Sinf: 1
Fan: O‘qish
Mavzu: Ibrohim Rahimning “ Ona yer“ hikoyasi.
Mavzuga doir tayanch tushuncha va iboralar: Yer shari, murojaat qilmoq, hunar , yerning beli iborasi.
Soatlar soni: 1 soat
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi:
Maktabdan o‘z uyiga kelguncha Anvarjon duch kelgan jami narsalarni sinchiklab kuzatib keldi. So‘ng ayasiga murojaat qildi.
-Ayajon , ho, ayajon!
-Labbay, qo‘zichog‘im !
-Er shuncha narsani bitta o‘zi ko‘taradimi
-Bitta o‘zi ko‘taradi.
-Uylar … odamlar… tramvaylar… hammasini yer ko‘tarib turibdi. Beli og’rimaydimi?
-Og‘rimaydi.
-CHarchamaydimi?
-CHarchamaydi. Bundan tashqari yer meva-cheva beradi. Yeydigan nonimiz ham mana shu yerda bitadi. SHuning uchun biz uni ona yer deymiz.
Anvarjon ayasining shu gapidan keyin yerga yanada mehri ortganday, unga mehribon boqadigan, yerni aziz deb biladigan, jahli chiqqanda yerni depsimaydigan bo‘ldi.
|
O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi
Metod: Sayohat, musobaqa –o‘yin dars
SHakl: Suhbat, munozara, guruhlarda ishlash
Jihoz: Darslik, “Bilimlar dengizi” va “Sarguzashtlar oroli” tasvirlangan rasm, ekran, proektor, mavzu uchun kerakli jihozlar, baliqchalar.
Nazorat: og‘zaki nazorat, savol –javob, o‘z-o‘zini nazorat qilish.
Baholash:Reyting tizimida , rag‘batlantirish.
|
Darsning maqsad va vazifalari:
|
Maqsadlar:
Ta’limiy: O‘quvchilarni mavzu bilan tanishtirish, ifodali o‘qish texnikasini takomillashtirish, yer shari, dengizlar haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.
Tarbiyaviy: Ona zaminni sevishga , yer osti boyliklaridan oqilona foydalanishga o‘rgatish. Milliy urf-odatlarga hurmat ruhida tarbiyalash.
|
Kutilayotgan natija:
|
Dars yakunida o‘quvchilar:O‘quvchilarning darsdagi faolligini oshadi. YAkka va guruhda ishlashga o‘rganadi..Og‘zaki nutqi rivojlanadi. O‘zini - o‘zi baholay olish xususiyatiga ega bo‘ladi. Eslab qolish qobiliyati rivojlanadi.
|
Dars jarayoni va uning bosqichlari:
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Metod
|
Vaqt
|
1-bosqich tashkiliy qism
|
Salomlashish,navbatchining axboroti, o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish, guruhlarga sardor saylash, sayohat sharti bilan tanishtirish.
|
|
3 min.
|
2-bosqich (refleksiya) Ehtiyojlarni aniqlash
|
O‘quvchilarga dengiz rasmi ko‘rsatiladi , ko‘rsatilgan kemalardan biri tanlanadi va o‘quvchilar shu kemada sayohatga chiqadilar. Oldindagi to‘siqlardan ogohlantiriladi. O‘quvchilarga dengiz, noma’lum orol, dahshatli to‘lqin haqida tushunchalar berib borish.
O‘quvchilar dars davomida har bir to‘g‘ri javob uchun bitta baliqcha olishlari aytiladi.Eng ko‘p baliq to‘plagan guruh xazinani qo‘lga kiritishi tushuntiriladi.
|
Sayohat -sarguzasht
|
2 min
|
3-bosqich
Darsning borishi
|
1-to‘siq “Noma’lum orol.” Bu to‘siqdan o‘tish uchun uyga berilgan topshiriqlar bajarilgan, o‘tilgan mavzu mustahkamlanishi kerak bo‘ladi.
Guruhlarga topshiriqlar:
1-guruh: O‘tilgan mavzu yuzasidan savollar:1)Hikoya qaysi qush haqida?
2)Ona hakka bolalariga nima dedi?
3)Bolalari nega ona hakkaning aytganini qilishni xohlamadilar?
4)Ona hakkaning bolalari nechta edi?
2-guruh “Ona hakka va uning bolalari” ertagini rollarga bo‘lib ijro etish.
3-guruh O‘zbekistonda yashaydigan qushlar nomini yozuv taxtasiga yozadilar
2-to‘siq “Bahaybat to‘lqin “
YAngi mavzu: Ona er.I. Rahim hikoyasi.Darslik bilan ishlash. Luat ishi o‘tkazish.
|
Savol-javob
Rolli o‘yinlar
Tanlab o‘qitish
|
10- min
10-min
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
3-to‘siq “Akulalar hujumi”
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Har bir guruhga A-format beriladi . Guruhlar ona-zaminni asrash uchun nimalar qilish lozimligini yozadilar
|
Muammo texnologiyasi
|
15- min
|
5-bosqich Baholash
Dars yakuni
|
O‘quvchilar dars davomida yigib borgan baliqchalarni hisoblaydilar. Yig‘ilgan baliqlarga qarab guruh bo‘yicha va yakka tartibda ballar e’lon qilinadi.G‘olib guruh rag‘batlantiriladi.
|
O‘z-o‘zini baholash
|
3- min
|
6-bosqich Uyga vazifa
|
“Ona yer mening tasavvurimda” mavzusida rasm chizish, mavzuni o‘rganish, mazmunini so‘zlash.
|
|
2- min
|