzdorning buxgalteriya hisobotlarida moliyaviy kamchiliklar aniqlangandan so‘ng, bank xodimi albatta korxonaga tashrif buyurishi (mijoz ofisiga) kerak. Kreditdan maqsadli foydalanish joylarda, qoida bo‘yicha, har chorakda tekshirilishi kerak. Kreditlash jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato bank kredit siyosatining noto‘g‘ri tuzilganligidan dalolat beradi. Muammoli kredit asosan kredit portfeli tarkibidagi kreditlarning foizlari bilan qaytarishda imtiyozli kreditlarni ko‘p berilishida kuzatilmoqda. Shuningdek kredit monitoringida doimiy nazoratning olib borilmasligi va uning natijasida kredit va unga to‘lanadigan foizlarni o‘z vaqtida to‘lanmasligi, oxir-oqibatda mijozning kreditorlik yukini oshib ketishi va uni to‘lash bo‘yicha moliyaviy ahvolining yomonlashuviga olib kelmoqda.
Shu bilan bir qatorda, muammoli kredit asosan kredit portfeli tarkibidagi kreditlarning foizlari bilan qaytarishda imtiyozli davrning ko‘p berilishida va bu davr mijozning pul oqimiga qarab belgilanmasligi, shuningdek, qisqa muddatli kreditlashda ham imtiyozli davrning ko‘p berilishi asosiy summasi hamda foizining to‘lashini kredit muddatining oxirlariga to‘g‘ri kelib qolishi oqibatda mijozning kredit va uning foizni qaytarishda moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga keltirmoqda. Mijoz va bank o‘rtasida imzolanadigan kredit shartnomalari har ikki tomon uchun majburiy hisoblanib, o‘z muddatida to‘lik bajarilishi talab etiladi.
Muammoli kreditlar odatda, qarz oluvchining kreditni to‘lashi uchun etarli pul mablag‘lari bo‘lmagan hollarda yuzaga keladi. Ba’zi hollarda ular mijozning hisobida mablag‘lar bo‘la turib kreditni to‘lashni xohlamaganda ham yuzaga kelishi mumkin. Muammoli kreditlar yuzaga kelish ehtimoli paydo bo‘lganda banklar ehtimoli yo‘qotishlarga qarshi maxsus zahiralar shakllantiradilar. Zahiralarning shakllantirishi aktivlar o‘z qiymatini yo‘qotish gumoni tug‘ilganligini, ya’ni aktivlarning qadrsizlanganligining ko‘rsatilishidir.
“Muammoli aktiv deb –daromad keltiruvchi aktivning ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’siri ostida daromad keltirmaydigan harakatsiz aktiv deb baholanish xatarining yuzaga kelishidir”-deb,
“Muammoli kredit deb esa- ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’siri natijasida “Qarzdor” faoliyatida shartnomaviy majburiyatlarni bajaraolmaslik yoki lozim darajada bajaraolmaslik xatarining yuzaga kelishidir”.
Ta’rifdagi: ob’ektiv omillar deganda –ishlab chiqarish va realizatsiya sikli jarayonlarida “Qarzdor” faoliyatida uzilishlar yuzaga kelishi ;
Sub’ektiv omil deganda esa- tashqi omillar, jumladan davlat organlarining hujjati chiqishi natijasida majburiyat to‘liq yoki qisman bekor bo‘lishi nazarda tutiladi.
Xalqaro amaliyotda muammoli kreditlar toifasiga odatda mijoz moliyaviy ahvolining yomonlashuvi oqibatida kredit munosabatlarining boshlang‘ich shartlari o‘zgarishi, ya’ni mijozning kredit munosabatlari shartlarini bajaraolmaslik yoki lozim darajada bajaraolmaslik xatarining yuzaga kelishi bilan bog‘liq holatlar namoyon bo‘lgan kreditlar ham kiritiladi.