Po’lotova madina baraka qizi


I. 2.  Ertaklarning g’oyaviy-badiiy mundarijasi



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana28.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#187857
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
4- sinf oqish darslarida xalq ertaklarini orgatish usullari

I. 2.  Ertaklarning g’oyaviy-badiiy mundarijasi.   O’zbek xalq og’zaki ijodiyoti 

boy  merosimiz  sanalib,  u  millatimizning  mafkurasi  va  ruhiyatini  aks  ettiradi.  U 

chuqur  g’oyaviyligi  va  badiiyligi  bilan    ma’naviyatimiz  rivojida  o’z  o’rniga  ega. 

Zero,  unda  xalqimizning  milliy  mentaliteti  yarq  etib  ufurib  turadi.  Asrlar  osha 

xalqimizning  orzu-havasini,  muhabbati  va  erk  uchun  kurashini,  bu  yo’ldagi  alam 

va  iztiroblarini  ifodalashi  bilan  jamiyat  rivojlanishi  va  insonning  ma’naviy 

dunyosini  boyitishda  folklor  etakchi  rol  o’ynab  kelayotir.  Shu  sababli  folklor 

namunalarini to’plash, nashr etish, o’rganish va uni jahon ma’naviyati sahifalariga 

kiritish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.  

 “Bo’ri  qorni  och  ketayotgan  edi,  yo’lda  bir  qo’zi  uchradi.  Bo’ri  qo’ziga  aytdi:  - 

Hoy qo’zi men seni yeyman. 

Qo’zi: - Ey taqsir, oldin siz Karim buvamning tuzidan olib keeling, keyin shu tuzga 

qo’shib yeysiz: bo’lmasa go’shtim ko’p bemaza bo’ladi, - dedi. 

Bo’ri – xo’p bo’ladi, - deb tuz axtarib ketdi. Bo’ri kelib qarasa, qo’zi yo’q. Undan 

ketib borayotsa, bir joyda bir xo’roz turgan ekan. Bo’ri borib,  - Ho’ xo’roz, men 

seni yeyman, - dedi. Xo’roz aytdi: - Bo’lmasa oldin bir zira-piyoz qilaylik, undan 

keyin  yeng,  siz  borib  pichoq  olib  keling,  men  zira  bilan  piyoz  olib  keltiraman. 

Bo’ri pichoq qidirib ketdi. Xo’roz ham bir tomonga qochib qutildi. Bo’ri pichoqni 

olib kelsaki, xo’roz yo’q. 

_ O’bbo’, xudo urdi, - yana ketaverdi… 

Shunday qilib, bo’ri xachirga, otga uchraydi. 



12 

 

Eng oxiri tulkiga duch keladi. 



Tulki:  -  Ko’rdingki  qo’zi  yeb  qo’ygin  termulib  qolsin  ikki  ko’zi:  senga  kim 

qo’yibdi  Karim  buvaning  tuzi?  Ko’rdingki  xo’roz,  urib  bo’ynini  yoz,  senga  kim 

qo’yibdi  zira  bilan  piyoz.  Ko’rdingki  xachir,  ko’rdingki  ot,  yeb  tagida  yot  senga 

kim qo’yibdi min xachir. Senga kim qo’yibdi mirza buvalishni, - dedi. 

Bo’ri tulkidan ta’zir yeb, o’rnidan turib ketaverdi. 

O’zining badiiy obrazlari bilan, syujetining mo’jazligi,  badiiy ifodaning o’tkirligi 

jihatidan  bu  turdagi  ertaklar  xalq  latifalari  va  masalalariga  ancha  yaqin  turadi. 

Hayvonlar  haqidagi  ertaklarda  sinfiy  qarama-qarshilik  va  ziddiyat  allegoric 

obrazlar  vositalarida  beriladi.  Demak,  o’tmishda  mehnatkash  xalq  o’zining 

ekspluatatorliklarga qarshi qahr-g’azabini himoya bilan yashirin holda tasvirlaydi. 

“Ilonning  ishi  zahar  solmoq”  ertagi  fikrimizning  dalili  bo’la  oladi.  Ertakda 

epizodlar  majmuasidan  kelib  chiqadigan  asosiy  g’oya  sinfiy  ziddiyatdir.  Ilon 

ekspluatator  sinf  vakili  u  o’z  manfaati  yo’lida  zulmning  har  qanday  turidan  tab 

tortmaydi.  O’ziga  xizmat  qilgan  oddiy  xalq  vakiliga,  yaxshilikka  yomonlik  qilib 

azob  beradi.  Shuningdek,  hayvonlar  haqidagi  boshqa  ko’p  ertaklarda  sotsial 

mazmun  yorqin  ifodalangan.  Hayvonlar  to’g’risidagi  ertaklarda  she’riy  parchalar 

ham uchraydi. Bu she’riy parchalarni professional ertakchilar kuy bilan aytadilar. 

Bu  esa  tinglovchilar  xotirasida  uzoq  vaqt  saqlanishga  yordam  beradi.  Masalan, 

“Bo’ri bilan mergan” ertagida och bo’ri o’z boshidan kechirgan kunlarini o’ziga-

o’zi shunday deb arz qiladi. 

Ko’rdingki eshak, 

Yoniga solding to’shak, 

Senga kim qo’yibdi, 

Yo’rg’asini ko’rib boqishni, uv-uv 

Hayvonlar,  qushlar  haqidagi  ertaklarda  syujet  tez  rivojlanadi,  obrazlar  esa 

serharakat  bo’lib,  kulguli  momentlar  ham  anchagina  uchraydi.  Bu  xususiyatlar 




13 

 

bolalarning sezgi hislarini uyg’otadi. Hayvonlar haqidagi ertaklarga rus ertakchisi 



shunday deydi: “Men bolalarning go’zal ertaklarni yaxshi ko’rishlarini juda yaxshi 

tushunaman.  Har  qanday  ertakda  haqiqat  elementlari  bo’ladi.  Agar  siz  bolalarga 

xo’roz bilan odam  mushuk tilida gaplashmaydi,  degan bir  ertakni  aytsangiz, ular 

bunga  sira  qiziqmas  edilar”.  Bu  turdagi  ertaklarga  xos  xusisiyatlardan  yana  bir 

voqeaning  bir  necha  marta  takrorlanishidir.  Masalan,  hayvonlarning  uchrashuvi 

voqeasi oldin bir hayvon boshqa bir hayvon bilan uchrashadi, bu ikki hayvon esa 

uchinchi hayvon bilan uchrashadi, uch hayvon to’rtta hayvon bilan uchrashadilar. 

Bu  hayvonlarning  uchrashish  sababi  va  maqsadlari  bir  xil.  Demak,  bir  xillikni 

ifodalovchi  mazmun  ham  bir  xil.  Ertak  aytuvchi  voqeani  bayon  qilish  davomida 

o’rni  kelganda  turli  harakatlar  qiladi,  turli  hayvonlarning  ovozlariga  taqlid  etadi. 

Bu  esa  ertakning  emotsionalligini  oshiradi.  Hayvonlar  ekspluator  sinf  vakillari 

hamda  qashshoq  omma  vakillarining  ramziy  obrazlaridir.  Qonxo’r,  zolim, 

bosqinchi,  lekin  shunga  qaramasdan  laqma,  mug’ombir,  ochko’z  feodal 

hukmronlari bo’ri, arslon, ayiq obrazida beriladi. 

Ekspluatator qilinuvchilar esa echki, qo’y, buzoq obrazida ifodalanadi.  Tulki o’ta 

ketgan ayyor, o’rni kelganda, kuchli qonxo’rni ham yo’ldan ozdirish qobiliyatiga 

egadir. 

2.      Sehrli  -fantastik  ertaklarning  syujetlarini  tashkil  etuvchi  voqealar  asosan 

fantastik  formada  ifodalanadi,  lekin  undagi  fantastika  hayotdan,  borliqdan, 

mehnatdan  yuzaga  keladi.  Ertaklardagi  fantaziya  va  real  hayot  mehnat  bilan 

bog’liq  ekanligi  haqida  A.  M.  Gorkiy  o’z  asarlarida  qayta-qayta  ko’rib  o’tadi: 

“Qadimgi fantaziyaning har bir parvozini vujudga keltirgan sababni aniqlash qiyin 

emas,  bu  sabab  hamma  vaqt  kishilarning  o’z  mehnatini  osonlashtirishga  bo’lgan 

intilish edi”. 

Sehrli-fantastik ertaklarda ham o’tmishda yashagan insonning hayoti

tabiatga bo’lgan munosabati, dunyoqarashi ifodalangan. 




14 

 

Qadimgi  inson  tabiat,  jamiyat  hodisalari  va  voqealarning  o’zgarishidan 



ta’sirlangan. Lekin bu hodisa voqealarning sirini, sababini hali to’g’ri aniqlab yeta 

olmagan.  Bu  –  qadimiy  insonning  jamiyat  va  tabiatning  ayrim  kuchlari  bilan 

kurashda  ongining  zaifligidan  kelib  chiqqan  turli  ishonch  e’tiqodlari  natijasi  edi. 

Bu  tushunchalar  diniy  e`tiqodlar,  eng  qadimgi  insonning  dunyoqarashi,  uning 

tafakkuri  bilan  bog`lanadi.  “Din  eng  qadimgi  zamonlarda  odamlarning  o`z 

tabiatlari  va  tashqi  tabiatdagi  eng  qorong`i,dastlabki  tasavvurlaridan  yuzaga 

kelgandir.”  Insonning  hayot  kechirishlari  ovchilik,  dehqonchilik,  chorvachilik 

bilan  bog`langan.  Ular  o`z  ertaklarida  tabiat  va  jamiyatdagi  yomon,  qo`rqichli, 

vahimali  hodisa  va  yovuz  kuchlarni  ajdar,  dev,  yalmog`iz  kabi  salbiy  obrazlar 

orqali  ifodalanganlar.  Ertakning  ijobiy  qahramonlari  ularga  qarshi  kurash  deb 

boradi.  Inson  tabiat  ustidan  hokimlik  qilish,  uning  sirlarini  bilib  olishga  intiladi. 

Mana  shu  intilish,  orzu-umidlar  asosida  ertaklarda  yangi  ijodiy  obrazlar  yaratildi. 

Umuman  mifologik  tasavvur  va  fantastik  obrazlar  inson  jamoasining  hayotiy 

jarayonlari  bilan  bog`langan.  Sehrli-fantastik  ertaklarni  g`oyaviy  va  badiiy 

xususiyatlariga ko`ra shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mimkin. 

Qahramonlik ertaklari. Bu tipdagi ertaklarda ijobiy obrazlar o’z vatani 

va xalqi oldida juda katta qahramonliklar ko’rsatadilar. 

Dushmanlarni  yengishda  va  o’z  yo’llarida  uchragan  to’siqlarni  bartaraf  etishda 

katta  jismoniy  ham  ma’naviy  kuchga  egadirlar.  Ularning  qahramonliklari  o’z 

oldilariga  qo’ygan  maqsadlari  bilan  chambarchas  bog’langandir.  Ular  osmonda, 

yerda, suv ostida, yer tagida hattoki “u dunyoda” bo’lsalar ham turli tilsimotlarni 

ochadilar, to’g’rilik, adolat, haqiqat, do’stlik, sofdillik, muhabbat yo’lida kurashib, 

inson boshiga tushgan  har qanday  balo-ofatni, yovuz kuchlarni  yo’q  qiladilar. Bu 

turdagi ertaklarning bosh ijobiy qahramonlari Kenja botir, shahzodalar, kambag’al 

yigit, kal, dehqon, hunarmand,  podachi  malikalar, donishmand  qizlar  –  parilar  va 

boshqalar.  Bunday  ertaklarda  mehnatkash  omma  yetishtirgan  qahramonlar 

mubolag’ali  ravishda  tasvirlanadilar.  Ular  hatto  o’lim  ustidan  ham  g’alaba 

qozonuvchi  ajoyib  yengilmas  bahodirlardir.  Bu  qahramonlar  sehrli  kuch  va 




15 

 

mo’jizalarga ega. Dushmanning har qanday kuchi ham bularga teng kela olmaydi. 



Ularda  bir  tomondan,  insonning  jismoniy  va  ma’naviy  kuch-quvvati  ifodalansa, 

ikkinchidan,  mehnatkash  ommaga  xos  bo’lgan  ijobiy  xislatlar  namoyish  qilinadi. 

Masalan,  “Qahramon”  ertagidagi  qahramon  yigit  mo’jizali  kuchga  ega.  U  shoh 

lashkarlariga  hujum  qilgan  devlarni  bir  o’zi  yengib,  vatanni  yovuz  kuchlardan 

himoya qiladi. 

Qahramonlik ertaklariga “Uch og’ayni botirlar”, “Bektemir botir”, “O’lmas botir”, 

“Qilich  botir”,  “Ziyod  botir”,  “Solmon  botir”,  “G’ulom  polvon”,  “Uch  og’ayni”, 

“to’rabekaxonim”,  “muqbil  toshotar”  va  boshqalarni  kiritish  mumkin.  Bu 

ertaklarda uchlanish, uch o’g’il yoki uch qahramon, uch voqeaning sodir bo’lishi, 

qahramonlarning  uch  xil  yo’lga  safarga  chiqishi,  uch  og’ir  to’siqni  bosib  o’tish 

yoki  shartni  bajarishi  kabilar  aks  etadi.  Bu  xususiyat  ertakning  boshqa  turlarida 

bo’lsa ham, ammo qahramonlik ertaklarida asosiy hisoblanadi. 

Sarguzasht ertaklar turiga “Sehrli gilamcha”, “Musofirbek”, “besh qiz”, 

“Mohsitara”, ‘Ko’r ko’zni ochgan qiz”, “Malikai Husnobod”, “To’qliboy”, “Hasan 

bilan  Zuhra”,  “Hasan  va  Hurliqo”,  “Tuhmatga  uchragan  kelin”,  “Qorasochxon” 

kabi ertaklarni kiritish mumkin. Bu turdagi ertaklarning syujet chizig’ini o’gaylik 

tufayli  tuhmatga  uchrab,  ko’p  qiyinchiliklarni  o’z  boshidan  kechirgan,  og’ir 

sarguzasht  va  sarsonlikdan  keyin  mushkul  vazifalarni  bajarib  o’z  boshidan 

kechirish, o’z baxtiga erishish kabi mativlar tashkil etadi. Bu turdagi ertaklarning 

xarakterli tomoni hikoya davomida voqealarning ko’pligidir. Ertak qahramonlariga 

yo’lda  uchragan  qiyin,  og’ir  to’siqlar,  mushkul  ishlarni  hal  qilishda,  dushmanga 

zarba  berishda,  sehrli  kuchlar,  xisr  va  boshq  narsalar  yordam  beradi.  U  insonni 

suvsizlik,  ochlik  balosidan  qaytaradi,  suv  toshqinlarini  to’xtatadi;  Kenjani 

quyoshga olib chiqib, u yerda ko’p sirlarni bilishida va yeryuzida insonlarni baxtli, 

saodatli  qilishga  ko’maklashadi.  Qahramonlarning  odatdan  tashqari  holatda 

tug’ilishi,  tez o’sishi,  ya’ni  yillab  emas,  balki  oylab,  kunlab o’sib  voyaga  yetishi 

fantastic ertaklarning o’ziga xos xususiyatlardan biridir. 



16 

 

         O’zbek  sehrli  –  fontastik  ertaklarning  o’ziga  xos  xususiyatlardan  yana  biri 



ularda  ajoyib  epizodlarning  ishlatilishidir.  Bolasiz  otaning  bola  tilab  olishi  va 

bolalarning ajoyib sehrli kuchga, bahodirona sifatga ega qilib berilishi ana shunday 

sehrli  –  fontasti  epizodlardandir.  V.  M.  Jirmunskiy    O’rta    Osiyo    xalqlarining 

sehrli  –  fontastik  ertaklari  va  qahramonlik  eposlarida  epizod  juda  ko’p  o’rin 

egallaganligini, bolasiz  ota-onalarning  xudo  yoxud  boshqa sehrli himoyachilarga 

yalinib  bolalik  bo’lishi  epizodda  ko’zga  tashlanadi,  shu  tilab  olingan  bola  asar 

qahramoni  bo’lishligini    gapirib,    bu  motivning    Yaqin  Sharq  va  O’rta  Osiyoda 

arab, fors va turkiy xalqlarda keng tarqalganligini aytadi. 

         Sehrli-fantastik    ertaklar  motivlarining    kelib  chiqishida  qadimgi  hayot 

izlarini ko’ramiz. Chunonchi, ko’pchilik ertaklarda qabilachilik davriga oid rasm-

rusmlar,  urf-odatlarning  saqlanganligi  fikrimiz uchun dalildir. Ibtidoiy madaniyat 

tarzi  bilan    shug’ullangan    olimlardan    M.  O.  Kasven  amazonka  qabilalari 

afsonalari    haqida  gapirib  ularning  ichki  syujet  asosida  rivojlanganligi  –  biri 

alohida turgan  xotinlar , ikkinchisi erlar ustidan  hukmronlik  qilgan ayollar haqida 

hikoya  qilishini  aytadi.  O’zbek  sehrli-fantastik  va  xalq  dostonlari  esa  ayollar 

mamlakatni  boshqarishini,  ularning  hamma  ishni  bajara    olishlarini,    jangda 

erkaklar    bilan  kurashib  ularni  yengganini  ko’ramiz.    Shuni  aytish  lozimki,  bu 

kuchli  ayollar  biror  kishini  sevib  qolib,  o’z  sevgilisiga  erishsalar,  ulardagi  butun 

kuch-quvvat  sevgan  yorga  o’tadi,  uning  sevgilisi  juda  ham  kuchli  qilib 

tasvirlanadi.  Demak,  ertaklardagi  ayollar  hukmronligi  davrlari    haqida    motivlar 

juda  qadimgi  davrdan  og’izdan  -  og’izga,  nasldan  –  naslga  o’tib  kelgandir.     

Ertaklardagi  qahramonlarning  o’z  maqsadiga  erishishiga  unga  maslahatlar 

beruvchi,  yo’l-yo’riq  ko’rsatuvchi,  ba’zi  sehrli  yordamchilarni  beruvchi  kampir 

obrazini  esa  qadimgi  davrda  qabila  a’zolariga  yo’l-yo’riq  ko’rsatuvchi  qori 

ayollarning protatipi desa bo’ladi.  Bunday ayollarning  matriarxat davrida aytgani 

aytgan  bo’lgan,  ularning  maslahatlarisiz  biror  ish  qilinmagan.  Shuning  uchun 

ko’pincha  bunday  ayollar    ilohiylashtirilgan  natijada    so’nggi    poleolit    davriga 

kelib san’at va adabiyotda xotin-qizlarning obrazlari birinchi o’rinni egallagan. 




17 

 

         Yuqorida  aytilganidek,  matriarxat  davrida  qabilada  kengash      boshlig’i 



bo’lgan  qari  ayollar  bir  vaqtlar  erkaklar  obrazi  sifatida  ham  ko’rinadi.  Bu 

ertaklardagi  turli nomlar bilan  keluvchi (yolmog’iz, jodugar, maston) kampirlar 

obrazidir.  Shuning  uchun  u  ertak  qahramonining  ishini  osonlashtirishga  yordam 

beradi.  Xuddi  matriarxat  davrida  qabila  a’zolariga  nasihatlar  beruvchi  qariya  – 

kampir  kabi  ertaklarda  ham  kampirning  maslahatlar  berishini  ko’ramiz.  Kampir 

cho’loq,  chol  umuman  kasallarni  tuzatish  yo’llarini  ham  biladi.  Masalan, 

“Abulqosim”    ertagida    Abulqosim    malikaga  mushuk  berib  har  kuni  uy 

supurganda  chiqqan  mag’izni  bo’lib  bir  qismini  mushukka  berishni  tayinlaydi, 

lekin qiz shartni buzadi.  Shartni   buzgani  uchun  mushuk qizning olovini o’chirib 

ketadi. Keyin olov qidirib qizning yalmog’iz kampir uyiga kelib qolishi va uning 

har  kuni  qiz  qonini  so’rishi  tasvirlanadi.  Buni      sezgan    akalari      kampirni  qizni 

unga yutqazadilar. Kampir og’zidan qaytib chiqqan qiz asl holiga keladi, ikki qo’li 

yo’q  kishini  yutib,  qo’llari  ni  butun  qilib  chiqaradi  va  hokazo.  Demak,  kampir 

cho’loq  ko’r  va  boshqa  nogiron  kishilarni  davolash  qobiliyatiga  ega  bo’lgan 

sehrgar  qilib  tasvirlanadi.  Ayrim  ertaklarda  kampir  salbiy  obraz  sifatida  ko’zga 

tashlanadi, lekin baribir qahramon shu etapni o’tish, ya’ni kampir bilan uchrashish, 

uni  yengish  va  sirlarini  bilib  olish  orqali  maqsadiga  erishadi.  Kampir  ijobiy  qilib 

tasvirlangan  ertaklarda u doim qahramonga eng sodiq yordamchi, ba’zan tutingan 

ona sifatida namoyon bo’ladi. 

      Ertaklarda  yalmog’iz  yoxud  kampir  obrazida  biz  o’tmishda  qabilachilik 

hayotidagi    qabila  olovining    xo’jayini    qabila    hurmatiga    sazovor    kampir 

obraziga  duch kelamiz. L. Ya. Shternbergning  aytishiga ko’ra  geyah qabilasida 

har    bir    olov    yoqiladigan  yerda  qabilaning  qari  ayolardan  biri  o’tirar,  qabila 

olovini  o’chirmay  saqlar,  agar  qabila  ajraladigan  bo’lsa,  yangi  ajraluvchi 

qabilaning  eng  qari  va  hurmatli  ayoliga  olovni  saqlovchi  ayol  olovidan  berar 

ekan”.    Qator   o’zbek   xalq   ertaklarida qahramonning   olovi  o’chib qoladi va u 

olov  qidirib  kampirning  uyiga  keladi.  Olovning  egasi  kampir  hisoblanadi  shu 

qahramon  undan  olov  oladi.    Yuqoridagi  “Abulqosim”  ertagida  ham  qiz  olov 




18 

 

qidirib  kampir  uyiga  kelib  qoladi.  Sehrli-fantastik  ertaklarda  mehnat  ahlining 



hayoti,  yashash  sharoiti  o’ziga  xos  yo’l  bilan  jonli  qilib  tasvirlanadi,  chunonchi 

kambag’al,  mehnatkashlarning  o’tin  terish,  poda  boqish,  yer  haydash  va  shu 

mehnat  kabi  mehnat  bilan  bir  amallab  hayot  kechirishlarini  ko’ramiz.  Yigit 

mardikorlik, hammollik qilib yurar, xotini bo’z to’qir, shu yo’l bilan uy-ro’zg’orini 

tebratar ekanlar. 

Mana  shunday  qashshoq-bechora  hayot  bilan  birga  shohona  amirona  saroy 

turmushiga  ham  duch  kelamizki,  unda  hukmron  tabaqa  vakillarining  aysh-

ishratlari, ota  dabdabali hayotlari  tasvirlanadi. Natijada iiki xil hayotning contrast 

usulda berilishi sehrli-fantastik ertaklarning syujetidagi realizmni chuqunlashtiradi. 

Bunday  detallar  sehrli-fantastik  ertaklarga  o’tmish  hayotdagi  feudal-potriarxal 

odatlardan biri hisoblangan. Uninmg aytgani albatta amalgam oshmog’I lozim. Ota 

so’zi  buyruq  hisoblanganva  hech  bir  muhokama  etilmagan.  Ertaklarda 

farzandsizlik  va  farzand  ko’rish  motivlari  ham  tez-tez  uchrab  turadi.  Shuning 

uchun  ertaklarda shoh  yoki qahramonlar qarigan bo’lishlariga  qaramay,  farzandli 

bo’lish  uchun  turli  ishlarni  qiladilar.  Oxir  natijada  ular  ajoyib,  juda  qudratli  va 

aqlli,  bahodir  o’g’il  yoki  dono,  odobli  va  go’zal  qiz  ko’radilar.  Chunki  xalqning 

orzusi  har  bir  oilaning  farzandli  bo’lishidir.  Buni  mehnatkash  xalq  fantaziya 

yordamida  ertaklarda  badiiy  ifoda  etadi.  O’zbek  sehrli-fontastik  ertaklarda 

urug’chilik  davriga  xos  ayrim  odatlar  ham  ko’zga  tashlanib  qoladi.  Shunday 

odatlardan “beshik ketti”ni ko’rish mumkin. Qadimda qiz va o’g’il bolalarni juda 

yoshlikda  hali    belanchakligidanoq  bir-birlariga  unashtirib  qo’yganlar.  Unashish 

qabila  qariya  –  oqsoqolri  tomonidan  am,alga  oshirilgan.  Bu  unashuvni  buzishga 

hech  kimning  haqqi  bo’lmagan.  Bu  hol  faqat  ertaklarda  emas,  dostonlarda  ham 

juda  keng  qo’llaniladi.  Ertak  dostonlar  ta’sirida  bunday  motiv  keng  qo’llaniladi. 

Ertak,  dostonlar  ta’sirida  bunday  motiv  sharq  xalqlari  yozma  adabiyotiga  ham 

o’tgan.  Ertaklarda  o’z  aksini  topgan  feudal-patriarxal  odatlardan  biri  qiz  uchun 

qalin  olish  masalasidir.  Bu  motiv  juda  ko’p  ertaklarda  turli  formalarda  uchraydi. 

Xuddi shu qalin berish ayrim ertaklarda qahramon oldiga shartlar ham qo’yilgan. 




19 

 

Ko’pincha qirq yoki yuz tuya tilla yoxud boshqa narsalar qizning otasi tomonidan 



so’raladi. Podsho qizi uchun qilib bo’lmaydigan ishlarni bajarish shohona qasrlarni 

qurishni  bo’lajak  kuyovdan  so’raydi.  Yigit  podsho  aytganlarini  sehrli  narsalar 

yordamida  bajaradi.  Bu  shartlar  ertaklarda  qiz  uchun  so’raladigan  qalin  sifatida 

ko’rinadi. Bu albatta hayotdagi real voqeaning ertaklarda xalq didiga, istagiga mos 

qilib  demokratlashtirish  berilishidir.  Ertaklarda  kuyov  boyligi  bilan  emas,  balki 

ilmi,  odamiyligi,  tadbirkorligi,  kabi  insoniy  yuksak  xislatlari  bilan  sinaladi  va 

hisoblanadi.  Ertaklarda  ko’p  xotinlilik  masalasi  ham  o’z  aksini  topgan.  Qizig’i 

shundaki,  ertaklarda  ham  hukmron  tabaqa  vakillarining  xotinlari  ko’p  qilib 

tasvirlangan.  Har  bir  ertakda kambag’al  bechoraning birdan  ortiq  xotini borligini 

ko’rmaymiz. Bu hol o’ziga xos usul  bilan ertaklarda erkak xotin olar ekan, uydagi 

xotinlari  bilan  maslahatlashmaydi.  Bu  albatta  islom  dinining  xotin-qizlarga  past 

nazar bilan  qarashi  ularning  haq-huquqlarini  poymol  etishi  bilan  bog’liqdir. Ko’p 

xotinlik  natijasida  xotinlarning  erning  mol-mulkiga  me’rosxo’r  bo’lish  harakati 

kuchaygan,  ularning  bolalari  orasida  adovat  qarama-qarshilik  avj  olgan.                          

Bu  hayotiy  detal  ertaklarda  ham  o’z  aksini  topgan.  Natijada  o’gay  ona  va  o’g’il 

bola motivi vujudga kelgan. 

         Sehrli-fantastik  ertaklaridagi  mulla  obrazi  ko’pincha  salbiy  tip  sifatida 

namoyon  bo’ladi.  U  firib  beruvchi  egoist  sifatida  ko’rinadi.  Chunonchi,  “Davlat 

mirza”  ertagi  bunga  misol  bo’la  oladi.  Islom  peshvolari  deyarli  ko’pchilik 

ertaklarda  salbiy  tip  sifatida  namoyon  bo’lishini  Radlov  vasilyev,  Divayev  kabi 

sharqshunoslar  tomonidan  to’plangan  ertaklarda  ham  ko’ramiz.  Uzoq  safarga 

otlangan  savdogarlarning  o`z  qizini  mullanikiga  tashlab  ketish  voqeasi  bilan 

boshlanuvchi  ertaklarda  biz  mullaning  ikki  yuzlamachiligi,  ma’naviy  buzuqligini 

ko’ramiz bu albatta bejiz emas. Hayotda xalqning mullalarga bo’lgan munosabati 

ularning  tilyog’lama,  aldamchi  ekanliklarini  fosh  etuvchi  motivlar  xalq  ruhi 

dunyoqarashining  ensklopediyasi  hisoblangan  folklor  uning  janrlaridan  ertaklarga 

ham  kirib  kelgan.  Sehrli-fantastik  va  umuman,  xalq  ertaklari  motivlarining  kelib 

chiqishi hayotiy negizi hozirga qadar juda ham o’rganilgan masalalardir. Shuning 




20 

 

uchun  biz  ertaklarda  uchraydigan  asosiy  motivlarning  hayotiy  asosi,  negizi, kelib 



chiqishi  xususida  fikr  yuritishga  urindik.  Binobarin,  sehrli-fantastik  ertaklar 

xalqimizning  hayoti,  dunyoqarashi,  psixologiyasi,  urf-odatlarini  aks  ettirar  ekan, 

ularning  motivlarida  uzoq  tarixiy  jarayondagi  xalq  hayotida  muhim  o’rin  tutgan, 

xalq  tarixida  o’chmas  iz  qoldirgan    hayotiy  voqealar  o’z  izini  qoldirishi  tabiiy. 

Ertaklarimiz  orasidagi  xalqaro  motivlar esa  turli  xalqlarning  moddiy  va  ma’naviy 

aloqalari,  o’xshash  tarixiy  reformasiyalarni  boshlaridan  o’tkazishlari  ta’siri 

natijasida  vujudga  kelgan.  Bir  qator  motivlar  xalq  ijodi,  epik  janrlarning  o’zaro 

munosabatlari   tufayli  tug’ilgan.  Ba’zi ertaklarda motivlari esa bir tur ertakning 

ikkinchisiga transformasiya bo’lishi  motivlarning  yig’ilishi natijasida yaratilgan. 

O’zbek    sehrli-fantastik  ertaklarida  tarixiy  shaxslar  nomlari  bilan  bog’lab 

aytiluvchi  qator  motivlar  ham  mavjuddir.  Ibtidoiy  jamoa  quldorchilik,  feodalizm 

davrlarining ayrim voqealari ertaklarning motivlarida o’z  aksini topgan. Shuning 

uchun  ertaklarimiz  motivlari    genezisini  o’rganish  xalqimiz  tarixi,  hayoti,  urf-

odatlarini  bilishda  muhim  manbaalardan  biri  hisoblanadi.  Bu  esa  o’rganilgan 

masalaning muhim va aktualligini ta’kidlaydi 

            Sehrli-fantastik  ertaklar  folklorning  boshqa  janrlari  kabi  mehnatkash 

xalqning  estetik  idealini,  hayotga  munosabatini  obrazli  qilib  ifodalaydi.  Har  bir 

davrning muhim voqealari va ularga mehnatkash xalqning estetik idealini, hayotga 

munosabatini  obrazli  qilib  ifodalaydi.  Har  bir  davrning  muhim  bir  voqealari  va 

ularga mehnatkash xalqning munosabati ertaklarda ijobiy qahramon – ertaklarning 

markaziy obrazida aks ettiriladi. Sehrli-fantastik  ertaklarning ijobiy qahramonlari 

oldidagi vazifalari nuqtai-nazaridan bir tipli bo’lsa-da, kelib chiqishi jihatidan turli 

davrlarga oiddir. 

        Sehrli-fantastik  ertaklarda  tez-tez  ko’zga  tashlanib  turuvchi  obrazlardan  biri 

ijobiy  qahramon  obrazidir.  Bu  obraz  doim  qora  kuchlarga,  bosqinchi  yovlarga 

qarshi  kurashuvchi,  qabila,  urug’  manfaatlarini  ko’zlovchi  kishi  sifatida 

ifodalanadi.  Ertaklardagi  bu  qahramon  ajoyib  xususiyatlarga  ega:  u  sehrli  holda 

tug’ilib  o’sadi,  juda  kuchli  bo’lib,  bir  o’zi  butun  bir  dushman  qo’shinini  yenga 




21 

 

oladi.  Shunday  qilib  ertaklarda  qahramonlik  eposidagi  kabi  kuchli,  bahodir 



obrazlar  ham  harakat  etadi.  Yaratilish  nuqtai-nazaridan  pahlavon  qahramonlar 

obrazidan so’ng kichik o’g’il obrazi vujudga kelgan. Bu xarakter ko’pchilik xalqlar 

ertaklaridagi ijobiy obraz hisoblanadi. Dunyo xalqlari ertagida kichik o’g’il obrazi 

markaziy o’rinni egallagani uchun u haqda ko’plab olimlar fikr yuritganlar, kichik  

o’g’ilni  ideallashtirishning  sotsial  negizi  va  xususiyatlarini  asoslashga  urinadilar. 

Eng  katta  va  eng  e’tiborli  ishlardan  Y.  M.  Metelenskiyning  “Sehrli  ertak 

qahramoni”  va  N.  V.  Novokovning  “Sharqiy  slavyan  hayoliy  ertaklari  obrazlari” 

asarlarini  ko’rsatish  mumkin.  Y.  M.  Meletinskiy  kenja  o’g’il  akalar  tomonidan 

tahqirlanishi tufayli ideallashtirilgan, degan fikrni ilgari suradi va uni ertaklardagi 

aka-ukalar o’rtasidagi kurashlar bilan isbotlaydi. Kenja o’g’il haqidagi o’zbek xalq 

ertaklarini ikki guruhga bo’lib tekshirish mumkin. Birinchi gruppa ertaklarda kenja 

o’g’il botir, qahramon sifatida namoyon bo’ladi. U yomon kuchlarga  – ajdar dev 

bosqinchilarga  qarshi  kurash  olib  boradi.  Ikkinchi  xiliga  esa  aka-ukalar  orasidagi 

konfliktni  ifoda  etadigan  ertaklarni  kiritish  mumkin.  Birinchi  tip  ertaklarda  aka-

ukalar  bir-birini  qo’llab-quvvatlovchi,  bir-biriga  yordam  beruvchi  sifatida 

tasvirlanadiki,  bu  hol  Y.  M.  Meletinskiyning  kenja  o’g’il  haqidagi  fikrlarini 

tasdiqlamaydi. “Uch og’ayni botirlar” ertagida aka-ukalarning inoqligi, bir –biriga 

doim  yordam  berishi,  bir-birini  hurmat  etishi  tasvirlangan.  Bu  ertaklarda  katta 

akalar  o’z  ukalariga  xiyonat  qilmay,  unga  qo’ldan  kelgancha  yordam  berishga 

hozir.  Lekin  o’zbek  sehrli-fantastik  ertaklarida  aka-ukalar  o’rtasidagi  ahil 

munosabatni  tasvirlash  orqali  baribir  xalq  o’z  sevimli  qahramoni  kenja  botirni 

itoatlashtirib  beradi. Ikkinchi  tip  ertaklarda  aka-ukalar  o’rtasidagi kurash  –  chiziq 

komfiktiga  duch  kelamiz.  Qabilachilkning  yemirilishi  bilan  bog’liq  holda 

monogamik  oilalarning  vujudga  kelishi  natijasida  shunday  motivlar  ertaklarda 

paydo  bo’ladi.  Ota  me’rosi  uchun  aka-ukalar  o’rtasidagi kurash bu  tip  ertaklarda 

o’z  ifodasini  topgan.  Ota  me’rosida  katta  o’g’il  ulushining  ko’pligi,  eng  kenjani 

ranjitish  masalasi  bilan  bog’liq  holda  ikkinchi  tip  ertaklarning  syujeti  vujudga 

kelgan  desak  bo’ladi.  Ikkinchi  tip  ertaklar  syujeti  M.  E.  Meletinskiyning 

ayganidek, aka-ukalar kurashi zaminida vujudga keladi. Aka-ukalar o’rtasidagi bu 



22 

 

kurash  ertaklarda  murakkab  yo’llar  bilan  bayon  etiladi.  Unda  ota  me’rosiga  ega 



bo’lish  uchun  ukani  yo’q  qilishga  harakat  emas,  balki  kenja  ukaning  ko’rsatgan 

jasoratini va topgan boyliklariga o’zlari ega bo’lish uchun ishlatgan makr-hiylalari 

kartinasida  bo’linadi.  Demak,  akalar  makri  ukaning  qilgan  ishlari,  ko’rsatgan 

qahramonchiliklarining  ko’ra  olmaslik  asosida  tasvirlanadi.  Akalar  ota  mehrini 

qozonish  uchun  ukani  jazolashga  urinadilar.Uning  ishlarini  o’zlariniki  qilib 

ko’rsatish bilan ota me’rosiga, uning taxtiga voris bo’lishga intiladilar. 

       Ayniqsa,  bu  motiv  xasta  bo’lib  qolgan  yoki  qarib  qolgan  otaning  ma’lum 

topshiriq  bilan  safarga  yuborishi  kabi  tugun  bilan  beriluvchi  ertaklarda  ko’zda 

yaqqol  tashlanadi.  Kenja  o’g’il  buyurilgan  ishni  albatta  hammadan  yaxshi 

do’ndirib  ado  etadi,  akalari  esa  qanday  bo’lmasin  kenja  o’g’ilni  aldab  uning 

ishlarini  o’zlariniki  qilib  ko’rsatishga  harakat  etadilar.  Natijada  ukani  quduqning 

ichida qoldirib  yarador qiladilar va hokazo. Akalari  kenja uka narsalarini olib ota 

oldiga keladilar. Sehrli yordamchilar vositasida o’g’il dard va tutqunliklardan xoli 

bo’lib  ota  oldiga  keladi  va  akalarining  yaramas  qilmishlari  fosh  etiladi.  Ular 

qilmishlariga yarasha jazo oladilar.  

        Bir  qator  sehrli-fantastik  ertaklarda  qayliq  olish  mavzusi  atrofida  aka-ukalar 

konflikti  beriladi.  Kichik  ukaning  kurashi,  tadbirkorligi  natijasida  hammalari 

qayliqlik  bo’ladilar,  lekin  akalariga  kenja  ukaning  go’zal  xotini  yoqib  qolib  ular 

ukaga  suyuqasd  qiladilar.  Har  galgiday  kenja  botirlar  sehrlar  yordamida  ota 

diydoriga  qaytadi,  akalar  jazolanadi,  demak,  ota  me’rosi  bo’yicha  aka-ukalar 

konflikti  va  kenja  ukaning  ota  me’rosidan  ko’pincha  mahrum  bo’lishi  kabi 

voqealar zaminida ana shunday ertaklar vujudga keladi. Bu tip ertaklarda kenja uka 

obrazi  ideallashtirilgan.  Chunki  xalq  ijodiyotida  doim  hayotda  azob  chekayotgan, 

haq-huquqlarsiz kishilarni yaxshi hayotga erishtirish istagi bilan yashaydi. Shuning 

uchun  fantaziyani  ishga  solib,  kichik  kenja  o’g’ilni  ham  barcha  akalardan  aqlli, 

bahodir,  tadbirkor  qilib  tasvirlaydi.  Demak,  kenja  o’g’il  bilan  bog’liq  syujetli 

ertaklarda ikki etap, ikki davr voqealarini tasviri ko’zga tashlanadi: 



23 

 

 1)  dastlabki  bosqich  bo’lib,  bunda  og’a-inilar  o’rtasidagi,  inoqlik,  oila  birligi 



uchun  kurash  tasvirlanadi.  Aka-ukalar  bir-birlariga  dushmanlik  ko’zi  bilan 

qaramaydilar, hamma ishni maslahatlashib birgalikda bajaradilar. 

 2)  keyingi  bosqich  bo’lib,  bunda  kenja  botir  obrazi  ideallashtirilgan.  Aka-ukalar 

o’rtasidagi konflikt tasvirlanadi. Ba’zi ertaklarda esa har ikki bosqich ham ko’zga 

tashlanadi.  Chunonchi,  “Abulqosim”  ertagida  har  ikki  davr  ruhi  ifoda  etilgan. 

Ertakning  birinchi  qismi  oldin  yaratilib,  davrlar  o’tishi  natijasida  uning  ikkinchi 

qismi to’qilgan va qo’shilgan. Ikkinchi qism ancha keyingi davr voqealarini ifoda 

etadi. Ertakning dastlabki qismi devlarning Abulqosim qo’liga tushishi va ularning 

yordami  bilan  uch  og’aynining  shohning  uch  qiziga  uylanishi  zaminida  inoqlik, 

ahillik  ilgari  surilsa,  ikkinchi  qismida  esa  qaytayotganda  akalarda  paydo  bo’lgan 

ko’rolmaslik,  ukani  yo’q  qilib  u  qilgan  qahramonlik,  bahodirliklarni  o’zlariga 

o’zlashtirib, olish niyati paydo bo’ladi. Shunday qilib ertaklarning birinchi yarmida 

qabilachilik  davrining  dastlabki,  ikkinchi  qismida  esa  keyingi  davrlarga  oid 

voqealar  o’z  ifodasini  topgan.  Sehrli-fantastik  ertaklarda  bahodir,  qahramonlar 

siymosi  ham  ikki  xil  toifada  tasvirlanadi;  birinchi  toifa  qahramon  juda  kuchli 

bahodir,  o’z  kuchi  qahramonliklari  bilan  maqsadga  erishuvchi,  kurashlarda 

raqiblarni yengib, istak-intilishlarini amalga oshiruvchi qahramon bo’lsa, ikkinchi 

toifa qahramon ishi o’ngidan keluvchi, baxti chopgan uddaburon va tadbirkor. Bu 

ikki  toifa  ijobiy  qahramonlarining  tuzilishlari,  tashqi  qiyofalari  va  kurashlari 

umumiy  xarakterlari  va  boshqa  o’zlariga  yaqin  kishilarni  xalos  etadilar.  Demak, 

ular kishilarga zulm, baxtsizlik keltiruvchi ajdar, sher, dev kabi maxluqlarni yengib 

kishilar baxt-saodati uchun o’z hissalarini qo’shadilar. 

        Sehrli-fantastik  ertaklarda  qahramonlarning  nomlanishlari  ham  diqqatga 

sazovordir. Ular quyidagi hollarda nom oladilar. 

1) tug’ilish sharoiti bilan bog’liq holda:  Ayiqpolvon, Ilon og’a, Arpapolvon. 

2)qahramonning  ichki  va  tashqi  belgilariga  qarab  nom  beriladi:  “Aqlli  qiz”, 

“Yarimtaxon” va boshqalar. 



24 

 

3)Qahramonning  ijtimoiy  hayoti  va  holatiga  qarab  nom  beradilar.  Ovchi  bola, 



Bo’zchi Pirak, mundi ko’za va hokazo.  

Sehrli-fantastik  ertaklardagi  ijobiy  qahramon  deyarli  juda  ko’p  hollarda  ajoyib 

sharoitda dunyoga keladi. Ko’pincha bolasizlik bilan ezilgan podsho yoxud boshqa 

kishiga  devona  uchraydi  va  sehrli  meva  beradi.  Ana  shu  sehrli  mevani  yegan 

xotindan  ertakning  asosiy  ijobiy  qahramoni  tug’iladi.  Lekin  qanday  qilib 

tug’ilishidan  qat’iy  nazar,  qahramon  juda  tez  o’sadi,  u  kuchli,  aqlli,  tadbirkor 

bo’lib  yetishadi.  Bu  ijobiy  qahramon  kuch  bilan  ham  raqiblardan  ustun  turadi.  

Sehrli-fantastik ertaklarda ajoyib kuchga ega qilib ko’rsatiluvchi ijobiy obrazlardan 

biri.  Insonda  hayvon,  inson  va  ba’zi  o’simliklar  orasida  vujudga  kelgan 

obrazlaridir.  Chunonchi,  Ayiqpolvon,  Arpapolvon  kabilar  shular  jumlasidandir. 

Ayiqpolvon o’ta kuchli yigitdir. U ko’plab devlarni bir o’zi asr oluvchi mamlakat 

tinchligini  himoya  etuvchi  qahramondir.  Ayiqpolvon  butun  kuch-quvvatini  xalq 

tinchligi  uchun  safarbar  etuvchi  qahramondir.  Xuddi  shuningdek  Arpapolvon 

obrazi  ham  o’ta  kuchli  va  tadbirkor  qilib  tasvirlangan.  Ayiqpolvon  va 

Arpapolvonlar o’ziga xos tasvirlardan biri Bu obrazlarning yarmi odam va yarmi 

ayiq  qilib  berilishi  bo’lib  ular  notinch,  harakatchan  qilib  ko’rsatiladi.  U  bolalar 

bilan janjal qiladi, ularni uradi. Ayiqpolvonni hatto podsho ham bilib uni haydaydi

bu  moment  xalq  tomonidan  qahramonni  raqibi  bilan  uchrashtirish  yo’lidagi  bir 

usuldir.  Ana  shu  bolalar  bilan  janjal  bahonasida  u  safarga  chiqadi  va  ertakning 

asosiy  voqealari  bayon  etiladi.    Sehrli-fantastik  ertaklardagi  markaziy  ijobiy 

qahramon  Kenja  botirdir.  Kenja  botir  har  doim  har  taraflama  nima  bilandir 

akalaridan ustun qilib tasvirlanadi. U o’qishda ham ishda ham kattalarga nisbattan 

o’ta qobiliyatlidir. Lekin nima uchundir ertaklarda ota kenja, kichik o’g’ilning aqli, 

qobiliyatiga  ishonqiramay  qaraydi.  Bu  ertaklarga  xos  badiiy  usul  hisoblanadi. 

Otaning kenja o’g’liga qobiliyatli, bilimiga ishonmasligi kanstrak usuliy o’ziga xos 

formasi  bo’lib,  qahramonning  ijobiy  fazilatlarini  yaxshi  xususiyatlarini  yanada 

yorqin  ishonarli  qilib  beradi.  Ba’zan  ota  hatto  bo’layotgan  voqea  olmaning 

yo’qolishiga kichik o’g’li sababchi deb undan gumonsirab, uni yoqtirmay yurgan 




25 

 

qilib  beriladi.  “Dada  bugun  ruhi  boqqa  yuboring  men  oltin  olamaning  o’g’risini 



poylayman”,  -  debdi.  Bu  so’zni  eshitgan  podshoning  jahli  chiqib  yomon  ko`rib 

yurgan o’g’lini so`kib  tashlabti: “Sendan katta odamlar ikki akang ushlay olmagan 

sen qanday ushlab olarding”, - depti-da kenja o’g’liga rozi ham bo’lmabdi. Kenja 

otasidan  qurol-anjom  so’ragan  ekan  uni  ham  jerkib  tashlabdi.  Chaqqonligi  va 

bilimi  bilan  kenja  botir  ertaklarda  doim  akalardan  ustun  qilib  tasvirlanadi.  Hatto 

hamjihat,  ahil  va  bir-biriga  nisbattan  mehribon  qilib  berilgan  “Uch  og’ayni 

botirlar”  ertagida  ham  kenja  botir  kattalardan  ajralib  turadi.  Unga  og`irlik 

kattalarga  nisbatan  ko’proq  yuklanadi.  To’g’ri,  bu  ertaklarda  uch  og’ayni  ham 

ijobiy  xususiyatlarga  ega  bo’lib  ularning  har  biri  ma’lum  vazifani  o’tagani  bilan 

kenja botirga qo’yilgan og`irlik akalariga nisbatan og’ir va muhimdir. U akalariga 

nisbatan  ko’proq  harakat  etadi.  Kattaroq  va  qiyinroq  vazifalarni  bajaradi.  Sehrli-

fantastik  ertaklarda  uch  og’ayni  botirlarning  yoki  qahramonning  safarga  chiqishi 

turli usulda beriladi. Safar bahonalari har xil talqin etiladi. Kenja botir o’z baxtini 

halol mehnat, kuch-qudrat, rostgo’yligi va sofdilligi bilan topish maqsadida o’zga 

yurtlarga safar etadi. Ertak qahramoni tushida malikani ko’radi va uni izlab safarga 

chiqadi yoki ov qilgani chiqib uning safari kiyik quvish , bo’rini quvish, buloqda 

parining aksini ko’rish kabi hodisalari bilan boshlanadi. Ayrim ertaklarda  esa biror 

bir kimsa yoki hayvon devni qidirib yo’lga chiqiladi. Ana shunday bahonalar bilan 

ertak  qahramonining  safarga  chiqish  natijasida  voqealar  tuguni  rivojlana  boradi. 

Finalga  qarab  o’quvchini  boshlaydi.  Biz  endi  qahramonning  safarda  olib  borgan 

kurashlari  bilan  ertak  qahramonining  safarga  olib  borgan  kurashlari  bilan 

tanishamiz. Safar davomida qahramon yo’lda turli-tuman to’siqlarga duch keladi, 

ular  bilan  kurash  olib  boradi.  Kurash  davomida  ertak  qahramonining  asosiy 

xususiyatlari  namoyon  bo’lib  boradi.  Aka-ukalar  safar  davomida  qorovullik 

qiladilar.  “Uch  og’ayni  botirlar”  ertagida  aka-ukalarning  har  biri  o’z 

navbatchiligida  ma’lum  qahramonliklarni  amalgam  oshirar  ekan  bu  o’rinda  ham 

kenja botir akalariga nisbatan ko’proq va og’irriq vazifalarni bajaradi. Qolgan uch 

og’aynilar  sikl  ertaklarida  akalarning  uxlab  qolishi  kenja  botirning  ziyrakligi, 

ishbilarmon va botirligi tufayli manfiy sirini oshkor etish doim akalarini falokatdan 



26 

 

xoli  etishi  ko’zga  tashlanadi.  Ertak  davomida  kenja  botir  siymosida  mehnat 



ahlining  butun  ijobiy  fikr-o’ylari  simpatiyasi  sezilib  turadi.  U  o’z  akalariga  juda 

ko’p yaxshiliklar qilib evaziga ulardan jabr ko’radi. Akalar sotqinlik qilib ularning 

qilgan ishlarini o’zlariga o’zlashtirmoqchi bo’ladilar, vaqtincha buni amalga ham 

oshiradilar.  Lekin  ertakda  haqiqatdan  o’z  o’rnini  topadi.  Akalar  jazolanib  kenja 

botir  tantana  qiladi.  Kenja  botir  ko’pincha  onasi  biror  sehrli  meva  olmani 

yeganidan  so’ng  yoxud  sehrli  holatlar  otasining  tilab  olishi  biror  yerga  sig’inishi 

shu  hokazo  bilan  bog’liq  holat  dunyoga  keladi.  U  juda  tez  o’ta  qiziq  shaoitlarda 

katta  bo’ladi.  Ko’pchilik  sehrli-fantastik  ertaklarda  kenja  botir  shahzoda  sifatida 

namoyon bo’ladi. U doim safarda raqiblarini yengib ko’plab qiyinchiliklarni ko’rib 

sinovlardan  o’tgach  malika  yoki  pariga  uylanadi.  Podsho    bo’ladi,  mamlakatda 

adolat  o’rnatadi.  Safar  vaqtida  kenja  botirga  raqiblarini  yengish  shartlarini 

bajarishda sehrli hayvon buyumlar yaqindan  yordam beradi. Ayrim ertaklarda esa 

kenja  botirning  o’zi  sehrgar  sifatida  ayni  sehrlarini  biluvchi  bo’lib  keladi.  Ba’zi 

sehrli-fantastik  ertaklarda  kishida  diqqatni  o’ziga  jalb  etuvchi  momentlaridan  biri 

shahzoda  obrazi  yonida  ifodalanuvchi  xalq  orasidan  chiqqan  ijobiy  qahramon 

siymosidir. Bu obraz yonida shahzoda xarakteri ikkinchi o`ringa o’tib xalq vakili 

o’z  harakati  kurashlari  bilan  birinchi  o`ringa  o’tadi.  Asosiy  qahramon  vazifasini 

o’taydi. Chunonchi, “Qiron botir” ertagi fikrimizga dalil bo’la oladi. Butun ertak 

davomida shahzodaning qilgan ishi, yaxshiligi evaziga Qiron botir uni maqsadiga 

erishtiradi.  Shahzodani  o’limdan  asraydi.  Bu  tip  ertaklarda  butun  og`irlik 

qahramonining  yordamchisi  zimmasiga  yuklanadi.  Asosiy  qahramon  esa  ikkinchi 

o`ringa  harakat  qiladi.  Sehrli-fantastik  ertaklarda  kenja  botir  akalaridan  kuchli, 

tadbirkor  ustun  qilib  tasvirlansa  yordamchi  shaxs  bilan  shahzoda    nisbatan  uning 

yordamchisi  kuchli  bo’lib  keladi.  Xuddi  shu  motiv  dostonlarda  ham  ko’zga 

tashlanadi.  Chunonchi,  “Malika  ayyor”  dostonida  Avazga  nisbatan  Shoqalandar 

kuchli  tadbirkor  qilib  tasvirlanadi.  Mana  shu  usul  ertaklarda  ham  mavjuddir.  Bir 

guruh  sehrli-fantastik  ertaklarda  shahzoda o’rniga savdogarning  o’g’li, kambag’al 

chol-kampirning  o’g’li  va  ijobiy  ideal  obraz  sifatida  namoyon  bo’ladi.  Ayniqsa 

ertak  qahramoni  kambag’al  toifadan  chiqqan  bo’lsa  bu  tip  ertaklardan  sotsial 



27 

 

konflikt kuchli bo’ladi. Bu obrazlarda ko’pincha nohaqlikka, zulmga qarshi kurash 



ruhi kuchli ifoda etiladi. Ahmadjonning g’azab shohi bilan to’qnashuvi zalida biz 

oddiy  xalq  orasidan  chiqqan  qahramonning  g’alabasini  g’azab  shohining  o’limi 

tasvirlanganini  ko’ramiz.  Kambag’al  yigit  it,  mushuk,  ilonlarga  rahm  qilib  ularni 

azobdan  qutqargani  evaziga  podshoh  bo’lib  baxtli  hayotga  erishadi.  Kuyovi 

bo’lishiga qaramay yigitga yomonlik qilgan podshoh egaist bo’lgani uchun jazoga 

giriftor  etiladi.  Ana  shunday  motivdagi  ertaklarda  bevosita  yo’l  bilan  bo’lsa-da, 

ijtimoiy  tengsizlik  o’z  ifodasini  topadi.  Kenja  botirning  o’sish  holati  ertaklarda 

atroflicha bayon etilmaydi, balki asosiy  maqsad sari harakat etishda, kurashda bir 

xarakterning butun xususiyatlari bilan tanishamiz. Kenja botir ertaklari obrazlarida 

ko’pincha voqea boshlanishida voqea tayyor shakllangan xarakter sifatida beriladi. 

Biz  uni  voqealar  ishida  ko’ramiz.  Ertaklarda  dastlab  akalari  harakatchan 

ishbilarmondek  erishtiruvchi  kundoshlardan  o’ch  oluvchi  bolalar  ham 

ideallashtiriladi. Kenja xotini kurashib to’siqlarni yengib o’z taxtini qo’lga kiritish 

bilan  birga  onasining  ham  butun  haq-huquqini  tiklaydi.  Ertaklarda  ko’p  xotinlik 

natijasida  vujudga  kelgan  motiv  kundoshlik  zaminida  vujudga  kelgan  motiv 

kundoshlik  zaminida  vujudga  kelgan.  Katta  xotinlarning  kichik  xotinni  ko’ra 

olmasligi  unga  tuhmat  qilishi  ularning  bolasizligi  negizida  bayon  etiladi.  Kenja 

xotin esa o’z o’g` li bilan butun merosning vorisi hisoblanadi. Shuning uchun bu 

xotinlar o’rtasidagi konflikt  mavjuddir. Kichik xotin merosninggina egasi bo’lmay 

farzandli  bo’lgani  uchun  ham  eri  tomonidan  hurmat  qilinadi.  Bu  esa  konflikt  va 

integralning  ikkinchi  manbaidir.  Ertak  mehnatkash  xalqning  baxtli, ozod  turmush 

haqidagi  orzularini  hayotiylashtiradi.  Shuning  uchun  u  doim  qiyinchilikka 

uchragan, nochor ahvolga tushib qolgan kishilarni himoya etadi. U hayot to’foniga 

tashlangan  opa  va  uning  bolalarini  butun  qiyinchiliklardan  sehrli  vositalar  

yordamida  qutqarib  oladi,  qutqaribgina  qolmay,  ularning  butun  haq-huquqlarini 

tiklaydi.  O’zbek  sehrli-fantastik  ertaklarda  yetim  bola  yoki  o’gay  ona  obrazlari 

tasviri  ham  alohida  sahifani  tashkil  etadi.  Ona  bo’lib,  o’gay  ona  qo’lida  qolgan 

yetim  bolalarning  o’tmishdagi  qismati  haqiqatdan  ham  achinarli  bo’lgan. 

Mehnatkash  xalq  dunyoqarashi,  psixalogiyasi,  orzu-istaklari  tasvirlangan 



28 

 

ertaklarda ana shu hayot haqiqatlari ham ma’lum sintezdan o’tgan holda o’z aksini 



topadi.  Folklorning  eng  erkin  janri  sifatida  ertaklar  yetim  bolalar  obrazini  ham 

ideallashtirib  tasvirlaydi.  “Zumrad  va  Qimmat”,  “Dono  xotin”,  “O’gay  ona  va 

malika” kabi ertaklar fikrimizni tasdiqlaydi. Real hayotda og’ir ahvolda muhtojlik 

va  azob-uqubatlarda  yashagan  yetimlarning  turmushlari  xalq  o’z  ertaklarida 

realistik  ifodalash  bilan  birga  pessimizm  xalq  og’zaki  poetik  ijodiyoti  asarlari 

uchun,  jumladan  xalq  ertaklari  uchun  ham  yotdir.  Shuning  uchun  azob-uqubat, 

xo’rliklar  ko’rib  yashovchi  yetimlar  obrazi  ertaklarda  kurashlar  natijasida  o’z 

mehnati va aqli odobi bilan doimo yaxshi hayotga erishadi, baxtli bo’ladi, ularning 

dushmanlari  esa  jazolanadi.  Bu  hol  ertaklardagi  optimizimning  yorqin  bo’y 

ko’rsatib  turishidir.  Zumrad  o’gay  onanig  arzanda  qizi  Qimmatga  tamoman 

qarama-qarsahi,  mehnatsevar,  xushmuomala,  aqlli,  to’g’ri  so’zli  qiz  sifatida 

beriladi,  chunki  folklor  asarlarida  xalq  simpatiyasini  qozongan  obrazlar  doimo 

mehr bilan shunday xususiyatga ega bo’ladi. O’gay ona obrazi o’zbek ertaklarida 

salbiy  tiplardan  biridir.  Ertakda  doimi  mehnatkashlar,  xalqparvar,  aqlli,  tadbirkor 

qahramonga  qarama-q6arshi  xususiyatlar  bilan  namoyon  bo’luvchi,  unga  qarshi 

kurashuvchi  shaxs  sifatida  ko’rinadi.  O’gay  ona  o’z  mavqeini  saqlab  qolish  va 

ertaklarda  esa  olov  bahonasi  bilan  bo’lib  qahramon  yordamchilarini  jazolab, 

ularning  ovqatlarini  yeb  ketadi.  Kampirning  qiyofasi  afti-yuzi  burishgan,  hamma 

bilan  urishgan,  og’zida  tishi  yo’q,  bukri,  xunuk,  badburush,  mukkaygan  sifatida 

tasvirlanadi.  Ba’zan  uning  kuchli  qilib  berilishi  ham  ko’zga  tashlanadi.  “Kampir          

Qironning  qo’lini  siqibdi…  Kampir  kimning  qo’lini  qissa,  o’ldirar  ekan”  va 

hokazo.  Xulosa  qilib  aytganda,  sehrli-fantastik  ertaklardagi    ijobiy  xususiyatlar 

bilan tasvirlanuvchi kampir asosiy qahramonga yordam beruvchi, ko’maklashuvchi 

obrazdir.  Salbiy  kampir  obrazi  bu  –  o’limga  mahkum  etilgan  odamxo’rdir.  Bu 

obrazni 

ertak 


tinglovchilar 

qahr-g’azab 

bilan  qarshi  oladilar,  undan 

g’azablanadilar. Sehrli-fantastik ertaklardagi jodugar kampir qochganda yer tagiga, 

g’orga  berkinadi.  Uni  qahramon  o’z  yurtidan  chiqqandan  so’ng  ko’pincha  “qush 

uchsa  qanoti,  odam  yursa  oyog’i  kuyadigan”  cho’llardan  o’tgandan  so’ng  parilar 

yurtiga  kiraverishda  uchratadi.  Jodugar  kampir  sehrli  narsalarning  egasi  u  juda 



29 

 

ko’plab  sehr  va  sirlarni  biluvchidir.  Ayrim  sehrli-fantastik  ertaklarda  odamxo’r 



sifatida  namoyon  bo’ladi.  Qahramon  ko’pincha  uni  o’zini  qizib  turgan  qozonga 

itarib yuboradi. Ba’zi ertaklarda qahramon kampirdan qochib qutiladi. Uni ijobiy 

qahramon o’limga mahkum etadi. Ba’zan bir syujet ichida uning ham ijobiy, ham 

salbiy  xususiyatlari  bilan  namoyon  bo’lishini  ko’ramiz.  Bu  kampir  obrazining 

ijobiy  yoki  salbiy  ekanligi  ertak  syujetiga  qarab  belgilanadi.  Jodugar  yoki  shum 

kampir  obrazinig    ijobiy  yoki  salbiy  ekanligi  ertak  syujetiga  qarab  belgilanadi. 

Jodugar  yoki shum kampir obrazlarini  folklorshunos olim V. Yu Gpopp uch tipga 

bo’lib tahlil etadi. 

1. 

Sovg’a (sehrli narsalarni) taqdim etuvchi kampir. 



2. 

Qahramonga yaqin bo’lgan kishilarni o’g’irlovchi kampir. 

3. 

Qahramon bilan jang qiluvcji, kurashuvchi kampir. 



Folklorshunoslardan  N.  V.  Novikov  esa  sehrli-fantastik  ertaklardagi  kampir 

obrazini ikki tipga bo’lib tahlil qiladi. Olim sehrli-fantastik ertaklardagi kampirlar 

obrazini  ijobiy  va  salbiy  tiplarga  ajratib  tekshiradi.  O’zbek  sehrli-fantastik 

ertaklardagi  kampir obrazi ham  o’rni  va  vazifasiga  ko’ra  ijobiy  va  salbiy  tiplarga 

ajraladi. 

       Sehrli-fantastik ertaklarimizda ijobiy bo’lib kelgan kampir folklorshunos olim 

V. Yu. Gropp aytganidek, olovni saqlovchi sifatida namoyon bo’ladi. Ayrim ertak 

kuch-qudratini  namoyish  etish  uchun  qaratilgandir.  Sehrli-fantastik  ertaklarda  bu 

motiv  juda  ko’p  uchraydi.  Shuning  uchun  xalq  dostonlarning  yaratilishiga  zamin 

hozirlaydi.  

       Sehrli-fantastik  ertaklarda  ko’p  uchraydigan  qahramonga  aniq  maqsad  sari 

intilishda  yordam  beruvchi  obrazlardan  biri  kampir,  shum  kampir,  jodugar, 

yolmog’iz  kampir  va  hokazodir.  Ana  shu  kampir  obrazining  sehrli-fantastik 

ertaklarda  uchrashi  va  uning  vazifasi  haqida  ertakshunos  olimlar  turli  fikrlarni 

ilgari  suradilar.  Chunonchi,  ertakshunos  olim  V.  R.  Anikin  “bu  obraz    barcha 

sehrli-fantastik  ertaklarda  uchraydi”,  -  degan  fikrlarni  bildiradi.  Biroq  o’zbek 




30 

 

ertaklari  manbaalari shuni ko’rsatadiki, bu  obraz  ishtirok  etmagan o’nlab   sehrli-



fantastik    ertaklar  mavjud.  “Uch  og’ayni  botirlar”,  “Kenja  botir”,  “Xurshid  bilan 

Laylo”,  “Qiron  Botir”  va  hokazo.  Ertaklardagi  jodugar  yoxud  shum  kampir 

obrazlari  juda  murakkabdir.  Ular  ba’zan  ertak  qahramoniga  to’g’ridan-to’g’ri 

yordam  beradi,  yo’l-yo’rig’  ko’rsatadi,  ko’pincha  esa  qahramonga  dastlab 

yomonlik  qiladi.  U  bilan  kurashib  yengilgach  qahramonning  siymosiga  aylanadi, 

unga  maslahatlar  beradi.  Sehrli  narsalarni  taqdim  etadi  va  hokazo.  Ayrim 

ertaklarda biz odamxo’r salbiy hisoblanganshum kampirga duch kelamiz, boylarga 

qarshi  xalq  manfaati  nuqtai-nazaridan  kurashuvchi  qilib  tasvirlana  boshlaydi. 

Natijada  chol-kampirning  o’g’li  zolim  podshoga  qarshi  kurashadi,  uni  taxtdan 

ag’darib,  o’zi  podshoh  bo’ladi  va  mamlakatda  adolat  o’rnatadi.  Sehrli-fantastik 

ertaklar  qahramonlari  xarakteridan  mujassamlashgan  gumanistik  xususiyatlar 

ularning  xalq  manfaatlari,  orzu-istaklari  uchun  kurash  jarayonida  vujudga 

kelgandir.  Shuning  uchun  ham  ertaklarning  ideal  qahramonlari  har  doim  aqlli, 

qo’rqmas,  qat’iy,  hozirjavob,  tadbirkor,  chidamli,  rahmdil,  sofdil  qilib  beriladi. 

Ularda  insonlarning  butun  yaxshi  xususiyatlari  mujassamlashgan  bo’ladi, 

vatanparvarlik  ideal  qahramonlarning  pahlavon  qilib  berilishi  ertak  janri  bilan 

qahramonlik eposi dostonlarning bir-biriga juda yaqinligini ko’rsatadi. Chunonchi, 

“Boltakay  botir”  ertagidagi  yoshgina  dilbarning  qahramonliklari,  uning 

dushmanlar  bilan  olishuvi,  14  yoshli  bolaning  pahlavonni  bosib  urishi. 

Charvinoyning o’z akasi uchun ot tanlashi kabi kartinalar Alpomish va Go’ro’g’li 

singari dostonlardagi epizodlarga juda o’xshashdir. Ularning motive qahramonning 

tantiq  qizi  manfaatlari  yo’lida  turli-tuman  firibgarlar,  tuhmat,  bo’htonlarni 

uyushtiruvchi erini aldab o’gay bolani jazoga giriftor etuvchi yordamchilarni ham 

yo’q  qilishga  harakat  qiladi.  Lekin  ertak  so`ngida  u  o’z  ertagi  bilan  yaramas 

qilmishlari  uchun  jazoga  giriftor  etiladi,  hayotda  qiynalgan,  xo’rlangan  yetim 

maqsadiga erishadi, baxtiyor bo’ladi. Chunki, mehnatkash qizni xalq xohlaydi. 

         Kuchlilik  davri  hayoti  davri  elementlari  o’zbek  sehrli-fantastik  ertaklarda 

uchrab turadi. Bu hol ertaklarning qadimiyligini yana bir bor tasdiqlaydi. Bunday 




31 

 

ertaklarda  mifologik  obrazlar  kabi  o’ta  kuchli  qahramonlar  ko’zga  tashlanadi. 



Masalan, “Bunyod polvon”, “Erkajalolxon” 

,  “Boltakoy  botir”  kabi  ko’plab  sehrli-fantastik  ertaklar  qahramonlarining  o’ta 

kuchli  qilib  berilishi,  lak-lak  yov  qo’shinlariga  qarshi  kurashib  doim  g’olib 

kelishlari fikrimizni isbotlaydi.  

          Ertaklarda qahramonga  yordam  beruvchi  sehrli narsalar obraziga ham  duch 

kelamiz.  Ayrim    sehrli-fantastik  ertaklarda  ana  shu  sehrli  obrazlar  juda  katta 

o’rinni  egallaydi.  Sehrli  buyumlarsiz  ertak  qahramoni  hech  narsa  qila  olmaydi. 

Chunonchi,  sehrli  naysiz  Nosirjonning  ahvoli  qiyin,  kambag’al  chol-kampirning 

o’g’li esa uzuksiz malikaga uylana olmas edi. Bunday misollarni ko’plab keltirish 

mumkin.  Lekin  xarakterli  xususiyatlardan  biri  shuki,  sehrli  narsalar  o’zgalar 

g’amini yeyuvchi xalqparvar, rahmdil kishilarga xizmat qiladi. Ertaklardagi sehrli 

buyumlarning  ishtiroki  ertak  janriga  ham  bog’liqdir.  “Boltakay  botir”,  “Qiron 

botir” kabi qahramonlik motivi asosiy o’rinni egallagan ertaklarda markaziy obraz, 

kuch-quvvatini,  bahodirligini  tasvirlash  birinchi  o`ringa  qo’yiladi.  Sehrli  obrazlar 

nisbatan  ikkinchi  o`ringa  o’tadi,  obrazlar  aktivlashadi,  qahramon  uchun  ishlarni 

sehrli buyumla rbajaradi. Lekin sehrli-fantastik ertaklarning deyarli barchasida sehr 

va  sehrli  narsalar  ishtirok  etadi.  Ko’pchilik  xayoliy  fantastik  momentlar  ana  shu 

sehr  va  sehrli  obrazlar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Bu  o’rinda  bir  narsani  qayd 

etish  lozimki,  asosiy  maqsad  yashash  sharoitlarini  hozirlashgina  emas,  balki  ana 

shu stixiyani sirini ularga qarshi kurash yo’llarini bilmagan kishilar xayolan ularga 

qarshi  kurashganlar,  buni  ertaklarda  tasvirlaganlar.  Shunday  qilib,  qabila  a’zolari 

mif  afsona  rivoyat  va  ertaklarda  vahshiy  kuchlarga  qarshi  kurashadilar,  ularni 

yengadilar. Qahramonni kuchli, baquvvat, yengilmas qilib, ideallashtirib tasvirlash 

uchun  uning  raqiblarini  vahimali,  o’ta  kuchli  qilib  ko’rsatadilar.  Chunonchi, 

qahramonga  biri,  ikkinchisidan  dahshatli,  vahimali  devlar  uchraydi.  Qo’rqinchli 

yalmog’iz  kampirlar,  bir  domiga  tortgan  minglab  kishilarni  yutib  yuboruvchi 

ajdarlarga  duch  keladi.  Har  bir  ertakda  qahramon  raqibining  tasvirida  shunga 

o’xshash  bo’rttirmalarga  duch  kelamiz.  Bularning  hammasi  dushmanlarning 




32 

 

qanchalik  kuchli  bo’lishidan  qat’iy  nazar  qahramonning  g’alabasini,  uning  o’ta 



kuchli  tadbirkor  ekanligini  ko’rsatish  uchun  xizmat  qiladi.  Ertaklardagi 

qahramonga  qarshi  kurashuvchi  obrazlardan  biri  ajdahodir.  Ajdaho  obrazi 

ertaklarda turli xil ko’rinish va xususiyatlarda beriluvchi qilib tasvirlanadi. Sehrli-

fantastik ertaklarda 4 xil ajdaho – ilon obraziga duch kelamiz. 

Kishilarni  olib  ketuvchi,  zo’ravonlik  qiluvchi  ajdar.  Bu  ajdaho  ertak 

qahramonining otasi yoki biror kishining ta’qiqni buzishi evaziga qahramonni olib 

ketadi. Chunonchi, “Shahzoda Solmon” ertagida podsho kenja o’g’il aytgan gapga 

quloq  solmay,  ta’qiqni  buzb  boqqa  kirgani  uchun  shahzodani  ajdar  ixtiyoriga 

yuborishga majbur bo’ladi.  

Ba’zan  kishilar  sehrlangan  holda  ajdar  qiyofasida  ham  tasvirlanishi  mumkin. 

Chunonchi,  Shoqambar  ilon  tusida  podshohning  kenja  qiziga  uylanadi,  kenja  qiz 

tilsimlarni ochib shum kampirdan uni qutqaradi va Shoqambar asl holiga keladi. 

Urushuvchi, jang qiluvchi ajdar obrazi bo’lib, qahramon u bilan kurashda yengadi, 

malikani  ajdardan  qutqaradi  yoki  Semurg’  bolalarini  o’limdan  saqlaydi,  ajdarni 

qiyma-qiyma qilib tashlaydi. 

Parilar mamlakatini qo’riqlovchi ajdar. Qahramon kurashda uni yengib, maqsadga 

erishadi. 

         Sehrli-fantastik  ertaklardagi  ajdar  va  u  bilan  kurashish  motive  juda  ko’p 

xalqlar ertaklarida ko’zga tashlanadi. Masalan, rus, ukrain, belorus, gruzin, arman, 

qozoq, qirg’iz va hokazo. Ertaklarda ajdarning ikki xil tasviri ham kishi diqqatini 

tortadi.  Ayrim  ertaklarda  u  qahramonning  yordamchisi,  unga  hurmat  qilsa, 

ayrimlarda  kishilarning  dushmani  sifatida  tasvirlanadi.  Bu  holat  ham  o’ziga  xos 

hayotdagi o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Ertaklarning obrazlardagi xususiyatlari va 

ularning  tarixiy  ildizlari  xususida  V.  Yv.Gropp  shunday  deydi:  “Bu  o’rinda  ikki 

turdagi  ilon  emas,  balki  rivojlanishning  ikki  bosqichini  ko’zda  tutmoq  lozim. 

Dastlabki saxiy ilon vaqt o’tishi bilan qarama-qarshi xususiyat kasb etgan. Shuning 

natijasi  o’laroq  vahshiy  ilon  va  uni  o’ldirish  haqidagi  syujet  paydo  bo’lgan”. 



33 

 

Qadimda  ilon  totem  hisoblangan  kiushilar  kuchli  bo’lishi  uchun  ana  shu  ilondan 



kuch olishlari lozim bo’lgan. Ibtidoiy odamlar turli ilon moketini ishlab, yosh yigit, 

qizlar ana shu ilon maketini og’ziga kirib chiqqanlar. Ana shuning ifodasi sifatida 

ertaklarda ilon, ajdarlarni kishilarni yutadigan qilib, berilgan bo’lishi kerak. Sehrli-

fantastik  ertaklarda  xalqning  odil  shoh  va  vaziri  haqidagi  g’oyalarni  ham 

ifodalagan.  Bu  narsa  kishilarning  ma’lum  tarixiy  davrdagi  tushunchalari  bilan 

bog’liq. Shuning uchun biz xalq qahramonining malikaga aylanishi shahzodaning 

xalqparvarligi,  podshohning  xalq  uchun  g’amxo’rligi  kabi  momentlar  ertaklarda 

juda ko’p uchraydi. Sehrli-fantastik ertaklarni xalq hayoti bilan doimiy munosabati 

natijasida  ma’lum  tarixiy  jarayonda  ularda  satira  kuchli  yoki  kuchsizligi  har 

tomondan  bog’liqdir.  Satiric  ruh  mos  xillariga  nisbatan  sehrli-fantastik 

ertaklarimizda  bir  muncha  ifodalangan  bo’ladi.  Bu  esa  sehrli-fantastik 

ertaklarimizda satirik rivojlangan bo’ladi. Bu hol esa sehrli-fantastik ertaklarimizda 

satirani keyin kirib kelganligini yana bir bor tasdiqlaydi. Hayotdagi salbiy voqea-

hodisalar  ustidan  kulish  va  ularni  tanqid  qilish  sehrli-fantastik  ertaklarimizda 

obrazlardagi jismoniy va ma’naviy kamchiliklarni jamlab borish yo’li bilan amalga 

oshiriladi. 

       Ertak  qahramonlari  orasida  markaziy  o’rinni  mehnatkash  xalqning  ijtimoiy, 

ma’naviy  va  estetik  qahramonlarini  o’zida  mujassamlashtirilgan  ideal  ijobiy 

qahramon  obrazi  egallaydi.  U  doim  ajoyib  xislatlar  bilan  tasvirlanadi.  Markaziy 

qahramonning  tug’ilishidan  tortib,  ertakdagi  voqealarning  yakuniga  qadar  uning 

biografiyasi  asosiy  o’rinni  egallaydi,  ertak  syujetining  sterjini  hisoblanadi. 

Ko’pincha  ertak  qahramoni  tug’ilishi  boshlanishidan  uning  o’lguniga  qadar 

bo’lgan  hayot  yo’li  asosiga  quriladi.  U  malikaga  uylanib  podshoh  bo’lishi  bilan 

ko’pincha  ertak  voqealari  tugallanadi,  ayrim  ertaklarda  esa  yurtiga  qaytib  otasi 

o’rniga shoh bo’ladi. Kambag’al toifadan chiqqan qahramon esa malikaga uylanib, 

podshoh  bo’ladi  va  mamlakatda  adolat  o’rnatadi.  Sehrli-fantastik  ertaklar 

kompozitsiyasini  ham  ijobiy  qahramonning  hayot  yo’li  belgilaydi,  ijobiy 

qahramonning  tug’ilishi  yoki  safarga  chiqishi  bilan  boshlanadi,  to’siq  va 




34 

 

qarshiliklarni yengishi, maqsadga erishishi bilan ertak tugaydi. Qolgan yordamchi 



obrazlar  esa  salbiy  xarakterning  barchasi  ijobiy  qahramon  taqdiri,  ishlari  bilan 

bog’liq  holda  bayon  etiladi.  Sehrli-fantastik  ertaklardagi  obrazlarning  yaratilishi 

bilan  badiiy  usul  va  vositalar  ishlatiladi.  Albatta,  bunda  an’ananing  roli  katta 

bo’ladi.  Ertaklardagi  ko’pincha  tayyor  iboralar,  epitetlar  ishlatiladi.  “Oy  desa, 

oydek,  kun  desa  kundek”  ,  “bahodir  yigit”,  “badburush  bir  kampir”,  “aftlari 

burishgan”, “u qiz juda aqlli, dono ekan”, “nozik badan, ingichka bel, chiroyli qiz”, 

“jamoli oydek, qoshlari yoydek, yuzlari kundek, sochlari tundek qiz” kabi protret 

tasviri  uchun  ishlatilgan  epitetlarni  ko’plab  keltirish  mumkin.  Ertaklardagi  syujet 

kabi qahramonlar tipi ham ertak aytuvchilar tomonidan biridan ikkinchisiga o’tib 

kelgan.  Lekin  har  bir  xalq  davomidagi  hayotida  muhim  rol  o’ynagan  voqealar 

ertaklarda har turli  yo’llar  bilan  o’z  izini qoldirgan  Shuning natijasi  bo’lsa  kerak 

ertaklardagi podshoh, xonlar oldiga keyincha eshon, mulla, qozi kabilarni obrazlari 

ham kelib qo’shiladi. 

       Sehrli-fantastik  ertaklarimizda  ayollar  obrazi  alohida  o’rinni  egallaydi.  Ular 

bilan  bir  qatorda  bir  xil  kurash  olib  boradilar.  Mehnatni  sevish  va  umuman 

mehnatga  munosabat  sehrli-fantastik  ertaklarda  yuqori  ko’tarinki  pafos  bilan 

kuylanadi.  Sehrli-fantastik ertaklarimizda ijobiy qahramon kishilar taxtli, tinchligi 

uchun  kurashadi.  Odamlarni  qiyin,  mushkul  ahvolda  ko’rib  unga  beparvo  qaray 

olmaydi.  Insonlarni  dev,  ajdar  kulfatidan  xalos  etadi.  Sehrli-fantastik  ertaklardagi 

obrazlar ularning vazifa va rollari, kelib chiqish genezisi juda qiziqarli va maxsus 

o’rganishni  talab  etadigan  masalalardan  hisoblanadi.  V.  M.  Jirmunskiy  va  H.  T. 

Zaripovlar  ham  “O’zbek  xalq  qahramonlik  eposi”  asarida  bu  masalani 

folklorshunosligimizda  o’rganilishi  lozim  bo’lgan  va  kerakli  problema  deb 

ko’rsatgan  ediar.  Ana  shu  munosabat  bilan  ishda    sehrli-fantastik  ertaklar 

obrazlarining genezisini aniqlashga harakat qildik. 

        Demak,  sehrli-fantastik  ertaklarimizdagi  barcha  obrazlar  hayotiy  voqea  va 

munosabatlar  asosida  vujudga  kelgan.  Masalan,  Kenja  botir  obrazi  turli  xalqlar 

ertaklarida o’ziga xos xususiyat va farqlarga ega. Bu o’ziga xoslik xalqimiz hayoti, 




35 

 

yashash  sharoiti,  psixologiyasi,  urf-odatlari  zamirida  vujudga  kelgan.  Ijobiy 



qahramon  siymosida  xalq  ezgu  niyatlari  o’z  ifodasini  topgan.  U  sofdil, 

mehnatkash,  bilimdon,  tadbirkor.  Kenja  botir  ota  nasihatiga  quloq  soluvchi: 

yaxshilik, ezgulik uchun kurashuvchi mehribon shaxs. U xo’rlangan, tahqirlangan 

hayoti xavf ostida qolgan hayvonlarga rahmdillik qiladi, ularni o’limdan qutqaradi 

va  bu  ishlari  uchun  taqdirlanadi,  baxtli  bo’ladi.  Sehrli-fantastik  ertaklarimizdagi 

o’zigaxos  xarakterlardan  biri,  Kal  obrazidir.  Bu  obraz  ham  o’z  genezisi  bilan 

ibtidoiy  jamoa  davri  hayotiga  borib  bog’lanadi,  davrlar  o’tishi  bilan  obrazda 

ijtimoiy  xususiyatlar  ko’zga  tashlanib  boradi,  uning  qraqiblarga  qarshi  kurashi 

kuchli qarama-qarshiliklar asosida beriladi. Kat siymosida mehnat ahli yoq tirgan 

va  xohlagan  kishilarning  xususiyatlari  umumlashtirilib  berilgan  obrazning 

kamchiligi – kalligi sof tashqi belgi bo’lib, bu ertaklarga xos badiiy priyomdir. U 

xalq yaratgan ideal obraz hisoblanadi. Shuning uchun u doim dushmanlari ustidan 

g’alaba  qiluvchi,  xalqchil  xarakterdir.  Sehrli-fantastik  ertaklarda  qahramonga 

yordam  beruvchi  ma’lum  topshiriqlarni  hal  etishda  unga  ko’maklashuvchi 

personajlar  ham  ma’lum  qimmatga  egadir.  Ertaklardagi  ayollar  obrazi  ham 

diqqatga  sazovordir.  Ular  ajoyib  ona,  yor.  Ayollar  ham  kurashda  mardlik, 

qahramonlik  ko’rsatuvchi  tadbirkor  va  bilimdon  kishilar.  Ayniqsa,  ayollar  obrazi 

ichida  kenja  qiz  siymosi  diqqatga  sazovor,  unda  mehnat  ahlining  xotin-qizlari 

xususidagi ideal g’oyalari umumlashtirilib berilgan. Kenja qiz obrazining genezisi 

ikki holat bilan belgilanadi.  

Matriarxat davrida keja qiz kultining vujudga kelishi. 

Polegamiyada  katta  xotinlar  huquqining  ortishi  va  kenja  xotin  haq-huquqining 

cheklanishi bilan. 

Kenja  xotin  va  qiz  hayoti  tahqirlangani  uchun  xalq  ularni  o’z  ertaklarida 

ideallashtirib  tasvirlangan  .  Yuqoridagi  ijobiy  ayollar  obraziga  qarama-qarshi 

xususiyatlar  bilan  keyingi  davrlarda  vujudga  kelgan  o’gay  ona  obrazi  ham  real 

hayotiy  zaminga  ega.  Feodalizm  davri  ziddiyatlari  sehrli-fantastik  ertaklarning 

motivlari, obrazlariga ham ta’sir etadi. Natijada ertaklarda ijobiy kurash o’ziga xos 




36 

 

holda  ifoda  etiladi:  Sehrli-fantastik  ertaklarda  sehrli  hayvon,  predmetlar  obrazi 



ham  muhim  rol  o’ynaydi,  voqealar  konfliktining  hal  etilishida  asosiy  o’rinlardan 

birini tashkil etadi. Sehrli-fantastik ertaklarda satirik ruh ham o’z ifodasini topgan. 

Lekinbu  ertaklardagi  satira  davr  nuqtai  nazaridan  cheklangan  bo’lib,  unda  faqat 

hayotdagi yaramasliklar, yomon kishilar tanqid etiladi xolos.  

  3.) O’zbek xalq ertaklari orasida turmush hodisalarini ifodalovchi hayotiy ertaklar 

ham  mavjuddir.  Bu  turdagi  ertaklarda  kambag’al  dehqonlar,  hunarmandlar, 

donishmandlar  bilan  xon,  shoh,  vazir,  qozi  savdogarlar  o’rtasidagi  voqea  va 

hodisalar  hikoya  qilinadi.  Bu  voqea  va  hodisalar  sitsial  va  konflikt  asosida 

qurilgandir.  Konflikt  barcha  turdagi  ertaklarda  syujetining  ishq  motivlari, 

vafodorlik, o’gay kundoshlik, tuhmat, didaktika, aql, ilm-hunar mehnatni ulug’lash 

tashkil etadi. Voqea va hodisalarni harakatlantiruvchi kuch ijobiy obrazidir. Ishqiy 

romantic  ertaklarni  hayotiy  ertaklar  tipiga  kiritamiz.  Bu  ertak  syujetida  fantastic 

hodisalarning judakuchsiz darajada berilishi, ilohiy kuch va afsun ta’sirining ham 

uchrashi, voqealar oddiy inson psixologiyasi asosida qurilgani tasdiqlaydi. “Tohir 

va  Zuhra”,  “Orzijon  bilan  Qambarjon”,  “Farhod  va  Shirin”,  “Gulshoh  bilan 

Varqa”,  “Yozi  bilan  Zebo”,  “Layli  va  Majnun”,  “Bahrom  Gulandom”, 

“Vafodorlik” kabi ishqni tarannum etuvchi ertaklarda chin sevgi, vafodorlik asosiy 

mag’izni  tashkil  etadi.  Syujet  sarguzasht  asosida  qurilgan  sarguzashtlik  ertaklar 

bilan  ishqiy  ertaklarda  bir  xillikni  ko’rish  mumkin.  Demak,  bu  ikki  tur  o’rtasida 

yaqinlik bor ishqiy ertaklarda she’riy parchalarni, qo’shiqlarni ko’proq uchratamiz. 

Bu xususiyatlar hayvonlar haqidagi va sarguzashtli ertaklarda ham uchraydi. Ishqiy 

ertaklardagi  qo’shiq  va  she’riy  parchalar  qahramonlarning  ichki  ko’rinmalari, 

kayfiyatlarini ifodalaydi. Qo’shiq yoki she’riy parchalar ertakning jonli, ta’sirchan, 

xotirada saqlanib qoladigan bo’lishiga xizmat qiladi.  

 I.3.  Bola  ruhiyatida  ertakning  roli.    Ma’lumki,  mustaqillikning  dastlabki 

yillaridanoq  sog’lom  avlod  tarbiyasi  ustuvor  yo’nalish  deb  belgilandi.  Sog’lom 

avlodni tarbiyalashda bu yuksak umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan, ma’naviy 

boy, axloqan yetuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har 




37 

 

tomonlama  rivojlangan  shaxsni  shakllantirishga  yo’naltirilgan  keng  ko’lamli 



chora-tadbirlarni amalga oshirish asosiy vazifalardan hisoblanadi. 

Ana shunday  mas’uliyatli vazifalarni  amalga oshirish uchun  maktab  darsliklarida 

ham  bir  qator  yangi  o’zgarishlar  kiritildi,  yangi  yangi  darsliklar  yaratildiki,  ular 

o’zbek  xalqining  ta’lim-tarbiyaga  oid  tarixiy  tajribasini  hayotga  tatbiq  etishga 

mas’uldirlar.  

Ertak janr va badiiy xususiyatlari jihatdan bolaga tez ta’sir qiluvchi, o’z ta’siriga 

oluvchi va albatta, yaxshilikka yetaklovchi kuch bo’lib, u orqali endi hayotga kirib 

kelayotgan  bolaga  tez  va  oson  ma’naviy  ta’sir  ko’rsatish  mumkin.  Qadimdan 

xalqimizda bolaga ertak aytib uxlatish,  yosh bolaga ertak orqali hayotdagi yaxshi 

va  yomon,  ezgulik  va  yovuzlik,  ijobiy  va  salbiy  sifatlar  haqida  dastlabki 

tushunchalar berilgan, shu orqali tarbiyaning ilk namunalari o’rgatilgan.  

Demak,  biz  ajdodlarimiz  ma’naviy  moddiy  merosiga  vorislik  nuqtai  nazaridan 

yondoshib, yosh avlodni maktabdanoq to’g’ri tarbiyalashga erishmog’imiz lozim. 

Chunki,  xalqimizning  aqidasiga  ko’ra  «Insonning  kuchi  tarbiyadadir».  Shu 

jihatdan qaraganda O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbek xalqi ham o’zining boy 

tarixiy,  ma’naviy-madaniy  merosi,  ming  yillar  davomida  tarkib  topgan  tarbiya 

amallari,  an’analari,  axloq-odob  qoidalari  xazinasiga  egadir.  Ana  shu  xalqning 

buyuk  mutafakkirlari  komil  inson  xususida,  uning  axloqi  to’g’risida  dunyoga 

mashhur  buyuk  mutafakkirlari  komil  inson  xususida,  uning  axloqi  to’g’risida 

dunyoga  mashhur  bo’lgan  durdona  asarlar  yozib  qoldirganlar.  Bobolarimiz 

qoldirgan buyuk merosdan foydalanish, tarbiya metodlarini qo’llash, ularni bolalar 

ongiga  singdirish  muhim  ahamiyatga  egadir.  Bunday  meroslardan  Yusuf  Xos 

Hojibning «Qutadg’u bilik», Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning 

«Bahoritsion»,  A.Navoiyning  «Mahbub  –ul-qulub»,  Devoniyning  «Axloqi 

Jaloliy»,  Husayn  Voiz  Koshifiyning  «Futuvvatnomai  Sultoniy»  kabi  betakror, 

nodir asarlaridan foydalanish joizdir, deb hisoblaymiz. 




38 

 

Bobokalonlarimiz  bolani  har  tomonlama  uyg’un  rivojlantirishga  katta  e’tibor 



qaratishgan.  Shu  bois  respublikasmizda  sog’lom  avlodni  tarbiyalash  maqsadida 

bola  tarbiyasini  davlat  siyosati  darajasiga  ko’tarish  va  unga  vatanparvar,  mehr-

muhabbatli,  insonparvar  qilib  tarbiyalashni  maktab  yoshidayoq  boshlash  va  uni 

to’xtovsiz  davom  ettirish  maktab,  oila,  mahalla  jamoat  tashkilotlari  e’tiboridan 

chetga qolmasligi ta’kidlanmoqda. Shunday ekan, ta’lim muassasalarida bolalarni 

ilk  yoshidanoq  bobolar  merosiga  tayangan  holda,  milliy  merosimiz  xalq  og’zaki 

ijodining  turli  janrlari  yordamida    har  tomonlama  rivojlantirishni  asosiy 

vazifalardan deb hisoblaymiz. 

Ertaklar - axloqiy  tarbiyaning  mazmuni: yaxlit  odobli  shaxsni  shakllantirishga  

qaratilgan.    Axloqiy    tarbiyalangan    shaxsda    barqaror    ma’naviy    motivlar  

shakllangan    bo’ladi.    Axloqiy    tushunchalarni    turli    yosh      guruhlarida  

shakllantirish    darajasi    turlichadir.    Bolalar    o’zlashtiryotgan    axloqiy    his-

tuyg’ular,    kechinmalar    ma’naviy    e’tiqodni    shakllantirishning    muhim  

sharoitlaridan    biridir.    Axloqiy    his-tuyg’u    insonning    jamiyatga,    odamlarga,  

o’ziga    nisbatan    emotsional    munosabatini    bildiradi.    Bu    odamlar    o’rtasidagi  

muomala    jarayonida    vujidga    keladi    va    rivojlanadi.  His-  tuyg’ilar    axloqiy  

bilimlar    va    etiqodlari    bilan    chambarchas    bog’lanib    ketadi.    Axloqiy    his-

tuyg’ularni  tarbiyalash  alohida  ajralib  qolgan  jamiyat  emas,  bu  tushunchalar  

inson  ehtiyojlari  unung  bilim  va  kechinmalarini  uning  sezgisi  asosida  vujidga  

keladi  va  rivojlanadi.  Bola  shaxsini  tarbiyalashda  pedogogik  ta’sir  ko’rsatish  

usul,  uslublarning  turli  yo’llarini  ishlab  chiqish  zarurdir. Pedagog  axloqiy  his 

-  tuyg’ularning    tarbiyalashda  ertaklar  va  ulardagi  turli  tuman  obrazlar  orqali 

bolaga  ta’sir  ko’rsatishga    katta    e’tibor    qartishlari  zarur,  chunki    yaxshi    his-

tuyg’ularning  ildizi  bolalikdan  boshlanishi tabiiy. 

Odamiylik,  mehribonlik,    hamkorlik,    ittifoq,    hayrixohlik,  mehnatda,  

tashvishlarda,  atrofdagi  dunyo  go’zalligi  haqida    g’amxo’rlik    qilish,  

hayajonlanish    jarayonida    bolada  hosil  bo’ladigan  tushunchalarni  sintez  qilish 

eshitgan ertaklaridan chiqargan xulosalar asosida  vujidga  keladi.  Axloqiy  odatlar  




39 

 

axloqiy    e’tiqodlar    his  –tuyg’ular    bilan    bir    qatorda    hulq  -atvorning    ichki  



reguliyatorlari    tizimiga   kiradi.    Boshlang’ich sinf  “O’qish  kitobi  “  darsliklarida 

ertakning  o’zigina  keltirilmasdan,  balki  unga  mos  rivoyat  va  maqollar  ham 

beriladi.  Masalan  4-sinf  “O’qish  kitobi”  dagi  “Chaqimchiga  mukofat”  ertagini 

olaylik. O’quvchi bu asarni to’la o’qib chiqqandan so’ng  chaqimchilik yomon illat 

ekanini,  u  odamlar  orasini  buzishini  ,  hikoyadagi  hokimga  bevafolik  qilganini  va 

ohir  oqibatda  jazosini  olganini  ya’ni  dorga  ostirilganini  biladi.  Shu  ertak  orqali 

o’quvchi “Vadaga vafo – mardning ishi “, Chaqimchi tuhum po’chog’ uning joyi 

tandiz – o’choq “,kabi maqollarni ma’nosini osongina tushunib oladilar. 

“Tuz  haqi”  ertagida    ham  shunday.  Asar  o’qib  bo’lingach,  savol  va  topshiriqlar 

bilan  ishlanadi.  3-savolda  bunday  deyilgan:  “Tuzning  tabarrukligi  to’g’risida 

qanday  maqollarni  bilasiz?”  Bir  kun  tuz  totgan  joyinga  qirq  kun  salom  ber”, 

“Tuzini yeb tuzlig’iga tupirma” va boshqalar.  

3-sinf “O’qish kitobida”da Farhod Musajonovning “Yaxshilik”, hikoyasi berilgan. 

Bola  uni  o’qib  ,”Yaxshilik  yerda  qolmas  “,  “Yaxshi  niyat  –yarim  davlat  “, 

”Yaxshidan  bog’  qoladi-yomondan  dog’  “,  “Yaxshiga  yondoshsang,    yetarsan 

murodga,  yomonga  yondoshsang  qolarsan  uyatga  “,  “  Yaxshi  oshini  yer  ,  yomon 

boshini”,     

Yaxshi  suydirar  yomon  so’ndirar  “,  “Yaxshi  sharofatli  ,  yomon  kasofatli  “  , 

“Yaxshidan  gina  bo’lmas,  yomondan  gina  ketmas  “,  “Yomon  bola  ko’zidan  , 

bilinadi so’zidan”, “Yaxshi bo’lsa bola, yomon bo’lsa balo”, “Yaxshi bilan yursang 

omon bo’lasan, yomon bilan yursang yomon bo’lasan”. 

“Yahshilik qil daryoga ot , baliq biladi, baliq bilmasa Holiq biladi.” (Holiq - olloh 

ismlaridan  biri)  kabi  maqollar  tanishadilar  va  ma’nosini  tushinib  yetadilar.  

Maqollar  xalq  donoligidir.  Unda  kishilarning  hayotini  obdon  kuzatib,  tajriba 

to’plab  aytgan  hikmatli  so’zlari  o’z  ifodasini  topgan.    Ixcham  ko’pincha  she’riy 

tarzda  izhor  etilgan  maqollarning  mavzusi  rang  barangdir.  U  rad  qilinmas  pishiq 

darajadagi nasihatdan iborat bo’ladi. Masalan:  



40 

 

           Bog’li el  - yog’li el    



           Bilim kuchda – kuch bilimda  

I  bobdan  shu    xulosaga  kelish  mumkinki,    yuqoridagi    aytib  o’tilgan    ertaklar 

hamda  uarning  badiiy,  epik  xususiyatlari  hamda  o’quvchi  ongiga  qay  darajada 

ta’sir  qilganligini  o’rganib,  quyidagicha  xulosaga  kelindi.  Ertaklarning  qaysi  turi 

bo’lmasin  ularda  mavjud  ikki  tabaqa,  ikki  sinf  o’rtasidagi  ziddiyatlar  va  oxir 

oqibatda  baribir  ezgulikning    yovuzlik    ustidan  g’alaba  qilishi  aks  ettirilgan 

bo’ladi.      Kichik  yoshli  bolalar    tabiatan    taqlidchan    bo’ladi.    Shunday    ekan  

ularga  ko’proq  yaxshilik,  mehnatsevarlik,  do’stga  sadoqat,  ilm  olish,  ota-onaga 

mehr-muhabbat mavzusidagi ertaklarni o’rganish, o’qitish tavsiya etiladi. Bolaning 

qanday ertak o’qishiga qarab uning psixologiyasi ochib beriladi. Masalan: ko’proq 

sehrli-  fantastik  ertaklarni  o’qishni  xush  ko’radigan  bolalar  o’z  xayoli  bilan 

yuruvchi, doim kashfiyot, yangilik qilishga urinuvchi bolalar bo’ladi.  

Ertak janr va badiiy kompozitsiyasi jihatdan boshqa xalq og’zaki ijodi janrlaridan 

tez  qabul  qilinishi  va  hamma  tomondan  bemalol  ijro  etilishi  bilan  farqqiladi.Uni 

istalgan  joyda,  xoxlagan  kishi  aytishi  mumkin,maxsus  ijrochi  talab  qilmaydi. 

O’zbek xalqida ko’pincha buvijonlar ertakchili ma’lum. Buni Hanid Olimjonning    

“ Oygul bilan Baxtiyor” ertagi boshlanmasidagi  

      “Buvinming har bir ertagi,  Har bir aytgan qissasi,  

       Xayolim  tortar  edi,  Hislarim  ortar  edi    ”  misralari  bilan  izohlash  mumkin. 

Zero,  4  –sinf    o’quvchisi  hayotga  teran  ko’z  bilan  qarovchi  ilk  qarashlariga  ega 

bo’lgan shaxs, o’qish kitobi esa  o’z badiiyligi bilan o’quvchiga estetik zavq bera 

olishi kerak.Bu borada o’zbek xalq ertaklarining o’rni juda muhimdir. 

 

 

 



 


41 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish