Xarajatlarning o’zgarishi - xarajatlarning qaysi yo’nalishda o’zgarishini bilish firmaga qancha ishlab chiqarganda qanday foyda ko’rish mumkinligini aniqlashga yordam beradi. Xarajatlar o’zgarib turadi, bu esa resurslarning bozor narxiga, ularning tejalishiga, xaralatlar turlarining nisbatiga va ishlab chiqarish ko’lamiga bog’liqdir. Xarajatlarga ta’sir etuvchi omillar ikki guruxga bo’linadi: Birinchisi, firmaga bog’liq omillar, bu ishlab chiqarish ko’lamini o’zgartirish, resurslarni tejab ishlatish. Ikkinchisi, firmaga bog’liq bo’lmagan omillar, bularga resurslar narxi va soliqlar kiradi. Ishlab-chiqarish xarajatlariga quyidagicha omillar ta’sir ko’rsatadi: 1. Mehnat unumdorligini oshib borishi. 2. Mehnatni ilmiy tashkil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |