«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
Andijon
27-29 oktabr 2021 yil
146
- hujjatlarni tahrirlash;
- onlayn muhokama qilish;
- avtomatik hujjat saqlash hisoblanadi.
Bulut texnologiyalarini joriy qilishdagi qiyinchiliklariga qaramay, masalan,
o‘qituvchilarga vaqt yetishmasligiga qaramay, ularni qo‘llash quyidagi
imkoniyatlarini amalga oshiradi:
- o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida qayta aloqalarni taʼminlash;
- offline va online rejimlarida o‘quv axborotlarining mavjudligi va
vizualizatsiyasi;
- katta hajmdagi maʼlumotlarni turli formatlarda saqlash;
- real vaqtda guruhli masofadan turib ishlash kabi o‘quv jarayonining yangi
shaklini yaratish;
- talabalar o‘qishining oraliq diagnostikasini o‘tkazish imkoniyati;
- o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish;
- kasbiy faoliyatda samarali foydalanish uchun axborotni qayta ishlash
vositalari va usullarini o‘zlashtirish motivatsiyasini oshirish;
- talaba shaxsini rivojlantirish, uni axborotlashgan jamiyat sharoitida mustaqil
faoliyatga tayyorlash, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Ushbu xizmatning yana bir o‘ziga xos xususiyati talabaning shaxsiy
maʼlumotlarini (familiyasi, ismi, otasining ismi, kursi, guruhi, manzili, kontakt
maʼlumotlarini) to‘plash va ularni kompyuter va mobil tarmoq orqali uzatishdir. Bu
holda barcha maʼlumotlar avtomatik ravishda kompyuter ekranida aks ettiriladi va
har bir savolga berilgan javoblarni statistik tahlil qilish jadvali yaratiladi va uni
onlayn chop etish ham mumkin.
Bulutli texnologiyalarning ko‘plab imkoniyatlari va afzalliklariga
qaramasdan, ularning ayrim kamchiliklarini qayd etish mumkin. Demak, biz
yaratgan loyihalar va hujjatlar serverda saqlanadi va bu maʼlumotlar
foydalanuvchilar uchun mavjud va ochiq, shuning uchun uni yo‘qotish ehtimoli
mavjud. Bu muammoni oldini olish uchun maʼlumotlarni flesh kartada, elektron
pochtada va kompyuter xotirasida saqlash kerak.
Taʼlim jarayoniga bulutli texnologiyalarni joriy etish nafaqat o‘quvchilarning
АKT bo‘yicha kompetentsiyalarini rivojlantirishga, balki ularni yangi bosqichga
olib chiqish, interfaol taʼlim muhitini yaratishda imkoniyatlarini kengaytirish
yordam beradi, deb hisoblaymiz. Bu taʼlim resurslari va texnologiyalaridan erkin
foydalanish asosida taʼlimning har qanday darajasida, har qanday joyda, individual,
jamoaviy yoki guruh shaklida moslashuvchan o‘rganishni taʼminlaydi.
Google apps taʼlim samaradorligini oshiruvchi kuchli vosita hisoblanadi,
chunki o‘quv dasturiga o‘zgartirishlar kiritmasdan o‘quv vaqtining ko‘payishi,
o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilishning sifat jihatdan o‘zgarishi, ota-onalarning
taʼlim jarayoniga jalb qilinishi, o‘quvchilarning o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini
oshiradi. Har bir talaba o‘z ijodiy salohiyatini rivojlantirish, o‘z isteʼdodini yuzaga
chiqarish, shaxs sifatida namoyon yetish va ijtimoiy muhitga muvaffaqiyatli
moslashish imkoniyatini beradigan sevimli faoliyatini topa oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |