QAYdASAN, AdOLAT mANZILI
Ommaviy matbuotni, turli jurnal, gazetalarni muntazam
o‘qib borishni bugungi zamon yoshlariga tavsiya etishimiz
lozim. Chunki, yosh larning saviyasini faqatgina shu yo‘l
bilan yuksaltira olamiz. Men voyaga yetgan xonadon
kattalari, yani buvim va onam har yili turli gazeta,
jurnallarga obuna bo‘lishar edi. Ularning shunchalik berilib
o‘qiyotgan narsalari nima ekan-a, deb o‘ylab qolardim.
Va mana shu qiziqish natijasida men ommaviy bosma
103
Dilga tashrif
nashrlarga qiziqib qolganman. O‘sha vaqtlarda ko‘proq
«Sharq yulduzi» hamda «Jahon adabiyoti» jurnallarini
yaqinlarimga bildirmay o‘qiy boshladim. Buni nega sir
saqlaganimni haligacha o‘zim ham bilmayaman. Hullas
davomiy tarzda bosilgan roman, hikoya, she’r, esse, maqola,
xotira, xabarlarga qiziqa boshlagandim. Uydagilar mening
xulq-atvorimdan, xatti-harakatlarimdan va eng asosiysi
fikrlash doiram kengaygani, so‘z boyligim ko‘paygani
tufayli bunday bosma adabiy nashrlarga ko‘proq obuna
bo‘la boshlashdi.
Bosma matbuotni biz «eskirgan» deb atashga sho-
shilmaylik. Amerikaliklar garchi rivojlangan mam lakat
internet tarmoqlari butkul ta komillashgan bo‘lsa-da hech
qachon ommaviy nashr
lardan voz kechmagan. Balki
matbuot bilan hamnafasdirlar. Gaplarim kimlargadir erish
tuyu layotgan bo‘lsa ularda tasvirga olingan kinofili mlarni
tomosha qilishlarini tavsiya etaman. Matbuot tarqatuvchilar
mudom uy egalariga gazeta tashlab ketyotgan sahnalarga
ko‘zingiz tushadi. Amerika qo‘shma shtatlariga borib
kelgan tanishlarimiz ham bu narsani tasdiqlaydilar.
Majburiy obunaga to‘xtalsak. Bu ish qonun dara-
jasiga ko‘tarilgandan so‘ng, odamlar muto laadan but-
kul uzoqlashdi. Avvallari xonadonlarga bittagina bo‘lsa
ham gazeta-jurnal kirib borar edi. Va shu bilan oilada
kichik bo‘lsa ham mutolaa muhiti shakllanar edi. Hozir
bu narsalarga cheklo‘v joriy etilgandan so‘ng, far zand-
larimizning qo‘llaridan telefo‘n tushmay qoldi. Qo‘lidagi
matox bilan ni
ma
lar qilayotgani ota-onaga qorong‘u.
Bu yomon holatlarga esa ota-onalar sababchi bo‘lib
104
Ibrohim Rixsiboyev
qolayotgani achinarlidir. Anashu matoxning o‘rniga
gazeta-jurnllarga oshno etganlarida bugun onasining
yuziga to‘rt chaplaydigan, jinsini o‘zgartiradigan, turli xil
bema’ni xatti-harakatlar, qiliqlar qilayotgan, kim tomdan
tashlasa ortidan tashlaydigan, oqibatini o‘ylmaydigan
yoshlar shakllanganiga guvoh bo‘lmagan bo‘lar edilar.
O‘sha ota-onalarimiz o‘z qo‘llari bilan yo‘qqa chiqargan
gazeta-jurnallar yomonlikka targ‘ib qilmas.
Ilm-ma’rifat vazifasini bajaruvchi nashrlarni yo‘qqa
chiqara olgan shaxslar bugun TIK-TOKka o‘xshagan zalo-
lat va tanazzulga zamin bo‘layotgan internet tarmoqlarini
yo‘qqa chiqara olmaydimi? Bizga aslida nima kerak – ilm
yoki bema’nilikmi, taajjubdaman!
Keyingi masala, matbuot do‘kon laridan o‘quvchilarga
kerakli bo‘lgan adabiy nashr larni topa olmaymiz. Misol
uchun, «Taffakur», «Sharq yulduzi», «Ma’rifat» kabi
nashr larga ko‘zimiz tushmaydi. Buning sababi nimada?
qabi lidagi savollar bugungi juda ko‘plab gazetxon-jurnal-
xonlarimizda paydo bo‘layapti. Yoki bo‘lmasa, diniy
mav zudagi «Hidoyat», «Islom nuri» gazeta, jurnallar
ham ko‘rinmaydi. Yoshlarimiz sevib mutolaa qiladigan
«Tong yul duzi», «Gulxan», «Yoshlik» kabi nashrlarni topa
ololmaytgan yoshlarimiz ko‘paymoqda. Me ning fikirmcha,
bu muammolarning asil sababiyati majburiy obunani
yo‘qqa chiqarganimiz bo‘lsa kerak. Eng yomoni, yuqorida
aytib o‘tilgan nashrlarini targ‘ib etsak, bizni jinoyatchiga
chiqar moqdalar. Bizni bunday ishlarni qilishga ha q qimiz
yo‘qligini ta’kidlashayapti. Tik-tokga o‘x shash inter net-
ning maxbuslariga biron so‘z qot mayaptilar. So‘zimni
105
Dilga tashrif
oxirida yozuvchi Odil Yoqu bo‘vning so‘nggi asariga
ushbu so‘zni qo‘shib so‘ramoqchiman: Qaydasan, adolat
manzili?
Do'stlaringiz bilan baham: |