Portlash Yonish xavfi bor kimyo, neft kimyo va neft gazni qayta ishlash korxonalari uchUN PORTlash XAVFSIZLIGINING UMUMIY QOIDALARINI TASDIQlash to‘G‘risida



Download 1,02 Mb.
bet14/33
Sana16.04.2022
Hajmi1,02 Mb.
#556000
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
Ёнғин хавфсизлиги

§ 4. Nasoslar va kompressorlar.
163. Kompressorlarning va nasoslarning tuzilishi va ishlatilishi amaldagi me’yoriy hujjatlar va ushbu Qoidalar talablariga javob berishi kerak. Yonuvchi, qisilgan va suyultirilgan gazlarni, tez (yengil) alangalanadigan va yonadigan suyuqliklarni uzatish uchun ishlatiladigan nasoslar va kompressorlar, ishonchliligi, hamda konstruktiv xususiyati bo‘yicha, kritik parametrlarini, uzatilayotgan mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalari va texnologik jarayon parametrlarini hisobga olgan holda, tanlab olinadi. Bunda nasoslar va kompressorlarning soni texnologik jarayonlarning uzluksizligini ta’minlaydigan sharoitlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi; asoslangan hollarda (ishonchlilikni ta’minlanishi hisobi bilan tasdiqlangan) ularning zaxiralari ham nazarda tutiladi.
164. Nasoslar va kompressorlar blokirovka tizimlarining ishlab ketish tartibi texnologik qurilmaning avariyaga qarshi avtomatik himoyalash tizimining ishlab ketish dasturi (algoritm) bilan aniqlanadi.
165. Nasos yoki kompressor haydash va so‘rish quvurlarida o‘rnatiladigan berkitish armaturasi unga maksimal yaqinlashtirilgan va xizmat ko‘rsatish uchun qulay bo‘lgan zonada bo‘lishi kerak.
Agarda tashilayotgan moddalarni orqaga qaytishining oldini oluvchi boshqa qurilma bo‘lmasa, haydash quvurlarida qaytma klapan o‘rnatilishi nazarda tutiladi.
166. Amaldagi me’yoriy-texnikaviy hujjatlar va ushbu Qoida talablariga muvofiq qurilma konstruksiyasida nazarda tutilgan va tayyorlovchi — zavod pasportida ko‘rsatilgan avtomatlashtirilgan nazorat vositalari va blokirovka tizimlari holati nosoz yoki yo‘q bo‘lganda, kompressor qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
167. TAS (tez alangalanuvchi suyuqlikni) haydash uchun, odatda, ikkita toretsli, asoslangan hollarda esa bitta toretsli qo‘shimcha zichlagichli markazdan qochirma (salniksiz) nasoslar qo‘llaniladi. Suyultirilgan uglevodorodli gazlar uchun, odatda, markazdan qochirma germetik (salniksiz) nasoslar qo‘llaniladi. Ikkita toretsli zichlagichli, tandem turidagi markazdan qochirma nasoslar qo‘llanishiga ruxsat beriladi. Zichlovchi suyuqlik sifatida, odatda, haydaladigan muhitda yonmaydigan va (yoki) neytral ishlatilishi kerak. YoS (yonadigan) uchun nasoslar tarmoq me’yorlari talablariga muvofiq tanlab olinadi.
Ayrim hollarda TAS va YoSni haydash uchun uzatishning kichik hajmiy tezligida, shu jumladan dozalash tizimlarida, porshenli nasoslarni ishlatishga ruxsat beriladi.
168. Ikkita toretsli zichlagichli markazdan qochirma nasoslar zichlovchi suyuqliklarni sirqishini (sizib chiqishi) nazorat qilish va tizimlari bilan ta’minlanishi kerak. Nasoslarni to‘xtatish, zaxiraga o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar ketma-ketligi va AQAH tizimiga blokirovka zaruriyati, loyihani ishlab chiquvchi tomonidan aniqlanadi.
169. Nasoslarning va kompressorlarning aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlari himoyalanish to‘siqlari va g‘iloflari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
170. I va II toifali portlash xavfi bor texnologik blokli qurilmalarda torets zichlagichli markazdan qochirma kompressorlar va nasoslar oxirgi qiymatga erishganda ishlab ketadigan signalizatsiya va bu qiymatlardan oshib ketganda ishlab ketishi kerak bo‘lgan AQAH tizimiga blokirovkalar bilan, harorat bo‘yicha podshipniklar holati ustidan nazorat qilish tizimlari bilan ta’minlanishi kerak. Nasosni to‘xtatish va qayta ulash bo‘yicha operatsiyalarning ketma-ketligi loyihani ishlab chiquvchi tomonidan belgilanadi. Kompressorlarning va nasoslarning konstruksiyalari podshipnik harorati datchiklarini o‘rnatilishini tutadi.
Vibratsiya darajasi ustidan davriy nazorat o‘rnatilishi kerak.

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish