O’zbekiston Respublikasida o’tkazilgan Prezidyentlik saylovlari
Saylov o’tkazilgan
sana
Nomzodlar
Nomzod ko’rsatgan
siyosiy partiya
I.Karimovga
berilgan ovozlar foizi
1991 yil 29-dekabr
Islom Karimov
XDP
Kasaba yushmalari
Federatsiyasi
86 %
Salay Madaminov
Erk demokratik
13 %
partiyasi
2000-yil 9-yanvar
Islom Karimov
Fidokorlar
91,9 %
Abdulhafiz Jalolov
XDP
2007-yil 23-dekabr
I.Karimov
O’z LiDep
81,9 %
D.Toshmuhammedova
Adolat SDP
A.Rustamov
XDP
A.Saidov
Tashabbuskor guruh
2015-yil 29-mart
I.Karimov
O’zLiDep
90,39 %
65
A.Saidov
Milliy tiklanish
Xotamjon Ketmonov
XDP
Narimon Umarov
Adolat
2016-yil 4-dekabr
Shavkat Mirziyoyev
O’zLiDep
88,61 %
Xotamjon Ketmonov
XDP
3,73 %
Narimon Umarov
Adolat
3,46 %
Sarvar Otamurodov
Milliy tiklanish
2,35 %
O’zbekiston Respublikasi OMning tashkil etilishi, O’zbekiston parlamentarizmi
asoslarining shakllanishi va rivojlanishi. Mustaqillik qo’lga kiritilgan dastlabki kunlardayoq
O’zbekistonda demokratiyani taraqqiy toptirish uchun hozirgi zamon jahon standartlariga javob
bera oladigan samarali va ishchan parlamentni shakllantirish zarurati yuzaga keldi. Ammo bir
ijtimoiy tizimdan ikkinchi tizimga o’tish sharoitida bu jarayon g’oyat murakkab kechishi aniq edi.
Parlamentarizmning rivojlanishi bosqichma-bosqichlilik tamoyili asosida olib borildi. Aks
holda ijtimoiy-siyosiy beqarorlik va hokimiyatlar muvozanati yo’q paytda endigina faoliyatini
boshlayotgan yosh parlament demokratik institut doirasidan chiqib ketib, siyosiy inqiroz keltirib
chiqaruvchi vositaga aylanishi mumkin edi. Bunday sharoitda qonunchilik ikkinchi darajali
vazifaga aylanadi, u faqat siyosiy kurashni davom ettirish yoxud lobbilar faoliyati uchungina
ishlatiladigan qo’g’irchoqqa o’xshab qoladi. Bunday parlamentdan elning, xalqning kor-holiga
yaraydigan, milliy manfaatlarga javob beradigan, yetti o’lchab bir kesilgan, chuqur o’ylangan
qonun va qarorlar kutish qiyin bo’lib qoladi. Shunga ko’ra, parlament hokimiyatlarni taqsimlash
tizimida to’laqonli ish yuritishi uchun shunday sharoit yaratish zarur ediki, bir tomondan, u
hokimiyatning barcha tarmoqlariga ma‘lum darajada ta‘sir o’tkazadigan, ikkinchi tomondan,
davlat tizimi ichida ham, davlat bilan fuqarolik jamiyati o’rtasida ham, ochiq va har qanday
qarama-qarshilikni yengib o’ta oladigan siyosiy mahkamaga aylansin. Eng muhimi mamlakatga
ishchan, qobiliyatli, qonunchilik va vakillik vazifalarini to’liq ado eta oladigan, jamiyatni ajratib
tashlaydigan emas, balki bunyodkorlik yo’lida odamlarni, fuqarolarni jipslashtira oladigan
parlament kerak edi. Zero, mamlakat oldida ulkan yangi demokratik davlatchilikni yaratishdek
vazifa turardi. Parlamentdagi o’rinlar uchun partiyalar kurash olib borsa, qandaydir tartib ko’zga
tashlanadi. Bordi-yu, har bir deputat uni, ovozini kim sotib olishini kutayotgan bo’lsa, bu
nihoyatda dahshatli. Ana shunday parlamentning qo’lidan har narsa kelishi mumkin. Shuning
uchun ham men jamiki g’oyalar, ijtimoiy qatlam va manfaatlar mujassamlangan parlament
tarafdoriman (Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: O’zbekiston,
2011. B. 291.), deb ta‘kidlagan edi mamlakatimiz birinchi prezidenti Islom Karimov.
O’zbek parlamentarizmi tarixiga nazar solsak, 1990-1994 yillarda mamlakatimiz parlamenti
Oliy Kengash nomi bilan atalib, 150 deputatdan iborat edi. 1995-2004 yillarda OM nomi bilan
atalgan 250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi. Bir mandatli hududiy saylov
okruglaridan saylangan deputatlar tarkibida Xalq demokratik partiyasidan, Adolat sotsial-
demokratik partiyasidan, Vatan taraqqiyoti partiyasidan, Milliy tiklanish partiyasidan deputatlar
bor edi. Parlament fraksiyalari ilk bor tashkil etildi. Bundan tashqari, deputatlarnint ma‘lum bir
qismi Qoraqalpog’iston parlamenti, viloyatlar hamda xalq deputatlari Toshkent shahar
Kengashlari tomonidan saylandi. Shunga ko’ra, fraksiyalar bilan bir qatorda parlament faoliyatida
hokimiyatlarning vakillik organlaridan kelgan 120 deputatlik bloki ham bor edi. Deputatlarning
yarmidan ko’pi yilda 4 marotaba bo’ladigan O’zbekiston Respublikasi OM sessiyalari vaqtida
qonunchilikni amalga oshirib, avvalgi ish o’rinlarida o’z vazifalarini ado etardilar. OMning
muntazam va samarali ish faoliyatini uning Kengashi (prezidiumi), qo’mitalari, komissiyalari,
shuningdek, doimiy asosda ishlaydigan deputatlar ta‘minlab turardi.
Bu davrda demokratik parlamentarizm madaniyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratildi,
professional deputatlar, parlamentda xizmat qiluvchi yuksak malakali xodimlar tarbiyalandi,
parlamentning obro’-e‘tibori ortdi, qonunchilikning ilmiy bazasi ham rivojlana boshladi.
Parlament mexanizmining ravnaqi, bir qator parlamentlik vazifalarining kuchaytirilishi,
66
parlamentga qo’shimcha vakolatlarning berilishi turli nazariyalardan kelib chiqib emas, balki
to’plangan tajriba asosida amalga oshirildi.
Parlament faoliyatini kuchaytirishga, shu jumladan, qonunchilik jarayonini to’la
professionallashtirishga, qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning sifatini yanada oshirishga
bo’lgan ehtiyoj ikki palatali parlament tizimiga o’tishni taqozo etardi. Bundan tashqari,
taqsimlangan vakilliklarga ham ehtiyoj tug’ildi, ya‘ni quyi palata partiyalar vakillari bilan
shakllantiradigan, yuqori palata joylardagi hokimiyat organlari vakillari (Qoraqalpog’iston,
Toshkent shahri va viloyatlardagi deputatlarning mahalliy kengashlaridan 6 kishidan) va mamlakat
Prezidenti tayinlaydigan fan, san‘at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat
hayotida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolardan
iborat 16 nafar deputat (jami 100 nafar senator) bilan to’ldiriladigan bo’ldi (Karimov I.A.
Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10 j. -T.: O’zbekiston, 2002. B. 184).
Bu o’zbek parlamentarizmi tarixidagi muhim davr edi, zero, aynan mana shu davrda
qonunchilik hokimiyatini amalga oshiruvchi oliy davlat vakillik organining ishida birmuncha
yuksak professional darajani ta‘minlashga doir imkoniyatlar aniqlab olindi. Bundan tashqari, bu
davr murakkab tuzilmali parlamentga, hokimiyatning barcha shahobchalarida barqarorlik va ish
meyorlarini saqlagan holda qonunchilik, davlat boshqaruvi va tashqi siyosat sohasida o’tish
Konstitutsiyaviy hokimiyatning parlamenti darajasiga bosqichma-bosqich o’tish eng to’g’ri yo’l
ekanligini ham tasdiqladi.
OM 2001 yil 6 dekabrda qabul qilgan O’zbekiston Respublikasi referendumini o’tkazish
to’g’risidagi qaroriga ko’ra, 2002 yil 27 yanvarda referendum o’tkazildi. Uning yakunlari asosida
Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risidagi
Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning
huquqiy asoslarini belgilab berdi.
2002 yil 12 dekabrda OMning 10-sessiyasida O’zbekiston Respublikasi OMning Senati
to’g’risida va O’zbekiston Respublikasi OMning Qonunchilik palatasi to’g’risidagi
Konstitutsiyaviy qonunlar hamda ularni amalga oshirish to’g’risida qarorlar qabul qilindi. 2003
yilning 24 aprelida esa O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar
kiritish to’g’risida Qonun qabul qilindi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida to’plangan
parlamentarizm tajribasi, o’zbek xalqining qadriyatlari va mentalitetini hisobga olgan holda, ishlab
chiqilgan ushbu qonunlar ikki palatali parlamentimiz vakolatlari va faoliyatining tashkiliy
shakllarini aniq belgilab berdi.
Shunday qilib, mamlakatimiz tarixida ilk bor O’zbekiston Respublikasi OM 2005-yildan
ikki palatadan Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat tarzda ish
boshladi.
Mamlakat parlamentining bosib o’tgan yo’lini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etar ekanmiz,
uni uchta asosiy davrga bo’lish mumkin. Birinchi davr - 1991-1994 yillar, ikkinchi davr - 1995-
2004 yillar, uchinchi davr - 2005 yildan hozirgi paytgacha.
Birinchi davr 1991-1994 yillar. O’tish davri parlamenti deb atash mumkin bo’lgan oxirgi
12-chaqiriq Oliy Kengash deputatlari davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil
etishning, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishning
xuquqiy negizi bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Parlament yosh
davlatning suverenitetini mustaxkamlashga qaratilgan O’zbekiston Respublikasining davlat
mustaqilligi asoslari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’grisidagi,
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risidagi, O’zbekiston Respublikasining Davlat
gerbi to’g’risidagi, O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risidagi, O’zbekiston
Respublikasining davlat tili haqidagi, O’zbekiston Respublikasi OMga saylov to’g’risidagi va
mustaqilligimizni huquqiy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan nihoyatda muhim bo’lgan bir
qator qonunlarni qabul qildi.
Oliy Kengashning o’n ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentabrda O’zbekiston Respublikasi
OMga birinchi saylovni 1994 yil 25 dekabrda o’tkazish to’g’risida qaror qabul qildi. Uch
bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) bo’lib o’tgan saylov yakunlariga
67
binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko’p partiyaviylik
asosida o’tkazildi.
Ikkinchi davr 1995-2004 yillar. Oliy Kengash o’rniga O’zbekiston Respublikasining bir
palatali parlamenti OM shakllantirildi. Birinchi chaqiriq (1995-1999 yillar) OM tarkibida
O’zbekiston Xalq demok-ratik partiyasidan 69 nafar, Adolat sotsial-demokratik partiyasidan 47,
"Vatan taraqqiyoti partiyasidan 14, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 7 nafar deputat
bo’lib, deputatlarning qolgan qismini hokimiyat vakillik organlaridan ko’rsatilgan shaxslar tashkil
etdi.
Ikkinchi chaqiriq (2000-2004 yillar) OMga saylov hokimiyat vakillik organlari bilan bir
qatorda beshta siyosiy partiya va saylovchilar tashabbuskor guruhlari ishtirokida bo’lib o’tdi.
Ikkinchi chaqiriq OMda 11 nafar deputatni birlashtirgan "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi
fraksiyasi, 10 nafar deputatdan iborat "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi, 20 nafar
deputatga ega bo’lgan "Vatan taraqqiyoti" partiyasi fraksiyasi, 34 nafar deputatni tashkil etgan
"Fidokorlar" milliy demokratik partiyasi fraksiyasi, 49 nafar deputatdan iborat Xalq demokratik
partiyasi fraksiyasi, 107 nafar kishidan iborat hokimiyat vakillik organlaridan saylangan deputatlar
bloki va 16 nafar saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bloki ruyxatga
olindi. Keyinchalik "Vatan taraqqiyoti" va "Fidokorlar" partiyalari bitta "Fidokorlar" partiyasiga
birlashganligi munosabati bilan ikkinchi chaqiriq OMning ikkinchi sessiyasida ularning
parlamentdagi fraksiyalari a‘zolari ham birlashib, 54 nafar deputatni birlashtirgan bitta fraksiyani
tashkil etdilar.
Uchinchi davr 2005 yildan hozirgi paytgacha. Milliy parlamentarizm rivojlanishining
uchinchi davri OM Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo’shma majlisidan
boshlanib, bunda yangi ikki palatali OM deputatlari va senatorlari amalda o’z ishlariga kirishdilar.
Mamlakatimiz qonun chiqaruvchilarining mazkur tarixiy anjumanida O’zbekiston Rsspublikasi
Prezidenti Islom Karimov jamiyatimizni demokratlashtirish hamda yangilash yuzasidan dasturiy
ma‘ruza qilib, mamlakatimizni 2005 yilda va uzoq muddatli istiqbolda isloh etish hamda
modernizatsiya qilish bo’yicha asosiy vazifalarni ilgari surdi. OM Qonunchilik palatasi va
Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo’shma majlisida Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, "Ikki palatali
milliy parlamentimizni tashkil etish masalasi bo’yicha 2002 yil 27 yanvarda o’tkazilgan
referendum yakunlari va shu asosda "Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil
etilishining asosiy prinsiplari to’g’risida"gi Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun
chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi.
Bugungi kunga kelib, OM palatalari faoliyatining huhuqiy asoslari to’la shakllandi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda qonun chiqaruvchi hokimiyatning salohiyati o’sib, sifat
jihatdan o’zgardi. Bu yillarda ko’p partiyaviylik asosida konun chiqaruvchi hokimiyatga saylovlar
natijasida O’zbekistonda zamonaviy qonun chiqaruvchi hokimiyat qaror topdi.
Ta‘kidlash joizki, ikki palatali parlament tashkil etilgach, O’zbekiston Respublikasida qonun
chiqaruvchi xokimiyat o’z taraqqiyotida yangi pog’onaga ko’tarildi. Eng asosiysi, garchi
qonunchilik jarayoni ancha murakkablashgan bo’lsada, qabul qilingan qonunlarning sifati sezilarli
darajada oshdi. Qonunlarni qabul qilishda siyosiy partiyalarning roli kuchaydi. Qonun loyihalarini
partiyalarning fraksiyalarida oldindan ko’rib chiqish, Qonunchilik palatasi yalpi majlislarida
huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda ularning fikrlarini e‘tiborga olish amaliyoti
shakllandi.
O’zbek milliy parlamenta faoliyatida ham demokratik davlatlarning parlamentlariga xos
bo’lgan xususiyatlar, vakillik, qonunchilik, hokimiyat ustidan nazoratni amalga oshirish,
shuningdek, davlatning ichki va tashqi siyosatida asosiy yo’nalishlarni belgilashdek universal
vazifalar namoyon bo’ldi. Mana shu vazifalarning amalga oshirilishi barobarida xalq
hokimiyatchiligi va davlatning qonuniyligini ta‘minlash, davlatning demokratik, dunyoviy,
ijtimoiy va huquqiy xususiyatlari muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni
modernizatsiyalashda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish haqida"gi Konstitutsiyaviy qonun
hamda "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ba‘zi moddalariga (89-modda; 93-
68
moddaning 15-paragrafi; 102-moddaning 2-qismi) o’zgartishlar kiritish to’g’risida"gi Qonun
loyihalarining sharhlarida qayd etiladiki, "Bu borada ayrim xorijiy mamlakatlar davlat-huquqiy,
siyosiy tizimida yangitdan saylangan parlamentda mutlaqo ko’pchilik o’rinni egallagan
partiyaning hukumatni shakl-lantirish huquqini qo’lga kiritishi va uning yetakchisi yoki vakili
Bosh vazir lavozimiga da‘vogarlik qilishini nazarda tutadigan tajriba ham mavjud. Bunday model
demokratik rivojlanishning uzoq yo’lini bosib o’tgan va elektorati yetarli darajadagi yuksak
siyosiy va ijtimoiy tafakkurga ega bo’lgan davlatlardagina ko’llaniladi.
Bir so’z bilan aytganda, mamlakatda parlament islohotlarining rivojlantirilishi masalasi ikki
palagali parlamentning tashkil topishi va uning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tobora mavqei
oshib borayotganligida aniq namoyon bo’layotganini kuzatish mumkin. Ikki palatali
parlamentning shakllantirilishi, uning faoliyat yuritishi masalalariga doyr huquqiy asoslarning,
shuningdek, saylovlarning demokratik andozalar asosida yanada takomillashtirilib borilishi,
nihoyat, nomarkazlashtirish, ma‘muriy islohotlarning jadallik bilan olib borilishi mamlakat siyosiy
modernizatsiyalashuv jarayonining asosini tashkil etdi.
2019 yilda Parlament nazoratining ta‘sirchan shakllaridan biri bo’lgan Davlat byudjetini
qabul qilish va uning ijrosini ko’rib chiqishga alohida ahamiyat berish, bu ishni yuqori professional
darajada yo’lga qo’yish uchun OM qoshida Davlat byudjeti boshqarmasi tashkil etildi.
2019 yil 22 dekabrda O’zbekistonda Xalq deputatlari tuman, viloyat va shahar
Kengashlariga hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlar bo’lib o’tdi. 2020
yil 20 yanvar kuni SH.M.Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
(Parlament xalq irodasining haqiqiy ko’zgusi bo’lishi zarur) va O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senatining birinchi majlislarida (Senatorlik tashabbuskorlik va fidoyilik demakdir) alohida
alohida ma‘ruzalar qilib, unda parlamentning bugungi islohotlar jarayonidagi faoliyat
yo’nalishlariga e‘tibor qaratdi (Qarang: Mirziyoyev Sh.M. Milli tiklanishdan – milliy yuksalish
sari. Asarlar 4-jild. -T.: “ O’zbekiston”. 2020. 3-50 betlar.).
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy
Majlisga Murojaatnomasida Oliy Majlisning qonunchilik faoliyatiga e‘tibor qaratar ekan,
qonunchilikni yangilashdan maqsad – faqat qonun qabul qilish emas, aksincha, yangi qonunlar
ertaga odamlarga qanday amaliy naf berishi, ularning hayotini qanday yengillashtirishi haqida
bosh qotirishdan iborat bo’lmog’i lozim deb ta‘kidlab o’tdilar.
Xullas, mamlakatimizda milliy parlamentni shakllantirish jarayoni qisqa bo’lsa-da, tarkibiy-
tuzilmaviy va sifat jihatidan muhim bosqichni bosib o’tdi. Barcha sohalarda bo’lgani kabi bu
yo’nalishda ham Prezident Islom Karimov rahnamoligida jahon xalqlari erishgan ijobiy tajribalar
bilan birga, mamlakatimiz, xalqimizning o’ziga xos xususiyatlari, mentaliteti, shart-sharoitlari,
tarixiy anana va qadriyatlari hisobga olindi. Ayni paytda parlament rivojining bosqichma-bosqich
amalga oshirilishi "o’zbek modeli"ning hayotiyligini yana bir bor tasdiqladi.
O’zbekistonda demokratik tamoyillar asosida milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi
va mustahkamlanishi. O’zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligiga erishilgandan keyin
o’tgan yillar davomida davlat boshqaruvi sohasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi.
Davlat boshqaruvi sohasidagi aniq maqsadli vazifalar, bir tomondan, qonunlarni hayotga
izchil tatbiq etish, fuqarolarning huquq va erkinliklari amalga oshirilishini kafolatlash, siyosiy va
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kodir davlat hokimiyati va boshqaruvining ham vertikal,
ham gorizontal samarali bo’lgan tizimini yaratishni talab etardi. Ikkinchi tomondan, bu davrda
boshqaruvning ma‘muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berishga; ijro hokimiyati ayrim
vazifalarini markaziy organlardan joylardagi davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o’zini
o’zi boshqarish organlariga asta-sekin o’tkazishga, ijtimoiy yo’nalgirilgan iqtisodiyot talablariga
javob beradigan, qonunchilik va sud hokimiyati, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari bilan
samarali hamkorlik qiluvchi boshqaruvning uyg’un tizimini yaratishga yo’naltirilgan chora-
tadbirlar belgilanib, bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvining shakllanishi va rivojlanishida bir necha
bosqichni ajratib ko’rsatish mumkin.
69
Birinchi bosqich (1991-2000 yy.) – o’tish davri va milliy davlatchilik asoslarini
shakllantirish bilan bog’liq birinchi galdagi islohot va o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Ushbu
bosqichda o’tish davrida xokimiyat taqsimlanishining Konstitutsiyaviy tamoyili asosida davlat
boshqaruvining tubdan yangi tizimi yaratildi hamda iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy-madaniy va
ma‘muriy-siyosiy qurilish sohasida yaxshi boshqaruv tuzilmalari shakllantirilib, mustahkamlandi.
Boshqaruvning ma‘muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechib, ijro hokimiyatining butun tizimi va
mexanizmini bosqichma-bosqich isloh qilishga kirishildi. Birinchi bosqichga xos asosiy xususiyat
ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning yangi tizimiga o’tish, o’tish davrida milliy xavfsizlik va
barqarorlikni ta‘minlash bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-xuquqiy o’zgarishlarni
amalga oshirish maqsadida ijro etuvchi hokimiyatning kuchli, markazlashgan tizimini barpo
etishdan iborat edi. Eng muhim masala yangi tuzumga ijtimoiy larzalarsiz, inqiroz holatlariga yo’l
qo’ymay va vaziyat ustidan nazoratni saqlagan holda o’tishni ta‘minlashdan iborat edi
Ushbu bosqich davomida totalitar tizimdan demokratik tizimga, qat‘iy ma‘muriyatchilik va
buyruqbozlikdan iqtisodiy dastaklar va rag’batlar asosida o’zini o’zi boshqarish va o’zini o’zi
tartibga solishga murakkab, ba‘zan og’riqli o’tish amalga oshirildi. Birinchi bosqichda davlat
boshqaruvining yangi tizimi yaratildi. Milliy shart-sharoitlar talabiga javob beruvchi, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 1992 yil 9 yanvardagi "Toshkent shahri hokimi (meri) lavozimini
bajarishga kirishishi to’g’risida"gi farmoyishi asosida hokimlik instituti yaratildi, u joylardagi
vakillik va ijro hokimiyatining yagona to’laqonli organi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud
tarmoqlariga bo’linishi bel-gilab qo’yilgan va ularning har biri mustaqil deb ta‘kidlangan.
Konstitutsiyaviy tamoyillar hisobga olingan holda, VM faoliyatining maqomi, vakolat va
tamoyillari belgilandi. VMning tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
shakllantirilib, OMda tasdiqlanadigan bo’ldi. VM iqtisodiy, ijtimoiy va ma‘naviy sohalarning
samarali faoliyat yuritishini, O’zbekiston Respublikasi konunlari, OM qarorlari, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti farmon va farmoyishlarining ijrosini ta‘minlaydi.
1993 yilda "O’zbekiston Respublikasi VM to’g’risida"gi Qonunning qabul qilinishi
hukumatning huquqiy maqomi belgilanishi borasidagi ishlarning mantiqiy davomi bo’ldi
(O’zbekiston Respublikasining "O’zbekiston Respublikasi VM to’g’risida"gi Qonuni //
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1993. 5-son. 202-modda). Ushbu
Qonunda va qator meyoriy-huquqiy hujjatlarda VM faoliyatining asosiy tamoyillari, tarkibini
shakllantirish tartibi, hukumatning vakolatlari va davlat hokimiyatining boshqa organlari bilan
munosabatlari, shuningdek, VM apparatini takomillashtirish masalalari mustahkamlandi.
VM tarkibiga, qonunga muvofiq, Bosh vazir, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat
qo’mitalarining rahbarlari, shuningdek, davlat va xo’jalik boshqaruvining boshqa organlari
rahbarlari kiritildi.
Davlat apparati islohotlarning birinchi bosqichida davlat boshqaruvini maqbullashtirish,
vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning boshqaruvnpng bozor islohotlari usullariga o’tish
bilan bog’liq bo’lgan shart-sharoitlarda vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining faoliyati
samaradorligini oshirishga alohida e‘tibor qaratildi.
Joylardagi davlat hokimiyati organlari faoliyatining demokratlashtirilishi hokimlik apparati
funksiyalari, tarkibi va xodimlar sonini maqbullashtirish, shuningdek, xalq deputatlari
Kengashlarining rolini kuchaytirish yo’nalishida olib borildi.
1993 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati
to’g’risida"gi Qonuniga muvofiq (O’zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati
to’g’risida"gi Qonuni // O’zbekistop Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1993.9 son.
320-modda) joylardagi vakillik va ijroiya organlari boshliqlarini saylash va bo’shatish, joylardagi
davlat hokimiyati organlarining fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, boshqa ma‘muriy-
hududiy tuzilmalarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan munosabatlari, viloyat,
tuman va shahar mol-mulki va moliyaviy resurslarni shakllantirish tartibi, xalq deputatlari
Kengashi va hokimning byudjetga oid huquqlari, viloyat, tuman va shahar byudjetining daromadi
va xarajatlari kabi masalalar tartibga solindi.
70
1994 yilda "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida"gi
Qonunning (O’zbekiston Respublikasining "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylov to’grisida"gi Qonuni // O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Axborotnomasi. 1994. 5-son. 125-modda.) qabul qilinishi joylardagi davlat hokimiyati vakillik
organlari tizimini mustahkamlash sohasidagi islohotlarning mantiqiy davomi bo’ldi.
Ushbu davrdagi asosiy vazifa davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashga imkon
beruvchi samarali davlat boshqaruvini tashkil etish uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat edi.
Makro darajada bu raqobat muhitini, biznesni rivojlantirish, mamlakatda xorijlik investorlar uchun
qulay investitsiya muhitini yaratishni anglatadi.
Birinchi bosqichda ko’p sonli tarmoq vazirliklari, iqtisodiyotni davlat tomonidan
rejalashtirish, savdo, moddiy-texnik ta‘minot va xizmat ko’rsatish sohasini boshqarish tizimi
tugatildi. Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan davlat boshqaruvining yangi institutlari: monopoliyaga
qarshi organlar, mustaqil statistika organlari, soliq va bojxona qo’mitalari, korxonalar
bankrotligini nazorat qiluvchi organlar tashkil qilindi. Iqtisodiy munosabatlarning yangi tizimiga
xos bozor institutlari: bank tizimi, sugurta, lizing, auditorlik kompaniyalari, tovarlarni birja orqali
sotish tizimi shakllandi.
Shu tarzda, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish jarayonida qat‘iy davlat nazorati
mamlakatda aholini ijtimoiy himoya qilish va fuqarolararo hamjihatlikni ta‘minlash, bozor
islohotlarini amalga oshirish uchun mustahkam iqtisodiy zamin va qonunchilik bazasini
shakllantirish imkonini berdi. Bu davrda boshqaruvning ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi barham
topdi, VM, davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari, joylardagi vakillik va ijro organlari
faoliyatining huquqiy asoslari yaratildi.
Ikkinchi bosqich (2001-2010 yy.) iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, qonunchilik, sud-
huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni isloh qilishni ta‘minlashda g’oyat muhim rol
o’ynagan davr bo’ldi. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishning ushbu bosqichidagi eng muhim
vazifalar sifatida boshqaruv tuzilmalarining vazifalarini o’zgartirish, ularning hokimiyatga oid,
tartibga solish va nazorat qilishga oid vakolatlarining to’xtatilishi va tubdan qisqartirilishi,
shuningdek, xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashuv va tartibga solishga yo’l
qo’ymaslik kabi vazifalar belgilandi.
Islohotlarning mantig’i va jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirishga intilish davlat
funksiyalarining mikro darajada, ya‘ni muayyan xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyati va hududlarni
rivojlantirish darajasida qisqartirilishini taqozo etmoqda edi. Boshqacha aytganda, korxonalar va aholi
bozor islohotlariga moslashib borgani sayin davlat organlarining ularning qonuniy faoliyatiga
aralashuvi tadbirkorlik, ishbilarmonlik, umuman, iqtisodiyot rivojlanishi yo’lidagi jiddiy to’siqqa
aylanmoqda edi. Ushbu davrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika
davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida"gi (O’zbekisgon
Respublikasi Prezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish
to’g’risida"gi Farmoni // O’zbekiston Qonun hujjatlari to’plami. 2003. 23-son. 229-modda) va
"Xo’jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to’g’risida"gi Farmonlari O’zbekistonda
ma‘muriy islohotlarning mutlaq yangi bosqichini boshlab berish asnosida, davlat va xo’jalik
boshqaruvi maqomini, ularning asosiy vazifalari va ushbu
ashkilotlarning (vazirliklar, davlat
qo’mitalari, agentliklar, qo’mitalar, markazlar va inspeksiyalar) ro’yxatini meyoriy-huquqiy belgilash
asosida ularning funksiyalarini ajratib berdi.
2003-2004 yillarda o’tkazilgan ma‘muriy islohotlar jarayonida 20 ga yaqin davlat
boshqarmasi qayta tashkil qilindi, 40 mingga yaqin boshqaruv xodimlarining shtat birliklari
qisqartirildi. Bu, ma‘lum ma‘noda, korxonalar va tadbirkorlik tuzilmalarini ularning faoliyatiga
byurokratik aralashuvlarning turli shakllaridan ximoya qilish imkonini berdi. Iqtisodiyot, davlat
va jamiyat qurilishini erkinlashtirish borasidagi yangi vazifalar, barcha hokimiyat tarmoqlarining
mustaqilligini kuchaytirish zaruriyati davlat boshqaruvi organlarini munosib takomillashtirilishini
taqozo etar edi.
Davlat, ijtimoiy-iqtisodiy qurilish, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni
chuqurlashtirish masalalarini hal qilishda O’zbekiston Respublikasi hukumatining roli va
71
mustaqilligining kuchaytirilishi 2003 yilda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tuzatishlar
kiritilishi (O’zbekiston Respublikasining "O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida" gi Qonuni // O’zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. 2003. 9-10-soi. 67-modda) va ular asosida "O’zbekiston
Respublikasi VM to’g’risida"gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishiga sabab bo’ldi.
Ijro hokimiyatini modernizatsiyalash maqsadida ilgari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
egallagan VM Raisi lavozimi bekor qilindi. 2003 yilda O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasidan mamlakat Prezidenti bir paytning o’zida VM Raisi hisoblanishini belgilovchi
norma chiqarib tashlandi. Qonunchilikdagi o’zgarishlarga muvofiq, Bosh vazir nomzodini ko’rib
chiqish va tasdiqlash OMning ikki palatasi vakolatiga kiradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
OM palatalariga ko’rib chiqish va tasdiqlash uchun O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
nomzodini tavsiya qiladi.
OM tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O’zbekiston Respublikasi
OMni tarqatib yuboradi. 78-moddaga kiritilgan tuzatish OM palatalariga mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va
muhokama qilish vakolatlarining berilishini ko’zda tutadi. Ushbu qoida ijro etuvchi hokimiyat
faoliyati ustidan parlament nazoratini sezilardi ravishda kengaytiradi.
Yangi shakllantirilgan Vazirlar Mahqamasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan
kelishilgan xolda OM palatalariga o’z vakolati davridagi faoliyat dasturini taqdim qiladi;
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini va unga
kiritiladigan o’zgarishlarni ishlab chiqadi hamda mamlakat parlamentiga ko’rib chiqish uchun
taqdim etadi.
Iqtisodiy islohotlar chuqurlashib, iqtisodiyotni boshqarishning zamonaviy bozor usullari
shakllantirilayotgan, moddiy xujalik sohasining davlat tomonidan tartibga solinishi tizimi
takomillashib borgani sayin ijro hokimiyati organlarini isloh qilish, jumladan, uning O’zbekiston
Respublikasi VM kabi oliy organlarning vakolatlari mustaqilligini kengaytirish, mas‘uliyatini
oshirish bo’yicha shart-sharoitlar yaratildi.
Davlat boshqaruvi islohotlarning ushbu bosqichidagi eng muhim natijalarni boshqaruv
tuzilmalari funksiyalarining o’zgarishi, ularning hokimiyatga xos, tartibga soluvchi va nazorat
vakolatlarining to’xtatilishi va tubdan qisqartirilishi, shuningdek, xo’jalik yurituvchi
subyektlarning faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri aralashuv va tartibga solishga yo’l qo’ymaslik tashkil
etadi. Ushbu bosqichda viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari faoliyatining samaradorligini
oshirish va tarkibini takomillashtirish, ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur shart-
sharoitlarni ta‘minlash bo’yicha chora-tadbirlar majmuasi amalga oshirildi.
Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini, shuningdek, huquqiy himoya tizimini
takomillashtirish va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy mas‘uliyatini erkinlashtirishga
yo’naltirilgan qator meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Adliya organlari bilan hamkorlikda tadbirkorlikni, 2005 yildan boshlab esa prokuratura
organlarini huquqiy himoyalash tizimi yaratildi. Ushbu choralar davlat va nazorat organlarining
korxonalarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga aralashuvini tubdan qisqartirish va tadbirkorlik
subyektlarining iqtisodiy erkinlik va huquqlarini jiddiy tarzda kengaytirishga olib keldi.
Tadbirkorlik va xususiy mulkni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat organlari tashkil qilindi,
ushbu organlarning tadbirkorlik subyektlarini moddiy-texnik va xom ashyo resurslari bilan
ta‘minlash borasidagi faoliyati takomillashtirildi.
Ushbu davrda, qabul qilingan qarorlarga muvofiq, ijro hokimiyati markaziy organlarining
ayrim vakolatlari joylardagi davlat hokimiyati organlari ixtiyoriga o’tkazildi. Joylardagi ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlarni boshqarish, bozor usullariga asoslangan, zamonaviy boshqaruv
tamoyillarini hayotga keng joriy qilish choralari amalga oshirildi, oila, onalik va bolalikning
ijtimoiy himoyasi kuchaytirildi, ma‘lum hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning bandligiga
ko’maklashish, shu jumladan, kasanachilikni yo’lga qo’yish chora-tadbirlari amalga oshirildi.
72
2011 yili O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yangi tuzatishlar kiritildi (O’zbekiston
Respublikasining Konstitusiyasining ayrim moddalariga (78, 80, 93, 96 va 98-moddasiga)
o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida"gi Konstitutsiyaviy qonuni // O’zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. 2011. 16-son. 159-modda) ular davlat hokimiyati va
boshqaruvini yanada demokratlashgirishga, shu jumladan, ijro hokimiyatini yanada
modernizatsiyalashga qaratilgan edi. Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi 93-moddasiga ko’ra,
Prezident vakolatlaridan ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzib va unga rahbarlik qilish huquqi,
shuningdek, Bosh prokuror o’rinbosarlarini lavozimiga tayinlash va bo’shatish huquqi chiqarildi.
Tuzatishlarga muvofiq, Prezident endilikda faqat Bosh vazir taqdimiga binoan viloyatlar
hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini qonunga muvofiq tayinlashi hamda lavozimidan
ozod etishi ko’zda tutildi. Bundan tashqari, davlat rahbari vakolatlariga Hisob palatasi raisini
tayinlash va lavozimidan ozod etish kiritildi.
Asosiy Qonunning 98-moddasiga ko’ra, Bosh vazir lavozimiga nomzod ko’rsatish va uni
tasdiqlashning yangi tartibi o’rnatiddi. Endilikda Bosh vazir nomzodi Qonunchilik palatasiga
saylovlarda eng ko’p deputatlik o’rnini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik
o’rinlarini qo’lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko’rib
chiqqanidan keyin o’n kun muddat ichida uni O’zbekiston Respublikasi OM palatalarining ko’rib
chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi. Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O’zbekiston
Respublikasi OM Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining yarmidan
ko’pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
Ishonchsizlik votumi instituti O’zbekistonning huquqiy tizimida yangilik bo’ldi. Bunda,
Bosh vazir bilan Qonunchilik palatasi o’rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda, Bosh vazirga
nisbatan ishonchsizlik votumi tegishlicha O’zbekiston Respublikasi OM Qonunchilik palatasi
deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda
qabul qilingan hisoblanadi.
Ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda Prezident Bosh vazirni lavozimidan ozod etish
bo’yicha qaror qabul qiladi. Bunda O’zbekiston Respublikasi VMning butun tarkibi Bosh vazir
bilan birga iste‘foga chiqadi.
Yangi Bosh vazir nomzodi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O’zbekiston
Respublikasi OMning Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli
maslahatlashuvlar o’tkazilganidan so’ng parlament palatalariga ko’rib chiqish va tasdiqlashga
taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Mazkur o’zgartish va qo’shimchalar o’z ichiga mamlakatni isloh qilish bo’yicha bosib
o’tilgan yo’lning kompleks tahlilini qamrab olgan, jamiyat va davlat rivojlanishining maqsadli
vazifalari va mo’ljallarini belgilab beruvchi «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi»ning mantiqiy davomi bo’ldi.
Xususan, Konstitutsiyaning 78-moddasi O’zbekiston Respublikasi OM Qonunchilik palatasi
va Senatining parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini Konstitutsiyaviy
mustahkamlashga yo’naltirilgan qoida bilan to’ldirilgan. Qonunchilik organining ijroiya organlari
faoliyati ustidan nazorati ularning qonunlar va parlament qarorlarining amalga oshirilishi bo’yicha
mas‘uliyatini yanada oshiradi, shu orqali faoliyatining sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi. Ijroiya
hokimiyat
tomonidan
qonunlarning
kerakli
tarzda
bajarilishi
demokratiyaning
mustahkamlanishiga olib keladi, zero xalq irodasiga asoslangan qarorlarnish bajarilishi xalq
tomonidan ushbu irodaga muvofiq hokimiyatning yagona manbai sifatidagi roli anglanishiga
xizmat qiladi hamda uning davlat siyosatiga ta‘sir qilishga intilishini kuchaytiradi.
Bundan tashqari, parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarning
Konstitutsiyaviy mustahkamlanishi parlamentda o’z vakillariga ega siyosiy partiyalarga ijro
hokimiyati butun tizimi hokimiyatdan tortib mahalliy hokimiyat organlari ustidan nazoratning
samaradorligini oshirish hamda ularning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish imkonini beradi.
Eng muhimi, bu siyosiy partiyalarga o’z elektorati manfaatlarini va o’z dasturiy vazifalarini
ishonch va qat‘iyat bilan himoyalash imkonini beradi.
73
"Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyilini amalga oshirish va davlat
organlari ustidan jamoatchilik nazoratini ta‘minlash bo’yicha yaxlit tizimning shakllantirilishi
doirasida jamoatchilik nazorati institutiga ham Konstitutsiyaviy maqom berilgan, bu esa davlat
rivojlanishiga oid o’ta muhim vazifalarni amalga oshirishda fuqarolik institutlarining rolini va
ahamiyatini jiddiy ravishda kuchaytiradi.
93-moddaga kiritiladigan o’zgarishlar hokimiyatning bo’linishi va ularning samarali
hamkorlik qilishiga oid Konstitutsiyaviy prinsip mexanizmini takomillashtiradi. Jumladan,
endilikda Prezidentning vazirliklar, davlat qo’mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa
organlarini tuzish va tugatish haqidagi qarorlari O’zbekiston Respublikasi VMning taqdimidan
so’ng qabul qilinadi, shu masalaga doir farmonlar keyinchalik O’zbekiston Respublikasi OMning
palatalari tasdig’iga kiritiladi.
Mamlakatning siyosiy va Konstitutsiyaviy rivojlanishi mantigi VMning mustaqilligi va
mas‘uliyagini oshiruvchi huquqiy normalarning qabul qilininshga sabab bo’ldi. 98-moddaga
VMning mas‘uliyatini Konstitutsiyaviy mustahkamlash, shuningdek, faoliyati sohalarini
aniqlashtirish maqsadida qo’shimchalar kiritildi. Xususan, xukumat zimmasiga samarali iqtisodiy,
ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosatining yuritilishi, fan, madaniyat, ta‘lim, sog’liqni saqlash
hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo’yicha dasturlarni
ishlab chiqish va ularni amalga oshirish uchun javobgarlik yuklatilgan. Vazirlar Maxkamasi davlat
va xo’jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va yo’naltiradi, uning ustidan
nazoratni ta‘minlaydi.
Ayni paytda, kiritilgan yangi normaga ko’ra, Bosh vazir lavozimiga nomzod parlamentda
uning nomzodi ko’rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda VMning yaqin muddatga va uzoq
istiqbolga mo’ljallangan harakat dasturini taqdim etadi. Ushbu qo’shimcha siyosiy partiyalarga
xukumat dasturi yoki uning alohida yo’nalishlari bo’yicha o’z nuqtai nazarini belgilash bo’yicha
puxta o’ylangan qaror qabul qilish imkonini beradi. U demokratik jamiyatning muhim tarkibiy
qismi hisoblangan ko’ppartiyaviylik tizimini, partiyalararo raqobat va fraksiyalararo kurashni
yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bundan tashqari, 103-moddaga qo’shimchalar mahalliy Kengashlarda siyosiy partiyalar va
ularning deputatlik guruhlari, shuningdek, vakillik deputatlik organlari rolini oshirishga
ko’maklashadi. Ularga ko’ra, viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga
viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari
yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, ular bo’yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli
qarorlar qabul qilinadi.
117-moddaga kiritilgan qo’shimchalar Markaziy saylov komissiyasini demokratik
shakllantirish tizimi va faoliyatining asosiy tamoyillarini Konstitutsiyaviy mustahkamlashga
yo’naltirilgan bo’lib, ular fuqarolarning davlat hokimiyati organlariga saylash va saylanish
huquqining yanada to’liq amalga oshirilishini ta‘minlaydi, shuningdek, ularning o’z irodasini erkin
ifodalash huquqlari kafolatlanishini kuchaytiradi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan
yuqoridagi tuzatishlarning kiritilishi ijro etuvchi hokimiyatni modernizatsiya qilishda, mohiyatan,
mamlakatimizni isloh qilish va demokratlashtirishda yangi bosqich bo’ldi.
2016 yildan boshlab davlat boshqaruv islohotlari yangi bosqichda davom ettirildi. 2016 yil
28 dekabr – Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan
takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni (PF-4904) qabul qilindi. Unga ko’ra Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, shahar va
tumanlarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etildi.
2017 yil 12 iyunda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro
etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi, 2017 yil 28
sentabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarori qarorlari shular jumlasidandir.
74
2018 yilgacha Konstitutsiyaga muvofiq, parlament Bosh vazirni tasdiqlar, lekin vazirlarni
lavozimga qo’yishda qatnashmasdi. Shuning uchun Hukumat a‘zolari parlament oldida
mas‘uliyatni yetarli darajada his etmasdi. Shu munosabat bilan Prezident SH.Mirziyoyev OMga
Murojaatnomasida (28.12.2018) VM a‘zolarini OM tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni
taklif etdi.
Bo’lajak vazir parlament a‘zolari oldida sohani rivojlantirish bo’yicha o’z dasturini himoya
qilsin va unga erishish yo’llarini asoslab bersin. Bir so’z bilan aytganda, lavozimga munosib
ekanini isbotlasin degan fikrlarni ilgari surdi.
2018 yil avgustda Prezident Qaroriga binoan (PQ-3901) O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari tashkil etildi.
2019 yildan joylardagi mahalliy kengashlarda ham viloyat va tuman idoralari rahbarlarini
tasdiqlash bo’yicha mana shunday amaliyot joriy etila boshlandi.
2020 yil 16 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasini
tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5980) boshqaruv
sohasidagi islohotlar takomillashib borayotganligini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |