Tarixi - 16-asrning 2yarmidan Polsha davlati ukrain, belorus va rus yerlarini bosib ola boshladi. Polsha bilan Litvaning birlashuvi natijasida Rech Pospolita paydo boʻldi. 1609–12 yillarda Polsha Rossiyaga hujum qildi.
- Bir necha asr mobaynida Polsha Yevropadagi eng qudratli davlatlardan biri boʻlib turdi. Ammo ogʻir urushlar sababli mamlakat inqirozga uchrab, uch marta (1772, 1793, 1795-yillarda) Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi, Polsha davlati tugatildi, xalqi asoratga tushdi. 1807-yil Napoleon I qoʻshinlari Prussiyani yengib, Fransiyaga tobe Varshava gersogligini tuzdi. 1814–15 yillarda Vena kongressida Polsha yana boʻlindi. Varshava gersogligining katta qismi Polsha qirolligiga aylantirilib, Rossiyaga topshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |