9. Ishlab chiqarishda bekor turib qolish va sifatsizlik (brak) tufayli yuzaga keladigan yo’qotishlar; 10. Tabiiy yo’qotishlar bilan bog’liq bo’lgan yoki aybdor shaxslar mavjud bo’lmagan holda yuzaga keladigan yo’qotishlar.
1-chizma. Xarajatlarning namoyon bo’lish sohasiga ko’ra turkumlanishi.
Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo’yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o’z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar: ichki va tashqi xarajatlarga bo’linadi (2-chizma). Tashqi xarajatlar korxona tomonidan uchun zarur resurs va xizmatlarni tashharidan to’lov asosida jalb etishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir.