§ 6. Avariyaga qarshi moslamalar.
184. Texnologik tizimlarda avariyadan ogohlantirish, ularning rivojlanishini oldini olish uchun avariyaga qarshi quyidagi moslamalar qo‘llanishi zarur: armatura, klapanlar, ajratuvchi va boshqa uzuvchi moslamalar, bosim oshib ketishidan saqlovchi moslamalar, alangani so‘ndirish va uning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik vositalari, portlashni so‘ndirish avtomatik tizimi.
185. Usullarni va vositalarni tanlashni, himoya tizimi elementlarining ishlab ketish ketma-ketligi, avariya kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning rivojlanib ketishini oldini olish texnologik jarayon xususiyatlarini hisobga olgan holda, bu avariyalar rivojlanib ketishi mumkinligi, sxemalar (ssenariylar) tahliliy natijalari va obyektga kiruvchi texnologik bloklarning portlash xavfliligi toifasi bo‘yicha loyiha hujjatlarida va texnologik reglamentda aks ettiriladi.
186. Portlash xavfi bor barcha toifali texnologik bloklarda va ajratuvchi moslamalar sifatida avariya holatida o‘chirish uchun yonuvchi muhitlarni oksidlovchi moddalarning nisbatini barcha tizimlarida tartibga solishda (rostlashda) tez ta’sir etish va ishonchliligi bo‘yicha talablarga mos bo‘lgan berkitish-rostlash armaturasini qo‘llashga ruxsat beriladi.
187. Blokni avariya holatida o‘chirishga mo‘ljallangan berkitish armaturasi, klapanlari, ajratgich boshqa moslamalar tez ishga tushishi bo‘yicha quyidagi talablarga javob berishi kerak:
yonuvchi suyuqlikni bug‘lanishi uchun ishlatiladigan issiqlik tashuvchi quvurlarda o‘rnatiladigan o‘chiruvchi tez ishga tushishi loyiha bilan o‘rnatiladi;
I va II toifali texnologik blokli qurilmalar bosimi manbalari, tez ishga tushishi loyiha bilan aniqlanadigan, haydash liniyalaridagi ajratuvchi armaturani ishlab ketishi bilan bir vaqtda o‘chirilishi kerak;
asbob-uskunani avariya holatida germetikligi buzilganda, o‘chirish moslamalarini ishlab ketish vaqti ushbu Qoidaning 39.3-bandi talablariga mos bo‘lishi kerak.
188. Ingibator va inert moddalarni texnologik apparaturaga berish tizimlarida ishlatiladigan armatura, klapanlar va boshqa moslamalar o‘zining tez ishga tushishi va unumdorligi bo‘yicha:
barcha toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarga inert gazini berish tizimlarida, reglamentlangan qiymatlardan jarayonni og‘ishi mumkin bo‘lgan barcha hollarda, portlash xavfi bor aralashmalarni hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan inert gazni kiritish hajmiy tezligini ta’minlashi kerak;
barcha toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarning ingibator moddalarni kiritish tizimlarida boshqarib bo‘lmaydigan ekzotermik reaksiyalarni so‘ndirish uchun ingibatorlar yuborishning kerakli hajmiy tezligini ta’minlashi kerak;
barcha toifali portlash xavfi bor texnologik bloklarning yonuvchi bug‘-gaz va suyuq muhitni tartibli chiqarib yuborish kommunikatsiyalarida bu muhitlarni atmosferaga chiqarib yuborish mumkinligiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
189. Asbob-uskunalarga o‘rnatilgan himoya vositalari ishlab ketganda, xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarni jarohatlanishi mumkinligini, portlash xavfi bor mahsulotlarni ish joylariga va atrof-muhitga chiqarib yuborilishining oldi olinishi kerak.
190. Texnologik tizimlarni portlashdan himoyalash uchun qo‘llanadigan armatura, saqlash moslamalari, alangani kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan vositalar bu moslamalarni tayyorlash, sinash va montaj qilish amaldagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq tayyorlanishi kerak.
Sinovdan o‘tgan va tayyorlovchi-zavod pasportiga ega moslamalarni ishlatishga ruxsat beriladi.
191. Bosim oshishidan apparatlarni va kommunikatsiyalarni himoyalash vositalari tanlash, hisoblash va ishlatish, amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Portlash xavfi bor mahsulotli texnologik apparatlarda (quvurlarda) saqlash moslamalarini o‘rnatishda, ular ishlab ketishining minimal chastotasini ta’minlovchi tadbir va vositalar (shu jumladan, jarayonni avtomatik ravishda tartibga solish-rostlash) nazarda tutiladi.
192. Alangani tarqalib ketishiga qarshi himoya vositalari (olov to‘sqich, alanga ajratkich, suyuqlikka uchun va boshqalar) TAS va apparat va rezervuarlarning, oluvchi va chiqaruvchi liniyalarda, hamda alanga tarqalishi mumkin bo‘lgan TAS va quvurlarda, shu bilan birga davriy yoki quvurning to‘lmagan kesimida qizdirilgan katalizator, alangali yonuvchi va boshqa manbai asbob-uskunalarning quvurlarida o‘rnatilishi kerak.
Alanga tarqalishiga qarshi himoya vositalari, bu liniyalarga ularda portlash xavfi bor aralashmalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan inert gazlarni berish xollarida, o‘rnatilmasligi mumkin. Inert gazlarini berish tartibi reglamentlangan.
Olov va suyuqlikka oid berkituvchilarining konstruksiyalari, ishlatish sharoitlarini hisobga olgan holda, alangani kengayib ketishining ishonchli oldini olinishini ta’minlashi kerak.
193. Olov va suyuqlikka oid berkituvchilar uchun ekspluatatsiya sharoitlarida, shu jumladan kristallanish, polimerizatsiyalanish va moddalarning muzlash holatlariga imkon bo‘lganda, ularni ishonchli ishlatishini ta’minlovchi choralar nazarda tutiladi.
194. Bosim ostida ishlayotgan va portlash xavfi bor I toifali bloklarga kiruvchi TASli rezervuarlarda vakuum paydo bo‘lishi imkoniyatida, uni so‘ndirish va portlash xavfi bor muhit hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, rezervuar muhitida bo‘layotganlarga nisbatan inertli gaz berilishi nazarda tutiladi.
Bosimsiz ishlayotgan, portlash xavfi I toifali bloklarda, TASli rezervuarlarda, portlash xavfi bor aralashmalar hosil bo‘lishini oldini olish choralari yoki alangalanish manbalariga yo‘l qo‘ymaslik choralari nazarda tutiladi.
195. Portlash-yonish xavfi bor texnologik qurilmalarning nosoz yoki o‘chirilgan avariyaga qarshi moslamalari va o‘chirilgan inert va ingibitor moddalarni berish tizimlari bilan ekspluatatsiya qilishga ruxsat berilmaydi.
Avariyaga qarshi himoya vositalarining, inert va ingibitor moddalarni berish tizimlarining holati davriy ravishda nazorat qilinishi kerak.
Nazoratning davriyligi va uslublari loyiha bilan aniqlanadi va reglamentlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |