Tabiati - Mamlakat shimoliy va sharqida yaxlit oʻrmon-zorlar (Belaya Veja pushchasining bir qismi va boshqalar) saqlangan. Shimoliy va shim,-sharkda katta maydonlar vereyekzor va torfli yerlar bilan band. Tekisliklarda aksari chimli-podzolli tuproqlar, sharq va shimoli-sharqda botqoqli tuproqlar, togʻ oldi va togʻ etaklarida qoʻngʻir oʻrmon va qora tuproklar, togʻlarda esa, togʻ qoʻngʻir, daryo vodiylarida allyuvial tuproqlar tarqalgan. Oʻrmonlarda boʻri, silovsin, tulki, boʻrsiq, ayiq; tuyoqlilardan toʻngʻiz, los, bugʻu yashaydi. Kushlardan karqur, kaklik, togʻlarda burgut uchraydi. Dengiz, koʻl va daryolarda baliq koʻp. Polshada Tatra, Penin va boshqa milliy bogʻlar bor.
- Aholisining 98,5% polyaklar; ukrainlar, beloruslar, slovaklar ham yashaydi. Rasmiy til – polyak tili. Dindorlarning koʻpchiligi – katoliklar. Shahar aholisi –62,1%. Yirik shaharlari: Varshava, Lodz, Krakov, Vrotslav, Poznan, Gdansk va boshqa
Do'stlaringiz bilan baham: |