«Buyumlar interneti»ni keng joriy qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
«Buyumlar interneti» uchun chastota diapazonlarini ajratish;
«Buyumlar interneti» texnologiyasini iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida keng joriy qilish.
Buyumlar internetini loyihalashtirishda simsiz tarmoq texnologiyalarini qo'llash mavzusining dolzarbligi shundaki, jahon iqtisodiyotini rivojlanishining asosiy me’zonlaridan biri bu axborot texnologiyalarida katta inqilobiy sakrash bo'lganligi hamda sanoat soxasida keng qo’llanilayotgani bilan bog’liq. Hozirgi vaqtda axborot texnologiyalari soxasida jadal rivojlanib borayotgan sohalaridan biri buyumlar interneti (Internet of Things)dir. Buyumlar internetining asosiy konsepsiyasi internet orqali qurilmalarni boshqarish va ular o’rtasida ma’lumot almashish, ularning o’zaro integratsiyasiga asoslangan. Shuningdek, konsepsiyaga asosan axborot almashish asosiy maqsad emas, balki katta ijtimoiy hamda ishlab chiqarish obyektlarni boshqarish uchun ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishning asosiy mexanizmi sifatida qaraladi. Misol tariqasida oladigan bo’lsak, xonadonlar, turar-joy binolari, katta shaharlar, issiqxonalar, agrosanoat, fermer xo’jaligi, ishlab chiqarish liniyalaridagi tizimli jarayonlarni tushunish mumkin. [2,bet.28].
Buyumlar Internetining zamonaviy konsepsiyasi asosan odamlar yashaydigan joylarda uy jihozlarining barcha turlarini boshqarishga qaratilgan. Bu buyumlar internetini rivojlantirishning birinchi qadamlari deb hisoblash mumkin. Masalan, muzlatgich, isitgich, televizor, elektr choynak, mikroto'lqinli pech, konditsionerlar kabi maishiy texnikalarni internetga ulash bo'yicha katta tajribalar o'tkazilmoqda. Zamonaviy buyumlar tushunchasi quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi [2, bet.102].
Buyumlar internetining infrastrukturaviy asosini simsiz tarmoq texnologiyalari tashkil etadi. Amalda bunday infratuzilma simsiz tarmoq texnologiyalariga asoslangan standartlar asosida amalga oshiriladi. Sizmsiz tarmoq standartlarining alohida xususiyatlarini tahlil qiladigan bo’lsak:
Wi-Fi IEEE 802.11 tarmoq standartlariga asoslangan simsiz lokal tarmoq texnologiyasini anglatadi. Uning xususiyati shundaki, hatto kam quvvatli miltillashni ham uzoq masofalarga uzatish qobiliyatiga ega.
Zigbee - past darajali tarmoq infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan yuqori darajali tarmoq texnologiyalarini nazarda tutadi. Uning xususiyati axborotni past uzatish tezligida barqaror uzatish. Bundan tashqari, ushbu texnologiyada ishlaydigan qurilmalar energiyani tejaydi va batareyada uzoq vaqt ishlashi mumkin.
6LoWPAN - IPv6 protokoliga asoslangan, IEEE 802.15.4 standartining past quvvatli tarmoqlari bilan ishlash qobiliyatiga ega simsiz lokal tarmoq texnologiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |