Tarmoqlarda oraliq iste’molini hisoblashning ayrim xususiyatlari.
BMTning MHT — 1993 yil nusxasida oraliq iste’moli tarkibiga ishchi- xizmatchilarga taqdim etiladigan quyidagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar kiritilgan:
umum maqsadlar uchun xizmat qiladigan uskuna va moslamalar;
maxsus asbob va maxsus moslamalar;
almashinadigan asbob-uskunalar;
texnologik idishlar;
xo’jalik inventarlari;
maxsus kiyimlar, poyafzal va muhofaza etish moslamalari;
ko’rpa-yostiq (mehmonxonadagi ko’rpa-yostiqlardan tashqari);
ishlab chiqarishni hisobga olgan holda ishchilarga beriladigan maxsus ovqatlanish(masalan, sut) mahsulotlari.
Yalpi qo’shilgan qiymat(YaQQ) – ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan(sarflangan) tovarlar va xizmatlar qiymatlariga qo’shilgan qiymatdir va u quyidagicha aniqlanadi:
YAQQ YAICHa.b OI
misol. Yoqilg’i korxonasining iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi quyidagi ma’lumotlar mavjud (mln so’m):
-
T/r
|
Ko’rsatkichlar
|
Miqdori
|
1.
|
Ishlab chiqarilgan va sotilgan tayyor mahsulotlar, joriy bahoda
|
1480
|
2.
|
Barcha ishlov bosqichlaridan to’la o’tmagan va texnika nazorati tomonidan tekshirilib qabul qilinmagan mahsulotlar:
Hisobot davrining boshida Hisobot davrining oxirida
|
200
240
|
3.
|
Barterga almashtirilgan mahsulotlar
|
300
|
4.
|
Xomashyo va ehtiyot qismlar
|
600
|
5.
|
Yoqilg’i va energiya
|
360
|
6.
|
Ish haqi va mukofot pullari
|
300
|
7.
|
Ijtimoiy sug’urta va ta’minot ajratmalari
|
100
|
8.
|
Yaroqsiz mahsulotlar
|
20
|
9.
|
Laboratoriya xarajatlari
|
120
|
10.
|
Ishchilarga beriladigan ovqat va sut mahsulotlari
|
2
|
11.
|
Yuridik xizmatlari haqi
|
10
|
12.
|
Mol-mulkni sug’urta qilish xizmatlari haqi
|
40
|
13.
|
Asosiy fondlar iste’moli (amortizatsiya)
|
240
|
14.
|
Marketing va reklama xarajatlari
|
106
|
15.
|
Kredit xizmatlari haqi
|
20
|
16.
|
Imorat va asbob-uskunalarning ijara xizmati haqi
|
22
|
Hisoblang:
yalpi ishlab chiqarish (YAICH)ni;
oraliq iste’mol xarajatlari (OI)ni;
yalpi va sof qo’shilgan qiymatni.
Yechish: Yuqorida qayd qilingan formulaga asosan:
1. YAICH Mp 1480 TICH240 100 B300 1820 mln so'm.
Oraliq iste’molga ish haqi, ijtimoiy sug’urta ajratmalari va asosiy fond iste’molidan tashqari barcha xarajatlar kiradi:
OI = xomashyo materiali va ehtiyot qismlar(600) + yoqilg’i va energiya(360) + yaroqsiz(brak) mahsulotlar(20) + laboratoriya xarajati(120) + ishchilarning ovqatlari va sut mahsuloti(2) + yuridik xizmatlar haqi(10) + mol-mulkni sug’urta qilish xizmatlari haqi(40) + marketing va reklama xarajatlari(106) + kredit xizmatlari haqi(20) + imorat va asbob-uskunalarning ijara xizmati haqi(22) = 1300 mln so’m.
MHTda hamma soliqlar joriy va kapital soliqlarga bo’linadi. Joriy soliqlar o’z navbatida, ikki guruhga bo’linadi.
ishlab chiqarish va import uchun soliqlar;
daromad va boylik uchun soliqlar.
Ishlab chiqarish va import solig’i – bu institutsional birliklardan davlat tomonidan qonun va normativ hujjatlar asosida (majburiy) undiradigan to’lovlar. Bu soliqlar davlat boshqaruv idoralari sektorining birlamchi daromadi deyiladi. Ishlab chiqarish va import solig’i ikki xil soliqlardan iborat.
mahsulot uchun soliq;
boshqa ishlab chiqarish uchun soliq.
Mahsulot uchun soliq – ishlab chiqaruvchi birliklarning tovar va xizmatlarni boshqa institutsional birliklarga sotish vaqtida, mahsulot va xizmatlarning miqdor birliklariga proportsional miqdorda solinadigan soliqlar.
Boshqa ishlab chiqarish uchun soliq esa ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarning miqdoriga bog’liq emas. Bu soliq ishlab chiqarish omillari (yer, mol- mulk, mehnat, tabiiy resurslar va boshqalar) uchun solinadi.
Subsidiyalar – davlat budjetidan institutsional birliklarga ishlab chiqarish faoliyatining mahsulot va xizmatlarni sotish va boshqa faoliyatlaridagi xarajatlarni qisman qoplash uchun to’lanadigan va qaytarib olinmaydigan to’lovlardan iborat.
Schyotni balanslashtiruvchi ko’rsatkich – mamlakat iqtisodiyoti schyotida yalpi ichki mahsulot, tarmoqlar va sektorlarda esa yalpi qo’shilgan qiymatdir. U yalpi
ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatidan oraliq iste’mol qiymatini chegirilganiga teng.
Yalpi qo’shilgan qiymatni hisoblaymiz:
YAQQ YAICH (1820) OI(1300) 520 mln so’m.
Sof qo’shilgan qiymat quyidagiga teng:
SQQ YAQQ(520) AFI (352) 168mln so’m.
misol. Quyidagi shartli ma’lumotlar asosida nomoliyaviy korxonalar sektorining ishlab chiqarish schyotini tuzing (joriy bahoda, mln so’m):
-
№
t/r
|
Ko’rsatkichlar
|
Miqdori
|
1.
|
Tovar va xizmatlar sotishdan tushum Shu jumladan
Qo’shilgan qiymat solig’i(QQS)
|
1100
220
|
2.
|
Eksport solig’i
|
10
|
3.
|
Davlat tomonidan o’rnatilgan baho, mahsulot tannarxidan past bo’lganligi sababli korxona ko’rgan zararni qoplash uchun davlat
byudjetidan beriladigan mablag’ (subsidiya) (-)
|
6
|
4.
|
Tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i Yil boshida
Yil oxirida
|
16
19
|
5.
|
Tayyor mahsulotlar zaxirasi qoldig’i: Yil boshida
Yil oxirida
|
100
120
|
6.
|
Xomashyo, elektr energiya, yoqilg’i xarajatlari Shu jumladan
Qo’shilgan qiymat solig’i
|
460
54
|
7.
|
Yollangan xizmatlarning mehnat haqi
|
160
|
8.
|
Mashina uskunalarning ijara haqi
|
16
|
9.
|
Reklama xarajatlari
|
18
|
10.
|
Aloqa xizmatlari haqi
|
12
|
11.
|
Sug’urta xizmatlari haqi
|
4
|
12.
|
Asosiy fondlar iste’moli
|
100
|
Yechish:
Ishlab chiqarish schyotini tuzish uchun unga kerakli ko’rsatkichlarni hisoblaymiz:
Yalpi mahsulot va xizmatlar (YAMX) qiymati, asosiy bahoda:
YAMX=(1100-200)-(10)+(6)+(19-16)+(120-100)=899 mln so’m.
Oraliq iste’mol xarajatlari (OI):
OI=(460-54)+(16)+(18)+(12)+(4)=456 mln so’m
Endi “Nomoliyaviy korxona” sektorining ishlab chiqarish schyotini tuzamiz
va schyotni balanslantiruvchi yalpi qo’shilgan qiymat (YAQQ) va sof qo’shilgan qiymat ko’rsatkichlarini hisoblaymiz.
“Nomoliyaviy korxona” sektorining ishlab chiqarish schyoti
-
Foydalanish
|
Resurslar
|
2. Oraliq iste’mol
|
456
|
1.Yalpi ishlab chiqarilgan tovar va
xizmatlar qiymati, asosiy bahoda
|
899
|
3..Yalpi qo’shilgan qiymat (1-2)
|
443
|
|
|
4. Asosiy fondlar iste’moli
|
100
|
|
|
5.Sof qo’shilgan qiymat(3-4)
|
343
|
|
|
Jami (2+3)
|
899
|
Jami(1)
|
899
|
misol. Quyidagi jadvalda mamlakat iqtisodiyoti bo’yicha shartli ma’lumotlar keltirilgan (joriy bahoda, mln,so’m):
-
t/r
|
Ko’rsatkichlar nomi
|
Miqdori
|
1.
|
Mahsulot ishlab chiqarish tarmog’ining tovar mahsuloti,
bozor bahosida
|
1700
|
2.
|
Pulli xizmatlar
|
710
|
3.
|
Pulsiz ko’rsatilgan xizmatlar (xarajatlar yig’indisi)
|
1024
|
4.
|
Bankdan olingan kreditga berilgan foiz
|
156
|
5.
|
Bankning olgan resurslari uchun to’lagan foizi
|
138
|
6.
|
Aktsiz solig’i
|
128
|
7.
|
Mahsulot uchun subsidiya (-)
|
28
|
8.
|
Moddiy va nomoddiy xizmatlar xarajatlari
|
1822
|
9.
|
Boshqa oraliq iste’mol xarajatlari
|
84
|
10.
|
Asosiy fondlar iste’moli
|
195
|
Yuqoridagi jadval ma’lumotlari asosida mamlakatning yig’ma ishlab chiqarish schyotini tuzing, yalpi ichki mahsulot va sof ichki mahsulot hajmini hisoblang.
Yechish:
1. Mamlakatni ishlab chiqarish schyotini tuzish uchun kerakli ma’lumotlarni hisoblaymiz:
Yalpi tovar va xizmatlar qiymati bozor bahosida:
YAMXb/b=1700+710+1024+(156-138)=3452 mln so’m
Yalpi tovar va xizmatlar qiymati asosiy bahoda:
YAMXa/b= YAMXb/b(3452)-Aktsiz solig’i (128)+mahsulot uchun subsidiya(28)=3352 mln so’m
Oraliq iste’mol (OI):
OI=156-138+1822+84=1924 mln so’m.
1. Yig’ma ishlab chiqarish schyotini tuzamiz va schyotni balanslantiruvchi yalpi(sof) ichki mahsulot ko’rsatkichi qiymatini hisoblaymiz.
Mamlakatning ishlab chiqarish yig’ma schyoti
-
Foydalanish
|
Resurslar
|
5. Oraliq iste’moli
|
1924
|
1.Yalpi mahsulot va xizmatlar
qiymati, asosiy bahoda
|
3352
|
6. Yalpi ichki mahsulot, bozor
bahosida (4-5)
|
1528
|
2. Mahsulot solig’i
|
128
|
6.1. Asosiy fondlar iste’moli
|
195
|
3. Mahsulotga subsidiya
|
28
|
6.2 Sof ichki mahsulot, bozor
bahosida (6-6.1)
|
1333
|
4.Yalpi mahsulot va xizmatlar
qiymati, bozor bahosida(4=1+2-3)
|
3452
|
Jami:5+6
|
3452
|
Jami:4
|
3452
|
MNTda operatsiyalar daromadlarning shakllanishi, birlamchi va ikkilamchi taqsimlash schyotlari orqali bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |