«Yangi O‘zbekistonda islohotlarni amalga oshirishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish» mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya Andijon 27-29 oktabr 2021 yil 480
BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA KORXONALAR MOLIYAVIY FAOLIYATI VA UNING KORXONA ISTIQBOLIDA TUTGAN O’RNI Sarimsaqov Xamid Usmanovich dotsent i.f.n., Alixonov Mirzoulougbek Paxlavonjon O’g’li 2-bosqich magisranti Andijon Mashinasozlik Instituti Sanoat korxonalarining moliyaviy mablag’lari va o’zinig iqtisodiy
samaradorligini oshirish va davlatning markazlashtirilgan moliyaviy resurslarini
shakllantirishda yetakchi o’rinni egallaydi. Korxonalar moliyaviy mablag’lari davlat
byudjetini shakllantirishda yetakchi bo’g’ini hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotining
shakllanishi va rivojlanishi sharoitida tashkilotlarning moliyaviy holatini o’rganish
alohida ahamiyat kasb etadi. O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2020
yilning 29 dekabrida Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida bu borada shunday
degan edilar: “Hozirgi vaqtda davlat ishtirokidagi korxonalarning aksariyati
moliyaviy barqaror bo’lmagani uchun davlatga og’ir yuk bo’lib qolmoqda. Shuning
uchun joriy yildan barcha davlat korxonalarini isloh qilish dasturi amalga
oshirilmoqda. Jumladan, kelgusi yilda Navoiy kon- metallurgiya kombinati,
“O’zbekneftgaz”, “O’zbekgidroenergo”, “O’zavtosanoat” aktsiyadorlik jamiyatlari
xalqaro moliya bozoriga chiqib, davlat kafolatisiz mablag’ jalb qilish imkoniyatiga
ega bo’ladi”[1. 5 b].
Bunday salbiy holatlarga yo’l qo’ymaslik uchun korxonalarning moliyaviy
faoliyatini optimal tashkil etish, ishlab chiqarish jarayonlarini oqilona moliyaviy
qo’llab - quvvatlash, moliyaviy resurslardan foydalanish yo’nalishlarini tanlash va
asosiy va aylanma mablag’larni safarbar qilish usullari bilan erishish ta. Umuman
olganda, tashkilotning tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyati, uning moliyaviy
holati va bozordagi raqobatbardoshligi moliyaviy holatga bog’liq.
Korxonaning o’z mablag’lari o’zini-o’zi moliyalash talablari zarurati bilan
izohlanadi hamda u korxona mustaqilligining asosi hisoblanadi. Biroq inobatga olish
kerakki, korxona faoliyatini moliyalash o’z mablag’lari hisobiga amalga oshirish har
doim ham foydali hisoblanmaydi va bu asosan mavsumiy xarakterga ega ishlab
chiqarishda o’z aksini topadi. Bunda ayrim vaqtda bank hisob raqamlarida katta
hajmda mablag’lar yig’ilib qoladi va aksincha boshqa vaqtda mablag’larni topib
bo’lmaydi. Bundan tashqari e’tibor qaratish kerakki, agar moliyaviy resurslar narxi
yuqori bo’lmasa, korxona kredit resurslari uchun to’lashga nisbatan kiritilgan
mablag’dan yuqori natija erishishni ta’minlashi va qarz mablag’larini jalb etish esa
o’z mablag’lar rentabelligi oshishiga olib kelishi mumkin. Ayni damda, korxona
mablag’lari asosan qisqa muddatli majburiyatlar hisobiga shakllangan bo’lsa, unda
korxona moliyaviy holati beqaror bo’ladi.
Muammoga to’g’ri, optimal yechim topish uchun moliya tarixiga murojaat
qilamiz. "Moliya" atamasi XIII - XV- asrlarda paydo bo’lgan. Italiyaning savdo
shaharlarida. Bu vaqtga kelib tovar - pul munosabatlari va davlatchilik allaqachon
mavjud edi. Avvaliga u har qanday naqd to’lovni nazarda tutgan. Kelajakda bu
atama xalqaro miqyosda tarqaldi va aholi va davlat o’rtasidagi davlat pul