1-misol. O’tgan va joriy davrda supermarketda sotilgan ba’zi oziq-ovqat tovarlari to’g’risida quyidagi ma’lumotlar mavjud:
Tovarlar
|
O’tgan davr
|
Joriy davr
|
Sotilgan miqdori,
tonna
|
Bir tonnaning
bahosi, mln so’m
|
Sotilgan miqdori,
tonna
|
Bir tonnaning
bahosi, mln so’m
|
Go’sht
Baliq
Shakar
|
700
300
200
|
1,8
0,9
0,8
|
800
400
250
|
1,9
0,7
0,8
|
Baho individual indeksini hisoblaymiz: .
Go’sht uchun yoki 105,6% (+5,6%).
Demak, joriy davrda o’tgan davrga nisbatan go’shtning bahosi 105,6 % ni tashkil etgan yoki 5,6 % oshgan.
Baliq uchun yoki 77,8% (-22,2%).
Demak, joriy davrda o’tgan davrga nisbatan baliqning bahosi 22,2 % pasaygan.
Shakar uchun yoki 100% (o’zgarmagan).
Demak, joriy davrda o’tgan davrga nisbatan shakarning bahosi o’zgarmay qolgan.
Miqdor (fizik hajm) individual indekslarni hisoblaymiz:
Go’sht uchun yoki 114,3% (+14,3%);
Baliq uchun yoki 133,3% (+33,3%);
Shakar uchun yoki 125% (+25%).
O’tgan davrga qaraganda joriy davrda go’sht sotish 14,3 %, baliq 33,3% va shakar miqdori 25% oshgan.
Agarda uch va undan ortiq davrlar uchun ma’lumotlar berilsa individual indekslarni bazisli va zajirsimon usullarda hisoblash mumkin.
Bazisli individual indekslar:
va h.k.
Zanjirsimon individual indekslar:
va h.k.
Ushbu indekslar o’zaro bog’liq indekslardir, ya’ni zanjirsimon individual indekslarni o’zaro ko’paytmasi oxirgi bazisli individual indeksga tengdir:
Yuqorida keltirilgan jadval ma’lumotlari asosida agregat shaklidagi baho, miqdor va tovar aylanmasi umumiy indekslarini hisoblaymiz:
Baho umumiy indeksi agregat shaklida quyidagi formula bilan hisoblanadi:
,
bu yerda: -baho umumiy indeksi; - joriy davr tovar aylanmasi; -shartli tovar aylanmasi, ya’ni joriy davr tovar aylanmasi o’tgan davr baholarida.
yoki 100%
Demak, tovarlarning o’rtacha bahosi umuman olganda o’zgarmay qolgan.
2. Miqdor (fizik hajm) umumiy indeksi agregat shaklda quyidagi formula bilan hisoblanadi:
bu yerda: - o’tgan davr tovar aylanmasi.
yoki 118,3% (+18,3%).
Demak, sotilgan tovarlarning o’rtacha miqdori 18,3 foiz oshgan.
3. Haqiqiy baholarda tovar aylanmasining umumiy indeksi joriy davri tovar aylanmasini o’tgan davr tovar aylanmasiga nisbati sifatida hisoblanadi, ya’ni quyidagi formula bilan:
yoki 118,3%.
Demak, tovaroborot o’rtacha 18,3% oshgan.
Yuqorida hisoblangan indekslar yordamida joriy davrda o’tgan davrga nisbatan baholarning o’zgarishi hisobiga aholi tejab qolgan yoki ortiqcha qilingan harajat summasini hamda tovar aylanmasining baho va miqdorini o’zgarishlari hisobiga o’zgarishini aniqlash mumkin.
Aholi tejab qolgan yoki ortiqcha qilingan harajat summasi baho indeksining sur’ati va maxrajining farqi sifatida aniqlanadi.
Bizning misolimizda baholar umuman olganda o’zgarishsiz qolgan. Demak, aholi bir guruh tovarlarga bo’lgan baholarning pasayishi natijasida tejab qolgan summani boshqa tovarlarning bahosi oshganligi tufayli qo’shimcha harajat qilgan.
Bu holatda umuman baholarning o’zgarishi aholi budjetiga ta’sir etmagan.
Haqiqiy baholardagi tovar aylanmasi umumiy indeksining sur’ati bilan maxraji o’rtasidagi farq tovar aylanmasining tovarlar bahosi va miqdorlari o’zgarishi hisobiga yuz bergan o’zgarishni ko’rsatadi, ya’ni:
)
2000-1690=+310 ming so’m.
Demak, tovar aylanmasi joriy davrda o’tgan davrga nisbatan 310 ming so’mga ko’paygan. Yuqorida ko’rganimizdek baholar o’zgarmay qolganligi tufayli haqiqiy baholardagi tovar aylanmasining o’zgarishi faqat sotilgan tovarlar miqdori (fizik hajmi) o’zgarishi hisobiga to’g’ri keladi.
Bu o’zgarishni aniqlash uchun fizik hajm umumiy indeksining suratidan maxraji ayriladi.
.
Umumiy baho, miqdor (fizik hajm) va haqiqiy baholardagi tovar aylanmasi indekslari o’zaro bog’liq indekslardir, ya’ni:
Bizni misolimizda ushbu bog’liqlik quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |