Politexnika instituti


Bizning mamlakatimizda  amalga



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

Bizning mamlakatimizda  amalga
 
oshirilayotgan  Dastur  bu  boshqa  modellarni  qandaydir  takrorlash  yoki  ulardan  nusxa 
ko’chirish emas, aksincha, birinchi navbatda, rivojlangan demokragik davlatlarda to’plangan 
tajribani o’zida mujassam etgan va ayni paytda shiddat bilan o’zgarib borayotgan hozirgi zamon 
talablarini  hisobga  olgan  holda  ishlab  chiqilgan  dasturdir
  (Karimov  I.A.  Bizning  yo’limiz  –
 
demokratik  islohotlarni  chuqurlashtirish  va  modernizatsiya  jarayonlarini  izchil  davom  ettirish 
yo’lidir. 20-j. -T.: O’zbekiston. 2012. B. 190.).
 
So’nggi  yillarda  Respublikamizda  Oliy  ta‘lim  tizimini  tubdan  takomillashtirish  bo’yicha 
qator normativ hujjatlar qabul qilindi:
 
2017 yil 20 aprelda “Oliy ta‟lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 
Prezident Qarori (PQ-2909) e‘lon qilindi.
 
2017 yil 29 iyun kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz 
filiali (PQ-3101), 2017 yil 27 iyulda Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil 
etildi (PQ-3152). 
2017 yil 27 iyulda “Oliy ma‟lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot 
sohalari  va  tarmoqlarining  ishtirokini  yanada  kengaytirish  chora-tadbirlari  to’g’risida”gi 
Prezident Qarori (PQ-3151) qabul qilindi.
 
2017  yil  9  avgustda  Oliy  ta‘lim  muassasalarida  pedagogika  yo’nalishida  maxsus  sirtqi 
bo’limlarni  tashkil  etish  to’g’risida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Qarori  (PQ-3183) 
qabul qilindi. 15 ta OTMda maxsus sirtqi bo’limlar tashkil etildi. 
2017  yil  16  avgustda  O’zbekiston  davlat  san‘at  va  madaniyat  institutining  Farg’ona 
mintaqaviy filiali tashkil etildi (PQ-3218). 
2017  yil  26  sentabrda  Oliy  ta‘lim  muassasalariga  kirish  uchun  nomzodlarni  maqsadli 
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
Qarori (PQ-3290) qabul qilindi. 
2017  yil  28  sentabrda  OO’MTV  tasarrufidagi  Oliy  ta‘lim  muassasalarining  2017-2030 
yillarda  rivojlantirish  konsepsiyalari  va  dasturlarini  tasdiqlash  to’g’risidagi  OO’MTVning  707-
sonli Buyrug’i e‘lon qilindi.
 
2017  yil  16  noyabr  kuni  Respublika  OTM  bakalavriatiga  kirish  test  sinovlarini  o’tkazish 
tartibini takomillashtirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (PQ-3389) 
e‘lon qilindi. 
2017  yilda  yangi  tashkil  etilgan  institut  va  filiallar  hisobidan  yurtimizdagi  oliy  ta‘lim 
muassasalari soni 81 taga, hududlardagi filiallar 15 taga, xorijiy universitetlar filiallari 7 taga yetdi. 
Shular qatorida Olmaliq shahrida Moskva po’lat va qotishmalar institutining, Toshkent
 
shahrida 
esa  AQShning  Vebster  universitetining  filiallarini  tashkil  etish  bo’yicha  kelishuvlarga 
erishilganini ta‘kidlash lozim. Oliy ta‘lim muassasalarida iqtisodiyotning real sektoridagi talab va 
ehtiyojdan kelib chiqib, sirtqi va kechki bo’limlar ochildi.
 
2018  yil  5  aprelda  Respublika  oliy  ta‘lim  va  ilmiy-tadqiqot  muassasalari  xodimlarining 
mehnatiga  haq  to’lash  tizimini  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida  O’zbekiston 


185 
Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3655) qabul qilindi. 2018 yilda pedagog xodimlarning ish 
haqi so’nggi 10 yilda birinchi marta 50 foizgacha ko’paytirildi (Murojaatnoma. 28.12.2018). 
2018 yil 5 mayda  Toshkent  davlat agrar  universitetida  oliy  ma‘lumotli  kadrlar tayyorlash 
tizimini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida  O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining Qarori (PQ-3704) qabul qilindi. 
2018  yil  8  may  kuni  Prezident  qarori  bilan  Samarqand  veterinariya  meditsinasi  instituti 
tashkil  etildi  (PQ-3703).  Xuddi  shu  sanada  Toshkent  irrigatsiya  va  qishloq  xo’jaligini 
mexanizatsiyalash  muhandislari  institutida  oliy  ma‘lumotli  kadrlar  tayyorlash  tizimini  tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-
3702) qabul qilindi. 
2018  yil  24  mayda  O’zbekiston  jurnalistika  va  ommaviy  kommunikatsiyalar  universiteti 
tashkil etildi (PQ-3737). 
2018 yil 5 iyunda Oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda 
amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta‘minlash bo’yicha qo’shimcha 
chora-tadbirlar to’g’risidagi Prezident Qarori (PQ-3775).
 
2018  yil  24  oktabrda  Prezident  SH.Mirziyayevning  Oliy  ta‘lim  sohasini  yanada 
rivojlantirish,  kadrlar  sifatini  oshirish,  ilm-fan  va  ishlab  chiqarish  integratsiyasini  rivojlantirish 
masalalariga bag’ishlangan yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda maktab bitiruvchilarni OTM b-n qamrab 
olish RFda 74 %, J.Koreyada 96 %, O’z da 2016 yil xolatiga ko’ra 7-9 % ligi ta‘kidlanib, sohada 
amalga oshirilishi lozim bo’lgan qator vazifalar belgilandi.
 
2018  yil  dekabrdagi  Prezident  Murojaatnomasida  so’nggi  ikki  yilda  ko’rilgan  chora-
tadbirlar tufayli, bitiruvchilarni oliy ta‘lim bilan qamrab olish darajasini 9-10 foizdan 15 foizdan 
oshirishga  erishilganligini  qayd  qilib  o’tdi.  Lekin  bu  hali  yetarli  emas.  Chunki  dunyodagi 
rivojlangan  davlatlar  tajribasiga  qaraydigan  bo’lsak,  bu  ko’rsatkich  ularda  60-70  foizni  tashkil 
etadi. Shuning uchun 2019 yilda mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta‘lim bilan qamrab olish 
darajasi 20 foizga yetkazildi.
 
2019  yil  14  may  kuni  OTMga  test  sinovlari  orqali  qabul  qilish  tizimini  takomillashtirish 
bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 
(PQ-4319) qabul qilindi. 
Oliy  ta‘limni  rivojlantirish  uchun  2019  yili  19  ta  yangi  oliy  o’quv  yurti,  jumladan,  9  ta 
nufuzli xorijiy universitetning filiali ochildi. Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 
ta qo’shma ta‘lim dasturi bo’yicha kadrlar tayyorlash yo’lga qo’yildi. Oliy ta‘lim muassasalariga 
jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2  barobar ko’p talaba o’qishga qabul qilindi 
(O’z.R. Prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasidan. 24.01.2020).
 
2019  yildan  yoshlarimizga  bir  vaqtning  o’zida  bir  nechta  oliy  o’quv  yurtiga  hujjat 
topshirish  imkoniyati  berildi.  OTMlarga  real  imkoniyatlardan  kelib  chiqqan  holda,  qabul 
kvotalarini mustaqil belgilash tizimi joriy etildi.
 
Ma‘lumki maktab bitiruvchilarini oliy ta‘lim bilan qamrab olish 2016 yildan 9 % ni tashkil 
etgan. 2020 yilda bu ko’rsatkich 25 % ga yetkazildi. 2020-2021-o’quv yilida oliy o’quv yurtiga 
talabalarni qabul qilish davlat grantlari 2 baravarga ko’paytirildi. Qizlar uchun alohida grantlar 
ham  ajratildi.  Xotin-qizlar  qo’mitasi  tomonidan  ushbu  grantlar  asosida  o’qitishga  nomzodlarni 
tanlash va saralash mezonlari ishlab chiqildi.
 
Joriy o’quv yilidan boshlab Oliy ta‘lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtirildi, 
ta‘lim  yo’nalishlari  va  o’qitiladigan  fanlar  qayta  ko’rib  chiqildi.  Mutaxassislikka  aloqasi 
bo’lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartirildi.
 
Oliy  ta‘limda  o’quv  jarayonini  kredit-modul  tizimiga  o’tkazish  ishlari  boshlandi.  Joriy 
yildan pedagogik ta‘limning 6 ta yo’nalishi bo’yicha o’qish muddati 3 yil qilib belgilanadi. 
Oliy  o’quv  yurtlariga  bosqichma-bosqich  akademik  va  moliyaviy  mustaqillik  berila 
boshlandi. 2020-2021 o’quv yilida ularning 10 tasi o’zini o’zi moliyaviy ta‘minlashga o’tkazildi. 
5 ta oliy ta‘lim muassasasini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta‘lim dargohlari bilan 
hamkorlikda ularni transformatsiya qilish ishlari boshlandi.
 


186 
2019  yil  8  oktabrda  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  ta‟lim  tizimini  2030  yilgacha 
rivojlantirish  Konsepsiyasi  qabul  qilindi  (PF-5847).  Konsepsiyada  O’zbekiston  Respublikasida 
2030  yilga  qadar  bitiruvchilarni  oliy  ta‘lim  bilan  qamrab  olish  darajasini  50  %  dan  oshirish; 
O’zMU  va  SamDUni  mamlakatimiz  oliy  ta‘lim  muassasalarining  flagmaniga  aylantirish; 
respublikadagi kamida 10 ta OTMni xalqaro e‘tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 
ta o’rindagi OTMlari ro’yxatiga, shu jumladan, O’zMU va SamDUni birinchi 500 ta o’rindagi oliy 
ta‘lim  muassasalari  ro’yxatiga  kiritish;  OTMlarda  o’quv  jarayonini  bosqichma-bosqich  kredit-
modul tizimiga o’tkazish; o’quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo’naltirilgan ta‘limdan amaliy 
ko’nikmalarni  shakllantirishga  yo’naltirilgan  ta‘lim  tizimiga  bosqichma-bosqich  o’tish; 
OTMlarining akademik mustaqilligini ta‘minlash; OTMlarda texnopark, forsayt, texnologiyalar 
transferi, startap, akselerator markazlarini tashkil etish kabi muhim chora-tadbirlar belgilandi.
 
2020  yil  27  fevralda  Pedagogik  ta‘lim  sohasini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari 
to’g’risidagi  Prezident  Qarori  (PQ-4623)  e‘lon  qilindi.  Unga  ko’ra  5  ta  universitet  qoshida 
(SamDU, AndDU, BuxDU, TerDU, QarDU) pedagogika institutlari tashkil etildi. Toshkent davlat 
pedagogika  universitetiga  ilmiy  unvon  berish  huquqi  berilib,  universitetda  kredit-modul  tizimi 
joriy etildi. 2020-21 o’quv yilidan bakalavriat bosqichida o’qish muddati 3 yil bo’lgan pedagogik 
ta‘lim yo’nalishlari (musiqa ta‘limi, jismoniy madaniyat, texnologik ta‘lim, chaqiriqqacha harbiy 
ta‘lim, tasviriy san‘at va muhandislik grafikasi, maktabgacha va boshlang’ich ta‘limda jismoniy 
tarbiya va sport). Alohida iqtidor talab etiladigan yo’nalishlarda ijodiy imtixonlar bilan birgalikda 
3 ta fan bo’yicha (ona tili, matematika, O’zbekiston tarixi) test sinovlari topshiradi.
 
Umuman, 2017-2021-yillarda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta‘lim muassasasi, jumladan, 
xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o’quv yurtlarining soni 131 taga yetganligi 
sohada islohotlarning amaliy natijasi deb xisoblash mumkin.
 
Ta‘lim tizimida o’quvchilarning nafaqat keng bilim va professional ko’nikmalarii egallashi, 
ayni paytda, chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan faol muloqot qilish, bugungi dunyoda ro’y 
berayotgan  barcha  voqea-hodisalar,  yangilik  va  o’zgarishlardan  atroflicha  xabardor  bo’lish, 
jahondagi ulkan intellektual boylikni egallashning eng muhim sharti hisoblangan xorijiy tillarni 
ham chuqur o’rganishga katta ahamiyat berilmoqda.
 
O’zbekistonda  bugungi  kunda  ta‘lim  sohasida  alohida  e‘tirof  etib  kelinayotgan  yutuqlar 
sifatida maktab ta‘limi mamlakatda yashayotgan turli millatlar ehtiyojlarini inobatga olgan holda, 
7 tilda o’zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg’iz, tojik va turkman tillarida olib borilayotganini aytish 
mumkin.  Bunda  har  bir  bitiruvchi  majburiy  ta‘limdan  so’ng,  o’z  xohishiga  ko’ra,  oliy  o’quv 
yurtlarida o’qishni davom ettirishi va bakalavr hamda magistr darajasini olishi mumkin. Har bir 
kollej tegishli korxonalar bilan aloqa bog’lagan. Respublikaning har bir o’quv yurtida optik-tolali 
aloqa  liniyalari  asosida  qurilgan  yagona  "Ziyonet"  axborot  ta‘lim  tarmog’iga  ulangan  axborot 
resurs markazlari tashkil etilgan.
 
2017 yil 16 fevralda “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta‟lim tizimini yanada takomillashtirish 
to’g’risida”  Prezident  Farmoni  (PF-4958)  e‘lon  qilindi.  Mazkur  Farmon  ijrosini  ta‘minlash 
maqsadida 2017 yil 22 mayda Vazirlar Mahkamasining 304-sonli Qarori qabul qilindi. Farmonga 
asosan  2017  yilning  1  iyulidan  boshlab  Oliy  o’quv  yurtidan  keyingi  ta‘limning  ikki  pog’onali 
tizimi (Tayanch doktorantura (PhD) va Doktorantura (Doktor of Science) joriy qilindi.
 
O’zbekiston ta‘lim sohasidagi islohotlar respublikadagi mazkur tizim faoliyatining ijtimoiy-
iqtisodiy  sharoitida  tub  o’zgarishlarga,  uning  yangidan  barpo  etilishiga  olib  keldi,  boshqaruv 
usullari  demokratlashdi,  ta‘lim  muassasalarining,  birinchi  navbatda,  maktabgacha  ta‘lim 
muassasalarining nodavlat sektori, ta‘lim faoliyatini moliyalashtirishning yangi manbalari paydo 
bo’ldi, ta‘lim xizmatlari spektri kengaydi na iste‘molchilar (aholi, ish beruvchilar) tomonidan bu 
xizmatlarga bo’lgan ehtiyoj kuchaydi.
 
O’zbekistonda ta‘lim tizimini isloh etish dasturini joriy etish bo’yicha amalga oshirilgan va 
amalga  oshirilayotgan  barcha  ishlar,  birinchi  navbatda,  mamlakatimizning  uzoq  muddatli 
manfaatlariga,  uning  hozirgi  ancha  murakkab  rivojlanish  bosqichining  mavjud  holati  va 
xususiyatlariga to’la javob beradi.
 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish