«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya
Andijon
27-29 oktabr 2021 yil
595
8.6 milliardga, 2050 yilda 9.8 milliardga va 210 yilda 11.2 milliardga yetishadi”[2]
Buni nazarda tutadigan bo’lsak,kelgusida qishloq ho’jaligini barqaror o’sishni
ta’minlash,uning
samaradorligini oshirish,aholi ehtiyojini havfsiz oziq-ovqat
ta’minotini yanada yuksaltirishda yetakchi o’rinni egallagan agrosanoat klasterini
faoliyatini barqaror iqtisodiy rivojlantirishni taqozo etadi.Bu esa maqola mavzuni
dolzarbligini ko’rsatib beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 2017-yil 7 fevraldagi PF-4947-son
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Xarakatlar strategiyasi”
gi 2019 yil 8 yanvardagi PF-5614-son “Iqtisodiyotni
yanada rivojlantirish va
iqtisodiy siyosat samaradorligini oshirishning qo’shimcha chora tadbirlari
togrisida”gi .2019 yil 23 oktabr dagi PF-5853-son “O’zbekiston Respublikasi
qishloq ho’jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan
strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi,farmonlari,2017 yil 10 oktabrdagi PQ-3318-
son “Fermer,dehqon ho’jaliklari va tomorqa yer
egalari faoliyatini yanada
rivojlantirish bo’yicha tashkiliy chora tadbirlar to’g’risida”gi,2019 yil 29 iyuldagi
PQ-4406-son “Qishloq ho’jaligi maxsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq ovqat
sanoatini yanada rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi
qarorlari va mazkur sohaga tegishli boshqa meyoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan
vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqiot natijalari muayyan darajada xizmat
qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori bo’yicha Boshoqli
don yetishtirishda klaster tizimini bosqichma-bosqch joriy etish orqali yuqori
hosildorlikni ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida
qaror qabul
qilindi.
Keyingi yillarda mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri bo‘lgan
qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirishga qaratilgan izchil islohotlar amalga
oshirildi.Xususan, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yo‘lga
qo‘yildi, klasterlarga ajratilgan qishloq xo‘jaligi maydonlarining hajmi ekin turlari
bo‘yicha paxta-to‘qimachilikda 62 foizni, chorvachilikda 8 foizni, meva-
sabzavotchilikda 7,5 foizni tashkil etmoqda.
O’zbekiston statistika qo’mitasining
ma’lumotiga asosan respublikada 200 ming gektar maydonda gʻalla klasterlari
tashkil etish rejalashtirilgan boʻlib, shundan 2019-yil oxirida 117,2
ming gektar
yerda fermer xoʻjaliklari bilan fyuchers shartnomalari asosida hamda 40,4 ming
gektar klasterlarning oʻziga ajratib berilishi bilan jami 124 ta gʻalla klasterlari tashkil
etilgan holos.
Shu bilan birga,qishloq xo’jaligini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashda
samarali bozor mexanizlarining mavjud emasligi tarmoqning raqobatbardoshligini
oshirish imkonini bermayapti.Quyidagi sabablarga ko’ra agrosanoat klasterini
dolzarbligini aniqladik:
- Maxsulot sifatini oshirish;
- Korxona ishchi o’rinlarini ko’paytirish;
- Qishloq ho’jaligini davlat tomonidan qo’llab quvvatlashga erishish;
- Samarali bozor mexanizmlarini yaratish;