Bajaruvchilarning ro‘yxati.
Bajaruvchilarning ro‘yxatida mas’ul bajaruvchilarning va hisob-kitob-tushuntirish xatini ishlab chiqishda qatnashgan birgalikdagi bajaruvchilarning familiyasi, ismi va otasining ismi, lavozimi va ish joyi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Mundarija.
Mundarijada hisob-kitob-tushuntirish xati barcha bo‘limlarining nomi, ushbu elementlar boshlanadigan sahifalar ko‘rsatiladi.
Hisob-kitob-tushuntirish xati ikkita va undan ko‘p daftardan iborat bo‘lgan taqdirda ularning har birida o‘z mundarijasi bo‘lishi kerak. Birinchi daftarning mundarijasida butun hujjatlarning mazmuni keltirilgan bo‘lishi kerak, unda sahifalar va daftarlarning tartib raqamlari, keyingi daftarlarda – faqat tegishli daftarning mazmuni ko‘rsatiladi.
1-bo‘lim «Tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar»da quyidagilar bo‘lishi kerak:
a) deklaratsiyalanayotgan ob’ektning tarkibiy ro‘yxati;
b) deklaratsiyalanayotgan ob’ektning topografiyasi va joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (deklaratsiyalanayotgan ob’ekt joylashgan rayonning topografiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, deklaratsiyalanayotgan ob’ektning taqiqlangan, qo‘riqlanayotgan va sanitariya-himoya zonalarining mavjudligi va chegaralari, deklaratsiyalanayotgan ob’ekt joylashgan rayondagi tabiiy-iqlim sharoitlari, loyihada qurilish maydonining seysmik rayoni qismidagi qidiruvlar bo‘yicha hisobotlardan foydalanilishi, gruntlar, tabiiy iqlim va boshqa tashqi ta’sirlar tavsiflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar) loyihalash hujjatlari tarkibida ishlab chiqilayotgan deklaratsiya uchun rasmiylashtiriladi);
v) xodimlar va yaqin atrofda yashaydigan aholi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (deklaratsiyalanayotgan ob’ektning uning ma’muriy birliklari va tarkiblari bo‘yicha xodimlarning joylashishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularda xodimlarning o‘rtacha soni va eng ko‘p ishlaydigan smenalar soni ko‘rsatiladi; eng yuqori darajadagi gipotetik avariyaning shikastlovchi omillari ta’siridagi zonalarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan yaqin atrofdagi tashkilotlarning joylashishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularda deklaratsiyalanayotgan ob’ektdan uzoqdalik va xodimlarning soni ko‘rsatiladi; eng yuqori darajadagi gipotetik avariyaning shikastlovchi omillari ta’siridagi zonalarda bo‘lishi mumkin bo‘lgan aholi punktlarining joylashishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ularda deklaratsiyalanayotgan ob’ektdan uzoqdalik va xodimlarning soni ko‘rsatiladi. Deklaratsiyalanayotgan ob’ektning tarkibiy ro‘yxati xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini identifikatsiya qilish sohasida amaldagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi kerak).
Do'stlaringiz bilan baham: |