§ 4. Aralashtirish jarayonlari.
80. Yonuvchi mahsulotlarni aralashtirish usullari va tartiblari, asbob-uskunalarning va aralashtiruvchi moslamalarning konstruksiyalari, bu mahsulotlarni samarali aralashishini ta’minlashi va harakatsiz zonalar hosil bo‘lishiga imkon bermasligi kerak.
81. Moddalarni uzluksiz aralashtirish jarayonlari uchun, ularning o‘zaro ta’siri, boshqarib bo‘lmaydigan ekzotermik reaksiyalarning rivojlanishiga olib kelsa, bu moddalarning xavfsiz hajmli kiritish dozasi, issiqlikni olib ketishning samarali usullari ishlab chiqiladi, avtomatik nazorat qilish vositalari, jarayonlarni tartibga solish, avariyadan himoya qilish va signalizatsiya vositalari nazarda tutiladi.
Davriy aralashtirish jarayonlarida o‘z-o‘zidan tezlashadigan ekzotermik reaksiyalarning rivojlanishi mumkin bo‘lganda, ularni boshqarib bo‘lmaydigan holatiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, moddalarning apparaturaga ruxsat etiladigan miqdorda solinishi va ketma-ketligi, reagentlarning solinish (kirib kelish) tezligi reglamentlanadi.
82. Mahsulotlarni, shuningdek oksidlovchilar bilan yonuvchi mahsulotlarni, aralashtirish texnologik jarayonlarida, komponentlar o‘zaro nisbatini aralashtirgichlar oldida avtomatik tartibga solish, bug‘-gaz muhit uchun esa — qo‘shimcha ravishda bosimni tartibga solish nazarda tutiladi.
83. Bug‘-gaz muhitni oksidlovchilar bilan aralashtirishda, zaruriy hollarda aralashtirgichdan chiqishdagi material oqimlarda oksidlovchining reglamentlangan miqdorining nazorati nazarda tutiladi yoki tizimda komponentlarning o‘zaro nisbatini aniqlovchi texnologik jarayonning boshqa parametrlarining nazorati, va reglamentlangan qiymatlardan oksidlovchining konsentratsiyasi og‘ishida aralashtirishga keluvchi komponentlarni to‘xtatuvchi, avariyaga qarshi himoya vositalari nazarda tutiladi.
84. Portlash xavfi bor I toifali texnologik bloklarda aralashma tarkibi va oksidlovchilar bilan yonuvchi moddalarning o‘zaro nisbatini tartibga solishni nazorat qilish, shuningdek aralashtirishdan keyin material oqimlarda oksidlovchilarning miqdorini nazorat qilish, avtomatik ravishda amalga oshirilishi kerak.
85. Aralashtirgichlarga olib keluvchi kommunikatsiyalar, bu kommunikatsiyalarga aralashtirishga berilayotgan yonuvchi moddalarni, oksidlovchilarni yoki ularning aralashmalarini qaytishiga yo‘l qo‘ymaydigan qaytarma klapanlar va boshqa moslamalar bilan ta’minlanadilar (jarayonning reglamentlangan parametrlari og‘ishida).
Agarda, keluvchi kommunikatsiyalarga reaksion aralashmaning kelib tushushiga jarayonni o‘tkazish sharoitlari yo‘l qo‘ymasa, unda yuqorida ko‘rsatilgan moslamalarni o‘rnatish shart emas.
86. Portlash xavfi bor aralashmalarni tizimda hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, maydalangan qattiq yonuvchi mahsulotlarni maydalash, aralashtirish inert gaz muhitida amalga oshiriladi.
Maydalash va aralashtirish uchun asbob-uskunalar, berilayotgan inert gazining bosimini nazorat qilish vositalari bilan, qiymatdan uning bosimini, og‘ish haqida signal beruvchi vositalar bilan (signalizatsiya) va inert gazini oldindan berishda asbob-uskunalarni ishga tushirishga yo‘l qo‘ymaydigan yoki unga inert gazini kelishini to‘xtatganda, bu asbob-uskunalarni to‘xtatilishini ta’minlaydigan avtomatik to‘siqlar (blokirovkalar) bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |