Kazus javoblar:
Avvalambor ta'sirchan nutq tayyorlash va uni prezintatsiya bilan birga hamohang
olib borish uchun biroz mashq qilib olish zarar qilmaydi deb o'ylayman.
Chunki
prezintatsiyada siz bermoqchi bo'lgan fikrlaringizning hammasini joylashtirish bu
imkonsiz va ehtimolki bu ish orqali siz tinglovchining ma'ruzadan zerikishiga olib
keladi. Mutaxasislar bunga quyidagicha yechim topishgan. Siz bermochi fikrlarning
asosiy kalit so'zlarini o'zingizning yon daftarchangizga
belgilab oling va slayd
davomiyligida ikkita uchta kalitso'zni bitta listga joylashtiring , garchi u tinglovchi
uchun tushunarsiz bo'lsa ham tushuntirish bu sizning vazifangiz. Agar Taqdimotchi
prezintatsiyasini matnlar bilan to'ldirib tashlasa va Taqdimoti davomida ushbu
matnlarni shunchaki hissiz bir robotga o'xshab takrorlasa alabatt bu tinglovchini
e'tiborini boshqa narsaga qaratishiga olib keladi.
Lekin agar yuqorida aytib
o'tilganidek taqdimotda shunchaki asosiy ikkkita uchta kalit so'zlar (mavzuni ochib
berishi mumkin bo'lgan so'zlar) keltirilsa va ularning ma'nosi izohlanishi orqali
auditoriyani sirli bir mavzuga olib kirilishiga ishonilsa o'ylaymanki bu
muvafaqqqiyatli taqdimotlar o'rnida qabul qilinadi. Keyinchalik ko'p hollarda
taqdimotda akasariyat holatlarda taqdimotchi ko'zni og'rituvchi
kichik shriftlar
yordamidan foydalanadi. Bu xato, chunki qatorning emg oxirida turgan tinglovchi
garchi taqdimotchini nutqini eshitsa ham ammo taqdimotdagi yozuvlardan
bebahra qoladi. Yana bir yo'l qo'yiladigan xatolardan biri bu mavzu oid slaydning
katta shriftli harflar bilan to'ldirilishidir. Menimcha bu ham auditoriyani
e'tiborsizligiga olib keladi. Taqdimot tayyorlashga bel bog'lar ekansiz asosan shrift
hajmini 14 va 20 oralig'ida olishingizni mutaxasislar tavsiya etisharkan. Taqdimotda
asosan
turli xil times new roman, colibri kabi shriftlardan foydalanilishi ko'p
hollarda auditoriyaga yoqmaydi,shaxsan mengaham. Chunki colibri v ates new
roman kabi shrift turlari juda zerikarli va ularni ikki
sahifani birida uchratish
mumkin. Aynan bu shrift turlari o'rniga corbel.bilan arrial narrow kabi turlardan
foydalanilsa maqsadga muvofiq bo'lardi deb o'ylayman. Taqdimotda yo'l
qo'yiladigan oddiy xatolardan yana biri borki uni aytib o'tmaslikni iloji yo'q deb
o'ylayman bu Taqdimotni shunchaki oddiy hissiz va motivatsasiz boshlash. Bu
ko'pchilik yo'l qo'yadigan oddiy ammo ko'p uchraydigan xatolardan birididr.
Menimcha prezintatsiyani qanday boshlash hammasidan muhim. Taqdimotni
mavzuga oid birorta voqea bilan boshlash; ritorik savol berib auditoriyani o'ziga jalb
qilish; sitata yoki maqol keltirish orqali va oddiy bir
hazil orqali auditoriyani
mavzuga olib kirish maqsadga muvofiq bo'lardi deb o'ylayman. Eng asosiy narsa
taqdimot davomida insonlar siz gapirayotgan faktlarga ishonishi buning uchun esa
sizning o'zingiz avvalambor mavzuni chuqur o'rgangan bo'lmog'ingiz zarur va
taqdimotni hissiyotlarni qo'shib jo'shqin nutqingiz bilan o'tkazishingiz zarur .