§ 5. Issiqlik almashish jarayonlari.
87. Issiqlik almashishni tashkil qilish, issiqlikni tashuvchilarni (sovuqlik agentlari) va uning parametrlarini tanlash, isitilayotgai (sovutilayotgan) materiallarning fizikaviy-kimyoviy xususiyatlarini hisobga olgan holda, mahsulotning ortiqcha qizib ketmasligiga va emirilishiga (parchalanishiga, maydalanishiga) imkon bermagan holda, zarur issiqlik uzatilishi maqsadida amalga oshiriladi.
88. Issiqlik almashish jarayonlarida texnologik muhit bilan kimyoviy o‘zaro ta’sirda portlash xavfi bor mahsulotlar hosil qiladigan issiqlik tashuvchilarni ishlatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
89. Issiqlikni devor orqali beriladigan jarayonlarni ishlab chiqishda, agarda issiqlik tashuvchi va texnologik mahsulotlarning o‘zaro to‘qnashishi natijasida portlash xavfi bor muhit hosil bo‘lishiga olib keladigan bo‘lsa, bu haqda xabar beruvchi va nazorat qiluvchi usullar, hamda vositalar nazarda tutiladi.
90. Apparatda isitilayotgan yonuvchi suyuqlikning sathi pasaygan vaziyatda va issiqlik almashtirish yuzasi ochilib (yalang‘och) qolgan vaziyatda, yonuvchi mahsulot ortiqcha qizib ketishiga, qurib qolishiga va parchalanishiga (emirilishiga). boshqarib bo‘lmaydigan jarayonlarni rivojlanishiga olib kelsa, jarayonlarni nazorat qilish va tartibga solish vositalari, shuningdek yonuvchi isitilayotgai mahsulotlar sathi ruxsat berilgan qiymatlardan pasayganda, isitilayotgan agentni berilishini to‘xtatuvchi to‘siqlar (blokirovkalar) nazarda tugiladi.
91. Yuzali issiqlik almashish apparatlarida yonmaydigan issiqlik tashuvchilarning (sovuqlik agenti) bosimi odatda, isitilayotgan yonuvchi moddalarning bosimidan yuqori bo‘lishi kerak. Bu talablarni bajarish imkoniyati bo‘lmagan vaziyatlarda, yonmaydigan issiqlik tashuvchilar tarkibida yonuvchi moddalarning miqdorini qilib turish tutilishi kerak.
92. Issiqlik almashish, shu jumladan reaksiya o‘tkaziladigan apparatlarda reglamentlangan texnologik parametrlardan og‘ish, boshqarib bo‘lmaydigan, o‘z-o‘zidan tezlashadigan ekzotermik reaksiyalarning rivojlanishi mumkin (imkon) bo‘lsa, ularning rivojlanishini olish vositalari nazarda tutiladi.
93. Issiqlik almashish jarayonlarida, ularni olib borishda (boshqarishda), mahsulotlarning kristallashishi va kristallgidrantlar hosil bo‘lishi mumkin bo‘lganda, bu mahsulotlarning hosil bo‘lishini oldini oluvchi reagentlar kiritiladi va texnologik jarayonlarni olib borilishining uzluksizligi, ishonchliligi va ularning portlash xavfsizligini ta’minlovchi boshqa choralar qo‘llaniladi.
94. Olov bilan isitiladigan issiqlik almashish jarayonlarini tashkil qilishda isitiladigan elementlarda, o‘txona bo‘shlig‘ida va pechning ishchi mintaqasida (zonasida) portlash xavfi bor aralashmalar hosil bo‘lish imkonini bermaydigan choralar va vositalar nazarda tutilishi kerak.
a) Isitadigan pechlarning o‘txona bo‘shlig‘idagi avariyaga qarshi avtomatik himoya quyidagilar bilan ta’minlanadi:
yonilg‘i, havo va suv bug‘larining berilgan nisbatini tartibga solish tizimlari bilan;
gazsimon yoqilg‘i va havoning, ularning bosimi belgilangan parametrlardan pasayganda kelishini, to‘xtatuvchi, shuningdek nazorat o‘lchash asboblari va avtomatika elektr (havo) kelishi to‘xtashi bilan;
o‘txona bo‘shlig‘iga yoqilg‘ini-havoni majburiy berishda, ularning kelishini to‘xtagani haqidagi xabar berish (signalizatsiya) vositalari bilan;
pechdagi tutun so‘ruvchi to‘xtaganida yoki siyraklashuv ruxsat etilmagan darajada pasayganda, yonish zonasiga yoqilg‘i gazi berilishini avtomatik ravishda to‘xtatishni va tutun tortish darajasini nazorat qilish vositalari bilan, pech agregatlarini qayta ishlatish qozonlari bilan joylashtirganda, agregatlarni tutun so‘rg‘ichsiz ishga o‘tkazish bo‘yicha tizimlar bilan;
quvurlar o‘ta qiziganda suv bug‘larini o‘txona bo‘shlig‘iga va burama naychalarga avtomatik berish vositalari bilan ta’minlanadi.
b) Isituvchi pechlarining isitilayotgan elementlari (zmeyevik-burama naychalar), avariyaga qarshi avtomatik ravishda himoyasi qo‘yidagilar bilan ta’minlanadi:
quvurlar shikastlanganda yoki sirkulatsiya to‘xtaganida, pechlar naychalarini isitilayotgan suyuq mahsulotlardan burama avariyali bo‘shatish bilan;
xom-ashyo berilishi to‘xtaganida yoqilg‘i berilishini to‘xtatuvchi to‘siqlar (blokirovkalar) bilan;
zmeyeviklar tizimidagi avariya vaziyatlarida xom-ashyo va yoqilg‘i berishni masofadan o‘chirish vositalari bilan;
xom-ashyo berish tizimida bosim tushib ketganligi haqida xabar berish vositalari bilan.
v) Tashqi qurilmada yoki binolarida avariyalar sodir bo‘lganda ochiq olov jarayonlari bilan ishlovchi pechlarni gaz muhitidan izolatsiya qilish uchun, avtomatik yoki masofadan yoqiladigan (o‘chiriladigan) bug‘ pardalari bilan jihozlanishi kerak. Parda hosil qilinganda signalizatsiya ishlab ketishi kerak.
95. Isituvchi pechlar uchun yoqilg‘i gaz - undagi suyuq fazalar, namlik va mexanik aralashmalar miqdori bo‘yicha reglamentlangan talablarga mos bo‘lishi kerak. Goryelkaga keladigan yoqilg‘i gazda suyuqlik va mexanik aralashmalar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan vositalar nazarda tutiladi.
96. YuHOIT (yuqori haroratli organik tashuvchilar) — aromatli yog‘larni va boshqalarni ishlatish (qo‘llash) bilan issiqlik almashish jarayonlarni tashkil qilishda, ularning qisman parchalanishi natijasida hosil bo‘luvchi uchuvchi chiqarib tashlovchi tizimlar nazarda tutiladi.
YuHOIT ishlatilishining ruxsat berilgan yuqori nuqtasi (chegarasi) yaqinida jarayon olib borilganda, issiqlik tashuvchining tarkibi o‘zgarishi ustidan nazorat o‘rnatiladi. YuHOIT tarkibi ko‘rsatkichlarining ruxsat etilgan qiymatlari reglamentlanadi.
97. Qurituvchi agent va quritish rejimlari (tartiblari), quritilayotgan materialning, issiqlik tashuvchining portlash-yonish xavfi bor xususiyatlarini va blokning portlash xavfini kamaytirish imkonini hisobga olgan holda, tanlanadi.
a) Inert gaz atmosferasida quritish jarayonini olib borishda, quritgichga kirishda va (yoki) chiqishda (jarayonni o‘ziga xosligini inobatga olgan holda) inert gazda kislorod miqdorini avtomatik nazorat qilishni tutish zarur.
Kislorodning ruxsat etilgan konsentratsiyasidan oshishi mumkin bo‘lgan vaziyatda, quritish jarayonini to‘xtatish bo‘yicha avtomatik to‘siqlar (blokirovkalar) nazarda tutiladi, va apparaturada portlash xavfi bor aralashmalar hosil bo‘lish imkonini yo‘qotishning boshqa choralari ishlab chiqiladi.
b) Quritgich agregatlarda, quritgichdan orqaga qaytish yo‘liga ega isitish uskunalariga portlash xavfi bor aralashmalarini kelishiga yo‘l qo‘ymaslik choralari tutiladi.
v) Gaz-havo muhitida quritish jarayonini olib borishning asoslangan zaruriyatida jarayonda portlashni ogohlantirish choralari va portlashda himoyalaydigan asbob-uskunalar nazarda tutiladi:
friksion (zarba berish, ishqalanish) va elektr tokidan kelib chiqadigan uchqun hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan uskunalar bilan ta’minlanadilar;
mahalliy o‘ta qizib ketishga, harakatsiz zonalarning hosil bo‘lishiga, quritilayotgan materialni yuqori haroratli joyda bo‘lish vaqtining uzayishiga va quritish kameralari devorlarida mahsulotlarning qatlamlari hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan quritish rejimini ushlab turli ta’minlanadi;
purkovchi quritgichlarni, quritiluvchi material va quritadigan agentlardan birining kelishi to‘xtaganida, ularning berilishini avtomatik to‘xtatish vositalari bilan ta’minlash;
termodestruksiyaning va (yoki) — yonuvchi o‘t olib ketishining oldini olish uchun quritish agregatlari quritiladigan material va quritadigan agentning haroratini avtomatik tartibga solish vositalari bilan ta’minlanadi, shuningdek bu haroratlarni ruxsat berilgan qiymatlaridan ortishiga imkon bermaydigan to‘siqlar (blokirovkalar) bilan ta’minlanadi (quritiladigan agent berilishini to‘xtatish, sovuq agent berilishini ulash va shu kabilar);
quritiladigan material harorati ruxsat berilgan qiymatdan yuqori nuqtaga etganda sovuq agent (sovuq gaz, suv va shu kabilar) berilishini avtomatik amalga oshirish.
98. Vakuum ostida yonuvchi moddalarni quritish jarayonlarini olib borishda, odatda, quritgichni ishga tushirishdan oldin, shuningdek uni to‘xtatganda ishchi bo‘shliqqa inert gazini berish (inert gazi bilan puflash) nazarda tutiladi. Inert gazini berish davomiyligi texnologik jarayonni olib borilishining aniq sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlanadi va reglamentlanadi. Bundan tashqari, quritish agregatlari, ishchi bo‘shlig‘ida vakuum yo‘qligida, yoki pastki ruxsat berilgan qiymatdan pasayganda, ularni yoqilishiga imkon bermaydigan avtomatizatsiya tizimlari bilan ta’minlanadi.
99. Yonuvchi moddalarni quritish uchun qurituvchi agregatlar, o‘t o‘chiruvchi vositalar bilan ta’minlanadi. O‘t o‘chirish usullari, chang hosil bo‘lishga, atrof muhitga yonuvchi mahsulotlarni otilib chiqishiga va apparaturada, hamda ishchi zonadagi uskunada xavfi bor aralashmalar hosil bo‘lishiga yo‘l bermasligi zarur.
100. Quritiladigan mahsulotni quritish agenti bilan bevosita aloqasi bor quritish uskunalari, ishlatilgan quritish agentini quritilayotgan mahsulot changidan tozalovchi uskunalar bilan va tozalashni qiluvchi vositalari bilan ta’minlanishi kerak. Tozalash usullari va nazorat davomiyligi reglamentlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |