SIMSIZ TARMOQ TEXNOLOGIYALARINI QO’LLANILISHI
Maxsudov Islombek Axatjon o’g’li TATU Farg’ona filialining 5А350101- Telekommunikatsiya injiniringi (“Teleradioeshittirish”) yo’nalishining II-bosqich magistranti. Simsiz tarmoq texnologiyalarini “Buyumlar internetida qo’llanilishi” Tel:+998999904848. Email: islombek_maqsudov@mail.ru
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada buyumlar internetini loyihalashda simsiz tarmoq texnologiyalaridan foydalanishning amaliy muammolari muhokama qilinadi. Buyumlar internetini loyihalashda ishlatiladigan simsiz telefon texnologiyalari ko'rib chiqiladi. Kalit so'zlar: Simsiz aloqa, simsiz mobil aloqa, internet, buyumlar interneti, mobil aloqa, uyali aloqa. Tarmoq texnologiyasi, aqlli uy, aqlli mashina, aqlli soat.
APPLICATION OF WIRELESS NETWORKING TECHNOLOGIES IN THE DESIGN OF THE INTERNET OF THINGS ABSTRACT The article discusses the practical problems of using wireless network technologies in the design of the Internet of things. The technologies of wireless telephony used for the design of the Internet of things are considered. Key words: Wireless communication, wireless mobile communication, internet, internet of things, mobile communication, cellular communication. Network technology, smart home, smart car, smart watch.
KIRISH
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng sobiq sho‘ro tuzumidan meros bo‘lib qolgan maʼmuriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga inqilobiy sakrashlarsiz bosqichma-bosqich o‘tdi. Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish bo‘yicha xarakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Unda beshta ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgan bo‘lib, aynan uchinchi tashabbusida “Iqtisodiyotni yana-da rivojlantirish hamda liberallashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan. Bu masalada ko‘plab islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, kichik o‘rta va makro biznesni rivojlantirish maqsadida aholi va tadbirkorlar uchun soliq va boshqa investitsiyaviy masalalarda ko‘plab imtiyozlar berildi. Natijada yuqori iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishildi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarni yana-da rivojlantirishning yangi mexanizmi sifatida 2020 yilning 5-oktyabrida qablul qilingan PF-6079-son bilan tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq davlat va jamiyat boshqaruvida, iqtisodiyotimizni barcha tarmoqlari va sohalarini raqamli transformatsiya qilish bo‘yicha hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha 280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etilishi rejalashtirilgan. Ushbu Farmonning 24-ilovasi, I-bo‘lim, 7-bandida belgilab berilgan “YO‘L XARITASI”da quyidagi vazifalar belgilab berilgan[1]:
Xalqaro tajribani o‘rgangan holda O‘zbekiston Respublikasida «Buyumlar interneti»ni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash:
Do'stlaringiz bilan baham: |