«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya Andijon 27-29 oktabr 2021 yil 280
Boshlang’ich
dastur
Leksik tahlilchi
Sintaktik tahlilchi
Semanti
tahlilchiga
Simvollar jadvali
getNextToken
Token
2-rasm Sintaktik tahlil va leksik tahlilning o’zaro aloqalari Leksik tahlilchi joriy tokenni tayyorlash bilan birgalikda quyidagi qo’shimcha
ishlarni ham bajarishi mumkin:
Keraksiz simvollar (izoh, ortiqcha probel, tabulyatsiya, yangi satr
belgisi va h.k.) ni tahlab o’tish.
Leksik xatolarni aniqlab xatolarni boshlang’ich kod matni bilan
sinxron ravishda dasturchiga ko’rsatish.
Makroprotsessor ishlatgan makroslarni ochish.
Grammatik tahlil jarayonini ikkiga: leksik va sintaktik tahlil jarayonlariga
taqsimlash orqali quyidagi natijalarga erishamiz:
Tizim arxitekturasini soddalashtirish. Leksik masala va sintaktik
masala o’zaro farqlanadi. Formal til grammatikasi leksik qoidalar va sintaktik
qoidalarga bo’linadi. Leksik masalalar leksik tahlil fazasida, sintaktik masalalar esa
sintaktik tahlil fazasida yechiladi. Masalan, sintaktik tahlil jarayonida keraksiz
simvollarni yo’qotish bu ishni leksik tahlilda amalga oshirishdan ko’ra ancha
murakkab amalga oshirilgan bo’lar edi.
Leksik tahlil va sintaktik tahlil masalalarini yechish o’z novbatida mos
effektiv matematik apparatlar va mexanizmlarni ishlatadilar.
Leksik qoidalar sintaktik Leksik tahlil regulyar grammatika va
chekli avtomatlar apparatlarini ishlatsa, sintaktik tahli –
kontekstdan xoli grammatika apparatini ishlatadi
Kompilyator
kirish
qurilmasini
o’zgartirish
soddalashadi. Kirish qurilmasi bilan faqatgina leksik tahlil
bog’lanadi xolos.
Sintaktik tahlil kompilyatsiya jarayonining ikkinchi
bosqichidir. U tokenlarni kirish sifatida oladi va chiqish sifatida
tahlil daraxtini yaratadi. Sintaksisni tahlil qilish bosqichida
tahlilchi tokenlar ifodasi sintaktik jihatdan to'g'ri yoki yo'qligini
tekshiradi.
Semantik tahlil - bu kompilyatsiya jarayonining uchinchi
bosqichi. Bu tahlil daraxtining til qoidalariga mos kelishini
tekshiradi. Semantik tahlil identifikatorlarni, ularning turlarini va
ifodalarini kuzatib boradi. Semantik tahlil bosqichining natijasi -
daraxt izohli sintaksisi.
Oraliq kod ishlab chiqarishda kompilyator dastlabki kodni
oraliq kodga ishlab chiqaradi. Oraliq kod yuqori darajali til va
mashina tili orasida hosil bo'ladi. Oraliq kodni shunday yaratish kerakki, siz uni
natijaviy mashina kodiga osongina tarjima qilansin.