- Rasmiy nomi — Senegal Respublikasi.
- Poytaxti — Dakar.
- Hududi – 196,7 ming km.kv.
- Aholisi 12,8 mln kishidan ortiq (2021).
- Davlat tili — fransuz.
- Dini — islom.
- Pul birligi — afrika franki.
Tabiati. Senegal hududining aksariyat qismi Atlantika okeani sohiliga qarab pasayib boradigan pastbaland tekislikdan iborat. Shim.dagi sohil chizigʻi tekis, jan.da daryolarning estuariylari bilan biroz parchalangan. Iqlimi subekvatorial, shimolda quruq va janubda nam iqlim. Oʻrtacha oylik gradus yil davomida deyarli oʻzgarmaydi (yanv.da 23°, iyulda 28°). Yillik yogʻin shimolda 250–300 mm dan janubda 1500 mm gacha. Yirik daryolari — Senegal, Gambiya va Kazamans. Qizilqoʻngʻir tuproqlar koʻproq uchraydi. Shimolida chala choʻl oʻsimliklari o’sadi, savannalar va siyrak oʻrmonlar bor. Tabiatni saqlash maqsadida Juj, Niokolo Koba, Delta Saluma va boshqa milliy bogʻlar tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |