«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
Andijon
27-29 oktabr 2021 yil
671
oʼzgartirmasdan turib, odamlar ongini, ularning turmush tarzini tubdan oʼzgartirish
mumkin emas” [1].
Har tamonlama yetuk mutaxassis kadrlarni kamol toptirishda taʼlim-
tarbiyaning davr talabiga jamiyatning rivojlanish printsiplariga bozor iqtisodyoti
tamoillariga mos kelishida zamonaviy texnologiyalarning oʼrni muhim. Zamonaviy
texnologiyalarni taʼlim jarayonida tadbiq etish xususida soʼz yuritishdan avval
“techne”-mahorat, sanʼat hamda “logos”-tushuncha, taʼlimot soʼzlarning
birikmasidan iborat. “Talim texnologiyasi” tushunchasi esa lugʼaviy jihatdan
(inglizcha “an education technology”) taʼlim (oʼqitish) jarayonini yuksak mahorat,
sanʼat darajasida tashkil etish borasida maʼlumotlar beruvchi taʼlimot maʼnosini
anglatadi. Pedagogik texnologiya- bu taʼlim-tarbiya jarayonini, yaʼni oʼqituvchi
bilan talaba oʼrtasidagi pedagogik muloqot koʼrinishida
amalga oshadigan jarayon hisoblanadi. Pedagogik texnologiyalarga xos
boʼlgan asosiy xususiyatlar mavjud boʼlib, ular quydagilar:
- shaxsning kasbga yoʼnalganligini aniqlash;
- taʼlim jarayonida shaxsning oʼziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
- oʼqituvchi va talaba oʼrtasida oʼzaro hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish;
- shaxsning oʼz-oʼzini tarbiyalash va oʼz-oʼzini rivojlantirish.
Pedagogik texnologiyaning asosiy jarayoni oʼqituvchi uchun soʼzlash,
koʼrsatish, topshiriqlar berish, nazorat qilish (tushuntirish, rahbarlik qilish) orqali
mustaqil bilim olish va fikrlashga oʼrgatishdan, talaba uchun esa diqqatni jamlash
hamda tinglash, kuzatish, topshiriqlar bajarish orqali mustaqil bilim olish va
fikrlashga oʼrgatishdan iborat. Pedagogik texnologiyalar va interfaol uslublarni
oʼquv jarayoniga joriy qilishda mashgʼulot inobatga olish muhimdir. Pedagogik
texnologiyalardan foydalanish oʼquv jarayonini loyihalashdan boshlanadi. Bugungi
kunda bu jarayon quydagi bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
a) oʼquv predmetining mavzusiga oid materiallar yigʼish;
b) taʼlimning maqsad va vazifasini belgilash;
c) taʼlim mazmunini ishlab chiqish;
d) taʼlim shakli, metodi va vositalarni tanlash;
e) vaqt oʼrnini belgilash;
f) mashqlar oʼrnini ishlab chiqish;
g) loyihani oʼquv jarayoniga tadbiq qilish.
Pedagogik texnologiyaning anʼanaviy taʼlim-tarbiya metodikasidan farqi va
ustunligi ham talaba faolligi prinsipiga asoslanishidir. Taʼlim jarayonida
qoʼllaniladigan interfaol metodlarning bir qancha turlari mavjud boʼlib, ularning
mavzu maqsadi va mazmuniga mos qilib tanlash oʼqituvchidan ilgʼor pedagogik
tajriba va yuksak mahorat talab etiladi. Taʼlim jarayonida yangi pedagogik
texnologiyalarni tadbiq qilish kadrlar tayyorlashda yunaltirilgan umumiy jarayon
mazmunining sifat jihatidan oʼzgarishini taʼminlaydi.
Bugungi kunda oliy taʼlim tizimida pedagogik texnologiyalarni qoʼllash
imkoniyatlarini keng boʼlib, ularni qoʼllash natijasida taʼlim sifati taʼlim
oluvchilarning bilishiga boʼlgan qiziqishi ijtimoiy faolligi ortadi. Taʼlim
Do'stlaringiz bilan baham: |