Porshenli nasoslar va ularning asosiy parametrlari, tuzilishi va ishlash prinsiplari



Download 330,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.06.2022
Hajmi330,71 Kb.
#671152
  1   2
Bog'liq
porshenli-nasoslar-va-ularning-asosiy-parametrlari-tuzilishi-va-ishlash-prinsiplari



Porshenli nasoslar va ularning asosiy parametrlari, tuzilishi 
va ishlash prinsiplari 
Jumaboy Xusanovich Xolbutayev 
Jizzax politexnika instituti 
Annotatsiya:
Birinchi holda suyuqlikka energiya berayotgan mexanizm nasos 
sifatida ishlasa, ikkinchi holda gidrouzatma sifatida ishlaydi. Suyuqlikka potensial 
energiya berish uni nasosning harakatlanuvchi qismlarining ta’sirida siqish yo‘li bilan 
amalga oshiriladi. 
Kalit so’zlar:
nasos, korpus, suyuqlik, apparat, g’ildirak, energiya, plunjer, 
porshen, parrak. 
Piston pumps and their basic parameters, principles of 
construction and operation 
Jumaboy Khusanovich Kholbutaev 
Jizzakh Polytechnic Institute 
Abstract:
In the first case, the mechanism that supplies energy to the fluid acts 
as a pump, in the second case it acts as a hydraulic pump. Potential energy transfer to 
the fluid is achieved by compressing it under the action of moving parts of the pump. 
Keywords:
pump, body, fluid, hardware, wheel, energy, plunger, piston, blade. 
Nasosning tezyurarligini oshirish borasida olib borilgan ishlar o’kiy (parrakli) 
nasoslarning yaratilishiga olib keldi. Tezyurarlikni oshirish, yuqorida aytilganidek, 
ish g’ildiragi chiqish va kirish diametrlarining nisbatini va 

2
burchakni kamaytirish 
yo’li bilan amalga oshiriladi. Natijada D
2
= D
1
bo’lgan o’kiy nasos paydo bo‘ladi. 
O’kiy nasosning sxemasi keltirilgan. Bu nasosning parraklar o’rnatilgan psh 
g’ildiragi 
1
va 

ga o’rnatilgan hamda 
3
va 

podshipniklarda aylanadi. Ish g’ildiragi 
suyuqlik oqib o’tishi uchun qulay shakldagi vtulkaga o’rnatilgan parraklardan iborat 
bo‘lib, uning aylanishi natijasida suyuqlik harakatga kelib, yo’naltiruvchi apparat 

ga o’tadi. 
Ish g’ildiragi va yo’naltiruvchi apparat truba shaklidagi korpus 

ga o’rnatilgan. 
Nasos tomonidan tortilayotgan suyuqlik korpusdan o’tib tegishli bo’limga 
yo’naltiriladi. 

va
 
v da ish g‘ildiragchning ko‘ndalang kesimi g’ildirak bilan yo’naltiruvchi 
apparatning silindrik kesimdagi yoyilmasi keltirilgan. Suyuqlik kirishda ukiy 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
424


yo’nalishda harakatlanib, ish g‘ildiragidan o‘tganda markazdan qochma - kuch 
ta’sirida radial yo’nalishga siljiydi va spiral ko’rinishda harakat qiladi. Yo’naltiruvchi 
apparatdan o’tganda esa yana o’kiy yo’nalishni qabul qiladi. Bu esa gidravlik 
qarshilikni kamaytirib, nasos vujudga keltirgan bosimni oshirishga yordam beradi. 
Tezyurarlik koeffitsienti markazdan qochma nasoslarga qaraganda katta, o‘kiy 
nasosga qaraganda kichik bo’lgan nasoslar turi diagonal nasoslar bo’lib, ularda 
chiqish va kirish diametrlarining nisbati birdan kattaroq. Diagonal nasoslarning 
siljishi o‘kiy nasosga o‘xshagan bo‘lib, asosan ish g’ildiragining shakli bilan 
farqlanadi. Parraklar vtulkaga 45° li burchak ostida mahkam o’rnatilgan bo’ladi. 
Nasoslarning tezyurarlik koeffitsientiga qarab guruhlash 
Bunday nasoslarning parraklari 60° va 45° ga qiyalangan, ularning burchagini 
o‘zgartiruvchi mexanizm bilan ta’minlangan turlari ham mavjud. Ularning ba’zi 
turlarida esa suyuqlik o’q bo’yicha kirib, ish g’ildiragidan o’qqa ma’lum burchak 
ostida chiqadi. Shunday qilib, bu nasoslarda markazdan qochma kuch qisman 
foydalanilgani uchun, u hosil qilgan bosim kattaroq bo’ladi. 
Hajmiy nasoslar suyuqlikning ma’lum bir hajmini ajratib olib, unga kuch ta’sir 
qilish yo’li bilan harakatga keltiradi. Ajratib olingan hajm u juda kichik bo’lishiga 
qaramay, bu jarayon vaqt birligida juda ko‘p marta takrorlagani uchun, bunday 
nasoslar kerakli miqdordagi suyuqlik bilan ta’minlay oladi. 
Energiya nuqtai nazaridan qaraganda, hajmiy nasoslar ajratib olingan hajmdagi 
suyuqlikning potensial energiyasini oshirib beradi. Bu potensial energiyadan ikki xil 
usulda foydalanish mumkin: suyuqlikni yuqorida ko’tarish yoki trubada oqizish; 
foydali ish bajarish yoki ikkinchi bir mexanizmni harakatga keltirish. Birinchi holda 
suyuqlikka energiya berayotgan mexanizm nasos sifatida ishlasa, ikkinchi holda 
gidrouzatma sifatida ishlaydi. Suyuqlikka potensial energiya berish uni nasosning 
harakatlanuvchi qismlarining ta’sirida siqish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu jarayon 
ajratib olingan va biror bo’limni to’latgan suyuqlikka katta bosim berish yo’li bilan 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
425


yoki ajratib olingan suyuqlikni katta kuch yordamida, o’zgarib boruvchi sohaning 
ichida kattaroq hajmli qismdan kichikroq hajmli qismga siljitish yo’li bilan amalga 
oshiriladi. 
Hajmiy nasoslarning ishlash prinspi 
Birinchi usulga suyuqlikni porshenli va plunjerli nasoslarda siqish misol bo’ladi. 
Bunda ish bo’lmasiga so’rish klapani yordamida so’rib olingan suyuqlik hajmiga 
siqish vaqtida plunjer yoki porshenning bosimi natijasida potensial energiyasi oshib 
borib, bosim ma’lum chegaraga yetgandan keyin haydash klapani ochiladi va undan 
suyuqlik katta tezlik bilan otilib chiqadi. Bu
 
jarayondagi suyuqlik hajmining 
kamayishi 
abed 
vaziyatdan 
ah'c'd 
vaziyatga o’tishi va haydash klapanidan 
suyuqlikning chiqa boshlashi ko‘rinishida tasvirlangan. Amalda, suyuqliklar kam 
siqiluvchan bo‘lganligi uchun, suyuqlikning siqilishi shaklda ko‘rsatilganidek
 
katta 
bo‘lmaydi. Ikkinchi usulda suyuqlik aylanma harakat qilayotgan ikki plastinka 
(plastinkali nasoslar) yoki boshqa turdagi ikki to’sik (shesternyali,
 
vintli. nasoslar) 
orasida harakat qiladi. Bunda hajmning kamayishi 

da 
abed 
vaziyatdan 
a'b'c'd' 
vaziyatga o’tishi bilan tasvirlangan. Ko’rilayotgan usulda suyuqlik energiyasining 
ortishi hajm o’zgarmasdan, suyuqlikni chegaralovchi to‘siqlarning juda katta tezlik 
bilan harakatlanishi bilan ham, amalga oshirilishi mumkin (shesternyali. vintli 
nasoslar). 
Hajmiy nasoslarning sarflari katta bo‘lmaydi, lekin ular yordamida yuqori bosim 
olish mumkin. Shuning uchun ularni kamroq suyuqlik tortiladigan, biroq yuqori 
bosim kerak bo’ladigan sharoitlarda juda ko’p qo’llaniladi, hajmiy nasoslar 
suyuqliklarga siquvchi kuchning qaysi usulda berilishiga
 
qarab ikki katta turga 
bo’linadi. Birinchisi ish bo’lmasi harakatlanmaydigan va boshqaruvchi zvenosining 
harakati ilgarilama-qaytma harakatga aylantiriladigan mashinalardir. Bularga 
porshenli va plunjerli nasoslar kiradi va suyuqlikka kuch porshen yoki plunjerning 
harakat yo’nalishida beriladi. Ikkinchi tur nasoslarda siquvchi bo’lma rotor bilan 
birga aylanadi va kuch suyuqlikni chegaralovchi to’siqlar harakati yo’nalishida 
beriladi. Shunday nasoslar rotorli nasoslar deb ataladi. Hajmiy nasoslar keltirilgan 
sxema bo’yicha guruhlanishi mumkin. Porshenli nasoslar siquvchi organining va ish 
bo‘lmasining tuzilishiga qarab porshenli hamda plunjerli nasoslarga bo’linadi. Bu 
nasoslar bir vaqtda ishlaydigan ish bo’lmalari bitta yoki ko’p harakatli nasoslarga 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
426


bo’linadi. Ko’p harakatli nasoslarga ikki, uch, to’rt, besh va olti harakatli nasoslar 
kiradi. 

Download 330,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish