Irodali sotuvchi
Ayol ancha yillardan beri yoyma bozorda paypoq sotar
edi. Qartayib, yoshi bir joy ga borganda ham shu ishni
davom ettiraverdi.
– Sizning farzandlaringizga havasim keladi, – dedi
undan doim paypoq sotib oluvchi mijoz.
– Kunda yangi paypoq kiyishsa kerak.
– Ayol mijozining bu gaplariga «ha», deb og‘ir xo‘rsinib
qo‘ydi. Xaridor xarididan mamnun bo‘lib ketganidan so‘ng
sotuvchining bir oyog‘i kesilgan nuridiydasi volidasining
holidan xabar olgani keldi.
Tanholik
Bir kishining «yolg‘izlik inson uchun eng oliy jazo va
bu hukmni tarixda juda ko‘p qo‘llashgan», degan fikrini
eshitgandim. Bilaks emasmikin. Chunki uning yonida
Robbisi bo‘ladi. Robbisiga ishongan banda aslo o‘zini
yolg‘iz sezmaydi.
Taqvodorlik
Taqvodorlikning xislat ildizi barchamizda tomir oti shi
kerak. Haqiqiy halovatni ana shundan so‘ng tuya olamiz.
Allohim umrlarini ziyoda qilsin, buvijonim besh vaqt
ibodatdalar. Kamdan kam hollarda namozini qazo qiladilar.
Bir kuni buvijonimda yurak sanchig‘i yuz berib, ahvollari
og‘irlashdi, darro‘v «tez yordam»ga qo‘ng‘iroq qildim. Bu
holatda qimirlamay yotishlari zarur edi. Ammo tahoratxonaga
24
Ibrohim Rixsiboyev
kirib namoz o‘qish uchun, tadorik ko‘rdilar. Og‘ir nafas
olib, ahvollari daqiqa sayin yomonlashar edi. «Yotmasangiz
bo‘lmaydi», deb qancha aytsam ham unamadilar. Joynamoz
yozib, namoz o‘qishni boshladilar. Bu holatdan dong qotib
qoldim, mana taqvodorlik, mana iymon va e’tiqodda sobit
turushlik. O‘shanda shifokorlar agar yana 1 soat o‘tkazsak,
kech qolgan bo‘lar edik, degan edi.
Kichik do‘stim – Javohirga!
Ukam tengqur bir yigit bizga qo‘shni bo‘ladi. Ko‘z
oldimda katta bo‘lganidanmi uni yaxshi ko‘rib, insoniy
fazilatlariga qoyil qolganman. Qachon qaramang,
kattami-kichikmi birdek ko‘rib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib
salom beradi. Men uzoqroq muddatga safarga ketgan
edim. Bu orada kichik do‘stim og‘ir xastalanib, shuning
oqibatida bir oyog‘ini kestirishga majbur bo‘lganini
eshitdim.
Bu xabardan qulog‘im butkul garang bo‘layozgan
edi. «Nimalar deyapsizlar, axir men uni to‘rt muchasi
sog‘ligini ko‘rib ketgan edim. Gaplaringizga ishonish
qiyin, deb takrorlayverdim. Ming afsuski, bu haqiqat
edi. Allohga duo qilishdan boshqa qo‘limdan hech
nima kelmadi. Axir u judayam yosh. Endigina o‘n olti
yoshni qarshi olgan o‘smir uchun bu katta sinov edi.
Menga uning bolaligidan sabrli ekanligi ozgina tassali
berdi. Ishlarimni nihoyalab uyga qaytdim. Birinchi
galda uni ko‘rgani kirdim. U meni avvalgilardan ham
boshqacha xush kayfiyatda kutib oldi. Bugungi holatiga
25
Dilga tashrif
qiyin bo‘lsada, ko‘nikib qolganini aytdi. Mendan safar
taassurotlarini so‘rar, men esa unga borini aytardim.
U judayam samimiy tabassum bilan menga eng
yoqmaydigan achinish hissini so‘ndirdi. Ancha davom
etgan suhbat davomida kichik do‘stimni charchatib
qo‘yganimni o‘ylab, gurungimizni to‘xtatishga majbur
bo‘ldim. Uning oldindagi yorug‘ kelajagi uchun
Allohdan kuchli sabr tilab yuzimizga fotiha tortdik.
Erta tongda bomdod na mozini ado etish uchun tahorat
olishga kir dim. Tahorat qilish chog‘ida to‘rt mucham
sog‘ligi uchun Allohga shukrona keltirdim. Xayolimda
ke
cha
gina yaqinlarim aytgan gaplar aylana boshladi.
Kichik do‘stimda og‘ir xastalik endi-endi o‘zining ta’sirini
ko‘rsatayotgan mahalda qo‘ltiqtayyoqqa tayanib bo‘lsa
ham masjidga boraverar ekan. U xastaligi tufayli ibodatini
uyda amalga oshirsa bo‘lar edi. Yoki bo‘lmasa masjidga
maxsus aravachada borsa ham bo‘lar edi. Unga shu kabi
savvollarni berishganida, vaqtdan unimli foydalanib qolay,
bunga minish vaqti kelar, der ekan. Shubhasiz, menda mana
shu o‘y shukronasi paydo bo‘ldi.
Uyimiz yaqinidagi masjidga yo‘l oldim. Namozxona
eshigidan kirar ekanman, ne ko‘z bilan qarayki, kichik
do‘stim o‘zining namoz o‘qish uchun mo‘ljallangan stulida
kitob mutolaasi bilan band ekan. Bu holatdan ko‘zimda
paydo bo‘lgan yoshimni unga sezdirmaslik maqsadida
tezgina artib tashladim.
Aziz o‘quvchi, biz sog‘ bo‘la turib ibodatni qoldiri-
shimizga arzirli sabab bormikin? Shu ikki hayotiy hikoya
qahramonlaridan o‘tib uzr qolganmikin bizda?
26
Ibrohim Rixsiboyev
Do'stlaringiz bilan baham: |