82
3.Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashkil etilishi
Mahalliy davlat hokimiyatininh tashkil topishi. Mahalliy davlat hokimiyati tubdan isloh
qilindi. Islohotlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Mahalliy davlat hokimiyati
to’g’risida”gi Qonun (1993-yil 2-sentabr), Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga
saylovlar to’g’risida”gi Qonun (1994-yil 5-may) asosida amalga oshirildi.
Konstitutsiyaning 99-moddasida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga
bo’ysunadigan shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar
boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular
davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab o’z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar,
deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organga – vakillik va
ijro hokimiyat organlariga bo‘linishi belgilandi. Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi
Qonunning 1-moddasida
„Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga boy
sunadigan
shaharlardan, shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari
Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir,
deb aniq belgilab qoyildi. Shahar
tarkibiga kiruvchi
tumanlarda va tumanga b o’sunuvchi shaharlarda vakillik organlari tuzilmaydi.
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida”gi Qonunda
vakillik organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi. Saylovlar ko’ppartiyaviylik,
muqobillik asosida o’tadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan
ko’p bo’lmagan, tuman va shahar Kengashlariga esa 30 tadan ko’p bo’lmagan deputatlar 5 yil
muddatga aylanadi. Mustaqillik yillarida 1994-yildan e‘tiboran har 5 yilda xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar Kengashlariga ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida saylovlar bo’lib o’tdi.
Jumladan, 1999-yilgi saylovda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 6145 nafar
deputat saylandi.
Hokimlikning tashkil etilishi. O‘zbekiston Respublikasida mahalliy ijroiya hokimiyati
organi qayta tashkil etildi. Bu borada milliy davlatchilik tarixi tajribasidan ijodiy foydalanildi.
Jumladan, Amir Temur davridagi davlatchilikka nazar tashlasak, o’sha zamonlarda viloyatlar,
shaharlar hokimlar tomonidan yakkaboshchilik asosida boshqarilganiga guvoh bo’lamiz.
1992-yil 4-yanvarda “ O’zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta
tashkil etish to’g’risida” Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunga muvofiq respublikaning hamma
hududida mahalliy ijro hokimiyati organi sifatida hokim lavozimi ta‘sis etildi. Hokimlar faqatgina
ijro hokimiyati organlarigagina emas, shuningdek, mahalliy vakillik organlariga ham rahbarlik
qiladigan organ sifatida mustahkamlandi. Hokimning vakolat muddati 5 yil bo’lib, u tegishli
hududda vakillik organiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladigan mansabdor shaxs
hisoblanadi.
Ijro organlarida bog’liqlikni ta‘minlash maqsadida, viloyat hokimlari O‘zbekiston Prezidenti
tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va
lavozimidan ozod qilinadi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan
tasdiqlanadi. Vakillik organlari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi tumanlarda va tumanga
boysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta‘sis etildi, ularning apparati – hokimiyat tashkil
etildi. Viloyat hokimlari va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining shu joylardagi
vakili hisoblanadi. Toshkent shahar tumanlari hokimlari esa Toshkent shahar hokimining vakillari
hisoblanadi.
1992-yilda Toshkent shahrida va 12 ta viloyatda, 159 ta qishloq tumani va 18 ta shahar
tumanida hamda 120 ta shaharda hokimlar tayinlandi va tasdiqlandi, ularning apparati –
hokimiyatlar tuzildi.
Mahalliy
hokimiyat
organlari
vakolatiga
kiradigan
masalalar
va
vazifalar
Konstitutsiyaning 100-va 101-moddalarida aniq belgilab qo’yilgan. Ular quyidagilardan iborat:
•
qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta‘minlash;
•
hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish;
83
•
mahalliy budjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash,
budjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilish;
•
mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;
•
atrof-muhitni muhofaza qilish;
•
fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta‘minlash;
•
normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish;
•
O‘bekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari davlat hokimiyati yuqori
organlarining qarorlarini amalga oshirish;
•
xalq deputatlari quyi Kengashlari faoliyatiga rahbarlik qilish, respublika va mahalliy
ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashish. Mustaqillik yillarida mahalliy
hokimiyatni shakllantirish boyicha amalga oshirilgan islohotlar natijasida ijro hokimiyati bilan
vakillik hokimiyati bir-biridan rasman ajratildi. Hokimlar xalq deputatlari Kengashlariga
bo’ysunmaydi, ammo Kengash oldida hisob berib turadi. Shu bilan birga hokimlarni joylarda ham
vakillik, ham ijro hokimiyati organlariga boshchilik qilish holatini vakillik organlari hokimlarga
bo’ysunadi, deb tushunmaslik kerak. Vakillik organlari hokimlarga bo’ysunmaydi, vakillik
organlari ishini tashkil qilishga hokimlar boshchilik qiladilar.
Hokim mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalarni fiiqarolarning manfaatiga mos
ravishda hal qilish bilan shug‘ullanadi. Shu maqsadda barcha korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, birlashmalar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan
qarorlar qabul qiladi. Hokimlar o’zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati
uchun shaxsan javobgardir.
O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyot tarixi guvohlik beradiki, ayrim hokimlar o’z faoliyatida
jiddiy xatolarga yo’1 qo’ymoqdalar. O‘zlariga yuklatilgan mas‘uliyatli vazifalarni bajarishni
uddalay olmagan, o‘z lavozimini suiiste‘mol qiluvchi hokimlar ham uchrab turadi. Bunday
hollarda ular vakolat muddatidan oldin hokimlik lavozimidan chetlashtirilmoqda.
Mahalliy davlat hokimiyati organliri faoliyatini takomillashtirishda 2017 yil 7 iyunda qabul
qilingan Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining
vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni (PF-5075) hamda Mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini
kengaytirish va mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi mas‘uliyatini oshirish
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3042) muhim ahamiyatga ega
bo’ldi.
SH.Mirziyoyevning OMga Murojaatnomasida (28.12.2018) Mahalliy davlat hokimiyati
tizimini o’zgartirish borasida qator takliflar ilgari surildi:
mahalliy hokimiyat organlarining vakolat va mas‘uliyatini qayta ko’rib chiqishimiz,
ularning mustaqilligini yanada oshirishimiz lozim.
Hududlarni rivojlantirishga oid masalalarni hal etishda aksariyat hokimlarda mas‘uliyatni
o’z zimmasiga olib, mustaqil qaror qabul qilish va tashabbuskorlik yetishmayapti.
Ma‘lumki, 2018 yilda Toshkent shahrida eksperiment tariqasida davlat boshqaruvining
yangi tartibi joriy etilib, shahar hokimi va tuman hokimlariga moliya, iqtisodiyot, investitsiya,
qurilish, uy-joy va kommunal xizmat sohalari rahbarlarini tayinlash vakolati berildi.
Natijada 30 dan ortiq komissiya va kengashlar tugatilib, ularning vakolatlari tegishli
hududiy organlarga berildi. Samarasiz ishlayotgan 12 ta davlat unitar korxonasi tugatildi.
Davlat byudjetiga tushadigan mablag’larning bir qismini mahalliy byudjetlar ixtiyorida
qoldirish tartibi o’rnatilgani tufayli Toshkentda soliq tushumi prognozga nisbatan 2 trillion so’mga
ko’paydi.
Davlat boshqaruvi sohasida ijobiy natija berayotgan ana shu eksperimentni endi boshqa
hududlarda ham joriy etishimiz zarur.
Kelgusida hokimning ayni vaqtda Xalq deputatlari kengashi raisi sifatida faoliyat
ko’rsatishiga doir tartib bekor qilinishi lozim.
84
Mamlakatimizda 2019 yil 22 dekabrda navbatdagi Xalq deputatlari tuman, viloyat va shahar
Kengashlari deputatligiga saylovlar bo’lib o’tdi.
Ma‘lumki, so’nggi yilarda xalq bilan muloqotning yangi tizimi yo’lga qo’yildi. O’z.R.
Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Parlamentga Murojaatida aytilganidek, Virtual va Xalq
qabulxonalariga yiliga 1 milliondan ziyod murojaat kelib tushayotgani xalq bilan muloqotni yangi
bosqichga olib chiqishni talab etadi.
Endi 2020 yildan boshlab davlat idoralari rahbarlari va hokimlarning ushbu murojaatlarni
qay darajada hal etayotgani bo’yicha hisobotini parlament va xalq deputatlari kengashlarida
muntazam eshitish tizimi yo’lga qo’yiladi.
Prezidentimizning qayd qilishicha amaldagi qonun hujjatlarida hokimliklarning 300 ga
yaqin vazifa va funksiyalari nazarda tutilgan. Shundan 175 tasi, mazmun-mohiyatiga ko’ra,
hokimlarning asosiy vazifalari toifasiga kirmaydi va turli idoralarning funksiyalarini takrorlaydi.
Bu esa, ish sifati va ijro intizomiga salbiy ta‘sir ko’rsatishi tabiiy.
Shu sababli hozirda hokimlarning vakolatlarini qayta ko’rib chiqish va ularga xos bo’lmagan
hamda bir-birini takrorlaydigan funksiyalarni tegishli organlarga o’tkazishni ta‘minlash bo’yicha
islog’tlar o’tkazilmoqda.
Mahalliy byudjetlarning qo’shimcha daromadini taqsimlash, nafaqa oluvchilarni adolatli
belgilash, ijro organlari rahbarlari ishiga baho berish bundan buyon Xalq qabulxonalariga kelib
tushayotgan murojaatlar tahlili asosida amalga oshiriladi.
Shunday qilib, Mustaqillik yillarida markaziy, viloyat, shahar va tumanlar darajasidagi
davlat hokimiyati va boshqaruv tartiblari tubdan yangi shaklda barpo etildi. Mahalliy davlat
hokimiyatini shakllantirishda o’zbek milliy davlatchiligining tarixiy an‘analari, rivojlangan
davlatlarning zamonaviy tajribalari inobatga olindi.
O’zbek jamiyatida jamoa bo’lib yashashning eng oliy shakli mahalladir. O’zini o’zi
boshqarishning mazkur shakli asrlar osha yashab kelmoqda.
Mahalla mamlakatimizda ko’p asrlardan buyon mavjud bo’lsa-da, O’zbekiston davlat
mustaqilligiga erishganidan keyingina u munosib ijtimoiy-huquqiy maqomga ega bo’ldi.
1992 yil 12 sentabrda birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Farmoni bilan Mahalla
Respublika xayriya jamg’armasi tashkil etilgani, 1993 yil 2 sentabrda "Fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlari to’g’risida"gi Qonun (O’zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning o’zini
o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi Qonuni. O’zbekiston Respublikasi OMning
Axborotnomasi. 1999. 5-son. 110-modda) qabul qilinganining o’ziyoq mahalla institutining davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgaligining yorqin dalilidir.
Jamiyat taraqqiyoti takomillashgan sari hamda bozor munosabatlariga o’tish davrida,
ayniqsa, fuqarolik jamiyatini shakllantirishga oid yangi ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi
bilan ushbu Qonunni ma‘lum normalar bilan to’ldirish ehtiyoji sezildi. Shu boisdan 1999 yil 14
aprelda O’zbekiston Respublikasining Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida
yangi tahrirdagi Qonuni qabul qilindi
Fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan hujjatlar
jumlasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 23 apreldagi "Fuqarolarning o’zini
o’zi boshqarish organlarini qo’llab-quvvatlash to’g’risida"gi Farmoni, O’zbekiston Respublikasi
VMning 1999 yil 19 apreldagi "Mahalla posboni" jamoat tuzilmalari va Fuqarolarning o’zini o’zi
boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari to’g’risidagi Nizomlarni tasdiqlash
haqida"gi qarori mamlakatimizda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tizimining
rivojlanishida muhim rol o’ynadi.
Yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalikni, xalqimizning xotirjam mehnat qilishini
ta‘minlashda mahallaning xizmati katta. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan
jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishda fuqarolarning ongli
ishtirok etishini maqsad qilib, 1999 yil 19 aprelda "Jazoni o’tash joylaridan ozod qilingan
shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko’rsatish bo’yicha
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va hokimliklar huzuridagi maxsus komissiyalar,
"Mahalla posboni" jamoat tuzilmalari va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari huzuridagi
85
yarashtirish komissiyalari to’g’risida"gi nizomlarni tasdiqlash haqida VMning qarori qabul qilinib,
respublikamizning barcha hududlarida "Mahalla posboni" jamoat tuzilmalari tashkil etildi.
Mahalla oldida turgan eng dolzarb masalalardan biri fuqarolarning ijtimoiy faolligini
oshirish, oilalarni mustahkamlash, odamlarni loqaydlik, boqimandalik kabi illatlardan forig’ etish,
aholini tom ma‘nodagi fuqarolik jamiyatini barpo etishga safarbar qilish.
O’zbekistonda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan ajralishlarning oldini
olish va nizolashayotgan taraflarni yarashtirish masalasida qator ishlar amalga oshirilmokda.
Ta‘kidlash joizki, fuqarolar yig’inlarida faoliyat olib borayotgan Yarashtirish komissiyalarining
vazifasi faqat nizoli oilalardan kelib tushgan arizalarni ko’rib chiqishdangina emas, balki nizoni
keltirib chiqaruvchi sabablarni atroflicha o’rganib, oilalarda sog’lom turmush
tarzini keng targ’ib
qilishdan ham iborat hisoblanadi.
Birinchi Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, "Oilaviy kelishmovchiliklarni nari borsa mahalla
doirasida, ko’pni ko’rgan keksalar, faollar yordamida, hech kimga ovoza qilmay, ortiqcha
rasmiyatchilikka yo’l qo’ymay hal etish bu ota-bobolarimiz amal qilib kelgan azaliy odatdir.
Bunday yarashuv jarayonlarini mahallalarda amalga oshirish uchun obro’li oqsoqollar, ota-onalar
bor, kerak bo’lsa, jamiyatda odob-axloq, sharmu hayo kabi fazilatlarni mustahkamlashga xizmat
qiladigan ma‘naviyat faollari, mahalla imomlari bor. Biz ularning bilim va tajribasi, kuch va
imkoniyatlarini jamiyat hayotining ustuni bo’lgan oilani mustahkamlashga qaratmoqchimiz. Bir
so’z bilan aytadigan bo’lsak, biz yurtimizda erkin demokratik jamiyat barpo etyapmiz. Lekin har
bir hayotiy masalada bizning o’z fikrimiz, o’z qarashimiz bor" (Karimov I.A. Tinchlik va
xavfsizligimnz o’z kuch-qudratimizga hamjihatligimiz va qat‟iy irodamizga bog’liq. 12-j. - T.:
O’zbekiston, 2004. B 101-108.)
Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining muqaddimasida xalqlar o’rtasida do’stona
munosabatlarni rivojlantirishga ko’maklashish zarurligiga e‘tibor qaratish lozim, deb belgilangan.
G’arb mamlakatlarining ayrim siyosatchilari ham O’zbekistondagi fuqarolar o’zini o’zi boshqarish
organlari tizimining o’ziga xosligini yuqori baholashgan. Jumladan, nemis siyosatchisi Artur
Faynberg: "Mahalla inson huquqlarini hurmat qilgani holda yoshlarni tarbiyalashga, uning kamol
topishiga ko’mak beruvchi jamiyat instrumenti, deb baho bergan. Shu bilan birga, individualizm
singib ketgan G’arb mutaxassislari uchun bu tizimning tub mohiyatini tushunish mushkulligini
ham obyektiv tavsiflab berishgan.
2017 yil 3 fevralda Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-4944) qabul qilindi.
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, fan rivoji uchun boshlang’ich maktablar qanday vazifani
bajargan bo’lsa, mahalla institutlari mustaqillikni mustahkamlash uchun xuddi shunday vazifani
bajaradi. Mahalla xalqqa hukuq va erkinliklardan foydalanish yo’lini ochadi, shuningdek, unga
osoyishta hayotdan bahramand bo’lishni o’rgatadi. Mahalla taqdiri mamlakat taqdiri bilan
chambarchas bog’liq. Mahalla obod bo’lsa, yurt obod, mahalla tinch bo’lsa, yurt tinch bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |