To‘ti buvining tavsiyasi
O‘zbekiston xalq artisti To‘ti Yusupova buvijo nimning
yaqin dugonasi. Buvijonim bilan tez-tez ular xonadoniga
borib turamiz. To‘ti buvim judayam samimiy, mehribon.
Meni o‘zlarining nabiralaridek yaxshi ko‘radilar, miriqib
suhbatlashamiz.
Mehmonga qo‘limda kitob-jurnallar bilan kirib bor-
ganim uchun bu galgi suhbatimiz kitob haqida, uning
yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida bo‘ldi.
– Kitobni hayotimizdagi o‘rnini ota-bobolarimiz
qadimdan yaxshi bilishgan. Bejiz xonadonlarda, choy-
xonalarda g‘azalxonlik qilishmagan. Chunki kitob o‘qi-
gan, she’r yodlagan odam undan o‘ziga xulosa chiqargan,
kitobdagi hikmatlarga amal qilib kam bo‘lmagan. Men
o‘quvchilik paytimda badiiy kitoblar kam edi. Birgina
«Navoiy» romanini o‘qish uchun bir yil navbat kutganman.
113
Dilga tashrif
U paytlar hamma kitob o‘qishga intilardi. O‘qigan kitob-
larimiz haqida munozaralar qilardik. Insholar yozardik.
Hozir kitob do‘konlariga kirsam, mashhur yozuv-
chilarning bir-biridan chiroyli bezalgan kitob larini ko‘rib
quvonib ketaman. Afsus, keksalik tufayli ko‘p kitob
o‘qishga kuchim yetmaydi. Yoshlarning esa kitobga
qarashga ‘‘vaqti yo‘q’’, qo‘lidan telefon tushmaydi. Shu
meni hafa qiladi. Lekin o‘zim vaqt topib nabiralarimga
ertak kitoblar o‘qib beraman. Ular mazza qilib eshitishadi.
Ertaga kelsang senga ham ‘‘Oygul bilan Baxtiyor’’ ertagini
aytib beraman. Qulog‘ingga ham, yuragingga ham yoqadi.
Negaligini bilmadim-u, bolalarga buvilari aytgan ertak,
rivoyatlar juda manzur bo‘ladi. Quloqlarida qoladi.
Aytmoqchi, Ibrohimjon, qo‘lingdagi ‘‘Gulxan’’ jurnali
bor-ku, uni men uzoq yillardan beri o‘qiy man. Shoira
singlim Oydin Hojiyeva shu jurnalga rahbarlik qilganda
har oyda yangi sonidan so‘vg‘a qilardi. Bu ‘‘Gulxan’’ juda
ko‘p shoir-u adiblarga ustoz bo‘lgan. Birinchi she’rlari,
hikoyalari ‘‘Gul xan’’da chiqqan. Hozir ham ‘‘Nishona’’
sahifasida o‘quvchi bolalarning yaxshi, puxta she’rlarini
o‘qib, bolalarimizning chuqur bilimli, dunyoqarashi keng-
ligini ko‘rib suyunaman. Nabiralarim ham jurnalni qiziqib
o‘qishadi.
Kitob, jurnal bolalarning ma’naviyatini oshi radi. Ma’na-
viyatli bola odobli, aqlli bo‘ladi. Ota-onasining yuzini yorug‘
qiladi. Men o‘g‘il-qiz larimga, nabiralarimga eng avvalo,
o‘zbek adiblarining asarlarini o‘qishni tavsiya qilaman.
Negaki, bu kitobni o‘qigan bola o‘zbekona urf-odat, axloq-
odobni o‘rganadi, o‘zligini taniydi. O‘zlikni anglash esa
114
Ibrohim Rixsiboyev
dunyoga teran ko‘z bilan qarashni o‘rgatadi, – dedilar To‘ti
buvim boshimni silab.
«Gulxan» adabiy-badiy jurnalining
2017-yil 8-sonidan
Do'stlaringiz bilan baham: |