sud mustaqilligini to’liq ta‘minlash – eng muhim vazifalarimizdan biri bo’lishi zarur.
Yana bir bor aytmoqchiman – dastlabki tergovda davom etib kelayotgan qonun buzilish
holatlarini faqat va faqat sudlarning haqiqiy mustaqilligiga erishish orqali bartaraf etish
mumkin.
Bu borada qabul qilgan qonuniy chora-tadbirlarimiz aniq natijalar bera boshladi. Ushbu
ijobiy o’zgarishlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining sudyalar mustaqilligi bo’yicha maxsus
vakili Diyego Garsiya-Sayan janoblari ham alohida e‘tirof etdi.
Sud islohotlarining ikkinchi davri asosiy xususiyati Prezident SH.Mirziyoyevning 2017 yil
21 fevraldagi O’zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi farmoni asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur farmon asosida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudi
birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma‘muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasidagi sud
hokimiyatining yagona oliy organi
– O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Harbiy
hay‘ati, O’zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlar shtat birliklari
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibidan O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga
o’tkazildi.
O’tgan 3 yilda 1 ming 989 nafar, 2019 yilning o’zida 859 nafar fuqaroga nisbatan oqlov
hukmi chiqarildi. Shuningdek, 2019 yilda 3 ming 81 nafar shaxs sud zalidan ozod qilingan bo’lsa,
2 ming 623 nafar fuqaroga asossiz qo’yilgan moddalar ayblovdan chiqarildi va o’zgartirildi.
Sudyalarimizning adolatni va qonun ustuvorligini ta‘minlash borasida oqlov hukmlarini
chiqarayotgani, hech shubhasiz, sud-huquq sohasidagi eng katta yutug’imizdir. Men, Prezident
sifatida, sudyalarning bunday jasorati va qat‘iyatini bundan keyin ham to’liq qo’llab-
quvvatlayman.
Endi sud orqali insonlarning huquqi tiklanganini e‘tirof etish bilan cheklanib qolmasdan,
nima sababdan sudgacha bo’lgan tergov jarayonida inson huquq va erkinliklari buzilgan, degan
savolni ham ko’ndalang qo’yadigan, tazyiqlar uchun javob beradigan vaqt keldi.
Eski tuzumdan qolgan va hanuz davom etayotgan sud qarorlarini prokuratura tomonidan
chaqirib olib, o’rganish amaliyotini cheklash lozim. Endi faqat ish yuzasidan shikoyat kelib
tushgan holdagina prokuror sud qarorini olib o’rganishi mumkin.
Sud raislari tomonidan sudyalarning faoliyatini baholash va ularga nisbatan intizomiy ish
qo’zg’atish bo’yicha vakolatlarni qayta ko’rib chiqish kerak.
Davlat idoralari mansabdorlari shuni
chuqur anglab olsinlar: sudlar mustaqilligini ta‘minlash masalasi bundan buyon ham shaxsan
Prezidentning qattiq nazoratida bo’ladi. Sud ostonasiga qadam qo’ygan har bir inson, O’zbekistonda
adolat hukm surayotganiga to’la ishonch
hosil qilishi kerak. Aks holda, buyuk nemis faylasufi
Immanuil Kant aytganidek, Adolat yo’qolgan paytda, hayotning qadrini belgilaydigan boshqa
hech narsa qolmaydi.
81
Bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. O’zbekistonda sudyalar qonunlarning
tolmas himoyachilari, adolatning mustahkam ustunlari bo’lishi lozim.
Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi uch oy muddatda yuqorida bildirilgan
takliflarni amaliyotga joriy etishni nazarda tutadigan, qonun loyihasini kiritsin.
Ikkinchidan, sud-huquq sohasiga doir asosiy qonun va kodekslar bundan deyarli 20-25 yil
oldin qabul qilingan bo’lib, hozirgi davr talablariga javob bermaydi.
Shu sababli parlament yaqin yillarda Fuqarolik, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijro,
Ma‘muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslarni yangitdan qabul qilishi maqsadga muvofiqdir. Bu
borada, avvalo, tergov va sud amaliyotiga inson huquqlari sohasidagi ilg’or standartlarni joriy
etishga alohida e‘tibor qaratish kerak.
2017 yil 13 iyun kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev Sud organlari xodimlari bilan uchrashuv
o’tkazib nutq so’zladi (Qonun va adolat ustuvorligini ta‘minlash – barcha ezgu maqsadlarimizga
erishishning eng muhim sharti). Ma‘ruzada sohani isloh qilish borasida qator vazifalar belgilandi.
Mazkur islohotlar Prezidentimizning O’zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan
takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi (2017 yil 21
fevral), O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta‘minlash departamenti
ishini tashkil etish to’g’risidagi (2017 yil 10 aprel), O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini
shakllantirish to’g’risidagi (2017 yil 10 aprel), Odil sudlov saroyi kompleksini tashkil etish chora-
tadbirlari to’g’risidagi (2017 yil 18 iyul), Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud
hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi (2018 yil 13 iyul) Farmon va
Qarorlarida o’z aksini topdi.
SH.Mirziyoyev Sud tizimini isloh qilish borasida OMga Murojaatnomasida (28.12.2018) quyidagi
fikrlarni bildirdi:
Birinchidan, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash maqsadida,
sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish lozim.
Sudyalar korpusini shakllantirish tizimini sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga to’liq
moslashtirish, bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirokini ta‘minlash zarur.
Buning uchun tuman, shahar va viloyat sudi sudyalarini tanlash va tayinlash vazifasini
Sudyalar oliy kengashi to’liq o’z zimmasiga olishi maqsadga muvofiqdir. Bu borada jamoatchilik
fikri va sudyalarning ular oldida hisobot berish masalasi o’z ifodasini topishi zarur.
Sud-huquq tizimida 2017-2020-yillarda 2 ming 600 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi
chiqarilib, 2 ming 400 nafar shaxs sud zalidan ozod qilindi, 7 ta sud bosqichi 3 bosqichga keltirilib,
sud tizimi «bir sud – bir instansiya» tamoyili asosida qayta tashkil etildi.
2020-yilning o’zida bilib-bilmay jinoyatga qo’l urgan va o’z qilmishidan pushaymon
bo’lgan 300 dan ortiq shaxs afv etilib, jazoni o’tash joylaridan ozod qilindi, 200 nafar mahkumning
jazo muddatlari qisqartirildi. (O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig Konstitutsiyamiz qabul
qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan bayram tabrigidan.)
Do'stlaringiz bilan baham: |