Politexnika instituti


  2. Mustaqillik yillarida tarixiy xotira, moddiy va ma‟naviy merosimizning



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

151 
2. Mustaqillik yillarida tarixiy xotira, moddiy va ma‟naviy merosimizning 
tiklanishi. 
 
O’tgan asrning 70-80-yillarida o’zbek xalqi azaldan ardoqlab, avaylab-asrab kelgan milliy 
urf-odat, an‘ana, qadriyatlar, ayniqsa, milliy bayramlarga qarshi sobiq markazning asossiz kurashi 
boshlandi, ko’plab milliy marosimlar cheklandi. Natijada, avvallari nishonlangan Hosil bayrami, 
Qovun sayli, Gul bayrami va boshqa xalq bayramlari unutilib, Navro’z bayrami ta‘qiqlab qo’yildi.
 
O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o’z faoliyatining dastlabki kunlaridan 
boshlab  jamiyatni  ma‘naviy  poklantirish,  milliy  madaniyatlarning  o’zaro  uyg’un  rivojlanishiga 
erishish
,
 xalqimizning an‘ana, urf-odat va qadriyatlari, marosimlarini tiklashga alohida e‘tibor bera 
boshladi.
 
Mustaqil
 
O’zbekistonning kuch-qudrati manbai xalqimizning umuminsoniy qadriyatlariga
 
sodiqligidadir, deb ta‟kidlagan edi Islom Karimov. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo’shnichilik va 
insonparvarlikning  nozik  kurtaklarini  asrlar  osha  avaylab-asrab  kelmoqda.  O’zbekistonni 
yangilashning  oliy  maqsadi  –  ana  shu  an‟analarni  qayta  tiklash,  ularga  yangi  mazmun 
bag’ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonlik, madaniyat, vijdon erkinligi va har 
bir  kishini  kamol  toptirishga  erishish  uchun  zarur  shart-sharoit  yaratishdir” 
(Karimov  I.A.
 
Istiqlol va ma‟naviyat. -T.: O’zbekiston, 1994. B. 5).
 
Bugungi  kunda  ijtimoiy  hayotda  yuz  berayotgan  tub  o’zgarishlar  xalqimizda  o’zligini 
anglash  tuyg’usini,  milliy  taraqqiyotdan  manfaatdorlik  hissini  kuchaytirmoqda.  Bu  holat 
xalqimizning  milliy  qadriyatlari,  madaniy  va  ma‘naviy  boyligini  qayta  mushohada  etishni, 
ularning mohiyatini yanada chuqur anglashni taqozo qilmoqda.
 
1990 yil 2 maydagi Prezident Farmoni bilan mamlakatimizda Navro’z an‘anaviy bayrami 
qayta  tiklandi,  tarixiy  haqiqat  va  adolat  qaror  topdi.  Navro’zning  xalqimiz  tomonidan  keng 
nishonlanishining o’ziga xos  mohiyati va ahamiyati ochib  berildi. Navro’z kunlari tabiatda yuz 
berayotgan  uyg’onish-yangilanish  jarayoni  insonlar  hayotidagi  o’zgarishlar  bilan  uyg’unlashib 
ketadi,  san‘atkorlar  qo’shiq  va  kuylarida  yurt  ravnaqi  uchun  sidqidildan  mehnat  qilayotgan 
xalqimizni, turli millat va elat vakillari o’rtasida tobora mustahkamlanib borayotgan do’stlik va 
o’zaro hamkorlikni, eng muhimi, baynalmilalchilik ruhini keng tarannum etadilar.
 
Navro’z nafaqat o’zbeklarning, balki jannatmakon diyorimizda yashayotgan jamiki millat 
va elat vakillarining ham ardoqli, sevimli bayramiga aylandi.
 
Navro’z kabi Mehrjon, Hosil bayrami, Qovun sayli va boshqa xalq bayramlari, sportning 
milliy  turlari  hamda  tarixiy  xalq  o’yinlaridan  keng  foydalanilgan  holda  badiiy-sport 
bayramlarining  tiklanishi  fuqarolarimiz,  ayniqsa,  yoshlarimiz  dunyoqarashi  e‘tiqodini 
shakllantirishda,  ularda  ona  zaminga  mehr-muhabbat  tuyg’ularini  uyg’otish,  suvni  tejab-tergab 
sarflash, tabiatni, uning yer osti va yer usti boyliklarini asrash, bobodehqon mehnatini e‘zozlash, 
xullas, o’lkamizdagi jamiki jonzot va go’zalliklarni asrab-avaylash ruhida tarbiyalashda muhim 
omil hisoblanadi. Bularning barchasi, pirovard natijada, mamlakat boyligining ortishi, demakki, 
xalqimiz turmush farovonligining yuksalishi uchun xizmat qiladi.
 
1992 yil 7 martda Prezident Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
huzurida Din ishlari bo’yicha qo’mita tashkil etildi. Bu bilan mamlakatimiz ahlining diniy e‘tiqodi 
erkinligiga  kafolat  berildi.  Diniy-axloqiy  mavzuda  ko’plab  kitoblar  chop  etildi,  bu  xayrli  ish 
davom  etmoqda.  Respublikamiz  rahbariyati  kishilar  ma‘naviy  kamolotida  islom  dinining  katta 
ahamiyat kasb etayotganini inobatga olib, diniy tashkilotlarning erkin faoliyat ko’rsatishi uchun 
shart-sharoit  yaratib  berdi.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  1999  yil  7  apreldagi 
Farmoniga binoan Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Endilikda Xalqaro Islom tadqiqotlar 
markazi va Toshkent Islom Universiteti samarali faoliyat ko’rsatmoqda.
 
Qadim zamonlardayoq yurtimizda din  erkinligi mavjud  bo’lgan. Zardushtiylar, buddiylar, 
moniylar,  musulmonlar  va  boshqa  diniy  e‘tiqoddagilar  inoqlikda  yashagan,  tenglik,  erkinlik 
g’oyalariga amal qilingan. Xalqimiz ma‘naviy jihatdan ko’pgina afzalliklarga ega bo’lgan islom 
dinini qadrlaydi. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy islom dini ta‘limotida Qur‘oni 
Karimdan keyingi asosiy manba hisoblanuvchi Al-Jomi‟ as-Sahih” nomli asar yaratib, islom dinini 


152 
boyitdi.  Bobokalonlarimiz  Imom  Abu  Mansur  al-Moturidiy,  shayxulislom  Burhoniddin  al-
Marg’inoniy,  Bahouddin  Naqshband,  Imom  at-Termiziy,  Xo’ja  Ahmad  Yassaviylar  insonni 
ma‘naviy yetuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va huquqiy hikmatlarning ijodkoridirlar.
 
Qaramlik  davrida  tahqirlangan  diniy  qadriyatlarimiz  mustaqillik  nuri  bilan  qayta tiklandi, 
islomshunos allomalarimizning ulug’ nomi o’z o’rniga qo’yildi.
 
1993-yil 16-sentabrda Buxoroda mashhur shayx Bahouddin Naqshband tavalludining 675 
yilligi  tantanalari  bo’lib  o’tdi.  Yubiley  munosabati  bilan  Buxorodagi  Naqshband  nomi  bilan 
bog’liq bo’lgan tarixiy yodgorliklar qaytadan tiklandi, uning ijodiga bag’ishlangan qator risolalar 
chop etildi.
 
1998-yil 23-oktabrda Samarqandda buyuk mutafakkir Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-
qamariy taqvim bo’yicha 1225 yilligi nishonlandi. Shu kuni Xartang qishlog’ida Imom al-Buxoriy 
yodgorlik majmuyi ochildi. Yubiley munosabati bilan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-
Buxoriyning  4  jildlik  A1-Jomi‘  as-Sahih  kitobining  ko’p  ming  nusxadagi  nashri  o’zbek 
kitobxonlariga taqdim etildi.
 
2000-yil  16-17-noyabr  kunlari  Marg’ilonda  islom  huquqining  asoschilaridan  biri 
Burhoniddin al-Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi, Samarqandda islomshunos olim Imom Abu 
Mansur  al-Moturidiy  tavalludining  1130  yilligi  nishonlandi  va  ular  xotirasiga  bag’ishlab  barpo 
etilgan  yodgorlik  majmualari  ochildi.  Burhoniddin  al-Marg’nonyning  islom  huquqiga 
bag’ishlangan “Hidoya” kitobi nashr etildi. Shuningdek, islom olamining taniqli allomalari Imom 
Abu  Iso  at-Termiziyning  1200  yilligi,  Mahmud  az-Zamaxshariyning  920  yilligi,  Abduxoliq 
G’ijduvoniyning 900 yilligi, Najmiddin Kuhroning 850 yilligi, Xoja Ahrori Yaliy tavalludining 
600 yilligi keng ko’lamda nishonlandi.
 
O‘zbekiston Prezidentining 1992-yil 27-martdagi farmoni bilan Ro’za-Ramazon hayitining 
birinchi kuni dam olish kuni deb e‘lon qilindi. Respublika musulmonlarining istak va xohishlariga 
ko’ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo’lib qoldi. O‘zbekiston Prezidentining 
1990-yil  2-iyundagi  Musulmonlarning  Saudiya Arabistoniga  Haj  qilish  to’g’risidagi  Farmoniga 
binoan O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va 
Umra  amallarini  ado  etish  imkoniyatlariga  ega  bo’ldilar.  Mustaqillik  yillarida  50  mingdan 
o’zbekistonliklar  Makka  va  Madinada  Haj  safarida  bo’ldilar.  Yuzlab  masjidlar  musulmonlarga 
qaytarildi, yangilari barpo etildi. Islom nuri” gazetasi chiqmoqda. Qur‘oni Karim sakkiz marta 1 
mln  nusxada  nashr  etildi.  Bu  tadbirlar  faqat  dindorlar  uchun  qilingan  marhamatgina  emas,  ular 
aslida  xalqimizning  qadirniy  rasm-rusum  va  udumlarining,  qadriyatlarining  tiklanishi,  ajdodlar 
ruhining qayta uyg’onishidir.
 
Prezidentning  1992-yil  7-martdagi  farmoni  bilan  islom  dini  omilidan,  uning  ma‘naviy 
imkoniyatlaridan  keng  foydalanish  maqsadida  Respublika  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida  Din 
ishlari bo’yicha qo’mita taslikil etildi. Uning tasarrufida Xalqaro islom-tadqiqot instituti va 10 ta 
madrasa  faoliyat  ko’rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba-yoshlar  ta‘lim olmoqdalar. 1999-
yilda  tashkil  etilgan  Toshkent  Islom  universitetida  (2018-yil  16-apreldan  Xalqaro  Islom 
Akademiyasi)  minglab  talaba  o’qimoqda.  O’zbekiston  Respublikasining  Konstitutsiyasida  va 
1998-yil  30-aprelda  yangi  tahrirda  qabul  qilingan  “Vijdon  erkinligi  va  diniy  tashkilotlar 
to’g’risida”gi Qonunda davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq 
belgilab berildi.
 
Prezidentimiz  Shavkat  Mirziyoyev  davrida  ham  malakatimizda  vijdon  erkinligining 
kafolatlanishi  va  diniy  konfessiya  vakillarining  hamjihatlikda  faoliyat  ko’rsatishlariga  xizmat 
qiluvchi qator islohotlar davom ettirildi.
 
2017  yil  17  fevralda  Prezident  SH.Mirziyoyev  Farmoni  bilan  Termiz  shahrida  Imom  at-
Termiziy nomidagi Xalqaro Islom tadqiqot markazi tashkil etildi.
 
2017  yil  23  iyunda  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzurida  Islom 
madaniyati  markazini  tashkil  etish  chora-tadbirlari  to’g’risida  O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining Qarori (PQ-3080) qabul qilindi. 
2018  yil  16  aprelda  esa  Diniy-ma‘rifiy  soha  faoliyatini  tubdan  takomillashtirish  chora-
tadbirlari  to’g’risidagi  Prezident  Farmoni  e‘lon  qilinib,  unga  ko’ra  Toshkent  Xalqaro  Islom 


153 
Akademiyasi  va  uning  tarkibida  Qoraqalpog’iston  Respublikasi,  Samarqand,  Namangan  va 
Surxondaryo mintaqaviy filiallari tashkil etildi. 
Tarixiy  xotiraning  tiklanishi.  Jamiyat  ma‘naviyatini  yuksaltirishda  tarixiy  xotira,  ajdodlar 
tarixini bilishning, milliy-axloqiy qadriyat hamda an‘analarning, o’rni va ahamiyati katta. Biron-
bir  xalq  o’z  tarixini  bilmay,  asrlar  osha  yaratilgan  ma‘naviy  merosga  tayanmay  va  uni  yanada 
rivojlantirmay  turib  o’z  kelajagini  tasavvur  eta  olmaydi.  Shu  boisdan  mustabid  tuzum  davrida 
soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o’quv maskanlarida Vatan 
tarixini o’qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
 
1996-yilda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  huzuridagi  Davlat  va  jamiyat  qurilishi 
akademiyasi qoshida “ O’zbekistonning yangi tarix markazi” tashkil etildi.
 
O‘zbek  xalqi  va  O‘zbek  davlatchiligi  tarixini,  tariximizning  boshqa  sahifalarini  xolisona 
ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I. Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun 
oyida  bo’lgan  suhbatida,  Vazirlar  Mahkamasining  1998-yil  27-iyulda  qabul  qilingan  “ 
O’zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  Tarix  instituti  faoliyatini  takomillashtirish 
to’g’risida“gi Qarorida belgilab berildi.
 
Mustaqillik  yillarida  Vatanimiz  tarixini  yoritish  va  o’rganish  masalalari  partiyaviylik, 
sinfiylik yondashuvlaridan, hukmron kommunistik mafkuraga xizmatkor bo’lishdan xalos etildi. 
Necha 10 yillar davomida buzib ko’rsatilgan yoki so’z ochilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, 
tarixiylik,  haqqoniylik  tamoyillari  asosida  yoritilgan  qator  ilmiy  asarlar,  darsliklar  va  o’quv 
adabiyotlari yaratildi.
 
Ma‘lumki,  mustabid  sovet  tuzumi  davrida  mamlakatimiz  hududida  yashab,  ijod  etgan 
o’nlab,  yuzlab  olimu  mutafakkirlar  ma‘naviy-ilmiy  merosi  ta‘qib  ostiga  olingan  edi. 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mazkur madaniy merosni tiklash va uni xalqqa yetkazish 
bo’yicha  jiddiy  ishlar  amalga  oshirildi.  Ayniqsa,  1991  yilning  Alisher  Navoiy  yili  deb  e‘lon 
qilinishi katta ijtimoiy-madaniy ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, 1994 yilda ulug’ olim va davlat 
arbobi Mirzo Ulug’bekning 600 yilligi keng nishonlandi, 1996 yil mashhur sarkarda, davlat arbobi 
Amir Temur nomi bilan bog’landi. Shuningdek, Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yilligi, afsonaviy 
sarkarda  Jaloliddin  Manguberdining  800  yilligi,  Alpomish  dostonining  1000  yilligi,  Islom 
olamining  donishmandlari  Abu  Iso  at-Termiziyning  1200  yilligi,  Imom  Buxoriy  tavalludining 
1225 yilligi, Imom Abu Mansur Moturudiyning 1130 yilligi, Mahmud az-Zamahshariyning 920 
yilligi,  Najmiddin  Kubroning  850  yilligi,  Burxoniddin  Marg’inoniyning  910  yilligi,  Bahouddin 
Naqshbandning 675 yilligi, Xo’ja Ahror Valiyning 600 yilligi keng nishonlandi.
 
Ta‘kidlash lozimki, yurtimizdan yetishib chiqqan va o’zining ulkan ilmiy, madaniy merosi 
bilan jahon sivilizatsiyasiga ijobiy ta‘sir o’tkazgan alloma, mutafakkirlarimizga ehtirom ko’rsatish 
g’oyat savobli ishdir. Istilol yillarida buyuk allomalarimiz merosini o’zbek tiliga o’girish ishlari 
amalga  oshirildi.  Bu  jarayonning  muvaffaqiyatli  kechishi  uchun  Oltin  meros  xalqaro  xayriya 
jamg’armasi tashkil etildi. Xorazmda Ma‘mun akademiyasi qayta tiklandi. Shuningdek, 2008 yilda 
Samarqand shahrida Imom al-Buxoriy xalqaro markazi faoliyat boshladi.
 
1997-yilda  Buxoro  va  Xiva  shaharlarining  2500  yilligi,  2004-yilda  Qarshi  (Naxshab) 
shahrining  2700  yilligi,  2007-yilda  Samarqand  shahrining  2750  yilligi  va  Marg’ilon  shahrining 
2000  yilligi,  2002-yilda  Termiz  shahrining  2500  yilligi  va  Shahrisabz  shahrining  2700  yilligi 
nishonlandi.
 
2009-yil  1-sentabrda  O‘zbekiston  anjumanar  saroyida  Toshkent  shahrining  2200  yilligiga 
bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi. I.Karimov Toshkent shahriga Mustaqillik ordenini topshirdi.
 
Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Ch o’lpon, Fitrat, Usmon Nosir 
va  boshqa  xalq  jigarbandlarining nomi,  izzat-ikromi,  hurmati  o’z joyiga qo’yildi,  asarlari nashr 
etildi. Prezident I. Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrining Bo’zsuv kanali bo’yida qatag’on 
davri  qurbonlari  xotirasini  abadiylashtirish  maqsadida  “Shahidlar  xotirasi”  yodgorlik  majmuyi 
bunyod  etildi  va  uning  ochilish  marosimi  2000-yil  12-may  kuni  bo’lib  o’tdi.  Mazkur  majmua 
qoshida  “Qatag’on  qurbonlari  xotirasi”  muzeyi  qurilib,  2002-yil  27-avgust  kuni  foydaianishga 
topshirildi.
 


154 
Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyining mustamlakachilik davrining ayanchli sahifalari aks 
ettirilgan  lavhalar  bilan  tanishib,  quloqlashtirish  oqibatida  60  mingdan  ziyod  hamyurtimiz 
Ukraina, Shimoliy Kavkaz va olis Sibirga surgun qilinganini, XX asr boshidan 40-yillarigacha 450 
ming vatandoshimizga nisbatan jinoiy ish ochilganini, paxta ishi davrida esa 25 ming kishi hibsga 
olinib, 4,5 mingi javobgarlikka tortilganini bilib olish mumkin.
 
Shahidlar  xotirasi  yodgorlik  majmuyi,  Qatag’on  qurbonlari  xotirasi  muzeyining  tarixiy, 
siyosiy  ahamiyati  shundaki,  u  bugungi  va  kelgusi  avlodlar  uchun  qaramlik  davrida  xalqimiz 
qanday  ayanchli  kunlarni  boshidan  kechirgani,  mustaqillik  tufayli  yurtimizda  adolat,  shahid 
ketganlarning xotirasi tiklanganligi to’g’risida tarixiy xotira, saboq bo’lib xizmat qiladi.
 
1999-yilda  Toshkent  shahrida  Ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  fashizmga  qarshi  Vatan 
ozodligi  uchun  jon  fido  etgan  xalqimizning  farzandlari  xotirasini  abadiylashtirish  maqsadida 
Xotira maydoni” majmuasi barpo etildi  va shu yili 9-may kuni  uning ochilish  marosimi  bo’lib 
o’tdi. Respublika “Nuroniy” jamg’armasi tashabbusi bilan janglarda halok bo’lgan 400 mingga 
yaqin vatandoshlarimiz haqida 34 jildlik “Xotira” kitobi tayyorlandi va nashr etildi. 2020-yil 9-
mayda  pandemiya  shroitiga  qaramasdan  fashizm  ustidan  erishilgan  g‘alabaning  75  yilligi 
munosabati bilan Toshkent shahrining Olmazor tumanida “Galaba bog‟i” majmuasi barpo etildi. 
Mamlakatimizda  har  yili  9-may  an‘anaviy  ravishda  “Xotira  va  qadrlash  kuni”  sifatida 
nishonlanmoqda.
 
O’zbek xalqining milliy-madaniy merosida ma‘rifatparvar mutafakkirlarning o’rni alohida. 
Shuning  uchun  ham  ularning  merosini  tiklashga,  xalqimiz  ongiga  singdirishga  alohida  e‘tibor 
berildi.  Islom  Karimov  ta‘kidlaganidek, 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish