«Xavfsizlik tahlili» nomli 2-bo‘limda quyidagilar bo‘lishi kerak:
a) xavfli moddalarning tavsifi (moddalar, formula, tarkibning nomi, umumiy ma’lumotlar (molekulyar og‘irlik, qaynash harorati, zichlik), portlash xavfi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, toksik xavflilik to‘g‘risidagi ma’lumotlar, reaksiya berish qobiliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, moddaning hidi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, korroziya faolligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, ehtiyot choralari tavsifi, odamlarga ko‘rsatadigan ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumotlar, himoya qilish vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, moddani zararsiz holatga o‘tkazish usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, modda ta’sir ko‘rsatgan taqdirda shikastlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish choralari to‘g‘risidagi ma’lumotlar);
b) texnologiyalar va apparatni rasmiylashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ularda prinsipial texnologik sxema, asosiy texnologik asbob-uskunalar va deklaratsiyalanayotgan ob’ektning tarkibi bo‘yicha texnologik jarayonning qisqacha tavsifi, xavfli moddalar deklaratsiyalanayotgan ob’ektning tarkibi bo‘yicha aylanadigan asosiy texnologik asbob-uskunalarning joylashish rejasi, xavfli moddalar aylanadigan asosiy texnologik asbob-uskunalarning ro‘yxati, xavfli moddalarning asbob-uskunalar bo‘yicha taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
v) xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha texnik echimlarning tavsifi (asbob-uskunalarning siyraklanishiga yo‘l qo‘ymaslikka va xavfli moddalarning avariya vaqtida tashqariga chiqishining oldini olishga yo‘naltirilgan echimlarning tavsifi, avariyalar rivojlanishining oldini olishga va xavfli moddalarning tashqariga chiqishini lokalizatsiya qilishga yo‘naltirilgan echimlarning tavsifi, portlash, yong‘in xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan echimlarning tavsifi, avtomatik ravishda tartibga solish, blokirovka qilish, signalizatsiyalar va boshqa xavfsizlikni ta’minlash vositalari tizimlarining tavsifi);
g) xavfning tahlili (ma’lum avariyalar tahlili, avariyalarning kelib chiqishi va rivojlanishi shart-sharoitlarining tahlili, avariyalar xavfini baholash).
Ma’lum avariyalar tahlilida quyidagilar bo‘lishi kerak:
1) avariyalar va deklaratsiyalanayotgan ob’ektda mavjud bo‘lgan nosozliklar ro‘yxati (faqat faoliyat ko‘rsatayotgan ob’ektlar uchun rasmiylashtiriladi);
2) boshqa shunga o‘xshash ob’ektlarda mavjud bo‘lgan avariyalar yoki aylanayotgan xavfli moddalar bilan bog‘liq avariyalar ro‘yxati;
3) sodir bo‘lgan avariyalarning asosiy sabablari tahlili.
Avariyalarning kelib chiqishi va rivojlanishi shart-sharoitlarining tahlili quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1) avariyalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga ko‘maklashuvchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan sabablar va omillarni aniqlash;
2) sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalarning namunaviy ssenariylarini aniqlash;
3) hisob-kitob qilishning qo‘llanadigan fizik-matematik modellari va usullarini asoslash;
4) avariyada qatnashuvchi xavfli moddalar miqdorini baholash;
5) shikastlovchi omillar ta’sirida bo‘lishi mumkin bo‘lgan zonalar hisob-kitobi;
6) jabrlanganlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan sonini baholash;
7) bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararni baholash.
Avariyalar xavfini baholash xodimga, aholiga etkazilgan zararning muqarrarligini hamda mol-mulkka va atrof tabiiy muhitga etkazilgan ziyonni baholashdan iborat bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |